Tarix va falsafa
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOSHQARUV SHAKLI
- BEVOSITA DEMOKRATIYA
- GKCHP
GLOSSARIY AGRESSIYA (lotincha agressio) - umum e’tirof etilgan printsiplar va xalqaro huquq normalariga binoan tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyat hisoblanadi. BARQAROR RIVOJLANISH - shaxs va jamiyat hayotini tashkil etishning yangi modeli. BOZOR MUNOSABATLARIGA O`TISH - iqtisodiyotining erkin talab va taklif printsiplariga asoslangan shakli. BOSHQARUV SHAKLI - davlat hokimiyatini tashkil etish tartibi. B.sh. oliy va mahalliy davlat organlarini tuzish usulini hamda ularning bir-biri va aholi b-n o`zaro munosabatlari tartibini o`z ichiga oladi. B.sh. hokimiyat bir shaxs tomonidan yoki saylab qo`yiladigan jamoaviy organ tomonidan amalga oshirilishiga qarab turlicha bo`ladi. 1) boshqaruvning monarxik shakli, 2) respublika shakli. BEVOSITA DEMOKRATIYA - xalqning o`z hokimiyatini bevosita amalga oshirish shakllari va vositalari (i-tlari) majmuini qamrab oluvchi tushuncha VITSE-PREZIDENT - boshqaruvning respublika shakli o`rnatilgan ayrim mamlakatlarda (AQSh, Braziliya, Hindiston, Qozog’iston va b.) prezidentning doimiy o`rinbosari. Vitse – prezident qoidaga ko`ra prezident b-n bir xil muddatga va o`sha usulda saylanadi. V.p. nomzodiga qo`yiladigan talab, odatda prezident nomzodiga qo`yiladigan talab b-n bir xil bo`ladi. Qator davlatlar kons.siga muvofiq v.– p. lavozimi bo`yicha parlament yuqori palatasining raisi hisoblanadi. Qator holatlar (prezidentning vafoti, iste’ foga chiqishi, chetlatilishi, kasal bo`lishi, yo`q bo`lishi) sodir bo`lganda v.– p. o`z – o`zidan prezident lavozimini egallaydi yoki faqat shu holatlar amalda bo`lgan vaqtda uning vazifasini bajarib turadi GKCHP – (Государственнўй Комитет по чрезвўчайнўм проишествиям) Favqulotda vaziyat davlat komiteti. AKSIZ – ommaviy iste’molga xos oziq-ovqat mollari hamda nooziq-ovqat mollariga qo`yiladigan egri soliq. Ushbu soliq davlatga mahsulot ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar tomonidan to`lanadi hamda narxning oshirilishi orqali iste’ molchi gardaniga yuklatiladi. AUKSION - kim oshdi savdosi. Bu alohida xususiyatga ega bo`lgan va alohida joylarda tashkil etiladigan ochiq savdoga asoslangan maxsus bozor. Auksion o`zaro musobaqaga tayangan holda amalga oshadi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling