Tarixdan xikoyalar
Download 1.55 Mb.
|
Umumiy tarix
1993 yil 22-25 noyabr kunlari O'zbekiston Prezidenti I. Karimov boshliq respublikamiz delegatsiyasining rasmiy amaliy tashrif bilan Buyuk Britaniya va SHimoliy Irlandiya birlashgan qirolligida bo'lishi ikki mamlakat o'rtasidagi xamkorlik tarixida buyuk voqea bo'ldi. Mamlakatimiz raxbarini qiroxcha Yelizaveta 2, bosh vazir J.Meyjor bilan samimiy, ochiq, o'zaro manfaatli suxbatlari, muzokaralari bo'lib o'tdi. Safar samarali bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi bilan Buyuk Britaniya qirolligi o'rtasida o'zaro iqtisodiy aloqalar to'g'risida shartnoma, sarmoyalarni o'zaro rag'batlantirish va ximoyalash to'g'risida bitim, xavo yo'llarini ochish to'g'risida bitim, ikki mamlakat xududida fuqarolarning erkin yurishi xaqida memorandum imzolandi. Mashxur Rotshildlar banki xamda Yevropa tiklash va taraqqiyot banki raxbarlari bilan uchrashuvlar bo'ldi, ular bilan o'zaro xamkorlik xaqida bitimlar tuzildi. Yevropa qayta tiklash va taraqqiyot banki O'zbekistonda oltin qazib olish korxonalari qurish uchun 150 mln AQSH dollari ajratishga qaror qildi. O'zbekiston va "Lonro" kompaniyasi o'rtasida imzolangan oltin biznes xaqidagi bitim amaliy axamiyatga ega bo'ldi. Bu tadbirlar amalga oshirilmoqda. Liverpul paxta assotsiatsiyasi raxbarlari bilan O'zbekiston paxta tolasini jaxon bozorida sotish masalalari bo'yicha muzokaralar bo'ldi. "Toshkent-London" xavo yo'lida samolyot qatnovining yo'lga qo'yilishi aloqalarni yaxshilashda muxim axamiyatga ega bo'ldi. 1996 yilning boshlarida O'zbekistonda - Britaniya Kengashi bo'limining ish boshlashi xamkorlikni mustaxkamlash va kengaytirish yo'lidagi yangi qadam bo'ldi. O'zbekistonning Finlandiya, Avstriya, Belgiya, SHveysariya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Polsha, Vengriya, CHexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Bolgariya kabi Yevropa mamlakatlari bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalari o'rnatildi va kengayib bormoqda. SHveysariyaning Altendorf shaxrida O'zbekiston Savdo uyining ochilishi muxim voqea bo'ldi. Bu maskan bugungi kunda savdo uyigina bo'lib qolmay, O'zbekistonning Yevropa va jaxonda biznes va savdo markazi xisoblanadigan mamlakat - SHveysariyadagi vakolatxonasiga xam aylandi. 1995 yil oktyabrda Jenevada "O'zbekistonda xususiylashtirish: xamkorlik uchun imkoniyatlar" mavzusida konferensiya bo'lib o'tdi. SHu yil noyabr oyida esa Londonda o'tgan "O'zbekistonda biznes" konferensiyasida iqtisodiy isloxotlarning xususiyatlari muxokama qilindi. SHtutgartda bo'lib o'tgan "Buyuk ipak yo'li merosi: O'zbekiston" ko'rgazmasi O'zbekistonning aql-ziyo soxasida jaxonda tutgan o'rniga va saloxiyatiga berilgan katta baxo bo'ldi. O'zbekiston Prezidentining Davosda xar yili o'tadigan jaxon iqtisodiy anjumanida ishtirok etishi va anjumanda so'zlagan nutqlari uning ishtirokchilarini, davlat va xukumat boshliqlarini, xalqaro moliya tashkilotlari, yirik banklar va kompaniyalarning raxbarlarini, qolaversa jaxon biznesmenlarini O'zbekiston bilan, uning saloxiyati bilan tanishtirdi, O'zbekistonga xorijiy sarmoyalarni jalb qilishda katta axamiyatga ega bo'ldi. O'zbekiston tashqi siyosatining jo'g'rofiyasi uzluksiz kengayib bormoqda. U mustaqillikni mustaxkamlashga, xalq farovonligini va xavfsizligini ta'minlashga yo'naltirilgan. O'zbek diplomatiyasi xorijiy mamlakatlardan sadaqa so'rashga emas, ikki tomonlama manfaatdorlikka, insonparvarlikning yuksak va oliyjanob prinsiplariga tayanadi. Respublika Prezidenti I. Karimov qaysi mamlakatda bo'lmasin, avvalo, ulardagi ilg'or tajribani o'rganishga, foydali narsalarni topishga, ulardan foydalanishga aloxida e'tibor beradi. O'zbekiston tashqi siyosatida iqtisodiy omillar xal qiluvchi rol o'ynaydi. Xorijiy mamlakatlardan respublikaga ilg'or texnologiyalar, sarmoyalar kirib kelishi, ko'plab qo'shma korxonalarning qurilishi oqilona tashqi siyosatning natijasidir. 2003 yilda respublikamizda xorijiy sarmoya ishtirokida barpo etilgan 2000 ta qo'shma korxona jaxondagi 80 mamlakatdan kelgan sheriklari bilan birgalikda faoliyat ko'rsatdi. Ular iste'mol mollari, eksport uchun sifatli tovarlar ishlab chiqardi, axoliga xizmat ko'rsatdi. Jaxondagi 80 dan ortiq xorijiy bank bilan o'zaro munosabatlar o'rnatilgan. Mustaqillik yillarida O'zbekistonga kiritilgan chet el sarmoyalari 14 mlrd AQSH dollaridan oshdi. Bir yilda taxminan 1 mlrd AQSH dollari o'zlashtirilmoqda. O'zbekiston jaxondagi 140 mamlakat bilan savdo-sotiq qilmoqda. Xar yilgi tovar ayirboshlash xajmi 6-8 mlrd AQSH dollarini tashkil etmoqda. Ilg'or mamlakatlar kadrlar tayyorlashda, bank soxasida va boshqaruvda, axborot tarmoqlarini yo'lga qo'yishda, yetakchi birjalar bilan aloqalar o'rnatishda, qonunchilik tajnbasini o'rganishga respublikamizga ko'maklashmoqdalar. Xulosa qilib aytganda, O'zbekistonda tarixiy jixatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni yo'lga qo'yish va rivojlantirish bobida asrlarga arziydigan ishlar amalga oshirildi O'zbekiston o'zining tinchliksevar, yaxshi qo'shnichilik o'zaro foydax xamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jaxon xamjamiyatida o'zining munosib o'rnini egalladi, unmg mavqeyi yildan yilga mustaxkamlanib bormoqda. XOTIMA
Davlat mustaqilligining qo'lga kiritilishi O'zbekiston xalqi xayotida muxim tarixiy voqea bo'ldi. Mustaqillik xalqimizga o'z taqdirini o'zi belgilash, o'zlari uchun munosib turmush yaratish erkinligini berdi. Jaxon tarixi guvoxlik beradiki, qadim zamonlardan boshlab u yoki bu mintaqalarda yirik imperiyalar tashkil etilgan, ular ko'plab xalqlarni o'z manfaatlariga bo'ysundirgan, asoratga solgan. Biroq ularning barchasi mazlum xalqlarning ozodlik uchun kurashi natijasida parchalanib ketgan. Bu tarixiy jarayon 20 asrda xam takrorlandi. Mazlum xalqlarning milliy ozodlik xarakati natijasida jaxon mustamlakachilik tizimi barbod bo'ldi, imperiyalar quladi. Dunyodagi yirik imperiya bo'lmish SSSRning qulashi, parchalanishi xam ana shu tarixiy qonuniy jarayonning natijasi bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining qo'lga kiritilishi xam obycktiv tarixiy jarayon bo'lib, xalqimizning uzoq yillar davomidagi olib borgan milliy istiqlol uchun kurashining qonuniy mevasidir. Tarixda bironta qaram bo'lgan xalq o'z mustaqilligini osonlikcha qo'lga kiritmagan. O'zbekiston xalqi xam mustaqillikni qo'lga kiritish yo'lida minglab millatparvar farzandlaridan judo bo'ldi. Mustaqillikka erishilgandan keyin xam ichki va tashqi dushmanlar tomonidan mamlakatimizga o'ta xavfli xurujlar uyushtirildi. 1989 yil may iyun oylarida Farg'ona, 1990 yil iyunda O'sh va O'zgan voqealari, 1991 yil oktyabrda Oliy Kengashda Prezidentni ag'darishga bo'lgan urinish, 1992 yil yanvarda Toshkentning talabalar shaxarchasida uyushtirilgan tartibsizliklar, 1999 yil fevralda Toshkentda - terrorchi guruxlar uyushtirgan portlashlar, 1999, 2000, 2001 yillarda Afg'oniston xududida o'ziga uya qurib olgan terrorchi to'dalarning chegaralarimizga bostirib kirishi kabi xollar xalq xamjixatligini buzish, mustaqillikka zarba berish uchun qilingan xarakatlar edi. Ming shukurlar bo'lsinki, g'animlarning barcha urinishlari barbod bo'ldi. Xalqimiz Prezident Islom Karimov tomonidan asoslab berilgan "Taraqqiyotning o'zbek modeli"ni ro'yobga chiqarish yo'lida bunyodkorona mexnat qildi. O'zbekistonda demokratik davlat poydevori barpo etildi. Davlat qurilishida demokratik tizim - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyati barpo etildi. Davlat boshqaruvining Yangi zamonaviy, samarali, eng maqbul tizimi - Prezidentlik Respublika boshqaruvi yaratildi va amal qilmoqda. Parlamcntchilikda demokratik asoslar yaratildi, demokratik davlatlarga xos parlamentarizm shakllandi. Amalga oshirilgan siyosiy isloxotlar natijasida fuqarolik jamiyati asoslari shakllandi. Fuqarolarning manfaatlarini o'zida ifoda etuvchi siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, demokratik jamiyatning muxim omili bo'lgan erkin ommaviy axborot vositalari vujudga keldi. Mustaqillik yillarida ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish uchun iqtisodiyot tubdan islox qilindi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida ko'p ukladli iqtisodiyot shakllandi. O'rta va kichik biznes rivojlandi, mulkdorlar tabaqasi vujudga keldi. Bozor iqlisodiyotining barcha soxalariga xizmat ko'rsatuvchi bozor infratuzilmasi shakllantirildi. Iqtisodiyotning xayotiy muxim tarmoqlari rivojlantirildi, yangi sanoat tarmoqlari, yirik korxonalar bunyod etildi. O'zbekistonda avtomobilsozlik sanoati yaratildi, don va yoqilg'i mustaqilligiga erishildi. Mustaqillik yillarida boy ma'naviy merosimiz, milliy an'analarimiz, rasm-rusumlarimiz, diniy qadriyatlarimiz qayta tiklandi. Ona tilimiz - xalq va davlat tunnushidagi o'z o'rni va axamiyatiga ega bo'ldi. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar, ta'lim, madaniyat, sog'liqni saqlash soxalari yuksaldi. SHaxar va qishloqlarimizning qiyofasi o'zgardi, axolining turmush saviyasi o'sdi. Ma'naviy xayotimizda uyg'onish yuz berdi, odamlarning tafakkuri va xayotga munosabati o'zgardi. O'zbekistonning jaxon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo'lib tushgan tinchliksevartashqi siyosati uning jaxonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta'minladi. O'zbekiston BMT, YeXXT, MDX, EKO, SHanxay xamkorlik tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tashkilotlarning a'zosidir. Dunyodagi nufuzli davlatlar bilan o'zaro manfaatli xamkorlik qilmoqda. O'zbekiston o'zining davlat mustaqilligini qolga kiritgani va mustaqil taraqqiyot yo'lini boshlaganiga 17 yil to'ldi. Bu yillar moxiyatan Vatanimiz tarixida sharafli va o'ta mas'uliyatli davr bo'ldi. "O'tgan davrning bar xir yilini axamiyati jixatidan tariximizning o'n yilliklariga, xatto asrlariga tenglashtirish mumkin, desak mubolag'a bo'lmaydi". Karimov I. A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo'lida. Asarlar, 6-jild. - "O'zbekiston", 1998, 250-bet. 1991 yil 31 avgust O'z.Res. Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida Prezident Islom Karimov O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qildi. "O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida" Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi. 1991 yil 1 sentabr O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni - umumxalq bayram i. 1991 yil 28 sentabr Toshkentda Alisher Navoiyga xaykal o'rnatildi. 1991 yil 1 noyabr O'zbekiston xalq demokratik partiyasi tashkil topdi. 1991 yil 18 noyabr O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i qabul qilindi. "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida" Qonun qabul qilindi. 1991 yil 18 noyabr O'zbekiston Respublikasining "Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to'g'risida"gi Qonuni qabul qilindi. 1991 yil 8 dekabr Namanganda diniy ekstremistlarning konstitutsion tuzumga qarshi tajovuzi bo'ldi. 1991 yil 29 dekabr O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to'g'risida referendum o'tkazildi. 1991 yil 29 dekabr O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga umumxalq saylovi bo'ldi. I. A. Karimov O'zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi. 1991 yil dekabr O'zbekiston ishtirokida MDX tuzildi. 1991 yil dekabr O'zbekiston va Turkiya o'rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari va maqsadlari to'g'risida shartnoma imzolandi. 1992 yil 4 yanvar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Bosh vaziri lavozimi ta'sis etildi. 1992 yil yanvar Viloyat, tuman va shaxarlarda xokim lavozimi ta'sis etildi. 1992 yil yanvar Millatlararo madaniyat markazi Respublika Baynalmilal madaniyat markaziga aylantirildi. 1992 yil 14 yanvar O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi Qonuni qabul qilindi. 1992 yil yanvar O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tuzildi. 1992 yil 28 yanvar "O'zbekiston xavo yo'llari" milliy kompaniyasi tashkil etildi. 1992 yil 26 fevral O'zbekiston YeXXT ga a'zo bo'ldi. 1992 yil 28 fevral Prezident farmoni bilan 8 ta viloyat pedagogika institutlari universitetlarga aylantirildi. 1992 yil 2 mart O'zbekiston BMT ga a'zo bo'ldi. 1992 yil 16 mart Toshkentda birinchi bo'lib AQSH elchixonasi ochildi. 1992 yil 27 mart Prezident farmoni bilan lyd Ramazon va Qurbon xayitining birinchi kunlari bayram va dam olish kunlari deb e'lon qilindi. 1992 yil 15 may Toshkentda MDX kengashi bo'lib o'tdi. 1992 yil 30 may O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do'stlik va xamkorlik to'g'risida shartnoma imzolandi. 1992 yil iyun O'zbekiston va Pokiston o'rtasida davlatlararo munosabatlar va xamkorlik prinsiplari to'g'risida shartnoma imzolandi. 1992 yil O'zbekiston EKO ga a'zo bo'ldi. 1992 yil 2 iyun O'zbekiston bilan Janubiy Koreya o'rtasida davlatlararo munosabatlar va xamkorlik asoslari to'g'risida Deklaratsiya imzolandi. 1992 yil 2 iyul O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilindi. 1992 yil 2 iyul "Siyosiy partiyalar to'g'risida" Qonun qabul qilindi. U 1996 yil 25 dekabrda yangi taxrirda qabul qilindi. 1992 yil 25 avgust O'zbekiston va Ukraina o'rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do'stlik va xamkorlik to'g'risida shartnoma imzolandi. 1992 yil noyabr.O'zbekiston va Eron o'rtasida xalqaro munosabatlarning asoslari to'g'risida Deklaratsiya imzolandi. 1992 yil 8 dekabr O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. 1992 yil 10 dekabr O'zbekiston Respublikasi Davlat madxiyasi qabul qilindi. 1993 yil 14 yanvar Vatan ximoyachilari kuni. 1993 yil may O'zbekiston va Xindiston o'rtasida davlatlararo munosabatlar va xamkorlik prinsiplari to'g'risida shartnoma imzolandi. 1993 yil 2 sentabr O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida nutq so'zladi. 1993 yil sentyabr O'zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida"gi Qonuni qabul qilindi. 1999 yil 14 aprelda esa u yangi taxrirda qabul qilindi. 1993 yil sentyabr Baxouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi nishonlandi. 1993 yil oktyabr Toshkentda BMT ning vakolatxonasi ochildi. 1993 yil 28-30 oktabr O'zbekiston bilan Fransiva o'rtasida do'stlik va xamkorlik to'g'risida shartnoma imzolandi. O'zbekiston Prezidenti Parij Xartiyasini imzoladi. 1993 yil 29 oktabr O'zbekiston YuNESKO ga a'zolikka qabul qilindi. 1993 yil 1 noyabr O'zbekistonda axoli qo'lidagi rubl o'rniga so'm-kupon (1 so'm-kupon 1 rublga tenglashtirilgan xolda) muomalaga kiritildi. 1993 yil 22-25 noyabr O'zbekiston Respublikasi bilan Buylik Britaniya Qirolligi o'rtasida o'zaro iqtisodiy aloqalar to'g'risida shartnoma imzolandi. 1993 yil 28 dekabr"O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to'g'risida" Qonun qabul qilindi. 1994 yil aprel Respublika "Ma'naviyat va ma'rifat" jamoatchilik markazi tuzildi. 1994 yil 30 aprel Markaziy Osiyo Iqtisodiy Xamjamiyati tashkiloti tashkil topdi. 1994 yil 5 may ^O'zbekiston Qaxramoni" unvoni. "Mustaqillik" ordeni ta'sis etildi. 1994 yil 16-19 may O'zbekiston bilan Yaponiya o'rtasidagi munosabatlarning asosiy prinsiplari to'g'risida qo'shma bayonot imzolandi. 1994 yil 1 iyul O'zbekiston Respublikasining milliy valutasi - so'm (1 so'm kursi 1000 so'm-kuponga tenglashtirilgan xolda) muomalaga kiritildi. 1994 yil iyul O'zbekiston NATO ning "Tinchlik yo'lida xamkorlik" dasturiga qo'shildi. 1994 yil 1 sentabr GFR poytaxti Bonnda O'zbekistonning Yevropada birinchi elchixonasi ochildi. 1994 yil 22 sentabr "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to'g'risida" Qonun qabul qilindi. 1994 yil oktyabr Mirzo Ulug'bek tavalludining 600 yilligi jaxon miqyosida nishonlandi. 1994 yil 4-25-oktabar O'zbekiston va Xitoy o'rtasida o'zaro munosaballarning asosiy prinsiplari, o'zaro manfaatli xamkorlikni rivojlantirish to'g'risida bayonnoma imzolandi. 1994 yil 25 dekabr O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi bor saylovlar bo'lib o'tdi. 1995 yil 18 fevral "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi tuzildi. 1995 yil 23 fevral Inson xuquqlari bo'yicha Oliy Majlis vakili (ombudsman) instituti ta'sis etildi. 1995 yil 26 mart O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolat muddatini 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirish bo'yicha referendum o'tkazildi. 1995 yil may "Xalq birligi" xarakati tashkil topdi. 1995 yil "Zarafshon-Nyumont" qo'shma korxonasi ishga tushirildi. 1995 yil 3 iyun Milliy tiklanish demokratik partiyasi tuzildi. 1995 yil iyul Toshkentda YeXXT ning mintaqaviy byurosi ochildi. 1995 yil 21 noyabr Turkiston xalqlari madaniyati Assam-bleyasi tashkil topdi. 1995 yil 21 dekabr O'zbekiston Respublikasining yangi taxrirda "Davlat tili to'g'risida"gi Qonuni qabul qilindi. 1995 yil 21 dekabr "Fuqarolik kodeksi" qabul qilindi. 1995 yil 21 dekabr O'zbekiston Respublikasining "Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish to'g'risida"gi Qonuni qabul qilindi. 1996 yil yanvar "Oltin meros" xalqaro xayriya jamg'armasi tuzildi. 1996 yil mart avgust oylari "O'zbekiston - Vatanim manim" birinchi qo'shiqlar ko'rik tanlovi boklib o'tdi. 1996 yil aprel Amir Temur tavalludining 660 yilligi jaxon miqyosida nishonlandi. 1996 yil 25 aprel - O'zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning xuquqlarini ximoya qilish to'g'risida"gi Qonuni qabul qilindi. 1996 yil 26 aprel "Amir Temur" ordeni, "Biryuk xizmatlari uchun" ordeni ta'sis etildi. 1996 yil 25 iyun AQSH da O'zbekistonning elchixonasi ochildi. 1996 yil iyul O'zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o'rtasida sherikchilik va xamkorlik to'g'risida shartnoma imzolandi. 1996 yil 19 iyul "O'zDAEWOOavto" qo'shma korxonasining rasmiy ochilish marosimi bo'ldi. "Damas", "Tiko", "Neksiya" rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. 1996 yil 27 avgust Prezident farmoni bilan xar yili avgust oyining uchinchi yakshanba kuni qo'shiq bayrami kuni deb e'lon qilindi. Mavzu: "O'zbekiston - Vatanim manim". 1996 yil 1 sentabr Toshkentda Olimpiya shon-shuxrati muzeyi ochildi. 1996 yil 18 oktabr Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. 1997 yil 7 yanvar Iste'dodli yoshlarni chet elda o'qishini qo'llab-quvvatlash maqsadida "Umid" jamg'armasi tashkil etildi. 1997 yil 9-10 yanvar Bishkekda O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston o'rtasida abadiy do'stlik xaqida shartnoma imzolandi. 1997 yil 24 aprel "Oliy Majlisning Inson xuquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) to'g'risida" Qonun qabul qilindi. 1997 yil 22 avgust Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, ishga tushirildi. 1997 yil 25 avgust - 2 sentabr Samarqandda "SHarq taronalari": birinchi xalqaro festivali bo'lib o'tdi. Xar ikki yilda shunday festivalni o'tkazish an'anaga aylandi. 1993 yil 29 avgust- O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" xaqidagi qonunlari qabul qilindi. 1997 yil oktyabr Buxoro va Xiva shaxarlarining 2500 yilligi nishonlandi. 1998 yil 30 aprel O'zbekiston Respublikasining "CHet el investitsiyalari to'g'risida", "CHet ellik investorlar va investitsiyalarga , kafolat berish to'g'risida"gi qonunlari qabul qilindi. 1998 yil 30 aprel O'zbekiston Respublikasining "Er kadastri to'g'risida", "Fermer xo'jaligi to'g'risida", "Dexqon xo'jaligi to'g'risida"gi qonunlari qabul qilindi. 1998 yil may O'zbekiston alpinistlari Ximolay tog'ining eng baland "Everest" cho'qqisiga chiqdilar. 1998 yil 17 avgust "El-yurt xurmati" ordeni ta'sis etildi. 1998 yil oktyabr Samarqandda Imom al-Buxoriy tavalludining xijriy-qamariy taqvim bo'yicha 1225 yilligi nishonlandi, yodgorlik majmuyi ochildi. 1998 yil oktyabr Farg'ona shaxrida Axmad al-Farg'oniyga xaykal o'rnatildi, bog' yaratildi. 1998 yil 28 dekabr "Fidokorlar" milliy-demokratikparti-yasi tashkil topdi. 1999 yil 16 fevral Toshkentda terrorchi kuchlar tomonidan portlashlar sodir etildi. 1999 yil mart "SamKochavto" qo'shma korxonasi ishga tushdi. "Otayo'l" rusumli avtobus va yuk avtomobillari ishlab chiqarish boshlandi. 1999 yil 9 may Toshkentda "Xotira maydoni" majmu-i" asining ochilish marosimi bo'ldi. 1999 yil may Toshkentda O'zbek milliy kurashi bo'yicha birinchi jaxon chempionati bo'lib o'tdi. Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tuzildi. 1999 yil Toshkent islom universiteti ochildi. 1999 yil 5 noyabr Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi nishonlandi, uning xotirasiga bag'ishlangan ulug'vor xaykal, yodgorlik majmuyi ochildi. 1999 yil 5 dekabr O'zbekiston Respublikasi ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisiga saylovlar bo'lib o'tdi. 2000 yil 9 yanvar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo'ldi. I. A. Karimov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti etib sayiandi. 2000 yil 12 may Toshkentda "SHaxidlar xotirasi" yodgorlik majmuyi ochildi. 2000 yil 21 iyun MDX sammitida terrorchilikka qarshi kurash markazini tuzish xaqida qaror qabul qilindi. 2000 yil 30 avgust "Jaloliddin Manguberdi" ordeni ta'sis etildi. 2000 yil 16-17 noyabr Burxoniddin Marg'inoniy tavalludining 910 yilligi va Imom Abu Mansur Moturudiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi, ular xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik majmualari ochildi. 2001 yil 23 mart "Kamolot"yoshlar ijtimoiy xarakati tashkil topdi. 2001 yil 24 aprel Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog'-Nukus yo'nalishi bo'ylab qurilgan yangi temiryo'lda dastlabki yuk poezdi xarakati boshlandi. 2001 yil 14-15 iyun O'zbekiston "SHanxay forumi"ga a'zo bo'ldi. Uning nomi SHanxay Xamkorlik Tashkiloti deb o'zgartirildi. 2001 yil 14 -15 iyun SHanxay Xamkorlik Tashkiloli sammitida terrorchilik, ayirmachilik va ekstrimizmga qarshi kurash xaqida konvensiya imzolandi. 2001 yil iyun 4890 nafar o'g'il-qiz akademik litsey va kasb-xunar kollejlarini birinchi bitiruvchilari bo'ldi. 2001 yil 17 avgust "O'zDAEWOOavto" qo'shma korxonasi yangi rusumdagi "Matiz" avtomobilini ishlab chiqara boshladi. 2001 yil avgust Toshkent metrosi Yunusobod yo'nalishining 6 ta bekatdan iborat birinchi qismi qurilib, foydalanishga topshirildi. 2001 yil 16- 17 noyabr"O'zbekiston-Qozog'iston davlat chegarasi to'g'risida" shartnoma imzolandi. 2001 yil dekabr SHo'rtan gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi. 2002 yil 27 yanvar Ikki palatali parlament tuzish masalasida O'zbekiston Respublikasining referendumi bo'lib o'tdi. 2002 yil O'zbekistonda istiqomat qilayotgan millat va elatlarning 120 ta milliy madaniyat markazlari faoliyat ko'rsatdi. 2002 yil 28 fevral Markaziy Osiyo Xamkorlik Tashkiloti tashkil etildi. 2002 yil 11-14 mart O'zbekiston Prezidenti I. A. Karimov rasmiy davlat tashrifi bilan AQSH da bo'ldi. "O'zbekiston bilan AQSH o'rtasida o'zaro sheriklik va xamkorlik asoslari to'g'risida" Deklaratsiya imzolandi. 2002 yil 2 aprel Termiz shaxrining 2500 yilligi nishonlandi. 2002 yil 4-5 aprel "Referendum yakunlari xamda davlat xokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to'g'risida" Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi. 2002 yil 28-31 iyul O'zbekiston va Yaponiya o'rtasida do'stlik, strategik sheriklik va xamkorlik to'g'risida qo'shma bayonot imzolandi. 2002 yil 27 avgust Toshkentda "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyi ochildi. 2002 yil 12 dekabr"O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to'g'risida" Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi. "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to'g'risida" Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi. 2003 yil 24 aprel"O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida" Qonun qabul qilindi. 2003 yil oxiri O'zbekiston Liberal demokratik partiyasi tashkil topdi. 2004 yil 1 yanvar Toshkentda SHXTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) faoliyat yurita boshladi. 2004 yil 28 may Ostonada MOX tashkilotiga a'zo davlatlar raxbarlarining sammiti bo'lib o'tdi. 2004 yil 16 iyun Toshkentda O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasida strategik sherikchilik to'g'risida bitim imzolandi. 2004 yil 17 iyun Toslikentda SHXTga a'zo davlatlar raxbarlarining sammiti bo'lib o'tdi va Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling