Tarix va yuridik
Muso Yo‘ldoshev Samarqand davlat universiteti professori
Download 36,32 Kb.
|
kurs ishi uzb tarix tahrir davom
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsadi
Muso Yo‘ldoshev Samarqand davlat universiteti professori
Kurs ishining obyekti: Shayboniylar davlat boshqaruvi va maumuriy tuzilishi. Kurs ishining predmeti:Shayboniylar davlat boshqaruvi , davlat huquqi va mamuriy tuzilishiga oid davlat hujjatlar, manbalar va adabiyotlar tahlili va texnalogiyasi. Kurs ishining maqsadi: Shayboniylar davlat huquqi davlat boshqaruvi uning mamuriy tuzilishini adabiyotlar vositasida tahlil qilish uning hozirgi davr davlat boshqaruv organlari vositasida qiyosiy tahlil qilish. 1.1 SHAYBONIYLAR DAVLATINING TASHKIL TOPISHI XI-XVI asrlarda g'arbda Dnepr daryosi va Qora dengiz, shimoli-sharqda Irtish daryosi va Balxash ko'ligacha, janubda esa Xorazm va Sirdaryoning quyi oqimlari oralig'idagi yerlar Dashti Qipchoq deb yuritilgan. Bu hududda dastlab Jo'ji ulusi norai bilan Oltin O'rda xonligi tashkil etilgan. XIV asr oxirlarida Oltin O'rda xonligi Amir Temur tomonidan tor-mor etilganidan so'ng parchalanib, bir necha xonliklarga bo'linib ketdi. Volga daryosining o'rta va quyi oqimlarida Qozon va Ashtarxon (Hojitarxon) xonliklari, Qrim yarim orolida Turkiya ta'sirida bo'lgan Qrim xonligi vujudga keldi. Dashti Qipchoqning sharqiy qismida esa Oq O'rda tashkil topdi. Bu katta hududda qiyot, mang'it, do'rmon, qushchi, o'rtachi, nayman, tuba, toyraas, jot, xitoy, uyg'ur, qorluq, ushun (usun), karlavut, ichki, ming, tan gut, qo'ng'irot va boshqa qabilalar yashagan. Bu ulus O'zbeklar davlati, uning aholisi «o'zbeklar» deb atalgan. Dashti Qipchoqning sharqiy qismi, ya'ni Oq O'rdada shayboniylardan bo'lgan Abulxayrxon (1428-1468) tarqoq bo'lgan mayda xonliklarni birlashtirib, katta davlatga asos soldi. Keyinchalik mang'it urug'lari ham Abulxayrxon qo'l ostiga birlashtirildi. Qozoq urug'lari XV asrning 40-yillarida Abulxayrxonga bo'ysunishdan bosh tortib Chu va Yettisuv vohasiga ko'chib ketdilar va keyinchalik Qozoq xonligiga asos soldilar (1465). Dashti Qipchoqda siyosiy tartibsizliklar, katta yer egalari bilan dehqonlar va chorvadorlar o'rtasida ichki ziddiyatlar kuchayishi natijasida davlat zaiflashib bordi. Ana shunday sharoitda hokimiyatni qo'lga olgan Abulxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon (1451-yilda tug'ilgan, yoshlik yillarida Samarqand va Buxoro madrasalarida o'qigan) Dashti Qipchoqdagi qabilalarni birlashtirib, davlat hokimiyatini yanada mustahkamlaydi. Amir Temur vorislari o'rtasida olib borilgan to'xtovsiz feodal urushlar temuriylar davlatining kuchsizlanishiga olib keldi va birin-ketin ular qaramidagi davlatlar va mulklar ajralib chiqib ketdi. Xorazmdan Astrobodgacha bo'lgan keng raasofada joylashgan turkmanlar bir necha qabilalardan tashkil topgan bo'lib, ko'pincha o'zaro kelisha olmas edilar. Lekin ular qulay vaziyatdan foydalanib Temuriylar davlatidan ajralib chiqdilar. Farg'ona vodiysi ham ajralib mustaqil davlat tashkil etdi. Bundan tashqari forsiy dehqon aholi joylashgan Hisor va Badaxshon ham mustaqil davlatga aylandi. Movarounnahrda temuriy hukmdorlarning o'rnini Abulxayrxonning nevarasi Shayboniy asos solgan o'zbeklar davlati egalladi. Temuriylar davlatining zaiflashganligi, tarqoqlikning kuchayishi va hokimlikka da'vogarlarning o'zaro to'xtovsiz urushlari shayboniylarning Turkistonga hujumi uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Shayboniyxon XV asr oxirlarida Turkistonga bir necha bor yurishlar qilib O'tror, Sabron, Yassi (Turkiston) shaharlarini bosib oldi. U 1499-1507-yillarda Buxoro, Samarqand, Toshkent, Shohruhiya, Farg'ona, Qunduz, Xorazm, Balx va Hirotni ishg'ol qilib, Movarounnahr va Xurosonda o'z hokimiyatini o'rnatdi. Muhammad Shayboniyxon boshchiligidagi ko'chmanchi o'zbeklar XVI asr boshlarida Movarounnahr va Xurosonni egallab, temuriy shahzodalar hukmronligiga chek qo'ydilar va bu ulkan hududda o'zlarining markazlashgan davlatiga asos soldilar. Bu davlat poytaxti avval Samarqandda bo'lgan bo'lsa, XVI asr o'rtalaridan boshlab Buxoroga ko'chiriladi. Shundan keyin bu davlat Buxoro xonligi deb ham atala boshladi. Butun XVI asr mobaynida hokimiyatni o'z qo'llarida saqlab kelgan shayboniylar sulolasi hukmronligi o'zbek davlatchiligi tarixida katta ahamiyatga ega bo'lib, xuddi shu davrda o'zbek xalqining etnik Shakllanishidagi uchinchi davr boshlandi. Dashti qipchoqlik o'zbeklar Movarounnahr va Xurosondagi mahalliy turkiy xalq o'zining azaliy qon-qarindoshlari bilan qo'shilib ketdi va ularga ham o'zining nomini berdi. Tarixiy manbalar va tadqiqotlarda XV asrning 20-yillarida Qipchoq dashtining Sharqiy yerlarida tashkil topgan, qirq yildart ziyodroq hukm surgan Abulxayrxon (1428-1468) hamda Movarounnahrda tashkil topgan Muhammad Shayboniyxon (1450-151.0) davlatlarini ko'chmanchi o'zbeklar davlati deb atashgan. Ammo bu unchalik to'g'ri emas, chunki ushbu davlatlarning asosiy aholisi mol chorvachiligi bilan shug'ullangani holda, ular tarkibiga, shuningdek, Sirdaryoning quyi qismida, qisman Xorazm vohasining chekkalarida hunarmandchilik, dehqonchilik bilan shug'ul-lanuvchi urug' va qabilalar ham kirgan. Buyuk Amir Temur tomonidan Oltin O'rdaga berilgan kuchli zarba bir vaqtlar qudratli bo'lgan davlatning zaiflashuvi va parchalanib ketishiga sabab bo'lgan asosiyomillardan biridir. Dnepring o'rniga Volganing o'rta va quyi oqimida Qozon va Ashtarxon hamda Turkiya hukmronligi ostidagi Qrim yarim orolida Qrim xonliklari vujudga keldi. O'z navbatida Amir Temur vafotidan so'ng uning avlodlari o'rtasida o'zaro urushlar Amir Temur asos solgan buyuk saltanatning parchalanib ketishiga sabab bo'ldi va shimoldan kelgan ko'chmanchi qabilalarning bu yerlarni osonlikcha egaUab olishlari uchun qulay imkoniyatlar yaratdi. Ma'lumki, Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshan tog' tizmalarining Shimoliy yon bag'irlaridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar yoyilgan dashtlar Dashti Qipchoq nomi biIan atalgan. Bu Dashti Qipchoq atamasini XI asrda Nosir Xisrav qo'llagan. Dashti Qipchoq XI-XV asrlarga oid arab va fors manbalarida tilga olinadi. Dashti Qipchoq aholisi sharq manbalarida - qipchoqlar, rus solnomalarida polovetslar, Vizantiya xronikalarida kumanlar, venger manbalarida kunlar deb atalgan. Dashti Qipchoq XIII asr boshlarida Chingizxon qo'shinlari tomonidan bosib olingach, tarixda Jo'ji ulusi nomi bilan atalgan Oltin O'rda davlati barpo etiladi. XIV asr boshlarida Jo'ji ulusi, ya'ni Oltin O'rda ikkiga bo'linib ketadi. XIV asrning 60-yillaridan Dashti Qipchoqning sharqiy qismi «O'zbeklar mamlakati», aholisi esa «o'zbeklar» deb atala boshlangan. XV asrning 20-yillarida Dashti Qipchoqda ko'chmanchi qabilalar o'rtasida olib borilgan o'zaro janglarda Abulxayrxon (1412-1468) boshchiligidagi Shayboniyiar nomi ostida urug' tarix maydoniga chiqadi. Abulxayrxon 1428-yilda xon etib saylanadi va qirq yil (1428-1468) hukmronlik qildi. U Sirdaryoning quyi oqimida Sig'noq, Oqqo'rgon, Arko'k, O'zgan kabi shaharlarni egallab oldi va bu hududlardan doimo Movarounnahrga tahdid solib turdi. Abulxayrxon vafot etgach (l468-y.) o'rniga taxtga o'tirgan o'g'ii Haydarxon davrida Iboqxon, Jonibek, Gerayxon, mang'it amirlaridan Yomqurchi va Muso Mirzolar Oltin O'rda xoni Ahmadxon bilan ittifoq tuzib Haydarxonga qarshi kurash olib borib, g'alabaga erishganiar, Haydarxon esa qat! etilgan. Shunda shoh Budoqning o'g'illari Shayboniyxon va Mahmud Sultonni yaqin kishilari Ashtarxon xoni Qosimning saroyiga olib borib yashirganlar. Bundan xabar topgan suitonlar o'z qurollarini Qosimga qarshi qaratganlar. Ammo shahzoda Muhammad Shayboniy o'z ukasi bilan qamai qilingan Ashtarxondan omon eson chiqib Dashti Qipchoqqa yetib kelgan. U XV asrning 80- yillarida bobosi Abulxayrxon birlashtirgan Dashti Qipchoq yerIarini birlashtirish va hokimiyatni qaytadan tiklash uchun kurash olib boradi. Bu kurashning dastlabki bosqichida temuriyIar Shayboniyxonga katta yordam va madad berganlar. Tarixiy manbalarda Shayboniyxon o'z ukasi bilan bir necha marta Movarounnahr hukmdorlari va noiblari - Turkiston va O'trorni idora qilgan noib Muhammad Mazid Tarxon, Samarqand hokimi Ahmad Mirzolar huzurlariga ke1ganda yaxshi kutib oIganlikIari va homiyIik qiIganlikIari ko'rsatiladi. Shayboniyxon bir necha vaqt Buxoroda ham yashagan va Dashti Qipchoqqa borib kelib turgan. Buxoroda bo'lganida Shayboniyxon ma'rifatdan saboq olgan, ilm va she'riyatni sevib o'rgangan. Sig'noq shahri (Qizil O'rdaga boradigan yo'ldagi Tuman Ariq degan sobiq pochta bekatiga 10 km yetmasdan, Sig'noq shahrining xarobalari hozir ham mavjud) Shayboniyxonga jangsiz taslim bo'lgan. Mang'it hokimi Muso-Mirzoning yordami evaziga Shayboniy qozoqlar xoni Burunduqxonni (1481-1511) tor-mor qiladi. Ammo keyin o'zi qattiq zarbaga uchrab, Mang'ishIoq yarim oroliga qochadi. Samarqand hokimi Ahmad Mirzo mo'g'ullarning tinim siz qilib turgan hujumidan tinkasi qurib Shayboniyxonga yordam so'rab murojaat qiladi. Shu bahona bilan Shayboniyxon Movarounnahrga ikki bosqichda ya'ni 1488-1499-yillarda birinchi marta, 1499-1507-yillarda ikkinchi marta yurishlar qiladi va birin-ketin O'tror, Yassi (Turkiston), Buxoro, Samarqand hamda Farg'ona hududlarini egallab oladi. Download 36,32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling