Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi
Ta’lim-tarbiyada milliy yuksalish
Download 368.53 Kb.
|
ma\'ruza davlatchilik (2)
Ta’lim-tarbiyada milliy yuksalish
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan, ko‘plab ota-onalar, pedagoglar, yoshlar, keng jamoatchilik takliflarini o‘rgangan holda, yurtimizda 11 yillik o‘rta ta’limning joriy etilgani yoshlarning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqi kuchayishida, ular tarbiyasini to‘g‘ri shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xo‘sh, nega ushbu islohot o‘quvchilarning darslarga ishtiyoqini oshiryapti, ularning tarbiyasini nazorat qilishga yaxshi samara beryapti? Xalqimiz 11 yillik ta’lim sistemasi qayta tiklandi, ilgari holat qaytdi, deb sayoz fikrlamasliklarini xohlardim. CHunki ushbu islohot chuqur o‘ylangan va ta’lim-tarbiya sifatini yanada oshirishga xizmat qiladigan puxta reja asosida amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta ta’lim uzluksiz 11 yillik ta’lim negizida amalga oshirildi. 11 yillik ta’limning joriy etilishi munosabati bilan tezkor davr talabidan kelib chiqqan holda olimlar, amaliyotchi o‘qituvchilar hamda keng jamoatchilikning fikriga tayanib, 10-11-sinflar uchun 12 ta umumta’lim fani bo‘yicha o‘quv rejalari qaytadan tayyorlanib, ularga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, 11-sinfda kasb ta’limi orqali 50 ga yaqin kasbni o‘rgatish bilan birga, “Tadbirkorlik asoslari” fani ham o‘qitiladi. O‘quv dasturlari asosida 10-sinf o‘quvchilariga umumta’lim fanlaridan 18 nomdagi darsliklar 7 tilda, jami 9 million 53 mingdan ortiq tirajda chop etilib, joylarga etkazildi. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 10-11-sinf o‘quvchilarining ta’lim olishi bilan birga, ularga kasb-hunar o‘rgatish, yoshlarning qiziqish va qobiliyatini nazarda tutgan holda kelajakda ularni ta’limni davom ettirishi yoki egallagan kasbi bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratish maqsadida qabul qilindi. Kasb-hunar kollejlarida o‘quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etildi. Kasblar ro‘yxatini tayyorlashda hududlarning sharoiti hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari inobatga olinib, mutasaddilar va ish beruvchi tashkilotlar mutaxassislari bilan birgalikda, real vaziyatni xolis baholagan holda ish olib borildi. YA’ni 11-sinf o‘quvchisi maktabni tamomlagandan keyin egallagan hunari bo‘yicha o‘z ishini topa olishiga jiddiy e’tibor qaratildi. Oilada va kundalik turmushda hamisha zarur bo‘lgan kichik tibbiy hamshira, oilaviy kichik hamshira, tarbiyachi yordamchisi, ijtimoiy soha kichik mutaxassisi, dasturchi, tarmoq boshqaruvchisi, veb-sayt dizayneri, kompyuter grafikasi mutaxassisi va shu kabi boshqa kasblarning o‘rgatilishi jamiyatga, ham davlatga bir xil naf keltiradi. E’tiborlisi, joylarda tashkil etilgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida kasblar murakkabligiga qarab 1 yoki 2 yil davomida o‘rgatiladi va mehnat bozoridagi ehtiyojga ko‘ra kasblarning turi o‘zgarib turadi. 10-11-sinf o‘quvchilariga haftasiga bir kun 6 soatdan 2 yil davomida kasbiy ta’lim o‘qitiladi. Bitiruvchilarga o‘rta ma’lumot to‘g‘risida attestat bilan birga kasb malakasi bo‘yicha davlat namunasidagi diplom beriladi. SHu bilan birga, o‘quvchilarda kasblarga bo‘lgan qiziqishni oshirish, kasblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uzluksiz etkazish maqsadida ular umumta’lim maktablarining 1-sinfidan boshlab kasbga yo‘naltirilib boriladi. 8-9-sinflarda esa kasbga yo‘naltirish alohida fan sifatida o‘qitiladi. Ilgari 9-sinfni tamomlayotgan o‘quvchilarda qaysi kollejda o‘qishni davom ettirish borasidagi savol ko‘ndalang turardi. Ba’zilari majburlikdan u, yoki bu kollejlarga “adashib” borib qolardi. Oxir oqibat ularning bilim olishida, ham tarbiyasida salbiy holatlar paydo bo‘la boshlardi. Bu esa, o‘z navbatida, voyaga etmaganlar orasida turli huquqbuzarliklar, jinoyatlar ortishiga sabab bo‘ldi. Pedagog sifatida shuni ishonch bilan aytamanki, o‘quvchilar 11 yillik ta’lim sistemasida chuqur bilim oladi, bu ertamiz egalarining bilimli, kasb-hunarli bo‘lib ulg‘ayishi, ma’naviyati, odob-axloqi, bo‘sh vaqti ustidan mahalla-ko‘y va jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishiga keng imkoniyat yaratdi. Download 368.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling