Tarixan tarkib topgan, qat’iy me’yorlarga bo‘ysunuvchi, so‘zlashuvchilarning qaysi hududda yashashidan qat’i nazar barchasi uchun umumiy bo‘lgan til adabiy til sanaladi


Download 29.98 Kb.
Sana22.11.2020
Hajmi29.98 Kb.
#150192
Bog'liq
adabiy til mavzusi


kuni radio va televideniye orqali turli axborotlarni eshitga­ningizda, gazeta va jurnallar o‘qiganingizda, siz mansub bo‘lgan qishloq yoki shahar aholisi gaplashayotgan tilning radio, televideniye, matbuot tilidan ma’lum farq qiladigan tomonlarini payqaysiz. Bundan ko‘rinadiki, hozirgi o‘zbek tilimiz adabiy til va mahalliy xalq shevalarini o‘z ichiga oladi.
Tarixan tarkib topgan, qat’iy me’yorlarga bo‘ysunuvchi, so‘zlashuvchilarning qaysi hududda yashashidan qat’i nazar barchasi uchun umumiy bo‘lgan til adabiy til sanaladi.

Adabiy til har qanday tilning oliy shakli sanaladi va lug‘at tarkibining boyligi, grammatik qurilishining tartibga solinganligi, qat’iy me’yorlarga amal qilishi, uslubning rivojlanganligi bilan xarakterlanadi.

Bu jihatdan adabiy til xalq shevalariga qarama-qarshi qo‘yiladi.

Faqat muayyan bir hududga xos ayrim belgilarni o‘zida namoyon qilgan til shakli mahalliy shevalar hisoblanadi.
Shevalar shu xususiyatlari bilan boshqa hududga mansub shevalardan va ayni paytda adabiy tildan farq qiladi.

Adabiy til xalq shevalaridan oziqlangan holda muttasil rivojlanib boradi. Demak, adabiy til xalq shevalaridan uzilgan til emas.

Adabiy til xalq shevalari negizida so‘z ustalari tomonidan umumlashtirish, qat’iy me’yorlarni ishlab chiqish yo‘li bilan hosil qilinadi. Hozirgi o‘zbek adabiy tili ko‘proq qarluq, qisman qiрchoq va o‘g‘uz shevalari negizida vujudga kelgan. Qarluq shevasi vakillari ko‘proq Farg‘ona vodiysi, Toshkent, Samarqand, Qarshi shaharlari va ularning atroflaridagi hududlarda istiqomat qilishadi. Shuningdek, bu sheva vakillarini Markaziy Osiyoning bir qancha joylarida, xorijiy mamlakatlarda ham uchratish mumkin. Har bir ziyoli o‘zi mansub bo‘lgan hudud tili xususiyatlaridan qutulib, adabiy tilda gapirish ko‘nikmasiga ega bo‘lmog‘i lozim.

Masalan, ashi, kevotti, kelutti, kelopti, oka, aqa-baqa singari shakl­larni nutqda qo‘llash so‘zlovchida nutq madaniyatining shakllanma­ganligidan dalolat beradi.



5-ilova

So`zlar

Asos

Qo`shimcha

Aytilishi

Yozilishi

Yozuv

Bog`ga Uchinchi Stakan

Aeroport


Tug`ildim

Bilan


Eshikka

Ulg`aymoq

Ayrilgan

Roman


Qiynamoq

Gullar


Kelibdur

Shunday


Go`sht

bog`

uch


stakan

-ga

-inchi


boqqa uchinchi istakan

bog`ga uchinchi stakan

fonetik morfologik shakliy


6-ilova

7-ilova
Tezkor savol-javob

1. Adabiy til nima va u xalq shevalaridan nimasi bilan farq qiladi?

2. Xalq shevalari deganda nimani tushunasiz va uning adabiy til bilan aloqasi qanday?

3. Siz mansub bo‘lgan shevaning adabiy tildan farq qiladigan tomonlarini ayting.

4. Yozma adabiy til nima?

5. Og‘zaki adabiy til deganda nimani tushunasiz?

6. Badiiy til bilan adabiy til bir narsami?

7. Adabiy tilning qanday uslublarini bilasiz?






8-ilova

33-mashq. Jonli so‘zlashuv nutqiga xos so‘zlarni yozma adabiy tilda yozing.

N a m u n a: sevindi — suyundi.

Anjon — Andijon, Samarqan — Samarqand, asma— astma, do‘slik — do‘stlik, ishleman — ishlayman, telvizor — televizor, ko‘yni — ko‘ngli, obketaman — olib ketaman, to‘r — to‘rt, ishka — ishga, silar — sizlar, bo‘maydi — bo‘lmaydi, istudent — student, abzal — afzal, kexsa — keksa, mart — mard, dasro‘mol — dastro‘mol.

Yuqoridagi so‘zlar ishtirokida og‘zaki matn tuzing.

38-mashq. So‘zlashuv nutqiga xos qisqargan so‘z shakllarini orfoepik me’yorlarga muvofiq talaffuz qiling, so‘ngra ular ishtirokida gaplar tuzing.Olvoling, ketvordi, kemayapti, kamayiрti, daraxtti, ishlamedi, boriylar, turmayladi, isrop qimeylik, tayarlandi, ardoladi, ketomadi, g‘iyvat

40-mashq. Keltirilgan misollardan shevalarga va kasb-hunarga xos so‘zlar ishlatilgan o‘rinlarni aniqlang va tushuntiring.

1. Dukchi eshon hamma vaqt bo‘z ko‘ynak va ishton bilan malla to‘n kiyar edi. Boshiga kichik salla va kuloh kiyib, bo‘zi mahsi — kavush kiyar edi, hech vaqt yangi va yaxshi iрakli to‘n kiymas edi. (F. Otabekov)

2. Zebining qish ichi siqilib, zanglab chiqqan ko‘ngli bahorning iliq hovuri bilan ochila tushkan: endi, ustiga poxol to‘shalgan aravada bo‘lsa ham, allaqaylarga, dala-qirlarga chiqib yayrashni tusay boshlagan edi.

3. So‘fi uyga kirgandan keyin sallasini Qurbon bibiga uzatib, ustidagi malla yaxtagini olisdan turib kartga irg‘itdi.

4. Qizlarning bu «ittik» (o‘tkir zo‘r) payloqchisini ko‘plashib uyg‘otdilar, aravadan ko‘plashib tushirdilar.

5. Men buvizdan beruxsat mehmon chaqirmayman.

6. Kech payt men o‘zim kirib, Enaxonga aytib qo‘yaman.

7. Xudovandi karim, bu erkaklarni muncha yaxshi ko‘rar ekan, a..?

8. Odmi kiyimda ko‘rganlar yo oddiy bir qishloq boyi, yo Yettisuv bilan aloqasi bor qo‘ychi, tuyachi deb o‘ylaydilar.

9. «Uziqararoq» xotin uchrab bir chang solsa, hech narsa qolmaydi.



10. Shunday aziz cho‘qqat «xizmat haqi» besh ming so‘mlarga yetib boradigan bir «ish» topib keldi. (A. Cho‘lpon)
Download 29.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling