Tarix yo`nalishi 355-a guruh talabasi mustafokulov bobojon


Download 1.05 Mb.
Sana30.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1404734
Bog'liq
arxeologiya

Tarix yo`nalishi 355-a guruh talabasi mustafokulov bobojon

Mavzu:arxeologiya va uning tarmoq fanlarining o`zaro aloqadorligi

  • Reja:
  • 1. arxeologiya va tarix tushunchasi.
  • 2. arxeologiyaning tarixiy fanlar bilan aloqadorligi.
  • 3. arxeologiya va tarmoq fanlar.
  • Agar arxeologiya fani tarixni o’rganar ekan, tarix fanidan qanday farqli tomoni bor? Arxeologiya tarix fanining tarkibiy qismidir. Tarix asoslari arxeologiyadan boshlanadi. Ma’lumki, kishilik jamiyati tarixi tarixiy manbalar asosida o’rganiladi. Tarixiy manbalar o’z navbatida 2 turga bo’linadi.
  • Moddiy ashyoviy manbalar - o’tmishda inson qo’li bilan bunyod etilgan tarixiy jarayon izlarini o’zida aks ettiruvchi va kishilik jamiyati tarixini o’rganish imkonini beruvchi, hozirgi kungacha saqlangan har qanday osori atiqalar moddiy ashyoviy manbalardir.
  • Yozma manbalar – inson tomonidan yozib qoldirilgan barcha manbalar.
  • .
  • Arxeologiya fanining metodologik asoslarini tarixiy ischillik, xolislik, ob’ektivlik tamoyillari tashkil etadi, qadimgi jamiyatlarning tarixiy ketma-ketlikda rivojlanishini o’rganish arxeologiya dala amaliyoti vazifasiga kiradi. Arxeologiya tarix kabi yozma manba materiallaridan foydalanadi. Ammo, arxeologiya aksariyat xollarda asosan arxeologik ma’lumotlar asosida jamiyat tarixiy taraqqiyoti haqida umumiy tasavvur va tushunchalar beradi. Agar, er yuzida inson paydo bo’lishidan to hozirgi kungacha 3 million yil bo’lgan bo’lsa, unda kishilik jamiyati tarixining 99% davrini o’tmish moddiy manbalar asosida arxeologiya fani o’rgansa, qolgan 1% davr esa yozma manbalar asosida tarix fani o’rganadi. Bu bilan kishilik jamiyati tarixida yozma manbalarning paydo bo’lishi bilan arxeologiya fani chegaralanmaydi, aksincha endi moddiy manbalar bilan yozma manbalar taqqoslaniladi, tahlil qilinadi. Eng qadimgi yozma manbalar ham arxeologiya fani maxsuli asosida topilgan va epigrafika faniga tortiq qilingan. Yozma manbalar hududiy jihatdan nisbiy bo’lib, ularning eng qadimiysi mil. avv. III ming yilga tegishli G’arbiy Osiyo yozma manbalari bo’lsa, Avstraliya tarixi yozma manbalari esa 1788 yildan boshlanadi.
  • Arxeologiya manbalari quyidagi ikki turga bo’linadi:
  • Tabiiy manbalar (paleozoologiya, paleobotanika) - inson va hayvon suyaklari va o’simlik qoldiqlari geologik qatlamlar bo’lib, ularni asosan antropologlar, zoologlar, botaniklar va geologlar o’rganadilar.
  • Inson tomonidan yaratilgan manbalar: mehnat qurollari, qurol- aslahalar, kulolchilik buyumlari, san’at va zeb-ziynat buyumlari, qoyatosh rasmlari, yozma manbalar va h.k. Yozma manbalarni o’rganish bilan asosan tarixchilar shug’ullansalarda, arxeologlar kishilik o’tmishini o’rganishda moddiy manbalar bilan birgalikda yozma manbalarga ham tayanib ish ko’radilar.
  • Arxeologiya fanining vazifalari:
  • Insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy-madaniyatning paydo bo’lishi va rivojlanish bosqichlarini o’rganadi.
  • Moddiy madaniyat asosida jamiyat taraqqiyotini o’rganadi.
  • Har bir tarixiy davrga xos bo’lgan tarixiy jarayonlarni moddiy madaniyatda aks ettiradi.
  • Arxeologiya tarixiy fanlar xususan antropologiya, etnografiya bilan hamkorlikda odamning paydo bo’lishi, rivojlanishi va migratsiya jarayonlarini o’rganadi.
  • Joylardagi arxeologik ekspeditsiyalarni maxsus muassasalar: arxeologik tadqiqot institutlari, oliy o’quv yurtlarning arxeologiya kafedralari, san’atshunoslik institutlari, muzeylar va shuningdek o’lkani o’rganish to’garaklari tashkil etadi.
  •  
  • Arxeologiya juda ko’plab tarixiy fanlarni ilmiy manbalar bilan ta’minlaydi va ularning rivojlanishiga asos yaratib beradi. Shunday fanlardan numizmatika, antropologiya, tarixiy etnografiya, etnologiya, geraldika, gliptika, dinshunoslik, harbiy san’at tarixi va boshqalar. Yozma manbalarning paydo bo’lishigacha bo’lgan davr tarixi asosan arxeologik manbalar asosida o’rganiladi. O’zbekiston tarixi misolida aytadigan bo’lsak, mil.av. VI asrgacha bo’lgan davr 100 % arxeologik manbalar asosida yaratilgan. Undan keyingi davrlarda Ahamoniy, Ellin, Kushon, Turk xoqonligi, Arablar davrini o’rganish bo’yicha ham yozma manbalar juda kam va arxeologiyaning o’rni balanddir.
  • Numizmatika – grekcha so’z bo’lib, tangashunoslik, yoki tangalar tarixi fanidir. Arxeologik tadqiqotlar davomida topilgan tanga yordamida har bir inshootning qurilish, mavjud bo’lish va inqirozga uchrash davrlari aniq sanalarda aniqlanadi. Numizmatik manbalarni to’plash bo’yicha maxsus ekspeditsiyalar tashkil qilishning iloji yo’q. U yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek arxeologik tadqiqotlar natijasida to’planadi. To’g’ri, gohida xalq qo’lida saqlanib qolgan, dehqonchilik natijasida erni tekislash davomida uning qa’rida saqlanib kelinayotgan tangalarga ham duch kelinadi.
  • Numizmatik manbalar madaniy qatlamning yoshini aniqlashda eng ishonchli manbadir. To’g’ri, gohida aholi qo’lida uzoq vaqt muomalada bo’lgan, qimmatbaho tangalar madaniy qatlamning xronologiyasini adashtirishi mumkin
  • Arxeologiya va antropologiya
  • Antropologiya grekcha so’z bo’lib, “antropos” – odam, “lo-gos” – fan demakdir. Antropologiya uning bir tarmog’i tarixiy antropologiya qadimgi odamning tana tuzilishi va taraqqiyotini arxeologik qazishmalar jarayonida to’plangan manbalarga tayangan xolda o’rganadi.
  • Antropologik manbalar ham arxeologik tadqiqotlar natijasida qo’lga kiritiladi. Hattoki, qabriston va qo’rg’onlar ham arxeologlar tomonidan qaziladi va skelet antropolog tomonidan o’rganiladi, chunki qazish metodi arxeologiya fani predmetiga oid.
  • Arxeolog moddiy madaniyat tarixini o’rgansa, antropolog shu moddiy madaniyatni yaratgan insonlarni o’rganadi. Ikki mutaxassis mehnatining uyg’unlashishi natijasida bir butun tarix yaratiladi.
  • Antropologiya xalqlarning ko’chishi va buning natijasida aholining irqiy o’zgarishi masalalarini ham o’rganadi. O’rta Osiyo misolida aytadigan bo’lsak, antik davrgacha O’zbekiston hududida bironta ham mongoloid ko’rinishli sklet uchramagan (Telman Xodjaev). Ilk mongol tuzilishli qabrlar Toshkent vohasida mil.avv. I asrlarga oid bo’lib, Turk xoqonligi davrida bu jarayon juda oshib ketgan. Buning asosiy sababi Evroosiyo mintaqasidan ko’chmanchi xalqlarning doimiy ravishda kirib kelishi va o’troqlashishi bilan bog’liq.
  • O’rta Osiyo misolida aytadigan bo’lsak, antik davrgacha O’zbekiston hududida bironta ham mongoloid ko’rinishli sklet uchramagan (Telman Xodjaev). Ilk mongol tuzilishli qabrlar Toshkent vohasida mil.avv. I asrlarga oid bo’lib, Turk xoqonligi davrida bu jarayon juda oshib ketgan. Buning asosiy sababi Evroosiyo mintaqasidan ko’chmanchi xalqlarning doimiy ravishda kirib kelishi va o’troqlashishi bilan bog’liq.
  • Arxeologiya va tarixiy etnografiya
  • Etnografiya – grekcha so’z b Antropologiya xalqlarning ko’chishi va buning natijasida aholining irqiy o’zgarishi masalalarini ham o’rganadi. O’rta Osiyo misolida aytadigan bo’lsak, antik davrgacha O’zbekiston hududida bironta ham mongoloid ko’rinishli sklet uchramagan (Telman Xodjaev). Ilk mongol tuzilishli qabrlar Toshkent vohasida mil.avv. I asrlarga oid bo’lib, Turk xoqonligi davrida bu jarayon juda oshib ketgan. Buning asosiy sababi Evroosiyo mintaqasidan ko’chmanchi xalqlarning doimiy ravishda kirib kelishi va o’troqlashishi bilan bog’liq.
  • o’lib, “etnos” - xalq, “grafi-kos”- yozish demakdir. Arxeologik qazuv davomida to’plangan moddiy madaniyat namunalari, antrolodlogik topilmalar yordamida har bir etnik guruhning o’ziga xos madaniyati, uning bir hududdan boshqa hududga migrattsiya jarayoni kompleks yondashuv orqali mintaqada yuz bergan va etnik va madaniy jarayonlar etnografiya fani be’vosita aloqadorlikda o’rganiladi.
  • Etnografiya ham ikkiga, zamonaviy va tarixiy qismlarga bo’linadi. Arxeologik tadqiqotlar natijasida topiladigan taqinchoqlar, kiyim qoldiqlari, idishlar, qabrlarning xilma xilligi va skletlarning har xil holatda joylashishi, narsalar bilan qo’milishi kabi ma’lumotlar tarixiy etnografiya uchun manba bo’lib xizmat qiladi va qadimgi xalqlarning urf odatlari o’rganiladi.
  • O’zbekistonda arxeologik tadqiqotlar natijasida, har bir tarixiy mintaqalar bo’yicha (Baqtriya, So’g’d, Xorazm, Choch, Ustrushona) juda ko’plab manbalar yig’ilgan. Ammo shu soha bo’yicha yirik tadqiqotlar qilinmagan. Etnografiya bo’yicha olib borilayotgan tadqiqotlar ko’proq zamonaviy xarakterga ega. Buning asosiy sababi etnograflarning arxeologik adabiyotlardan tanish emasligida. Fanlar integratsiyasining yaxshi yo’lga qo’yilmaganligidir.
  • Geraldika (gerbshunoslik, lotincha heraldus – glashatay) maxsus tarix fanlari doirasiga kiradi. Gerblar va ularning tarixi bilan shug’ullanadi. Emblematika fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Davlatlar, siyosiy birlashmalar ramzlari tarixi bilan shug’ullanuvchi geraldika fani hamma joyda ham bir xil rivojlangan emas. Davlat ramzlari yozma manbalar va rasmlarda saqlanib qolgan hududlarda to’liqroq yoritilgan. Geraldika arxeologik va numizmatik manbalar asosida juda sekin, uzoq vaqt mobaynida to’ldirib boriladi. Geraldika fani eng yaxshi rivojlangan hudud Evropa mamlakatlari, jumladan Turkiya hisoblanadi. Ramzlarda ifodalangan tasvirlar juda katta ma’nolarni anglatadi. U xalqning tarixi, dini, madaniyati, umumiy psixologik qarashlari hamda orzularini ham ifodalaydi.
  • Ifodalangan belgilarni tushunish va xalqqa etkazib berish geraldika bo’yicha mutaxassislardan juda katta entsiklopedik bilimni talab qiladi. Masalan, Amir Temur va Temuriylar bayrog’idagi uchta aylana (doira) hozirgi kungacha ham mutaxassislarning tortishuvlariga sabab bo’lib kelayotgan mavzulardan biridir.

Arxeologiya va gliptika
Gliptika – (yun. qlypho – kesaman) – qimmatbaho, yarim qimmatbaho toshlarga naqsh yoki tasvir o’yish san’ati; amaliy bezak san’ati turi. Gliptika asari gemma qadimdan muhr (egalik belgisi), tumor va taqinchoq vazifasini o’tagan. Mil.av. 4 ming yillikda Mesopotamiya, Qadimgi Misr, G’arbiy Osiyoda vujudga kelgan, Yunoniston, Qadimgi Rimda yuksak taraqqiy etgan. Gliptika tasvirlari (hayvon va qushlar, xudo va qahramonlar qiyofasi, afsonaviy sahnalar) ixcham kompoziyiyasi bilan ajralib turadi. Bu fan sohasini, ayniqsa qadimgi davrlar gliptikasini arxeologiya manbalar bilan ta’minlaydi
  • Janubiy O’zbekistonning bronza davriga oid yodgorliklaridan gliptikaga oid juda ko’plab manbalar topilgan. Ular muhrlarda, tumorlarda, sopol buyumlarda ifodalangan. Arxeologik manbalarda ifodalangan, gliptikaga oid manbalar qadimgi ajdodlarimizning dunyo, tabiat, insonlarning bir biriga bo’lgan munosabatlari haqidaga falsafik, mifologik dunyoqarashlarini tiklashda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi
  • Arxeologiya va epigrafika
  • Epigrafika (yun. epigrahe - bitik) — qattiq jismlar — tosh, metall, sopol va boshqalardagi, asosan, qadimgi va o’rta asrlarga oid yozuvlar (bitiklar)ni to’plash, nashr etish va sharhlash bilann shug’ullanuvchi yordamchi tarix fani. Adabiyotda epigrafik yodgorliklar deb qadimgi bitiklar aytiladi. Uyg’onish davrida, antik va sharq tarixiga umumiy qiziqish kuchayishi munosabati bilan vujudga kelgan. Dastlab epinarfika faqat Italiya, Gretsiya, Shimoliy Afrika va Falastinda topilgan qadimgi yozuvlarni o’rgangan (q. Paleografiya). Qadimgi turkiy tillarga oid yozma yodgorliklar ham noyob epigrafik yodgorlik sanaladi (q. Urxun-Enisey yoeuvlari).
  • Tarixiy manbalar orasida epigrafik ma’lumotlar alohida o’rin egallaydi. Ular boshqa manbalarga nisbatan ko’proq informativligi bilan ajralib turadi. Epigrafik ma’lumotlar tarixiy manbashunoslik bilan aloqador tarixiy fan bo’lib, epigrafik ma’lumotlar eng aniq tarixiy manba sifatidagi ahamiyatlidir.

Arxeologiya va toponimika
Toponimika (yun. topos — joy va onyma — ism, nom) — onomastika joy nomlari (geografik atoqli nom-lar)ni, ularning paydo bo’lishi yoki yaratilish qonuniyatlarini, rivojlanish va o’zgarishini, tarixiy-etimologik manbalari va grammatik xususiyatlarini, ularning tuzilishini, tarqalish hududlari hamda atalish sabablarini o’rganuvchi bo’limi. Muayyan bir hududdagi joy nomlari majmui — toponimiya, alohida olingan joy nomi esa toponim deb ataladi. Toponimlar ham, til leksikasining bir qismi sifatida boshqa hamma so’zlar singari til qonuniyatlariga bo’ysunadi, lekin o’zining paydo bo’lishi va ba’zi ichki xususiyatlari jihatidan jamiyatning kundalik moddiy va ma’naviy holati, iqtisodiy turmushi, orzu va intilishlariga aloqador bo’lib, ma’lum darajada boshqa guruh so’zlardan farq qiladi. Shu bilan birga, toponimlarda milliy tilimizga xos bo’lgan qadimiy fonetik, leksik va morfologik elementlar ko’proq saklangan bo’ladi. Joyning tabiiy geografik sharoiti (relef), aholining etnik tarkibi, kishilarning kasbi va mashg’uloti, qazilma boyliklar, tarixiy shaxslar va voqealar toponimlar vujudga kelishining asosiy manbalari hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • J.Kabirov, A.Sagdullayev O’rta Osiyo arxeologiyasi T; 1990
  • N.Xolmatov O’rta Osiyo tosh, bronza va temir davri arxeologiyasi. Darslik
  • O.Ergashev Antik davr arxeologiyasi. O’quv qo’llanma

E`tiboringiz uchun rahmat!


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling