Tarix yonalishi talim axbarot texnologiyalari fanidan mustaqil ish


Download 94.61 Kb.
bet3/3
Sana23.06.2023
Hajmi94.61 Kb.
#1652602
1   2   3
Bog'liq
aslbek xayrullayev otabekovich tat

jtimoiy tarmoq — bu qiziqishlari oʻxshash yoki oflayn-aloqaga ega boʻlgan odamlar oʻrtasida tanishish, ijtimoiy munosabatlar yaratish uchun, shuningdek, koʻngilochar (musiqa va filmlar) va ish maqsadlarida ishlatiladigan onlayn platforma.

ZAMONAVIY AXBAROT TEXNOLOGIYALARINING ASOSIY JIHATLARI


Qo‘lyozmalar yaratilganidan keyin, elektr telegrafi, so‘ngra esa telefon va radiotelefonning yuzaga kelishi axborot hamjamiyatining yaratilishi uchun ilk qadamlar sifatida qayd etilgan bo‘lsa, televidenie, Internet, bundan keyin esa uyali aloqa va GPSning paydo bo‘lishi tasvir, matn va «simsiz aloqa» so‘zlarini o‘zaro bog‘lab berdi. 1971 yilda AxbarotT uchun ahamiyatli voqea ro‘y berdi – ikkita meynfreym o‘rtasida ilk elektron pochta xabari yuborildi. Bugungi kunda Internet va televideniedan mobil telefonlarda ham foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bunda telefondan kamera sifatida ham foydalansa bo‘ladi. 20 asrning so‘nggi o‘n yilligida informatika va telekommunikatsiyalarning birlashuvi komponentlarning kichrayib ketishiga olib keldi, bu holat 2000 yildan boshlab hamyonbop narxlarda «ko‘p funksiyali» qurilmalarni ishlab chiqarish imkoniyatini yaratib berdi. AKTdan foydalanish qamrovi, ayniqda boy mamlakatlarda yanada kengayib bormoqda, lekin diqqatni ijtimoiy va raqamli qoidabuzarliklarda jamlash, shuningdek avlodlar o‘rtasidagi uzilish kabi qaltisliklar doim mavjud bo‘lib kelmoqda. Insoniyat faoliyatining turli sohalarida, qishloq va o‘rmon xo‘jaligini boshqarishdan (o‘rmonni noqonuniy kesilishiga qarish kurashish uchun ularni chegaralash) boshlab atrof-muhitni yoxud biologik hilma-hillikni kompleks tarzda monitoring qilish (monitoring faoliyati), faol demokratiya, savdo-sotiq, telemeditsina, axborot, ma’lumotlar bazasini boshqarish, tarmoqlarni tashkil qilish, harbiy sohalarni avtomatlashtirish, nogironlarni qo‘llab-quvvatlash (ko‘zi ojizlar zamonaviy ovozli sintezatorlardan foydalanmoqdalar) va boshqa Axborot-Kommunikatsiya Texnologiyalari insonning hayotida va ijtimoiy faoliyatida o‘ziga xos o‘rin olishi shubhasiz. Axborot Texnologiyalari jiddiy tayyorgarlik, katta mablag‘ hamda murakkab ilmiy qurilmalar bo‘lishini talab etadi. Axborot Texnologiyalarining joriy etilishi matematik va dasturiy ta’minotni yaratish, tizimlarda axborot oqimlarini shakllantirishdan hamda mutaxassislarini tayyorlashdan boshlanishi lozim
Zamonaviy Axborot Texnologiyalarining asosiy jihatlari quyidagilardan iborat:
1.Axborotni berilgan algoritmlar bilan kompyuterda qayta ishlash,
2.Katta hajmli axborotni mashina disklarida saqlash,
3.Cheklangan vaqt oralig‘ida axborotni istalgan masofalarga uzatish.
Mamlakatimizda 26-30 sentabr kunlari “InfoCom-2011” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir 2004 yildan buyon har yili sentabr oyining oxirida o‘tkazib kelinmoqda. U sohani takomillashtirishga qaratilgan qator tadbirlarni o‘z ichiga oladi. An’anaviy haftalik mutaxassislarda ham, ko‘p sonli axborot texnologiyalaridan foydalanuvchilarda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotir. Davlatimiz rahbarining 2002 yil 30 mayda qabul qilingan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi farmonida axborot hamjamiyatini shakllantirish masalalari o‘z ifodasini topgan. Shu asosda axborot makonini kengaytirish bo‘yicha turli tadbirlar ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligidan O‘zA muxbiriga ma’lum qilishlaricha, haftalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Abort va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi, Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash, O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi tomonidan tashkil etilmoqda.
“InfoCom-2011” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tadigan “ITPA-2011” O‘zbekiston-Koreya xalqaro konferensiyasi bilan boshlanadi.
Haftalikning dastlabki kunida poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida UZ milliy domeni internet-festivali g‘oliblarini mukofotlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Tanlov dasturi mavzuga oid 13 va 2 maxsus nominatsiyani o‘z ichiga olgan. 27 sentabrda esa Xalqaro biznes markazida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha har yili o‘tkaziladigan milliy sammit o‘z ishini boshlaydi. “AKT Sammit-2011” bugungi kunda O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi muhim voqealardan bo‘lib, milliy hamda xorijiy mamlakatlar xalqaro ekspertlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Dastlabki yillarda “AKT Sammit”da 200ga yaqin delegat qatnashgan bo‘lsa, bugun unda ishtirok etayotgan mutaxassislar soni ikki baravar ko‘paydi.Tadbir davomida AKTni rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturlarni amalga oshirish borasidagi yutuqlar va muammolar, hayotimizning ayrim sohalariga AKTni joriy etish tajribasi, elektron boshqaruv, elektron sog‘liqni saqlash, kadrlar tayyorlash, infratuzilmani, media biznesi, innovatsiya faoliyatini rivojlantirish hamda boshqa dolzarb mavzularga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglanadi.
Download 94.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling