Tarixdan xikoyalar


Download 1.55 Mb.
bet132/167
Sana20.08.2020
Hajmi1.55 Mb.
#127040
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   167
Bog'liq
Umumiy tarix

50-yillar oxirlariga kelib sanoat ishlab chiqarish hajmi urushgacha bo'lgan darajaga nisbatan 3 marta, qishloq xo'jalik mahsulotlari esa 40 foizga o'sdi. Og'ir sanoat juda tez o'sdi. 1965 yilda YUgoslaviyada mamlakatni industrlashtirish tugadi. Sanoat va qurilish birgalikda milliy daromadning 55%ini berdi. 1962 yili Skop'eda Bolqondagi eng yirik metallurgiya kombinati qurildi.

1966-1970 yillardagi islohotga muvofiq dinor kursi o'zgartirildi, eksport va import bevosita korxonalarning o'zida, davlat tomonidan minimal nazorat etilgan holda amalga oshirildi. Sanoat rivojlanishi 80-yillar boshlariga kelib susaydi, biroq sanoat mahsulotlarining sifati oshdi.

Bozor xo'jaligining rivojlanishi va respublikachilar huquqlarining kengayishi separatistik harakatning o'sishiga olib keldi. 70-yillar boshlarida mamlakatdagi siyosiy hvol murakkablashdi. 1971 yilning kuzida Xorvatiyada yirik g'alayonlar yuzaga keldi. 1974 yil-fevralda ittifoqdosh respublikalar huquqini cheklovchi mamlakat konstitutsiyasi qabul qilindi. Xorvatiya, Serbiya va Voevodinada millatchilik harakati vakillari davlat organlari rahbarligidan chetlatildi.

1974 yilning mayida I. Broz Tito cheklanmagan muddatga mamlakat prezidenti etib saylandi.

Iqtisodiy qiyinchiliklarning asosiy sababi ulkan qarzdorlik edi. YUgoslaviya g'arb davlatlaridan 40 milliard dollar qarz bo'ldi. YUgoslaviyadagi siyosiy vaziyat ko'p jihatdan prezident I. Broz Titoning shaxsiy obro'si bilan bog'liq bo'ldi. U davlat va partiya rahbari e'tirof etilgan xalq qaxramoni fashizm va totalitarizmga qarshi kurashchi, Qo'shilmaslik harakatining rahbari edi. U davlat va partiyani boshqarish tizginini o'z qo'lida 35 yil ushlab turdi. Tito 1980 yil 4 mayda 88 yoshda vafot etdi. "O'z-o'zini boshqarish sotsializmi" amalda samarasiz bo'lib chiqdi. 1983 yili YUgoslaviya Yevropa mamlakatlari va tijorat banklaridan 4 milliard dollardan ziyod kredit oldi, avvalgi kreditlarni to'lash kechiktirildi. YUgoslaviya xalqaro kapitalga to'liq tobe bo'lib qoldi.

80-yillar oxirida YUgoslaviya iqtisodiyoti yangi inqirozga duch keldi. 1991 yil-iyunida Xorvatiya va Sloveniya o'zini mustaqil respublika deb e'lon qildi. Bu respublikalar mustaqilligining g'arb mamlakatlari tomonidan (dastlab Germaniya va Italiya) tan olinishi olovga moy quygandek bo'ldi. O'sha yili yana Makedoniya, 1992 yil-yanvarida-Bosniya va Gertsogovina mustaqillik e'lon qildi. Serbiya yagona yugoslav davlatini saqlash uchun kurashdi. Serbiya sotsialistik partiyasi raisi Slobodan Miloshevich (1941 yilda tug'ilgan) 1989 yilning mayida Serbiya respublikasi prezidenti etib saylandi, shu yil-dekabridagi saylovlar uning partiyasiga g'alaba keltirdi. Partiya ulug' davlatchilik shovinizmi yo'lidan bordi, serb millati raxbarligi ostida yagona yugoslav davlatini saqlab qolishni maksad qilib qo'ydi.

Belgraddan yuborilgan federal qurolli kuchlari Xorvatiyada yangi hukumatni ag'darishga urindi. Biroq respublika militsiyasi qarshiigiga uchradi. Ayni paytda Bosniya va Gertsogovinada musulmonlar, serb-xristianlar va xorvatlar o'rtasida qonli olishuvlar boshlandi. Xorvatiyadagi Vukovar shahri vayronaga aylandi. Xorvatiyadagi urush 5 oy davom etdi, uning oqibatida 5 ming kishi o'ldirildi va 500 ming kishi qochqqa aylandi.

YUgoslaviyadagi bu voqealar yakuniga ko'ra, 10 ming kishi jazodan qochib Vengriyaga ketdi, o'n minglab kishilar G'arbiy Yevropa mamlakatlaridan joy topdi. Davlat parchalandi. S. Miloshevich xokimiyatga kelgach, serb ulug' davlatchilik shovinizmining ichki siyosatga ta'siri kuchaydi. 1991 yili alban aholisi ko'p bo'lgan Kosovo o'lkasi muxtoriyati bekor qilindi. Bu hol muxtoriyatni qaytarish uchun Kosovoda faol milliy harakatni uyg'otdi. 1992 yili Serbiya va CHernogoriya YUgoslaviya Ittifoq Respublikasini tashkil etdi. Kosovodagi milliy harakat kuchaydi. Bunga javoban YUgoslaviya hukumati qatog'on choralarini ko'ra boshladi.

G'arb davlatlari Kosovo hududida tinchlik o'rnatish uchun u erga NATO qo'shinlarini olib kirishni talab qilib chiqdi. S. Miloshevich bunga rozi bo'lmadi va natijada 1999 yil-martyada NATO Serbiyaga qarshi harbiy havo operatsiyalarini boshlab yubordi. Harbiy kuchlar ta'siridagina YUgoslaviya hukumati 1999 yilning-sentabrida NATO qo'shinlarining Kosovoga olib kirilishiga rozi bo'ldi.

Prezident Miloshevich NATO bombardimoni tufayli aholini qurbon bo'layotganidan foydalanib, xokmiyat vakolatini qo'lga kiritish uchun 2000 yil oktabrida muddatidan oldin saylov o'tkazishga qaror qildi. Saylovning ommaga e'lon qilinishi mamlakat bo'ylab katta noroziliklarga sabab bo'ldi. Mamlakat turli chekkalaridan S. Miloshevichning iste'foga chiqishini talab qilib namoyishchilar kelishdi. Saylov natijalari soxtalashtirilib, S. Miloshevi g'alaba qozonganligi e'lon qilindi. Aslida u 15 foiz ham ovoz ololmagan edi. G'azablangan xalq g'alayon ko'tardi va S. Miloshevich iste'foga chiqishga majbur bo'ldi va hokimiyat tepasiga V. Koshtunitsa etakchiligidagi Demokratik koalitsiya keldi. S. Miloshevich sobiq YUgoslaviya ishi bo'yicha Gaaga Xalqaro tribunaliga topshirildi. 2001 yil-sentabrda uning ustidan sud boshlandi.

YAngi YUgoslaviya yo'lboshchilari yangi yon berishlarga bordi. Ayni paytida g'arb davlatlari vakillari (NATO) Kosovo parlamentiga saylovlar o'tkazdi va unda albanlar vakillari g'olib chiqdi. Kosovo parlamentida ular 88 ta, serblar esa 22 ta ovozga ega bo'lishdi. Prezident sifatida albanlar vakili Ibragim Rugovi saylandi. Bu hol Kosovoning Serbiyadan chiqishini anglatar edi.

GRETSIYA: MONARXIYADAN DEMAKRATIYAGA

Urishdan so'ng G'arb va Bolqon yarim oroli tizimiga aylandi. 1946 yildagi plebistsit (referendum) natijasida davlatda qirol Georg II boshchiligidagi monarxiya (qirollik) tizimi tasdiqlandi. 1947 yil-aprelda Georg II vafot etdi, taxtga ukasi Pavel (1901-1964) o'tirdi va mamlakatni 17 yil boshqardi. Pavel vafotidan keyin taxt uning o'g'li Konstantin II ga o'tdi. 1967 yil 13-dekabrda polkovniklar diktaturasini yo'q qilishga qarshi muvaffaqaiyatsiz urunishlardan so'ng Italiyaga emigratsiyaga ketishga majbur bo'ldi. 1973 yil 1 nyunda polkovniklar uni o'zlarining hokimiyatiga qarshi isyon ko'tarishda aybladi va Gretsiyani respublika deb e'lon qildi. Polkovniklar xokimiyati tugatilgach, 1974 yil 8-dekabrda qirol Konstantinning konstitutsiyaviy mavqeini to'la aniqlash uchun Gretsiyada referendum o'tkazildi. 70 foiz greklar monarxiya tiklanishiga qarshi chiqdilar va mamlakat respublika deb e'lon qilindi.

Gretsiya kommunistik partiyasi fashizmga qarshi kurashgan sobiq partizan otryadlaridan 1946 yil oktabrida nisbatan kuchli Gretsiya Demokratik armiyasini (EAM) tuzishga muvaffaq bo'ldi. EAM xujumga o'tganda Gretsiya hukumatiga prezident Trumen 200 mln.lik qurol-yarog' yordamini ko'rsatdi. (1947 yilgi "Trumen doktrinasi").

Afinada keng vakolat va harbiy maslaxatchilarga ega Amerika missiyasi tashkil etildi. Hal qiluvchi jang paytida YUgoslaviya madadidan mahrum bo'ldi. CHunki I. B. Tito va Stalin o'rtasida kelib chiqqan nizo tufayli YUgoslaviya Gretsiya hukumatiga ko'rsatayotgan yordamini to'xtatdi.

1949 yil 30-avgustda Demokratik armiya Albaniya chegarasi yaqinidagi Grammos tog'larida qurshovga tushib qoldi va mag'lubiyatga uchradi va Albaniya va Bolgariya hududidan olib chiqib ketdi.

Har ikki tomondan 21 ming soldat va 5 ming fuqaro xalok bo'ldi.

Mamlakatda politsiya rejimi saqlanib qoldi va minglab odamlar repressiyaga uchradi. YAngi hukumat raxbari sifatida marshal Aleksandr Papagos (1883-1955) saylandi. Fuqarolar urushi davrida u monarxistlar qurolli kuchlarini boshqarib, davlat boshqaruv doirasining ishonchini qozondi. 1951 yili u yangi "Gretsiya majlisi" partiyasini tuzdi va 1952 yil-noyabrdagi parlament saylovida g'alaba qozondi. A. Papagos 1955 yilgacha mamlakat bosh vaziri bo'lib qoldi.

1952 yilda Gretsiya NATO safiga kirdi. Ikki tomonlama Gretsiya-Amerika shartnomasiga muvofiq 1953 yili Gretsiyaning barcha hududi, portlar, aerodrom, kommunikatsiya, omborlar AQSH nazorati ostiga o'tdi. A. Papagos Gretsiyani AQSH ittifoqchisiga aylantirib, SHarqiy O'rtayer degizidagi amerika siyosatining muhim bo'g'ini sifatida tashqi siyosatda tub burilish yasadi.

1955 yil oktabrda A. Papagos vafotidan so'ng qirol Konstantin Karamanlisni bosh vazir etib tayinladi. Amerika yordami tufayli K. Karamaplis iqtisodiy qiyinchiliklarni engib o'tishga erishdi. Gretsiyaning "Umumiy bozor" ga kirishi g'arb iqtisodi bilan aloqani yanada mustahkamladi va investitsiyaning ko'payishiga yordam berdi.

K. Karamanlis Gretsiyaning "sovuq urush" dagi ishtirokini kengaytirishga harakat qilganligi va Gretsiyada Amerika raketalari bazasi qurilishiga rozilik bildirgani jamoatchilikka ma'lum bo'lgach u iste'foga ketishga majbur bo'ldi. 1963 yil-noyabr' va 1964 yil-fevraldagi saylovlarda o'ng partiyalar mag'lubiyatga uchradi. Hokimiyat tepasiga Georgios Papandreu (1888-1968) boshchiligidagi markaz Ittifoqi hukumati keldi. Papandreuning bosh vazir etib tayinlanishi Gretsiya boshqaruv doirasida norozilik tug'dirdi. Qirol 1965 yil-iyulda G. Papaidreuni bosh vazir lavozimidan olib tashladi.

1965 yilning-aprelida Gretsiyada polkovnik G. Papadopulos va St. Pattakos rahbarligidagi harbiy to'ntarish bo'lib o'tdi. Qirol mamlakatdan quvib chiqarildi. 1973 yilda yangi konstitutsiya qabul qilindi va unga ko'ra Gretsiya respublika deb e'lon qilindi. G. Papadopulos o'zini-o'zi mamlakat prezidenti etib tayinladi. Skandinaviya hukumatlari inson huquqlari bo'yicha Yevropa komissiyasi sudiga murojaat qildi. 1974 yil-noyabrda Afina universiteti talabalari g'alayon ko'tardi.

1974 yilda ahvolni yumshatish uchun G. Papadopulos prezidentlik vakolatini general Gizikisga berdi. Biroq buning foydasi ham bo'lmadi. Armiya polkovniklarni qo'llashdan bosh tortdi va ularning iste'foga chiqishi to'g'risida ul'timatum qo'ydi. 1974 yil 23-iyulda general Gizikis K. Karamanlisga hukumatni tarqatib yuborishni buyurdi. Papadopulos va Pattakos o'lim jazosiga hukm qilindi biroq u keyinchalik umrbod qamoq jazosi bilan almashtirildi.

1974 yilda davlat tuzumi to'g'risidagi masala bo'yicha o'tkazilgan referendum natijasida mamlakatda boshqaruvning respublika shakli joriy etildi. 1974 yilda K.Karamanlis liberal pozitsiyadagi YAngi demokratiya partiyasini, G. Papandreuning o'g'li Andreas Papandreu esa sotsialistik yo'nalishni mo'ljallagan Umumgrek sotsialistik harakati (PASOK)ni tashkil etdi.

1981 yil-yanvarda K. Karamanlis mamlakat prezidenti bo'ldi, saylovda esa A. Papandreuning PASOK partiyasi g'alaba qozondi. Papandreu II-jahon urushi davridagi qarshilik harakatini tan oldi. Hukumat Bolqon yarim orolini yadrosiz zonaga, O'rtaer dengizi hududini esa tinchlik xamkorligi dengiziga aylantirish uchun faol kurash olib bordi.

1989 yilda PASOK mag'lubiyatga uchradi va hukumat tepasiga TSanis TSannettakis etakchiligidagi YAngi demokratiya va kommunistlar vakillaridan iborat Muvaqqat koalitsiya hukumati keldi. Partiya etakchisi Konstantin Mitsotakis bosh vazir etib saylandi. 1993 yilgya saylovlarda PASOK g'alaba qozondi.

BOLGARIYA 50-90 YILLARDA.

G. Dimitrov 1945 yil-noyabrida Bolgariyaga qaytib keldi va Xalq majlisi raisligiga saylandi. 1946 yilda u Bolgariya Vazirlar Kengashi raisi lavozimini egalladi.

1945 yil 18-noyabrdagi Xalq majlisi harbiy jinoyatchilar mulkini natsionalizatsiya qildi. 1946 yil-mart oyidagi agrar islohotga ko'ra shaxsiy er mulki 20 ga. dan oshirish cheklandi.

1946 yil 15-sentabrda Bolgariya Xalq Respublikasi deb e'lon qilindi. YAngi hukumatni G. Dimitrov boshqardi. 1947 yilning-avgustida Bolgariya dehqonchilik xalq ittifoqi (BDXI) faoliyati ta'qiqlandi va bu BKP diktaturasiga yo'l ochib berdi. 1949 yilda G. Dimitrov vafotidan so'ngi hukumatga Vasil Kolarov, u ham vafot etgach, 1950 yildan V. CHervenkov rahbarlik qildi.

1956 yilda Vazirlar kengashi raisi lavozimini Anton YUgov egalladi. Biroq hokimiyat amalda Todor Jivkov qo'lida edi. 1962 yilda u YUgov o'rnini egalladi va hukumat rahbari bo'lib qoldi. 1971 yil-iyuldan esa Bolgariya prezdentligiga saylandi. U, ham BKP Bosh kotibi, ham davlat kengashi raisi va mamlakat prezidenti edi. T.Jivkov urug'-aymoqchilik-davlat sotsializmining majruh simbiozini yaratdi. 1970-1975 yillarda Bolgariyada sanoat mahsulotlari hajmi 55 foizga, milliy daromad 46 foizga o'sdi.

1980 yil 1-yanvardan Bolgariya sanoatida sanoat korxonalari boshqaruvini markazlashtirmaslik va liberallashtirishga qaratilgan yangi iqtisodiy tizim joriy etildi. 1986 yilda Bolgariyaning 2000 yilgacha bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish rejasi ishlab chiqildi.

T. Jivkov etilib kelayotgan "to'lqin" ning oldini olish maqsadida 1987 yilning yozida "sotsializmning yangi modeli" ni yaratishni e'lon qildi. 1988 yilning-yanvarida T. Jivkov tomonidan e'lon qilingan "qayta qurish" kutilgan natijani bermadi. T. Jivkovning davlat-urug'-aymoq sotsializmi emirilishi ma'lum bo'ldi. Partiyada parchalanish yuz berdi va 1989 yil 10-noyabrda T. Jivkov iste'foga chiqdi.

T. Jivkov ustidan sud bo'lib o'tdi. U korruptsiya, xizmat mavqeini suiste'mol qilganlikda ayblanib, uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi. 1996 yilda bu jazo uy qamog'iga almashtirildi.

1990 yilning oxirida BSP, BDXI, SDI vakillaridan iborat komissiya hukumati tashkil etildi va unga Jelyu Jelev rahbar etib saylandi. Davlat endi Bolgariya Respublikasi deb yuritila boshladi. 1991 yil-sentabrda yangi konstitutsiya qabul qilindi. 1997 yilgi parlament saylovida o'ng blok-Demokratik kuchlar birlashmasi g'olib chiqdi. Uning safiga Demokratik kuchlar ittifoqi ham kirar edi. Bolgariya 1999 yilda NATOning YUgoslaviyaga qarshi harakatini qo'llab quvvatladi. Bolgariya hukumati NATOga kirishga tayyor ekanligini bildirdi.

CHEXOSLOVAKIYA 50-90 YILLARDA.

Fashistlar Germaniyasi tor mor etilgandan keyin mamlakatga asosiy siyosiy kuchlar yo'lboshchilari-kommunistlar rahbari K. Gotvalыd, muhojirlar hukumati boshligi E. Benesh, koshitskiy hukumati bosh vaziri Z. Firlingerlar qaytishdi. Milliy kengash E. Beneshni mamlakatning birinchi prezidenti etib tayinladi. E. Benesh prezident lavozimidan voz kechishi yoki kommunistlar irodasini bajarishdek ikki mushkul ishdan birini tanlashi lozim edi. U ikkinchisini tanladi. U 1945 yil 19 mayda german va venger mulkdorlari, shuningdek, kollaboratsionistlarga tegishli zavod, er mulklari, bank, sug'urta kompaniyalari va boshqa korxona hamda muassasalarni davlatga berish haqida dekret chiqardi.

1945 yil 21-iyunda german va venger mulkdorlari, shuningdek, fashistlar bilan hamkorlik qilganlarning er, o'rmon, buyumlarini bepul musodara qilish haqida dekret qabul qilindi.

1945 yil 24 oktabrda E. Benesh yirik korxonalar, banklar va xususiy sugurta kompaniyalarini natsionalizatsiya kilish haqidagi dekretga kul kuyadi. Korxonalarda ishchi nazoratini amalga oshiruvchi ishchi kengashlari tashkil etildi.

1946 yil 26 may saylovlari CHKPga muvaffkiyat keltirdi. K.Gotval'd boshchiligidagi koalitsion hukumat tuzildi.

Milliy kengash, hukumat va milliy majlisda CHKP va burjua partiyalari urtasida turli masalalar: agrar isloxotlarini chukurlashtirish, iqtisodiy rivojlantirishning ikki yillik rejasi, "Marshall rejasi"ga kushilish buyicha utkir siyosiy kurash boshlandi.

1948 yil-fevralida yangi konstitutsiyaning muxokama kilinishi burjuaziyani bevakt norozilikka undadi. SHu yil 20-fevral kuni burjuaziya partiyalari vakillari bulgan 12 vazir iste'foga chiqdi. Ular bu bilan K. Gotval'd kupchilik kulab-kuvvatlashidan maxrum bo'lib, u xam iste'foga chikadi va shunda kabinet tarkibini kayta kurib chikish mumkin buladi, deb umid kilishdi.

1948 yil 9 mayda CHexoslovakiyada sotsializm kurilishini e'lon kilgan yangi konstitutsiya qabul kilindi. YAngi Konstitutsiya asosida 1948 yil 30 mayda mamlakatda saylovlar bulib utdi, unda kommunistlar va ularning itifokchilari uchun saylov chilarning 89 foizi ovoz berdi. 1948 yil 6-iyunda

E. Benesh iste'foga chiqdi va mamlakat prezidenti etib K. Gotval'd saylandi. 1948 yil-iyunda CHKP va sotsial-demokratlar partiyasining yagona CHexoslovakiya kommunistik partiyasiga birlashuvi ruy berdi. Kommunistlar 1949 yil mayda sotsializm asoslarini kurish dasturi va sotsialistik industrlashtirish rejasini qabul kildi.

1948 yilda mamlakatda iqtisodiy rivojlanishning besh yillik rejasi (1948-1953)qabul kilindiki u muvaffakiyatli bajarildi. Bu davrda yalpi sanoat maxsuloti 93 foizga, mashinasozlik maxsuloti-94 foizga,usdi. 12ta yangi elektrostantsiya, yirik metallurgiya korxonasi kurildi. Axolining turmush darajasi oshdi, oylik ish xaki usdi, kartochka tizimi tugatildi.

Ayni paytda mamlakatda partiyadagi uzgacha fikrlovchilar va umuman mamlakatdagi muxoliflarni yukotish maksadida kudratli katagon apparati yaratildi. Ommaviy kamoklar, siyosiy tashkilotlar va davlat tashkilotida tozalashlar utkazildi. Kommunistlar mamlakatda kurkuv va ishonchsizlik urugini sochdi. K. Gotval'dning 1953 yil-martidagi vafotidan sung kiska vakt sobik bosh vazir A. Zapototskiy (1884-1957) prezident buldi, 1957 yilda uning urnini Antonin Novotniy (1904-1975) egalladi.

A. Novotniyning CHexoslovakiyani butun sotsialistik lager mashinasozlik markaziga aylantirish goyasi davlat mablaglarini uta isrofgarlik bilan sarflashga olib keldi. Byudjet mablaglarining asosiy kismi iste'mol mollarini ishlab chiqarish va xizmatlarni rivojlantirishga zarar keltirgan xolda ogir sanoatni rivojlantirishga yunaltirildi. Uylanmay kilingan siyosat ogir okibatlarga olib keldi. 1961-1963 yillarda mamlakatni ogir iqtisodiy inqiroz chulgab oldi, u 1966 yilgacha davom etdi. Uchinchi besh yillikda (1961-1966) sanoatning rivojlanishi kariyb tuxtab koldi qishloq xujalik maxsuldorligining usishi esa eng kuyi darajada buldi.

Davlat sotsializmining iqtisodiy tizimi iqtisodiy rivojlanishning ob'ektiv konunlari bilan ziddiyatga kelib koldi Korxonalar samarasiz, maxsuloti-rakobatga bardosh berolmaydigan bulib koldi. Sanoatda xam, qishloq xujaligida xam mexnat unumdorligi pasaydi, ishlab chiqarish alokalari intizomi buzildi.

1968 yil boshlarida mamlakatda talabalar norozilik chikishlari boshlandi va isloxotlar demokratiyalashtirish va sotsializmni insonparvarlashtirish harakati boshlandi. Bozor iqtisodiyotiga utish dasturi olga surildi. Ishlab chiqarish ijtimoiy vositalarining bir kismini rakobat sharoitida bozor munosabatlari doirasida ishlaydigan "guruhuxiy birlashmalar" mulkchiligiga berish kuzda tutildi.

Partiyaing uzida yangilanishlarni talab kiluvchi isloxotlar paydo buldi. 1968 yil-yanvarida uning vakillari A. Novotniyning lavozimidan ketishiga erishdi. Partiyani kelib chiqishi slovak bo'lgan Aleksandr Dubchek (1921-1992) boshqardi.

1968 yil 21-avgustga o'tar kechasi bosh davlat-Varshava shartnomasi tashkiloti ishtirokchilari bo'lgan Bolgariya, GDR, Vengriya, Polsha, SSSR qo'shinlari CHexoslovakiya chegaralarini kesib o'tdi. A. Dubchek va hukumat xamda partiyaning bir qator a'zolari qamoqqa olindi va Moskvaga yuborildi.

1968 yil boshida ishlab chiqilgan dasturdan faqat CHexoslovakiyani ikki teng huquqli-CHexiya va Slovakiyadan iborat federatsiyaga aylantirishga muvaffaq bo'ldi.

1969 yil-aprelida A. Dubchek partiya yo'lboshchisi lavozimidan olindi va o'rniga Gustav Gusak bo'ldi. 1968 yili "Praga bahori"ning faol ishtirokchilari lavozimlaridan bo'shatildi.

1973 yil-yanvarida CHexoslovakiyaning inson huquqlari haqidagi pakt hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo'yicha Kengashning yakunlovchi aktini ratifikatsiyalashi munosabati bilan bir guruh madaniyat va fan arboblari, yozuvchi va shifokorlar vakillari respublika rahbariyatiga konstitutsiyaga rioya qilish, siyosiy mahbuslarni ozod qilish sovet qo'shinlarini mamlakatdan olib chiqib ketish haqidagi talab bilan murojaat etdi. YAngi muxolifat harakati ishtirokchilari "Xartiya-77" nomini olgan guruh birlashdi. Bu guruh qatag'onga duchor bo'ldi biroq xokimiyat uni mann etishga jur'at qilmadi.

1989 yil 17-noyabrda Pragada talabalar namoyishi qatnashchilari qattiq jazolandi. Bu hol CHexoslovakiyada "baxmal inqilobi" boshlanishiga turtki bo'ldi. Pragadagi eng yirik korxonalar ishchilari talabalarni qo'llab-quvvatlashdi. 18-noyabrda "Xartiya-77" tashabbusi bilan "Fuqarolik forumi" tuzildi. Uning rahbariyati tarkibiga 1968 yildan so'ng partiyadan chiqarilgan olimlar, madaniyat arboblari kirdi. Inson huquqlari uchun kurashning faol kurashchisi, "Xartiya-77" tashkilotchilaridan biri, Fuqarolik forumi yo'lboshchisi Vatslav Gavel (1936 yilda tug'ilgan) mamlakat prezidenti etib, Federal majlisi raisi etib esa A. Dubchek saylandi.

Davlat CHexiya va Slovakiya Federativ Respublikasi nomini oldi. 1992 yilning-iyulida Slovakiyada bo'lib o'tgan parlament saylovlarida "Demokratik Slovakiya uchun harakat" g'alaba qozondi. Uning yo'lboshchilari tashabbusi bilan 1992 yil-iyulda Slovakiya milliy kengashi (parlament) Slovakiya respublikasi suvereniteti xakidagi bayonotni qabul kildi. Ikki mamlakat yulboshchilari uchrashdi va CHexoslovakiyani bulish xakidagi bitimni ishlab chiqdi. 1993 yil 1-yanvardan CHexiya va Slovakiya mustaqil davlatlar-CHexiya va Slovakiya respublikalariga aylandi.

CHexiya respublikasi uz tovarlari yukori sifatli bulganligi tufayli Yevropada ham, boshka qit'alarda xam keng bozorga ega buldi. Xususiylashtirish utkazildi, mulklar esa ilgarigi egalariga kaytarildi. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar rakobatbardoshligini ta'minlash uchun soliklar kiskartirildi. Iqtisodiyot yaxshi sur'atlarda usdi, sanoat maxsulotining yillik usishi 5 foizni tashkil etdi. SHu munosabat bilan byudjet xar yili ijobiy sal'do bilan bajarildi.

Mamlakat bulingandan keyin utgan turt yil ichida mexnatkashlar ommasi axvoli boshka sotsialistik mamlakatlarda bulingandek ogirlashmadi. Ishsizlik 2,8 foiz-dunyoning industrial rivojlangan mamlakatlari orasida eng kuyi darajada bulgandek oylik ish xaki ikki marta oshdi, inflyatsiya uchdan biriga pasaydi va atigi 8,5 foizni tashkil etdi.

Slovakiya respublikasidagi vaziyat bir kadar boshkacha buldi. U Yevropadagi eng mayda davlatlardan biri bulib uning maydoni 49 ming kv. km., axolisi 5,5 million kishidan iborat. Butun mamlakatni SHarqdan garbga kadar bir necha soatda kesib utish mumkin. Mamlakatda rivojlangan sanoat, xom ashyo va energetikaning yirik manbalari yo'q. Asosiy boylik-Dunay va tabiat, ular yuz minglab turistlarni uziga jalb etadi. Bozor xujaligiga utish bu erda tezkor buldi va 1995 yilda xususiy sektor maxsulotlari umumiy sanoat maxsulotlarining 61 foizini tashkil etdi.

CHexiya bilan bulingandan sung Slovakiyada sanoat ishlab chiqarish tushib ketdi. 1993 yili u 1989 yilgi darajasining 78 foizini tashkil etdi va faqat 1995 yilda 87 foizgacha kutarildi. Bunday xolat iqtisodiyotining barcha sohalarida kuzatildi. Qishloq xujaligida ishlab chiqarish pasayishi faqat 1995 yilda tuxtatildi. Ishsizlik ulkan muammo bulib 1995 yilning-yanvarida eng yukori nukta-15,2 foizgacha etdi. Inflyatsiyaning usishi va real oylik ish xining pasayishini mamlakatdagi iqtisodiy k belgilab berdi. 1998 yilda CHexiya NATOga a'zo bulib kirdi.

POLSHA 50-90 YILLARDA.

Milliy birlik hukumatini Polsha milliy tiklanish qo'mitasi raisi A. Osubka-Morovskiy boshqardi, uning birinchi o'rinbosari etib Polsha ishchilar partiyasi (PIP) yo'lboshchilaridan biri Vladislav Gomulka (1905-1982), ikkinchi o'rinbosari etib muhojirlikdagi bosh vazir S. Mikolaychik tayinlandi. Hukumat tarkibida boshqa siyosiy guruhlar vakillari ham bor edi. Mamlakatning reaktsion-konservativ kuchlari S. Mikolaychik (1901-1966) va u 1945 yil-avgustda tashkil etgan Polsha dehqonlar partiyasi, shuningdek, 1945 yil-noyabrida tuzilgan katolik klerikallar doirasiga tayanuvchi Mexnat partiyasi atrofida birlasha boshladi.

1946 ynl-yanvarida xalq xo'jaligining asosiy tarmoqlari natsionalizatsiya qilindi. Sanoatda band bo'lgan 75 foizi ishlaydigan 11 ming korxona davlat mulkchiligiga o'tdi. 1948 yilda demokratik isloxotlardan chekinish boshlandi.

1948 yil-dekabrda Polsha sotsialistik partiyasi PIP bilan birlashdi va yangi partiya-Polsha Birlashgan ishchi partiyasi (PBIP) tuzildi, u asosiy siyosiy kuch bo'ldi va yakkapartiyaviy diktaturani o'rnatdi. Boleslav Berut yangi partiyaning birinchi kotibi bo'ldi. U 1954 yilgacha prezident va Vazirlar kengashi raisi edi. Olti yil mobaynida u sotsializm qurilishi sovet modelining e'tiqodli izdoshi sifatida mamlakatni yakka holda boshqardi.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling