Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi
-6 Mavzu. Rivojlangan o’rta asrlar davlatchiligi va boshqaruvi
Download 368.53 Kb.
|
ma\'ruza davlatchilik (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tohiriylar davlati. Mahalliy zodagonlarning kuchayuvi.
5-6 Mavzu. Rivojlangan o’rta asrlar davlatchiligi va boshqaruvi
Reja: Tohiriylar davlati . Safforiylar davlati. Tayanch so‘zlar: Tohiriylar, Safforiylar, mahalliy zodagonlarning kuchayuvi, Muqanna qo‘zg‘aloni, Abbosiylar, Barmakiylar, shuubiylik, musulmon dindorlari, mustahkam hokimiyat, ziroatkorlar, islomlashtirish siyosati. Tohiriylar davlati. Mahalliy zodagonlarning kuchayuvi. Movarounnahr va Xurosonda arab bosqinchilariga qarshi tinimsiz davom etgan xalq xarakatlari arab xalifaligining qudratiga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmadi. Bunday harakatlar xalifalikning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotini ma’lum darajada zaiflashtirib, o‘z navbatida bu jarayonlar mahalliy zodagonlarning xalifalikdagi idora tizimiga kirib borishi uchun keng imkoniyatlar yaratgan edi. Ta’kidlash lozimki, Movarounnahrda arablar bosqinining ilk davridayoq boshlangan xalq harakatlari Muqanna qo‘zg‘oloni bostirilgach ham to‘xtamasdan davom etaverdi. Misol uchun, 806 yilda Samarqandda Rofe’ ibn Lays boshchiligidagi qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Shahardagi xalifaning noibi o‘ldirilib, Samarqand bir muncha muddat qo‘zg‘olonchilar qo‘lida bo‘ldi. Qo‘zg‘olonning ko‘lami asta-sekin kengayib unga Farg‘ona, Xo‘jand, Buxoro, Ustrushona, Xorazm, Chag‘aniyon va Xuttalyon aholisi ham qo‘shildi. Keng ko‘lamda tus olgan bu qo‘zg‘olon faqat 810 yildagina, qo‘zg‘olon rahbari Rofe’ ibn Lays xoinlik yo‘lini to‘tib arablar tomoniga o‘tganidan so‘ng bostiriladi. Undan keyingi yillarda ham goh Sug‘dda, goh Ustrushonada, goh Farg‘onada qo‘zg‘olonlar bo‘lib, ular shafqatsizlarcha bostirilgan bo‘lsa-da, bunday harakatlar xalifaning noiblari Movarounnahr va Xurosonni faqat zo‘ravonlik va qurol kuchi bilan ushlab tura olmasliklarini ko‘rsatdi. Bunday harakatlardan so‘ng xalifaning noiblari mahalliy zodagonlarni boshqaruv tizimiga nisbatan keng miqiyoslarda jalb etish choralarini ko‘rdilar. Bunday siyosat yurgizish yo‘li bilan Abbosiy xalifalari mahalliy zodagonlarning mustaqillikka bo‘lgan intilishini sindirish va aynan mahalliy zodogonlar yordamida xalq harakatlarini bostirishni rejalashtirgan edilar. Aynan shuning uchun ham xalifa Mansur (754-775 yy) hukmronligi davridan boshlab va uning vorislari xalifa Mahdi (775-785 yy) va Xorun ar-Rashid (786-809 yy) davrlarida Mavorounnahrning turli viloyatlarini asosan Barmakiylar va Somoniylar xonadonidan bo‘lgan, mahalliy zodagonlardan chiqqan vazirlar boshqarganlar. Ammo, bu holat O‘rta Osiyoda xalifa hokimiyatini mustahkamlashga olib kelmay, aksincha, O‘rta Osiyoni arab hukmronligidan ozod etish uchun imkoniyatlar yaratilishiga turtki bo‘ldi. Ayni paytda, Eronda va O‘rta Osiyoda shuubiylik (arablarga qarshi) harakati keng qo‘loch yoydi. IX asrning o‘rtalaridan boshlab shuubiylik arablarga qarshi xalq harakatlarining mavkuraviy asosiga aylandi (bu harakat asosan qishloq aholisi orasida yoyilgan edi). Shuningdek, ushbu harakatga tayangan mahalliy zodagonlarning arab xalifaligidan mustaqil boshqaruvga intilishi tobora kuchayib bordi. Bunday intilish ayniqsa, Barmakiylar xonadoni orasida nihoyatda kuchli edi. Barmakiylarning arab xalifaligi ta’siridan iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustaqilligining kuchayib ketayotganligidan xavfsiragan Xorun ar-Rashid bu xonadon barcha vakillarini o‘ldirishga buyruq berdi. Xorun ar-Rashid xalifalik siyosatini qo‘llab-quvvatlovchilarni ko‘paytirish maqsadida musulmon dindorlarining mavqeini ko‘tarib yubordi. YA’ni, musulmon dindorlariga katta miqdordagi yerlarni bo‘lib berdi. Ayni vaqtda mahalliy zodagonlarni xalifa tomonga og‘dirish siyosati olib borildi. Ammo, bunday harakatlar xalifalik uchun ijobiy natijalar bermadi. Ayniqsa, 809 yilda Xorun ar-Rashid vafot etganidan so‘ng taxt uchun bo‘lgan kurashlarda yana bir yangi xonadon vakillari tarix sahnasida paydo bo‘ldi. Bu Tohiriylar sulolasi edi. Download 368.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling