Tarixdan xikoyalar
Download 1.55 Mb.
|
Umumiy tarix
Sotsializm SHarqiy Yevropada emirildi. Biroq bu mamlakatlarda hamma ishlar salbiy deb baxolanmaydi. Moddiy qo'llanmagan bo'lsada, ishsizlik tugatildi, Bepul sog'gliqni saqlash va ta'lim tizimi, keng xalq ommasining zamonaviy madaniyat va fan yutuqlarini egallashi ularni Yevropaning qoloq o'lkalaridan rivojlangan mamlakatlarga aylantirdi. Jamiyat bozor iqtisodiga tayyor bo'lmaganligi tufayli bu mamlakatlarning ayrimlarida orqaga qaytish boshlandi. Vengriya, Bolgariya va Polshada yangilangan kommunistik partiyalar erkin demokratik saylovlar natijasida hokimiyat tepasiga keldi. GDR : 50-90 YILLARDA Fashizm Germaniya taslim etilgandan mamlakatning sharqiy viloyatlari-Saksoniya, Tyuringiya, Meklenburg va Brandenburg SSSR zabt etilgan zonaga o'tdi. Berlin ham ushbu zonada qoldi, ammo Potsdam konferensiyasiga ko'ra u to'rt qismga bo'lindi. SHundan uchtasi g'arb davlatlari nazoratida edi. 1945 yil-iyun'--iyul' oxirida SHarqiy Germaniyada asosiy siyosiy partiyalar-Germaniya Kommunistik partiyasi (GKP), Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (GSDP), Xristian Demokratik Ittifoqi (XDI) va Germaniya liberal-demokratik partiyasi (GLDP) shakllandi. GKP va GSDP 1946 yil-aprelda Germaniya Sotsialistik Birlashgan partiyasi (GSBP) nomli yagona partiyaga birlashdi. Partiyaning asosiy maqsadi Germaniyada sotsializm qurish edi. Germanyayadagi Sovet harbiy ma'muriyatining buyrug'iga ko'ra nemis monopoliyalari, harbiy jinoyatchilar, fashist partiyalarining mulki ekspropriatsyaya (maxrum) qilindi. 1947 yil-dekabrda Berliyada 1 Nemis xalq kongressi bo'lib o'tdi va unda Germaniyani birlashtirish fikri ilgari surildi. I Nemis xalqi kongressi 1948 yili harakatning ijroiya organi sifatida Nemis xalq kengashini sayladi. 1949 yil may oyida I Nemis xalq kongressi konstitutsiya matnini ma'qulladi va bu urushdan keyingi Germaniya davlat qurilishining asosi bo'lishi lozim edi. 1949 yil 7 oktabrda Germaniya Demokratik Respublikasi tashkil etilganligi e'lon qilindi. Deyarli barcha rahbar lavozimlarini GSBP vakillari egalladi. Prezident etib Germaniyadagi inqilobiy harakat faxriysi-Vil'gel'm Pik saylandi: Otgo Grotevol' bosh vazir lavozimini egalladi: Nemis xalq kengashi muvaqqat Xalq palatasi (parlament)ga aylantirildi va u mamlakat konstitutsyayasini qabul qildi. Konstitutsiya davlat xokimiyati sifatida proletariat diktaturasini tasdiqladi. GDRda GSBPdan tashqari yana uchta partiya-XDI, Germaniya dehqonlar demokratik partiyasi (GDDP) va Milliy-demokratik partiya mavjud bo'lib. Ularning ayrimlari rasmiyatchilik uchungina tuzilib, siyosatga hech bir ta'sir kuchi yo'q edi. Tez orada ular ham yo'q bo'lib ketdi. Siyosiy kurash davomida XDI va GDDP ham bo'g'ib qo'yildi va o'z faoliyatini to'xtatdi. SHundan so'tng GDR Xalq partiyasiga saylovlar boshlanib, unda GSBP vakillari boshqaradigan Demokratik blok g'alaba qozondi. Besh yillik davomida 79 ta korxona va 100 ta yangi korxona tiklandi. Rostok, Vismar, SHtral'zund va Varnemyundagi kemasozlik korxonalari, ikkita yirik metallurgiya kombinatlari shular jumlasidan. Bunday ulkan qurilish 20-30-yillarda SSSRda olib borilgan edi. GFRning iqtisodiy yutukdari oldida GDR ahvoli og'ir edi. 1953 yil 16-17 nyunda ochiqdan-ochiq mavjud tuzumga qarshi namoyishga aylanib ketdi. Namoyish uch kundan so'ng bostirildi. Bu norozilik GFR ig'vogarlari tomonidan uyushtirilgan "fashistlar fitnasi" deb baholandi. 50-yillarda sanoatni "sotsiallashtirish" tadbirlari olib borildi va natijada xususiy kapital tugatilib, korxonalar natsionalizatsiya qilindi. 1960 yil-tarixda "qishloqda sotsialistik bahor" deb nom oldi. CHunki shu yili erkin fermerlik tugatilib, uning o'rniga qishloq hujalik ishlab chiqarish kooperativlari paydo bo'ldi. Jami qishloq hujaligi maydonlarining 84 foizi kooperativlar tomonidan qayta ishlandi. 1960 yildan 1983 yilgacha sanoat yalpi mahsuloti 9,5 baravarga ko'paydi. GDR ishlab chiqarish hajmi bo'yicha jahondagi sanoati rivojlangan o'nta mamlakat qatoriga kirdi. 1972 yili sanoatni qayta tashkil etish natijasida yalpi sanoat ishlab chiqarishdagi davlat ulushi 83 dan 99 foizga o'sdi. Sanoat ishlab chiqarish og'ir sanoat hisobiga tez (23 yil davomida ishlab chiqarish 4 baravar) o'sdi, iste'mol buyumlari ishlab chiqarish esa atigi 2,5 baravar ko'paydi. 1971 yil mayida GSBPning birinchi kotibi etib Erix Xonekker saylandi. Biroq bu, mamlakatning keyingi rivojiga ta'sir ko'rsata olmadi. Mamlakat bo'ylab demokratik islohotlar, erkin umumxalq saylovlarini olib borish talab qilingan namoyishlar bo'lib o'tdi. Mamlakatdan aholining ommaviy sur'atda qochish boshlandi. 1970-1980 yillar oralig'ida GDR aholisi deyarli bir million kishiga kamayib ketdi. Ularning bari GFRga qochib o'tishgan edi. Barcha qochoqlarni jinsi va yoshidan qat'iy nazar otib tashlashga buyruk berildi. CHegara postlari kuchaytirildi. Biroq bu GDRdan ommaviy chiqib ketishning oldini ololmadi. 1989 yil 7 oktabrda GDR rahbariyati Germaniya tarixidagi birinchi sotsialistik davlatning 40 yilligini tantanali nishonlash uchun yig'ildi. Mamlakat bo'ylab esa E.Xonekkerning iste'foga chiqishini, Germaniyani birlashtirish va GSBP hukumatini tugatishni talab qilgan ommaviy namoyish boshlandi. 1989 yil 7-9 oktabr kunlari Berlin, Drezden, Leyptsig va bosh shaharlarda o'n minglab kishilar mamlakatda tub o'zgarishlarni talab qilib ko'chaga chiqdilar. 1989 yil 4-noyabrda Berlin ko'chalarida 500 mingdan ortiq kishi chiqdi. 1990 yil 18-martda ko'p partiyalik asosida o'tkazilgan saylovlar XDI partiyasining g'alabasi bilan tugadi. Mazkur partiya 41, sotsial-demokratlar 21, DIP (sobiq GSBP) 16 foiz ovozga ega bo'ldi XDI va sotsial-demokratlar vakillaridan iborat yangi koalitsiya hukumati tuzildi. Hukumat Germanyayani birlashtirish haqidagi masalani ilgari surdi. GDR va SSSR o'rtasida Germaniya muammosini hal etish borasida mUzoqaralar boshlandi. 1990 yil 12-sentabrda GFR kansleri G. Koll' va SSSR Prezidenti M. Gorbachev Germaniyaga nisbatan o'z boshqaruv siyosatining tugaganligi to'g'risidagi SHartnomani imzoladilar. Bir vaqtning o'zida sovet qo'shinlarini 1994 yil oxirigacha Germaniyadan olib chiqib ketish masalasi hal etildi. 1990 yil 3 oktabrda Germaniya birlashdi. Germaniyaning birlashshi har ikki davlat uchun og'ir kechdi. Sobiq GDRning barcha hududlarida umumiy sanoat emirilishini eslatuvchi deindustrializatsiya jarayoni yuz berdi. GDR iqtisodi butun tizimi zarar keltiradigan va raqobatga chidamsiz ekanligi ma'lum bo'ldi. GFR hukumati tomonidan mamlakatnyang sharqiy hududi sanoati qo'llab quvvatlangach ham ular ishlab chiqargan mahsulot hatto G'arbiy Germaniya bozorida o'z xaridorini topmadi. Ayni paytda SHarqiy Germaniya bozorlari GFR sanoatchilari tomonidan zabt etilgan edi. GFR uchun eng jiddiy muammo mustahkam bozor asosida SHarqiy Germaniya sanoatini tiklash bo'ldi. Davlat buning uchun yiliga 150 milliard marka subsidiya ajratishga majbur bo'ldi. YAna bir muammo-ishsizlik bo'lib qoldi. SHarqiy Germaniyada mehnat layoqatli 13 foiz aholi ishsiz edi. VENGRIYA: TOTALITARIZMNI RAD ETISH 1944 yil 2-dekabrda mamlakatdagi antifashistik demokratik kuchlar birlashgan Vengriya mustaqillik milliy fronti (VMMF) tashkil qilindi. Unga Vengriya kommunistik partiyasi (VKP), Sotsial-demokratik partiya (SDP), Milliy dehqonlar partiyasi (MDP), Mayda qishloq xo'jaligi egalari partiyasi (MJXEP), Burjua-demokratik partiyasi (BDP) va kasaba uyushmalari kirdi. Bu partiyalar Muvaqqat hukumatni tuzdi. 1945 yil 20-yanvarda ularning vakillari Moskvada antifashistlar koalitsiyasi bilan yarashuv haqidagi bitimni imzoladi. 1945 yil-martda Muvaqqat hukumat agrar isloht o'tkazdi, unga ko'ra fashistlar bilan hamkorlik qilgan zamindorlar erlari musodara qilindi va dehqonlarga berildi. 1945 yil kuzida parlamentga (Milliy majlis) saylovlar bo'lib o'tdi. 1946 yil 1-fevralida Vengriya respublika deb e'lon qilindi. Biroq mamlakatda sovet qo'shinlarining borligi MQXEP o'z muvaffaqiyatini mustahkamlashga imkon bermadi. 1946 yil-dekabrida "demokratik davlat tuzumini ag'darish maqsadida fitna" aybi bo'yicha MQXEP yo'lboshchilarining katta guruhi qamoqqa olindi. 1947 yil 31-avgustida yangi saylovlar bo'lib o'tdi. Kommunistlar bor-yo'g'i 22 foiz ovoz oldi. Biroq bir partiyali hukumatni tuzish uchun etarli bo'lmadi. Kommunistlar endi uch partiya bilan (SDP, MQXEP, MDP) blokda qatnashib, unda etakchi rol' o'ynadi. 1947 yil-noyabrda davlat majlisi (venger parlamenti iomi) yirik banklarni natsionalizatsiya qildi. So'ngra o'rta va yirik sanoat korxonalari ham natsionalizatsiya qilindi. Qariyb butun iqtisod davlat nazoratiga o'tdi. 1948 yil-iyunda SDP va VKP birlashdi. YAngi partiya Vengriya mexnatkashlar partiyasi (VMP) deb atala boshladi. U mamlakatda o'z to'liq siyosiy hukmronligini "proletariat diktaturasi" shaklida qaror toptirdi. 1949 yil 20-avgustda Davlat majlisi proletariat diktaturasini qonuniy mustahkamlagan mamlakat konstitutsiyasini qabul qildi. Vengriya Xalq Respublikasi e'lon qilindi. 1950 yil-iyunda Vengriyada ilgarigi o'z-o'zini boshqarish organlarini almashtirgan mahalliy kengashlar tuzildi. 1949 yil boshlarida respublikaga qarshi navbatdagi "fitna" fosh etildi. Bu gal venger katoliklarining etakchisi kardinal Mindsenti qatag'onlarga duchor bo'ldi. U Amerika elchixonasiga qochib qutildi. SHu bilan birga katolik doiralar bilan bog'liq bo'lgan demokratik xalq partiyasi man etildi. Stalincha nusxadagi "sotsializm"ni mamlakatda Mat'yash Rakoshi (1892-1971) amalga oshirdi. 1919 yili u Bela Kun boshqargan Vengriya sovet respublikasi hukumatida arzimas lavozimda ishlagan, so'ngra Sovet Ittifoqiga qochadi. U bu erdan maxfiy ravishda yashirin ishga qaytadi. 1925 yil umrbod qamoq jazosi oladi. 1940 yil-noyabrida sovet hukumati M. Rakoshi va boshqa kommunistlarni venger milliy bayroqlariga almashadi, bu bayroqlar rus qo'shini tomonidan Budapeshtdagi 1848 yil inqilob bostirilgach, bir yildan so'ng tortib olingan edi. U 1945 yili Vengriyaga qaytib, 1958 yilgacha partiyaning birinchi kotibi bo'lib ishladi. 1948 yili Vengriya xo'jalikni tikladi va 1949 yili birinchi besh yillik rejani bajarishga kirishdi. Birinchi besh yillik davrida (1950-1954) Vengriya agrar-sanoat o'lkadan sanoat-agrar mamlakatga aylandi, milliy daromadni shakllantirishda sanoatning solishtirma miqdori besh yilda 50 foizdan 64 foizgacha o'sdi. 1956 yilning 25 oktabrida Budapeshtda jamiyatni demokratizatsiyalashni talab etgan ommaviy talabalar namoyishi bo'ldi. Bu voqea aksilinqilobiy isyon deb baholandi. 26 oktyabda Budapeshtga sovet tanklari kiritildi. Biroq endi kech bo'lgan edi. Bosh vazir etib Imre Nad' tayinlandi, VMP rahbarligiga YAnosh Kadar ko'tarildi. Biroq endi qo'zg'olonni to'xtatib bo'lmasdi. KGB tor-mor etildi, jazo organlari, hukumat muassasalari yoqib yuborildi. Qo'zg'olon qishloqqa ko'chirildi. YAnosh Kadar sovet qo'shinlarining Karpat ortidagi lageriga qochdi. I. Nad' Varshava SHartnomasidan chiqishini e'lon etib, Vengriyadan sovet qo'shinlari olib ketilishini talab qildi va mamlakat daxlsiz ekanini ma'lum qildi. 1956 yil 4-noyabrida sovet tanklari yana Budapeshtga kirib keldi. YA. Kadar Vengriya inqilobiy ishchi dehqon hukumati tuzilishi haqida xabar berdi. VMP Vengriya sotsialistik ishchi partiyasiga (VSIP) aylantirildi. To'rt kun mobaynida vengerlarning qarshilik ko'rsatilishi bostirildi. I. Nad' qamoqqa olindi, davlatga xiyonat qilishda ayblandi va oliy jazoga xukm qilindi. U 1958 yil 17-iyunda qatl etildi. Islohot tovar-pul munosabatlaridan ancha keng foydalanishni ko'zda tutdi. Kredit siyosati, xo'jalik hisob kitobi, foyda kabi iqtisodiy omillar kuchaydi. Ijtimoiy ta'minot kengaydi. 1973-1974 yillarda uni amalga oshirish o'sha paytdagi rahbarlik bosimi ostida to'xtab qoldi. 80-yillar oxirlarigacha tub o'zgarishlarga kirishishga jur'at etmadi. 1988 yil mayida VSIPda rahbariyat almashdi-YAnosh Kadar o'z o'rnini Karoy Grosuga bo'shatib berdi. 1989 yil boshida VSIP o'zining monopoliyaligidan voz kechdi. Vengriyaning parlament demokratiyasiga o'tishi yuz berdi. 1990 yil bahorida parlament saylovlarida Vengriya demokratik forumi g'alaba qozondi. Bu partiya yo'lboshchisi Yojef Antall MQXEP va boshqa partiyalar bilan birgalikda koalitsion hukumat tuzdi. Mamlakat prezidenti etib Erkin demokratlar ittifoqi raisi, ilgari qatag'on etilgan Ariada Gentsa saylandi. 1998 yil Vengriya NATOga a'zo bo'lib kirdi. RUMINIYA: DEMOKRATIYAGA O'TISH 1945 yil 6-martida Ruminiyada Xalq demokratik fronti hukumati yaratildi. Petru Groza bosh vazir bo'ldi. Bu, mamlakatdagi birinchi demokratik hukumat edi. Dehqonlar erga ega bo'ldi, davlat apparati sobiq fashistlar, harbiy jinoyatchilar va reaktsionerlardan tozalandi. Biroq uning siyosati sobiq rahbarlar qarshiligiga uchradi. 1946 yil-noyabrda rumin parlamentiga umumiy va yashirin saylov huquqi asosida ilk saylovlar bo'ldi. Mamlakat demokratik kuchlari Demokratik partiyalar blokiga (DPB) birlashdi va 80 foiz ovoz olib, g'alaba qozondi, hukumatni yana Petru Groza boshqardi. Xukmron sinflar mulkchiligi, banklar natsionalizatsiya qilindi, pul islohoti o'tkazildi, monopol birlashmalar-kartel va trestlar tugatildi. 1947 yil 30-dekabrda Ruminiyaning so'nggi qiroli-Mixay o'zi toj-taxtdan voz kechdi. Ruminiya Xalq Respublikasi deb e'lon qilindi. Ruminiya totalitar tuzum qaror topishi yo'liga o'tdi.1948 yilning-fevralida kommunistik va sotsial demokratik partiya George Georgiu Dej rahbarligidagi Ruminiya ishchi partiyasiga (RIP) birlashdi. Petru Groza 1952 yilgacha bosh vazir o'rnida qoldi, so'ngra iste'foga chiqdi. 1948 yilning-aprelida Ruminiya yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Oliy Milliy majlis qonunchilik xokimiyatining oliy organi bo'ldi. Butun sanoat natsionalizatsiya qilindi, 1951-1955 yillar respublika iqtisodiyotini rivojlantirish uchun birinchi besh yillik reja tasdiqlandi. Bozor munosabatlari to'liq tugatildi. 1954 yilgacha davlatda oziq-ovqatlarga kartochka tizimi saqlanib kelindi. 1952 yilgi pul isloxoti zarur natijalarni bermadi, chunki erkin bozorning yo'qligi pulni uning haqiqiy vazifasidan maxrum etdi. 1952 yili-sentabrdagi yangi konstitutsiya RIPni mamlakat siyosiy hayotida "rahbar kuch" deb e'lon qildi. Georgiu-Dej shu yili Vazirlar Kengashi raisi bo'ldi. U partiyada o'zining yakkahokimligini qaror toptirdi. U sotsializm qurilishida "milliy tafovutlar" tarafdori bo'lib chiqdi va N. Xrushevning Stalin shaxsiga sig'inishni fosh etish bo'yicha faoliyatini qo'lladi. 1958 yilda u Ruminiyadan sovet qo'shinlarini olib chiqilishiga erishdi. U Ruminiyani industrlashtirish rejasini ishlab chiqdi, bu sovet rahbariyati noroziligiga sabab bo'ldi. 1955 yilning-dekabrida RIP mamlakat oldiga sotsialistik iqtisodni barpo etish vazifasini qo'ydi. Ikkinchi besh yillikda tarmoqqa barcha kapital mablag'larning 3/4 qismini qo'ydi. 1962 yilda jamoalashtirish tugadi, do'konlarda esa asosiy oziq-ovqat mahsulotlari yo'q bo'ldi. 1965 yilning-martida mamlakatda bo'lib o'tgan navbatdagi saylovlarda qariyb 100 foiz saylovchilar RIP raxbarligidagi Xalq demokratyayasi fronti nomzodlariga ovoz berdi. SHu yili partiya Ruminiya kommunistik partiyasi (RKP) deb qayta nomlandi. 1965 yili G. Georgyau-Dej vafot etgach, diktatorlik roli uning safdoshi Nikolae CHausheskuga (1918-1989) o'tdi, u 1974 yili mamlakat prezidenti bo'lib va o'limigacha uni boshqardi. N. CHaushesku shaxsiga sig'inish tarixda o'xshashi yo'q. Uni "boquvchilarning eng donosi", "kelajakni oldindan ko'ruv" deb atashdi. Ruminiyaning 1965 yildan keyingi tarixi "CHausheskuning oltin davri" deb nomlandi. N. CHaushesku 24 yil Ruminiya diktatori bo'ldi. 80-yillar boshlarida iqtisodiyot o'ta og'ir ahvolda qoldi. 1989 yil-dekabrining o'rtalarida Timishoar shahrida (Transil'vaniya) "CHaushesku yo'qolsin!" shiori ostida ommaviy tartibsizliklar boshlandi. Norozilik to'lqini Buxarestga etib bordi. 1989 yili 22-dekabrda Buxarestda katta namoyish bo'ldi. 25-dekabrda N. CHaushesku va xotini Elena davlatdan qochayotganda qamoqqa olindi va sud uni otib tashladi. CHausheskuning "oltin davri" va Ruminiyadagi antikommunistik inqilob shu bilan tugadi. Xokimiyat Ion Iliesku (1930 yilda tugilgan) boshchiligidagi milliy qutqaruv frontiga (MKF) o'tdi. Ruminiya prezidenti etib I. Iliesku saylandi. 1991-1992 yillardagi islohotlarga ko'ra davlat korxonalari xususiy korxonalariga aylantirildi. 1945 yildan so'ng musodara qilingan uy, kvartira, erlar ilgarigi egalariga qaytarildi yoki pul badali to'landi. Bu jarayonga narx oshishi, ishsizlik, ijtimoiy tanglik qo'shildi. Muxolifat demokratik konventsiyaga jipslashdi. 1991 yil 8-dekabrda Ruminiyada yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Mamlakatda ko'p partiyali tizim tasdiklandi. 1996 yilda davlat tasarrufida bo'lgan barcha korxonalar xususiylashtirildi. O'sha yilning-noyabrida o'tkazilgan saylovlarda kommunistlar o'zlarining barcha lavozimlaridan maxrum bo'lishdi. Biroq 2000 yilgi saylovlarda I.Iliesku yana prezident etib saylandi. ALBANIYA: MILLIY TIKLANISH SARI OG'IR YO'L. 1946 yilgi agrar islohotga ko'ra zamindor va quloq eri tortib olinib, dehqonlarga berildi. 1948 yil-noyabrida Albaniya kommunistik partiyasi mamlakatda sotsializm qurishni e'lon qildi. U Alban mehnat partiyasi deb o'zgartirildi. Ikki besh yillik rejalar bajarilishi chog'ida (1951-1955 va 1956-1960 yy) Albaniya asosan texnik-iqtisodiy qoloqlikka barxam berdi. U Durres portini o'z harbiy-dengiz bazasiga aylantirish va shu yo'l bilan Adriatika dengizida nazorat o'rnatishni mo'ljallagan SSSRning strategik rejalarida muhim o'rin tutdi. Boshqa tomondan, Albaniya YUgoslaviya bilan mojaroda umumiy aksilyugoslav frontida janubiy qanot rolini o'ynashi lozim edi. 1956 yilga kelib Albaniya qoloq agrar mamlakatdan agrar-sanoat mamlakatiga aylandi. 1960 yilda esa sanoat yalpi mahsuloti 1938 yilgi ko'rsatkichlaridan 25 marta oshdi. Anvar Xo'ja boshchiligidagi alban kommunistlari KPSS XX s'ezdi qarorlari va Stalin shaxsiga sig'inishni fosh etishga qarshi chiqdilar. SSSR bilan diplomatik aloqalar uzib qo'yildi. Albaniya O'IYK va Varshava shartnomasi tashkilotidan chiqdi. So'ngra XXR unga moddiy va harbiy yordam bera boshladi. Biroq 1978 yili xalq siyosat masalalari bo'yicha kelishmovchiliklar tufayli bu ikki mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlar ham to'xtadi. Ichki siyosatda o'z-o'zini ta'minlash, ya'ni avtarkiya yo'li bilan olib borildi. Bu siyosat Albaniyaning qoloqligini yanada mustahkamladi. A. Xo'ja vafotidan so'ng 1985 yilda AMP yo'lboshchisi etib Ramiz Aliya salandi. YAngi alban hukumati SHarqiy Yevropadagi o'zgarishlarga salbiy munosabatda bo'lib "sotsialistik demokratiyani takomillashtirish" yo'lini davom ettirishni bildirdi. Tashqi siyosatda SSSR, GFR bilan diplomatik munosabatlar o'rnatildi, o'zaro foydali asosda barcha SHarqiy Yevropa mamlakatlari bilan munosabatlarni rivojlantirishga tayyorgarlik haqida bayonot berildi. 1988 yil-fevralida Belgradda Albaniya Bolqon konferensiyasida YUgoslaviya, Bolgariya, Gretsiya, Ruminiya, Turkiya bilan birgalikda ishtirok etdi. Biroq bu iqtisodiy tizim nuray boshladi. 1989-1990 yillarda milliy daromad 13 foizga qisqardi. 1991 yil-martida Albaniyada ilk marta umumiy ko'ppartiyaviy saylovlar bo'lib o'tib, unda AMP 65 foiz ovoz oldi. Prizident etib R. Aliya saylandi. 1992 yili Albaniyada yangi saylovlar bo'lib o'tdi. 1991 yil-iyunidan Albaniya sotsialistik partiyasi (ASP) deb atala boshlagan AMP parlamentda kamchilikni tashkil etdi. O'zining amerikaparastlik qarashlarini hech qachon yashirmay kelgan demokratlar partiyasi yo'lboshchisi Sali Berishu Albaniya prezidenti etib saylandi. Er xususiylashtirildi va xususiy qo'llarga o'tdi. 1996 yili sanoat ishlab chiqarish rekord raqam-16 foizni tashkil etdi. Berishu rejimi totalitar tuzumdagidan yaxshi bo'lmadi. Korruptsiya mislsiz miqyosga etdi. Ularning yo'lboshchisi, sobiq bosh vazir Fato Nano korruptsiyada ayblandi, aybi isbotlanmasa ham 12 yil qamoq jazosiga xukm etildi. Sotsialistik partiyaning boshqa a'zolari "genotsid haqidagi qonun"ga ko'ra davlat lavozimlari da 2002 yilgacha ishlash huquqi maxrum etildi. Berishu AQSH bilan yaqin aloqalarini o'rnatdi. Zero, uning uchun Albaniya Bolqondagi o'z ta'sirini qaror toptirish platsdarmi bo'ldi. Berishu AQSHga Kosovani Albaniyaga qo'shib olishga erishish uchun va'da berdi. Amerikaning razvedkachi samolyotlari mamlakat aerodromlaridan birida joylashdi. AQSH bunga javoban Albaniyada zamonaviy harbiy-havo bazasini qurishga va'da berdi. 1997 yil-martida Albaniya janubida sotsialistlar rahbarligidagi qo'zg'olon ko'tarildi. Tez orada u umumxalq miqyosiga etdi. Qo'shin prezidentni himoya qilishdan voz kechdi, Berishu mamlakatdan qochdi. Fato Nano va uning izdoshlari qamoqdan ozod etildi va sotsialistlar hokimiyatga keldi. YUGOSLAVIYA: RIVOJLANISH YO'LINING ZIDDIYATLARI YUgoslaviya urushda 1.700 ming kishi yo'qotdi. Bu-Angliya, Fransiya, AQSHda xalok bo'lganlardan ham ko'p. 1945 yilning-aprel-mayida Serbiya, Xorvatiya, Makedoniya, CHernogoriya, Bosniya va Gertsogovina, Sloveniya hukumati tuzildi. YUgoslaviyada yangi davlat apparati tashkil topdi. 1945 yil-martda Iosif Broz Tito Belgrada YUgoslaviyani ozod etish milliy qo'mitasi vakillaridangina iborat hukumatni shakllantirdi. 1945 yil 29-noyabrda Ta'sis skupshinasi monarxiyani bekor qildi va YUgoslaviyani Federativ Xalq Respublikasi deb e'lon qildi. 1946 yil 31-yanvarda Skupshina yangi konstitutsiyani tasdiqladi. YUgoslavyaya olti teng huquqli respublika-Serbiya, Xorvatiya, Sloveniya, Bosniya va Gertsogovina, Makedoniya, CHernogoriyani birlashtiruvchi federatsiya deb e'lon qilindi. Serbiya tarkibida muxtor o'lka Voevodina va muxtor viloyat Kosovo-Motoxiya tashkil etildi. Londondagi muhojir hukumatning sobik mudofaa vaziri Draje Mixaylovich gitlerchilar bilan hamkorlik va harbiy jinoyatlarda ayblanib, otib tashlandi. Sloven kollaboratsionistlari yo'lboshchisi Ruinikov taqdiri ham shunday bo'ldi. 1945 yil-avgustidayok agrar agrar islohot o'tkazildi. 25-35 gektar er egaligi belgilandi. Barcha Xususiy korxonalar arzon sotib olish evaziga natsionalizatsiya qilindi. 1946 yil-fevralda ittifoq reja komissiyasi tashkil etildi, yillik va besh yillik rejalarga tayyorgarlik ko'rildi. 1947 yilga kelib urushgacha bo'lgan darajaga keldi. 1947-1951 yillarda birinchi besh yillik reja amalga oshirildi. Asosiy vazifalari YUgoslaviyani industrlash va elektrlashtirish, qoloq agrar davlatdan industrial-agrar mamlakatga aylantirish edi. Mamlakatda ta'lim bepul bo'ldi. maktab cherkovdan ajratildi. Iqtisodiy va madaniy rivojlanish rejalarining amalga oshirilishida Sovet Ittifoqi yordami katta rol' o'ynadi. 1945 yil 11-aprelda I. Broz Titoning Moskvaga tashrifi chog'ida do'stlik, o'zaro yordam va urushdan keyingi hamkorlik haqidagi shartnoma imzolandi. Mojaroning asosi ikki davlat siyosatidagi ulug' davlatchilik tendentsiyalari edi. YUgoslaviya Bolqon yarim orolida raxbarlik roliga da'vogarlik qildi. U Albaniyaga yugoslav aviapolkini joylashtirishga urindi, so'ngra barcha Bolqon mamlakatlari kirishi lozim bo'lgan Bolqon federatsiyasini tuzish bo'yicha keng faoliyat olib bordi. 1949 yilning o'rtalaridan SSSR YUgoslaviya bilan iqtisodiy aloqalarni to'xtatib qo'ydi. Bunga javoban YUgoslaviya SSSRga qarshi targ'ibot kompaniyasini boshlab yubordi. 1953 yil Stalin vafotidan so'ng ikki mamlakat o'rtasida diplomatik munosabatlar tiklandi. 50-yillar boshlarida YUgoslaviya iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. Iqtisodiy va siyosiy boshqarishning yangi shakl, tuzilma va usullari ishlab chiqildi, ular "o'z-o'zini boshqarish sotsializmi" deb nomlandi. Ayni paytda erga egalik hajmi 10-15 ga miqdorida kamaytirildi, bu yirik er egaligi o'sishining oldini olish uchun qilindi. Partiya siyosiy va mafkuraviy ishlarni o'zida qoldirib, mamlakatning iqtisodiy va davlat hayotining bevosita tashkilotchi hamda rahbarlik rolidan voz kechdi. 1953 yil-yanvarda Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi, unga ko'ra YUFXR ijtimoiy va siyosiy qurilishidagi o'zgarishlar "o'z-o'zini boshqarish sotsializmi"ga muvofiq olib borildi. Davlat hokimiyatining oliy organi Ittifoq xalq skunshinasi bo'ldi. U ikki palata: Ittifoq vechesi va Ishlab chiqarish vechesidan iborat edi. Ittifoq xalq skupshinasi I. Broz Titoni mamlakat prezidenti va hukumat rahbari etib sayladi. YUFXR totalitarizmdan voz kechdi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling