Tarix va falsafa


Er. avv. II – I asrlarda dehqonlarni ahvoli


Download 166.5 Kb.
bet4/10
Sana30.04.2023
Hajmi166.5 Kb.
#1409171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
XITOY SIVILIZATSIYASINING VUJUDGA KELISHI VA ILK DEHQONCHILIK MADANIYATLAR

Er. avv. II – I asrlarda dehqonlarni ahvoli
…Dun Chjun –shu (er. avv. II asrda U di davrida davlat arbobi, olim). imperator (er. avv. 140- 87 yillar)ga quyidagi nutq bilan murojaat qildi… Sin sulolasi davrida hammasi boshqacha bo‘ldi. Shan Yan4[18] islohotlarini qo‘llaganlarida, qadimgi podsholar tizimini o‘zgartirdilar, quduqli5[19] dalalar tizimini o‘zgartirdilar. Xalq yerni sotishi va sotib olishi mumkin edi. Boylarning dalalari eni va bo‘yiga cho‘zilib ketdi, kambag‘allarda esa bigizni sanchishga joy qolmadi. Bundan tashqari ularda (boylar) daryo va ko‘llardan foyda, tog‘ va o‘rmonlardan boylik… Kambag‘al odam qanday azob chekmasin? … Harbiy va mehnat majburiyatlari qadimgiga qaraganda o‘ttiz marta ko‘p, yer va jon soliqlari, tuz va temir uchun yig‘imlar qadimgidan ko‘ra yigirma marta ko‘p, ba`zilar yirik yer
egalarining yerlarini hosilni yarmi uchun ishlaydilar. Shuning uchun kambag‘al xalq doimo hayvon terilarini qiyadi, it va cho‘chqalarni ovqatini yeydi. Bu yana shu bilan kuchayadiki, ochko‘z va shafqatsiz amaldorlar o‘zboshimchalik bilan hukm qiladilar va ularni o‘ldiradilar. Azoblardan halok bo‘lib, tayanchga ega bo‘lmay xalq qaroqchi bo‘lish uchun o‘rmon va tog‘larga qochib ketadi. Yarim yalang‘ochlarni yarim yo‘lda turmaga hukm qiladilar. Bir yilda ularni soni ming, o‘n ming kishiga yetadi. Xan sulolasi qachon hokimiyat tepasiga kelganda u saqlanib qoldi va o‘zgarmadi.


Dehqon oilasini byudjeti. “Ilk Xan tarixi” dan parcha
… Aytaylik, dehqon 5 jondan iborat oilaga ega bo‘lib, 100 mu6[20] hajimdagi dalaga ishlov beradi. 1,5 dan7[21] hosil bo‘lganda bir mudan 150 dan don bo‘ladi. Agar bu yerdan hosilni o‘ndan bir qismini tashkil etadigan yer solig‘i to‘lovi uchun 15 dan chiqarilsa, 135 dan qoladi. Odam ovqat uchun bir oyda 1,5 dan don sarflaydi, 5 kishi esa bir yilda hammasi bo‘lib 90 dan don. Qoladi 45 kun. 1 don uchun 30 tanga bo‘lganda bu 1350 tangani tashkil qiladi. Agarda bu yerdan yer mehrobiga qurbonlik keltirish va ajdodlar ibodatxonasida har yili bahor va kuzdagi marosimlarga xarajatlarni qoplash uchun 300 tanga chiqarib tashlansa 1050 tanga qoladi.




  1. Download 166.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling