Tarix va huquq fani o’qituvchisi I. Musojonov.
Ijtimoiy gumanitar fanlardan sinflar doirasida bir qancha ishlar va tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan:
-
Sentabr oyida 7-B sinf o’quvchilari bilan Jahon tarixi fanidan “Zakovat” va “Bog’la” metodlari asosida darslar o’tdim va o’quvchilarni bu fanga qiziqishi yanada ortib yangi-yangi ma’lumotlarga ega bo’lishdi;
-
25-oktabr kuni 8-B sinf o’quvchilari bilan Jahon tarixi fanidan “AQSHning tashkil topishi” mavzusida “Savol-Javob” metodi asosida ochiq dars o’tdim;
-
Noyabr oyida 10-sinf o’quvchilari bilan Huquq fanidan mustaqil mavzu sifatida “Bayrog’im – Iftixorim” mavzusida davra suhbatini tashkil etdim. Suhbat jarayonida o’quvchilar o’zlari uchun yangi bo’lgan ma’lumotlarga ega bo’lishdi;
-
5-dekabr kuni 8-Bsinf o’quvchilari bilan Huquq fanidan mustaqil mavzu sifatida “Konstitutsiya – davlatimiz tayanchi, fuqarolarimiz ishonchi” mavzusida davra suhbatini tashkil etdim. Suhbat jarayonida o’quvchilar Konstitutsiya haqida o’zlari uchun yangi bo’lgan ma’lumotlarga ega bo’lishdi;
-
13-dekabr kuni 7-B sinf o’quvchilari bilan O’zbekiston tarixi fanidan “VIII asrda Xuroson va Movarounnahr” mavzusida “Uyingni top” va “Konvert” metodlari asosida ochiq dars o’tdim.
-
Musojonov
Do'stlaringiz bilan baham: |