Mavzu: Barg salati yetishtirish texnologiyasi Reja


Download 0.91 Mb.
bet5/9
Sana04.02.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1162728
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Barg salati yetishtirish texnologiyasi

57-rasm. So’kchakli ko’chatxona va uning sxemasi.
Ko’chat yetishtirishning asosiy 2 usuli mavjud: tuvakchasiz va tuvakchali. Tuvakchasiz o’stirishda urug’larni ekish yoki pikirovka qilish bevosita inshoot erida amalga oshiriladi. Ko’chatni tuvakchasiz o’stirish oson va arzon. Ammo ko’chatni ko’chirib olishda ildizning ko’p qismi tuproqda qolib ketadi va boshqa erga ko’chirib ekilganda u tutish va o’sishda kechikadi. Tuvaksiz ko’chatlarni yetishtirishda urug’ plyonkali issiqxona tuprog’i egatlariga turli xildagi parnik seyalkalari bilan ekiladi. Seksiyalari 6 metrli issiqxonalarda eni 1,6 m li uchta keng egatlar olinadi va eni 0,4 m bo’lgan to’rt yo’lka qilinadi yoki eni 2,0 m dan ikkita keng egatlar qilinib, 3 yo’lka qoldiriladi.
Tuvakchali ko’chatlar oziqali kubiklarda yoki 5, 6, 8, 10 sm hajmli tuvakchalarda yetishtiriladi. Oziqali kubiklar mavjud komponentlarga turli tarkibdagi oziq aralashmalaridan tayyorlanadi. Tuvakchalar uvalanib ketmasligi uchun aralashmaga yangi 5% mol go’ngi yoki boshqa yopishqoq moddalar qo’shiladi. Ularni IGT-10 dastgohida presslab, shuningdek, torfdan suyuq aralashma tayyorlab qoliplarga quyiladigan yoki gidrotorfli uslublar bo’yicha tayyorlanadi. Chet el zavodlarida torfobloklar (plitalar), tabletka va disk shaklidagi briketlar ishlab chiqarilmoqda. Urug’ yoki maysa kubiklarning chuqurchasiga ekiladi. Ko’chatlar doimiy o’sadigan joyiga oziqali kubikchalari bilan ekiladi. Tuvaklar ichi bo’sh idish bo’lib, u oziq kubiklar uchun qo’llaniladigan aralashma bilan to’ldiriladi, ammo mol go’ngi qo’shmaydi. Tuvakchalar ildiz teshib o’tadigan va o’tmaydigan turli materiallardan tayyorlanadi.
Chet el davlatlarining torf sanoati yuqori torf va sellyuloza aralashmasidan tayyorlangan, dalaga ekilgandan keyin ma‟lum muddatdan so’ng o’z xususiyatini yo’qotadigan elimlovchi moddalar qo’shilgan, ichi bo’sh tuvakchalar ishlab chiqarmoqda. Ular bo’sh stakancha yoki uyali bloklar ko’rinishida tayyorlanadi. Bunday tuvakchalar tuproqda tez parchalanib ildizning o’sishiga qarshilik ko’rsatmaydi.
Chet ellarda bunday tuvaklar mahsus turdagi qog’oz va plastmassalardan tayyorlanib, ko’chat daladagi doimiy joyga ko’chirib ekilgandan so’ng oson parchalanib ketadi. Ko’chatni paperpot qog’oz tuvaklarda ishlab chiqaradigan avtomat liniya alohida qiziqish uyg’otadi. Bu liniyada 1 ming dona tuvaklarni substrat bilan to’ldirish va uni zichlash, urug’ni ekish va uni ustidan yopish uchun sarflanadigan xarajatlar hammasi bo’lib 0,16 odam soatni tashkil etadi. Qo’lda ekilganda ko’chat o’stirish uchun ba‟zan polietilen qopcha va englar, sopol va polimer materiallardan tayyorlangan tuvakchalardan foydalaniladi. Lotok yoki kasseta ko’rinishidagi qattiq plastmassadan tayyorlangan uyali bloklar ham (40-70 uya) qo’llaniladi. Ekishda ulardagi ko’chatlar tuprog’i bilan olinadi.
Tuvakli ko’chatlar kuchli rivojlangan ildiz tizimiga ega, ko’chirib o’tkazilganda to’liq saqlanadi, ekilgan ko’chatning tuproqdan oziqlanishi tuvak tarkibidagi oziq moddalar tufayli yaxshilanadi. Tuvakli ko’chat o’sishida to’siqlarning yo’qligi tufayli 12-14 kun oldin hosilga kiradi. Bunda hosildorlik 20-30% ortadi. Tuvakli ko’chatlarni odatda mahsulotni ertaroq olish uchun yoki ko’chirib o’tkazishga moil bo’lmagan qovoqdosh ekinlar uchun yetishtiriladi.
Peterburg sabzavotkorlari ko’chat o’stirishning konteyner usulidan foydalanadilar. Konteyner xizmatini 40×30×7 sm o’lchamdagi, yashiklar o’taydi. Konteynerlarga 40 dona diametri 5,5-6 sm li kubiklar quyiladi yoki keyinchalik kubiklarni qirqib olish uchun pulpa (suyuq aralashma) quyiladi. Yashiklar issiqxona eriga zich qo’yilib, uni eni bo’yicha har 2,5-3 m da yo’lka qoldiriladi. Ko’chatli konteynerlar ekishga 7-10 kun qolganda chiniqtirish uchun issiqxonadan chiqariladi. Inshootlar ko’chatdan 7-10 kun oldin bo’shaydi va ikkinchi aylanish ekinlarini o’z vaqtida ekishga kirishish mumkin. Ko’chatlarni joyidan olish va tashish osonlashadi. Ko’chatlar dalaga urintirmasdan olib boriladi, ildiz tizimi yaxshi saqlanadi. Bundan tashqari, ayrim sabablarga ko’ra ekish kechiksa bunday ko’chatlar so’lib qolmaydi.
Shuningdek ko’chatni plyonkada o’stirish ham qo’llanilmoqda. Odatda tuproq aralashmasi yoki oziqali kubiklarda o’stirilgan ko’chatlarning ildizi juda tez tuproqqa kiradi, ular saralanib olinayotganda ildizning ma‟lum bir qismi uziladi. Agar tuproq aralashmasi yoki oziqa kubiklari ostiga plyonka to’shalsa, ko’chat baquvvat va g’uj ildiz tizimini hosil qiladi va ochiq dalaga ekilganda tezda tutib, o’z rivojlanishida ildamligini yaxshiroq saqlab qoladi.
Janubiy Koreya, Isroil, Yaponiya, Gollandiya, Rossiya kabi davlatlarda sabzavot ko’chatlarini yetishtirishda substratlar va xar xil tuvaklardan foydalanladi.

Payvandlash o’zining ildiz tizimi orqali payvandustni ozuqa elementlar bilan ta‟minlaydi, payvandust esa o’z navbatida fotosintez jarayonida bargda sintez qilgan organik moddalar bilan o’simlikni to’yintiradi, shunday qilib payvandlash va payvandust o’zaro bir - biriga ta‟sirini o’tkazadi.


Odatda payvandlash sifatida noqulay sharoitlarga chidamli nav qo’llaniladi.
Pomidorni qimmatli navlarini, bu ekinni ildiz chirishi bilan kasallanmaydigan va noqulay sharoitlarga moslashgan yovvoyi shakllariga, navlariga yoki duragayga payvandlash mumkin.
Pomidorni ochiq va himoyalangan maydonlarda payvandlash sifatida ishlatish uchun Sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti tomonidan yaratilgan va 2017 yildan O’zbekistonda rayonlashtirilgan “Matonat” navi tavsiya etiladi. Nav indeterminant tipda, poyasi uzunligi 150 sm dan 290 sm gacha. Shakli tarqoq. Barglanishi o’rtacha. Bargi to’q-yashil, o’rtacha, tuklangan, barg plastinkasi uzun (7,5 x 3,5 sm). Shonalangan, shonada 10-12 ta mevasi bor. Meva shakli – yumaloq (2,5 sm), usti - silliq, eti - o’rtacha. Mevasi mayda – 10 g., urug’ kamerasi - 2 ta, urug’lar soni - o’rtacha. Meva rangi biologik pishib etilganda - qizil. Bir o’simlikda 325-438 dona meva shakllanadi.
Bodring uchun payvandust sifatida geterozis duragaylar (partenokarpik va asalari yordamida changlanuvchi) ni olingani maqul. Bodring uchun payvandlash sifatida fuzarioz so’lishga chidamli qovoq (Sucurbita ficifolia) ni ishlatish mumkin.
Ertapishar tarvuz va qovun uchun payvandlash sifatida kuchli ildiz tizimiga ega, haroratning pasayishiga chidamli yirik mevali qovoqni ishlatish mumkin. Bu payvandlash hosildorlikni deyarli ikki barobarga ortira oladi.
Tarvuz va qovun uchun payvandlash sifatida qovoqcha va qattiq po’stli qovoqdan foydalanish mumkin. Payvandlangan o’simlik haroratning keskin tushib ketishiga, nisbatan chidamli bo’lib qoladi.
Payvandlash sifatida lagenariya qovog’i yoki idish qovoq (Lagenária sicerária) dan foydalaniladi, ularga payvandlangan tarvuz, qovun yoki bodringni hosildorligi, tezpisharligi va sovuqqa chidamliligini oshiradi. Payvandlangan tarvuz, o’z ildizida o’sib rivojlangan tarvuzga taqqoslanganda, mevasi katta va shirinligi yuqori bo’lgan.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling