Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi
Download 368.53 Kb.
|
ma\'ruza davlatchilik (2)
Salavkiylar davri shaharsozligi. O‘z davrida Salavkiy hukmdorlari keng istilochilik siyosatini amalga oshirish maqsadida shaharsozlik bilan ham faol shug‘ullanganlar. Ular keyinchalik «Selevkiya» deb nomlangan shahar markazlariga asos solganlar. Bunyod etilgan manzilgoh sulola vakillaridan birining nomi bilan nomlangan hollarda unga polis huquqi berilgan. Ta’kidlash joizki, Salavkiylar davrida o‘zi asos solgan shaharlarda turli etnik guruhlar (yunonlar, makedonlar, mahalliy aholi)ning chatishishini qo‘llagan hukmdorlarning Aleksandrning shaharsozlik siyosatidan to‘liq chetlashishi sodir bo‘ladi. Salavkiylar davrida yangi shaharlar polislar ko‘rinishida tashkil etilib, ilgari tashkil etilgan shaharlarga ham polis maqomi berilgan. Bunda «polislarda fuqarolar jamoasi faqat yunonlar va makedoniyaliklardan tarkib topdi».
Bu shaharlarda yunon aholisi jamlanishi lozim edi. Chunonchi, Marg‘iyonaga oid ma’lumotlarga qaraganda, mazkur shaharning yunon aholisi orasida suriyalik yunonlar katta o‘rin tutishi lozim bo‘lgan. Pliniy Marg‘iyona haqida shunday ma’lumot beradi: «Unda Aleksandr Aleksandriyaga asos soldi, ammo varvarlar bu shaharni vayron qildilar. Selevkning o‘g‘li Antiox bu shaharni xuddi shu joyda qayta tikladi. ... U shaharga o‘z nomini berishni lozim topdi». Bunday xabar Strabonda ham uchraydi.Ushbu yozma manbalar ma’lumotlarini arxeologik ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Ta’kidlash joizki, Salavkiylar podsholigida shaharga tobe qishloqlar, o‘zining jamoa tuzilishini saqlab qolgan, ularning tobeligi jamoaviy xususiyatga ega bo‘lgan va ular polis hududiga kiritilmagan. Salavkiylar davrida O‘rta Osiyo shaharlarining holati va ichki tuzilishi haqida ma’lumotlar yetarli emas. Salavkiylar davlatining sharqida ko‘pgina mahalliy shaharlar ma’lum darajada mustaqillikka ega bo‘lganlar. Odatda Salavkiylar podshosi bosib olgan shaharga uning maqomi belgilangan kartiya bergan. Ba’zan bunday kartiya shaharning mavjud maqomini tasdiqlagan. Shuningdek mustaqil shaharlar ham bo‘lgan. Ammo, bunday siyosat O‘rta Osiyoda ham ma’lum darajada olib borilgan, degan fikrni tasdiqlovchi ma’lumotlar hozircha yo‘q. Aftidan, O‘rta Osiyoda yunon harbiy manzilgohlari – katoykiyalar ham qurilgan. Ko‘chirib keltirilgan yunonlar Salavkiylar hokimiyatining asosiy tayanchini tashkil etgan. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha, Salavkiylar o‘z shaharsozlik faoliyatini sharqda ham, g‘arbda ham amalga oshirganlar. Shuningdek, bu davrda O‘rta Osiyoga juda ko‘p yunonlar ko‘chirib keltirilgan, degan qarashlar ham mavjud. Masalan, X.Bengston Yunon-Baqtriyaning harbiy qudrati manbalari haqida fikr yuritar ekan, buning sabablarini Salavkiylar Baqtriyada asos solgan harbiy koloniyalarda ko‘radi. Mazkur masalani hal qilishda O‘rta Osiyoda yunon-makedonlar istilosidan ancha oldin ham juda ko‘p mahalliy shaharlar va rivojlangan shahar hayoti mavjud bo‘lganini e’tiborga olish maqsadga muvofiqdir. Download 368.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling