Tarixdan xikoyalar


Download 1.55 Mb.
bet133/167
Sana20.08.2020
Hajmi1.55 Mb.
#127040
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   167
Bog'liq
Umumiy tarix

Urush natijasida Polsha Sovet Ittifoqi tufayli Baltika dengizida keng dengiz bo'yi zonasi va mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi hamda dengiz davlati sifatida qaror topishida muhim rol o'ynagan Gdansk va Щotsin portlariga ega bo'ldi. Polsha Potsdam konferensiyasi qarorlariga ko'ra Germaniyadan tortib olingan g'arbiy yarmini ham oldi.

1945 yil 20-aprelda Moskvada do'stlik, o'zaro yordam va urushdan keyingi hamkorlik haqida Sovet-Polsha shartnomasi imzolandi. Bu shartnoma Germaniya tomonidan bo'ladigan har qanday xavf-xatarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko'zda tutdi. U 20 yilga tuzildi va 1965 yili yana 20 yilga yangilangan shaklda tuzildi.

1949 yil-noyabryada sovet marshali K. Rokossovskiy (1896-1968) mamlakat mudofaa vaziri etib tayinlandi va 1956 yilgacha ishladi. 1949 yilda Polsha O'IYKga a'zo bo'ldi. 1955 yilda Polsha Varshava SHartnomasi tashkilotlariga a'zo bo'lib kirdi.

1952 yil 22-iyul'-Polsha seymi PBIP taklif etgan yangi Konstitutsiyani ma'quladi. Mamlakat Polsha Xalq Respublikasi deb e'lon qilindi. 1952 yil 26 oktabrda yangi Konstitutsiya asosida seymga saylovlar bo'lib o'tdi. 1951 yildayok Milliy front tuzilgan bo'lib unga PBIP, Birlashgan dexqon partiyasi va yangilangan Demokratik partiya birlashdya va real hokimiyat kommuyanistlarga tegishli bo'ldi. Milliy birlik fronti nomzodlari uchun 99 foiz saylovchilar ovoz berdi. Partiya diktaturasining konstitutsiyaviy rasmiylashtirilishi tugadi.

Polshaning agrar davlatdan inustrial davlatga aylanishining sababi Polshaning SSSR bilan iqtisodiy aloqalari. 1962 yilda Polsha energotizimi yagona "Mir" energotizimiga ulandi, 1964 yilda esa dunyoda eng yirik "Drujba" neft quvuri ishlay boshladi, uning narxi jahon narxidan 30 foiz quyi qilib belgilandi.

Sovet Ittifoqi Polsha sanoati mahsulotlarining asosiy iste'molchisi bo'lgan. Sanoatning an'anaviy tarmoqlari-ko'mir, to'qimachilik va oziq ovqat sohalari modernizatsiya qilindi. 1950-1955 yillarda yangi Gugeda metallurgiya kombinati, Pulavaxra kimyo kombinati, Plotskda neft-kimyo kombinati, Gdanskda kemasozlik korxonalari qurildi. Sanoat ishlab chiqarishi 1950 yildan 1974 yilgacha 10 marta ko'paydi.

1956 yilda Polsha xalqi siyosiy hayotni demokratlashtirish, so'z va yig'inlar o'tkazish erkinligi uchun kurashdi, mamlakatda ta'siri katta bo'lgan katolik cherkovini quvg'in qilishga qarshi chiqdi.

1956 yil 28-29-iyunda Polshada ishchilar ish tashlashi va talabalar namoyishi boshlandi. PBIP bu vaziyatdan chiqish uchun 1951 yilda barcha lavozimlardan olib tashlangan va qatog'onga uchragan V.Gomulka partiya yo'lboshchisi bo'ldi. 1970 yil 12-dekabrda oziq tovarlari asosiy turlari narxlarining oshishi e'lon qilindi. Bu qaror Polshaning barcha port shaharlari-Gdan'sk, Gdin, Щotsin, El'blongda ishchilarning ommaviy chiqishlariga olib keldi. PBIPda yana rahbarlik o'zgardi. 1970 yil 20-dekabrda uning yo'lboshchi etib Edvard Gerek (1913-2002) saylandi.

Polsha hukumati g'arb mamlakatlaridan kredit so'radi lekin uni to'lalmay 70-yillar oxiriga kelib, Polshaning tashqi qarzdorligi 23 milliard dollarni tashkil etdi. 1976 yil yozida oziq-ovqatlar narxini yana bir bor oshirish va shu yo'l bilan tashqi qarzlarining bir qismsni to'lashga urinyash ish tashlash harakatini yuzaga keltirdi va hukumat o'z rejasidan voz kechdi. Ishchilarni ximoya qilish qo'mitasi tuzildi. Rim-katolik cherkovi ulkan ta'sirga ega bo'ldi. 1978 yilda Rim papasi lavozimiga Krakov arxiepiskopi Karol Voytila (u Ioann avel II nomini olgan) saylanishi bilan bu ta'sir keskin oshdi. Uning 1979 yil-iyunda Polshaga tashrifi chog'ida PBIP siyosatini keskin tanqid qilishi muxolifatni kuchaytirdi va jamiyatda kesiknlikning yangi bosqichiga sabab bo'ldi.

Gdansk, Gdin, SHotsinda yangi ish tashlash to'lqiniyuzaga keldi. Gdan'sk verflarida (kemasozlik korxonalari) "Solidarnost'" mustaqil kasaba uyushmasi paydo bo'ldi. Unga ishchi-elektrik Lex Valensa boshchilik qildi. Bu harakat diktatura, Polshasuverinitetini cheklashga qarshi, sotsializm va partiya apparati zo'ravonligiga qarshi umummilliy norozilikni ifodaladi. Hukumat yon bosishga majbur bo'ldi. Hukumatning "Solidarnost'" yo'l boshchilari bilan kelishuvi tsenzurani yumshatish, ish haftasini qiqartirish, ommaviy axborot vositalariga erkinlikni ta'minladi. "Solidarnost'" va boshqa muxolifat tashkilotlari tub iqtisodiy o'zgarishlar o'tkazish, PBIPning o'z rahbarlik rolidan voz kechishi va erkin saylovlar o'tkazishni talab etdilar. Bu harakat katolik cherkovi tomonidan qo'llab-quvvatlandi.

E.Gerek PBIP birinchi kotibilikdan chetlatildi. PBIP va "Solidarnost'" o'rtasida majoro kuchaydi.

1981 yil-fevralidaPolsha mudofaa vaziri, general Voytsex YAruzel'skiy boz vazir etib tayinlangan. 1981 yilning-sentabrida V.YAruzel'skiy PIBP MK birinchi kotibi etib saylandi. U Katovitsedagi ish tashlaganlarga qarshi ko'zidan yosh chiqaruvchi gazdan foydalanish uchun qo'shinga buyruq berdi. U 1981 yil 14-dekabrda mamlakatda harbiy holat e'lon qildi. "Solidarnost"ning faoliyati man etildi, uning yo'lboshchilari qamoqqa olindi. 1982 yil-yanvaridan esa iqtisodiy islohotlar amalga oshirila boshladi. Ularning asosida uch tamoyil-korxonalar mustaqilligi, o'z-o'zini boshqarishi va o'z-o'zini moliyaviy ta'minlashi turardi. 1983 yil yozda harbiy holat bekor qilindi. 1988 yilda siyosiy plyuralizmga o'tish haqida qaror qabul qildi. Muxolifatning ochiq faolyaitiga ruxsat berildi, saylov tizimi o'zgartirildi va parlament islohoti o'tkazildi.

1989 yilning-iyunida parlament quyi palatasi-seymga saylovlar bo'lib o'tdi. Barcha qarama-qarshi kuchlar kelishuviga muvofiq hal etildiki, 65 % o'rin PBIP va uning ittifoqchilariga beriladi, qolgan 35 % o'rin uchun barcha siyosiy partiyalar kurashadi, biroq ularni muxolifat egalladi. U yana ta'sis ikkinchi palata-senatdagi barcha o'rinlarni ham oldi. Ikala palataning majlisida respublika prezidenti etib V.YAruzel'skiy saylandi.

PBIP ning to'rt vaziri ishtirokida (25 tadan) koalitsion hukumat tuzildi, uni katoliklar doirasi vakili, o'tmishda "Solidarnost"ning maslahatchisi bo'lgan Tadeush Mazovetskiy boshqardi. Polsha parlament demokratiyasi yo'liga kirdi. Davlat Polsha respublikasi deb nomlandi. Harbiy kuchlar xavfsizlik organlari va ichki ishlarda departizatsiya (partiyasizlik), depolitizatsiya (siyosatsizlik) va deideologizatsiya (mafkurasizlik) amalga oshirildi.

YAngi hukumatning iqtisodni qayta qurish bo'yichachora-tadbirlari rejali va markazlashtirilgan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga tezkor o'tishni ko'zda tutdi va "shok terapiyasi" degan nomni oldi. Narx-navo ustidan nazorat qilish tugatildi, davlat mulkchiligini xususiylashtirish boshlandi. Bu hol bozorni barqarorlashtirishga erishga imkon berdi. Polsha pul birligi bo'lgan zlotiy konvertizatsiya qiliindi.

90-yillarda Polsha hukumatining qarzi 50 mlrd dollardan ko'pni tashkil etdi. 1990 yilning-dekabrida umumiy ovoz berishyo'li bilan mamlakat prezidenti etib Lex Valensa saylandi. 1992 yilning-iyulida Xana Suxotsskaya "Milliy murosa" hukumatiga boshchilik qildi. Bu hukumat davlatning xo'jalik faoliyatini cheklash, korxonalarni xususiylashtirish, qishloq xo'jaligini modernizatsiyalashni texlatish yo'lidan bordi. PBIP ning o'rnida Demokratik so'l ittifoq tuzildi, u 1994 yilgi seymga saylovlarda g'alaba qozondi. Dehqonlar partiyasi bilan birgalikda ular koalitsion hukumat tuzishdi. 1995 yil-noyabrida Polshada prezidentlik saylovlari kommunistlar yo'lboshchisi Polsha kommunistik yoshlari ittifoqining sobiq rahbari Aleksandr Kvashnevskiy g'alabasi bilan tugadi. 1995 yildayoq ishlab chiqarishning o'sishi 6 % ni tashkil etdi. Polshaga xorijiy investitsiyalar oqimi kuchaydi.

SSSR: TOTALITARIZMDAN DEMOKRATIYAGA

Urushda SSSR 27 million, Germaniya 10 million kishisini yo'qotdi. Fashistlar 1719 ta shahar va 70 dan ziyod qishloqni vayron etdi. 32 ming yirik va o'rta sanoat korxonalari va 65 ming km. temir yo'l vayron etildi. SSSR o'z milliy boyligini 70% ni yo'qotdi.

1952-1953 yillarda Stalin tuzumi yangi qatog'onlar kompaniyasini boshladi. Moskvada 1953 yil-yanvarda Stalinga qarshi suiqasdda ayblangan bir guruh shifokorlar qamaldi. Bular 30-yillar stsenariysi asosida amalga oshirildi. Lekin eng qizg'in paytida 1953 yilning 5-martida Stalin o'ldi. Stalin yartgan tizim bir kishining avtoritetiga asoslangani uchun birmuncha vaqt partiyada "jamoaviy rahbariyat" yuzaga keldi. Stalinning eng yaqin safdoshlaridan biri Lavrentiy Beriya (1899-1953) 1953 yil-iyunida qamoqqa olindi,-dekabrda otib tashlandi. Georgiy Malenko (1902-1988) Ministrlar Sovetining raisi bo'lib ikki yil ishladi.

Xokimiyat 1953 yilda KPSS MK birinchikotibi etib tayinlangan N.Xrushevga o'ta boshladi. 1955 yilda u Malenkoni ishdan chetlatdi, uning o'rnini Nikolay Bulganin (1895-1975) egalladi. Uch yil o'tgach N.Bulganin o'z navbatida bu lavozimdan olindi va Ministrlar Sovetining raisi etib N.Xrushev tayinlandi. 1964 yil kuzgacha davom etgan Xrushev davri boshlandi. 1956 yilda Xrushev Stalin shaxsiga sig'inishni fosh etish bo'yicha maxfiy ma'ruzasida Stalinni ommaviy qatag'onlarda va qonunchilikdan chekinishda aybladi. Xrushev davrida madaniy hayotda ayrim erkinliklarga yo'l qo'yildi, u "iliqlik" deb ataldi. B.Pasternak "Doktor Jivago" romani uchun Nobel' mukofotini oldi. 1962 yilda rassomlar asarlarini Moskvadagi Izmaylovsk bog'ida o'tkazayotganda bul'dozerlar ekspozitsiyani vayron qildi. Xrushev ijodiy ziyolilar bilan chiqishmay qoldi.

Sovet Ittifoqi qit'alararo ballistik raketa sinovini o'tkazdi. 1957 yilda orbitaga birinchi sun'iy Er yo'ldoshi chiqarildi. 1961 yil YU.A.Gagarin dunyoda birinchi bo'lib koinotga uchdi. YAdro quroliga ham ega bo'ldi. Harbiy havo va suv osti floti takomillashtirildi. 50-yillar o'rtalarida aholining 35 % i qishloqlarda yashardi. Sovet Ittifoqi donni AQSHdan sotib olar edi. Xrushev "tinch-totuv yashash" siyosatini olib bordi. BMT SSSR ning tashabbusiga ko'ra 1960 yilda mustamlakalardan voz kechish to'g'risida rezolyutsiya qabul qildi va keyin mustamlaka tizimi emirila boshladi. 1958 yilgi Amerikaga qilgan safati Sovet Ittifoqining jahon miqyosiagi obro'sini ko'tardi.

60-yillar boshida Xrushev siyosatidan norozilik boshlandi. 1962 yil kuzida non tanqisligi yuz berdi. 1964 yil 16 oktabrda MK plenumi N.Xrushevni barcha lavozimidan ozod qildi. Uning o'rniga SSSR Oliy Soveti prezidiumi raisi Brejnev Minstrlar soveti lavozimiga esa Kasigin saylandi. "Xrushev davri" tugab "Brejnev davri" boshlandi va 20 davom etdi. 1977 yil konstitutsiyada partiya "sovet jamiyatining rahbar va etakchi kuchi" sifatida tasdiqlandi. KPSS MK Bosh kotibi lavozimi belgilandi. Brejnev birinchi bo'lib ushbu lavozimni egalladi. Partiya va mamlakatning yagona rahbarligi tasdiqlandi.

60-yillar oxirida g'arbiy Sibirda topilgan neft gaz koni tufayli mamlakat 70-yillar boshida neft va gaz ishlab chiqarish bo'yicha oldingi o'rinlarga chiqdi va neft, gazlarni eksport ham qila boshladi. 70-yillar oxirida ishlab chiqarish sur'ati sezilarli darajada tushib ketdi va 1980 yilda bu ko'rsatgich 2 foizni tashkil etdi. Arzamas-16 shahri-ulkan zavodlar, yuz minglab mutaxassislar, labaratoriyalar, ilmiy tadqiqot institutlari harbiy ishlab chiqarish sohasiga iqtisoslashgan. Sovet Ittifoqi 1970 yildan boshlab har yili AQSH dan 20 mln tonna don sotib olar edi.

Osiyo, Afrika va Lotin Amerikachi Sovetlar ta'siri kuchaydi. Sovet Ittifoqi Vetnamni amerikaliklar interventsiyasiga qarshi kurashda qo'llab qo'vvatlab, harbiy maslahatchilar va qurol yarog' jo'natdi. 1974 yilda AQSH qo'shinlari Vetnamdan chiqib ketishga majbur bo'ldi. Sovet Ittifoqi Iroq va Suriyani Isroil agressiyasiga qarshi kurashda qo'llab yaqin SHarqda o'z ta'sirini kuchaytirdi. Afrika qit'asida Angola, Mozambik, Efiopiyaning milliy ozodlik harakatini qo'llab quvvatladi. CHili, Salvador, Panama, Nikaragua, Gvatemalada amerikaliklar rejimi parchalana bordi. Ularning ko'pchiligiga Sovet Ittifoqining xech qanday aloqasi bo'lmasada, CHili va Nikaraguani qo'lladi. Yevropada qo'shinlarning g'arbiy guruhi kuchaydi. Varshava shartnomasi tashkiloti apparati takomillashtirildi. 70-yillar oxirida Germaniya, CHexoslavakiya, Vengriya va Polshaga "er-er" tipidagi o'rtacha radiusda harakatlanuvchi 400 ta raketa joylashtirildi. Bu raketalar yadro kallakli (SS-20) bo'lib NATO qo'shinlari joylashgan mintaqalar va g'arbiy Yevropaning yirik sanoat markazlariga qaratilan edi. L.Brejnevning AQSH prezidentlari Nikson (SSSR va AQSHda), J.Ford (Vladivostokda), J.Karter (Venada) bilan uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Ularda yadro qurolini tarqatmaslik, yadro quroli (OSV-1, OSV-2) sinovini to'xtatish va ularni cheklash to'g'risida shartnomalar imzolandi.

1979 yil Sovet Ittifoqining Afg'onistonga bostirib kirishini AQSH mavjud kuchlar mutanosibligining buzilishi va Osiyo mintaqasida plattsdarmni egalashi deb baholadi. SHu bois Afg'on qarshilik ko'rsatish kuchlariga yordam bera boshladi. 1989 yilda xalqaro jamoatchilik tazyiqi ostida va mag'lubiyatga uchragani uchun Avg'onistonni tashlab chiqib ketdi.

T U R K I YA: DEMOKRATIYANING MURAKKAB YO'LI.

Ikki jaxon urushi kamolchilar siyosatida keskin burilish yasadi. 1945 yilda hukumat zamindorlar va davlatdan erlarni to'lov xisobiga olib, dexqonlarga bo'lib berish to'g'risida qonun qabul qildi.

Turkiya AQSHdan harbiy yordam olib, NATOning o'ng qanotiga aylandi. Biroq bu mamlakatdagi iqtisodiy muammolarni xal qila olmadi. 1950 yilda ko'p partiyali umumxalq saylovi bo'lib o'tdi. Unda Adnan Menderes boshchiligidagi Demokratik partiya g'olib chiqdi. Uning dasturi mamlakatda erkin tadbirkorlikka yo'l berish va davlat sektorini to'liq tugatishni mo'ljallagan edi. A. Menderes bosh vazir etib saylandi.

Turkiya Amerika siyosatida muhim bo'g'in bo'lib qoldi. U Bog'dod paktini imzoladi. 1951 yilda Turkiya harbiy-siyosiy blok-SEATOga a'zo bo'lib kirdi. 1958 yilning yozida AQSHning Livandagi va Angliyaning Iordaniyadagi interventsiyasi paytida Turkiya o'zining sodiq NATO ittifoqchisi ekanligini namoyish qildi. YA'ni agar Suriya qo'shni mamlakatlarga yordamga keladigan bo'lsa, unga xujum qilishi mumkinligini bildirib, Turkiya o'z harbiy qo'shinlarini chegaraga olib kelib qo'ydi.

Menderes siyosati moliyaviy tanazzulga olib keldi. 1958 yilning-avgustida Turkiya bankrotga uchraganligini bayon qildi.

G'arbiy Germaniya va AQSH Turkiyani bankrotdan saqlab qolishga harakat qilib, qo'shimcha kreditlar berdi.

Mexnatkashlar manfaatini ximoya qilib chiqqan "Vatan" partiyasi taqiqlandi. Qo'shinda dezertirlik boshlandi. Istambul va Anqarada Milliy-ozodlik qo'mitasi bo'limi yuzaga keldi.

Harbiylar mavjud tizimni saqlab qolishga harakat qilib, 1960 yilning mayida davlat to'ntarishini amalga oshirdi. Menderes xibsga olindi va qatl etildi.

YAngi partiyaga Sulaymon Demirel raxbarlik qildi va bosh vazir lavozimini egalladi.

1971 yili Turkiyada yangi harbiy to'ntarish yuz berdi. Generallar tartib o'rnatishga qaror qilishdi va minglab odamlar qamoqxonalarga jo'natildi. Hukumat bilan birga Milliy Xavfsizlik Xizmati tashkil etilib, unga general Kenan Evren raxbarlik qildi. Mamlakatda favqulodda xolat e'lon qilindi. 1980 yil-sentabrda yana bir bor to'ntarish yuz berdi. Barcha partiyalar tarqatib yuborildi. Ularning rahbarlariga 10 yil davomida siyosiy faoliyat bilan shug'ullanish ta'qiqlab qo'yildi. Universitetlarda o'qituvchilar faoliyati nazorat qilina boshladi, matbuotda esa qattiq tsenzura o'rnatildi.

Biroq Yevropa Ittifoqining ta'siri tufayli harbiylar yon berishga majbur bo'ldi. YAngi Konstitutsiya qabul qilinib, unga ko'ra, Kenen Evren prezident lavozimida 7 yil muddatga qoladigan bo'ldi, siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat berildi. Mazkur yangi konstitutsiyaga muvofiq hukumat Turkiyaning Buyuk milliy majlisiga tegishli edi. Milliy majlis besh yil muddatga saylanadigan 450 deputatdan iborat bir palatali parlamentdan, ijroiya hukumat esa prezident va bosh vazir rahbarligidagi vazirlar kengashidan tashkil topdi.

Mamlakatda yangi partiyalar tuzildi. Yirik savdo va bank burjuaziyasi manfaatlarini mashhur siyosiy arbob Turg'ut Ozal rahbarligidagi Vatan partiyasi himoya qildi. 1983 yilning-iyunida tashkil topgan To'g'ri yo'l partiyasi o'rta va yirik sanoat hamda savdo burjuaziyasining bir qismi manfaatlarini ifodalar edi. Unga Sulaymon Demirel etakchilik qildi. SHuningdek, N. Erbaqon etakchiligidagi Farovonlik partiyasi tashkil etilib, u islom diniga e'tiqod qiluvchi ishchi, dehqon, mayda va o'rta burjuaziya, ziyolilarning bir qismi qarashlarini ifodalar edi. Irdal Inenyu boshchiligidagi Sotsial-demokratlar xalq partiyasi, Demokratik so'l partiyalar ham shu davrda tashkil topdi.

1983 yilda konstitutsiya asosida saylov o'tkazildi va unda Turg'ut Ozal rahbarlik qiluvchi Vatan partiyasi g'alaba qozondi. U bosh vazir lavozimiga, 1989 yilda esa Turkiya prezidentligiga saylandi. T. Ozal mamlakat iqtisodini jadal o'stirish, erkin tadbirkorlikni rivojlantirish va bozor iqtisodini tashkil qilishga va'da berdi. Uning faoliyati davomida inflyatsiya yanada avj oldi.

1986 yilda xususiylashtirish to'g'risida qonun qabul qilingan edi, 1989 yilda birinchi marta davlat mulkini xususiy mulk uchun sotish jarayoni bo'lib o'tdi. Ammo xususiylashtirilayotgan korxonalar narxi juda yuqori edi vash u bois 1991 yilning oxirida davlat mulkining atigi 5 foizi xususiylashtirildi, xolos. Bu hol iqtisodning jadal rivojlanishiga bo'lgan umidni chippakka chiqardi va inflyatsiya hamda narx-navoning o'sishida ham namoyon bo'ldi. Mamlakatda 5 million ishsiz bo'lib, 2 million ishsiz Yevropa va YAqin SHarq mamlakatlariga pul ishlagani chiqib ketgandi.

Mamlakatda inflyatsiya rekord darajaga-60 foizga etdi. Ishsizlik bir maromda (11 foiz) saqlanib qolaverdi. Ko'pgina turk ishchilari Germaniyaga hech bir huquqsiz, faqat malakasiz ishlarga ketishdi.

1991 yil-sentabrida mamlakatda yangi saylovlar bulib o'tdi. Sulaymon Demirelning To'g'ri yo'l partiyasi 27 foiz ovoz oldi. S.Demirel bosh vazir etib tayinlandi. Faravonlik partiyasining maqsadi: Islom davlatini tuzish. Bu partiya musulmon davlatlarining islom harbiy ittifoqini, umumiy islom bozorini tashkil etish, umumiy islom valyutasini joriy eti shva kapitallarga qo'yiladigan foiz (sudxo'rlik)ni yo'q qilishga chaqirdi. Ularning dasturida Turkiyaning NATOdan chiqib ketishi va jahonda yangicha tartib hamda adolat o'rnatishi zarur bo'lgan islom NATOsini tashkil qilish g'oyasi ilgari surilgan edi.

1993 yil T.Ozal vafot etgandan so'ng parlament S.Demirelni prezidentlikka sayladi. U ham o'z navbatida bosh vazir lavozimiga To'g'ri yo'l partiyasi etakchilaridan biri-Tansu CHiller nomzodini qo'ydi. YAngi hukumat uzoq turmadi. 1995 yil yangi saylovlar bo'lib o'tdi. N.Embaqon To'g'ri yo'l partiyasi bilan koalitsiyada hukumatni tuzish vakolatiga ega bo'ldi.

Eng avvalo Turkiyaning "Vesternlashtirish" (g'arblashtirish), ya'ni Yevropa modeli asosida jamiyat qurish siyosati barbod bo'ldi. Uning texnik -iqtisodiy qoloqligi bu yo'ldagi asosiy g'ov bo'ldi. 1995 yilda Turkiyaning tashqi qarizi 50 mlrd. dollar edi.

XITOY 50-90 YILLARDA

1946 yil yozida gomindan armiyasi XKP nazoratidagi Xitoy rayonlarida xujum operatsiyalarini boshladi. YAngi fuqarolik urishi boshlandi. Ular ma'lum bir hududlarni egalladi. Biroq Xitoy xalq ozodlik armiyasi (XXOA)yirik mag'lubiyatni chetlab asosiy kuchlarini saqlab qoldi. 1948 yil-avgustidan vaziyat o'zgardi. XXOA qarshi xujumga o'tdi va Gomindan qo'shinlariga qaqshatqich zarba berdi. 1949 yil-sentabrda "Umumiy dastur" va u 1954 yilgacha Xitoyda vaqtinchalik Konstitutsiya vazifasini o'tadi. Unda xalq demokratiyasi tamoyillari xamda ishchilar sinfi va dexkonlar ittifoqi asosidagi XXR tashkil topganligi e'lon qilindi. Umumiy dastur Yevropa mamlakatlarining Xitoydagi alohida huquq va imtiyozlarini bekor qildi. 1949 yil-sentabr oyida XXOA askarlari Xitoy poytaxti Pekinga kirib keldi. 1949 yil 11 oktabrda XXR tashkil topganligi rasmiy e'lon qilindi.

Xitoydagi inqilob uning tashkilotchisi va rahbari Mao TSzedun nomiga "maoistik" inqilob deb yuritildi. Maoizmning o'ziga xos tomoni uning "kazarma komunizmi" deb ta'riflangan siyosatida edi. Maoizm harbiy byurokratik partiya guruhlari diktaturasini o'rnatib barcha iqtisodiy va ijtimoiy qonunlarga teskari tuzimni barpo qildi. Xitoydagi feodal er egaligi yo'q qilindi, zamindorlar sinfi tugatildi. Bu Osiyodagi eng keskin agrar islohot bo'ldi. 1953 yilda sanoat tiklandi, 1955 yilda xalq xo'jaligining 1-besh yillik rejasi qabul qilindi. Unga ko'ra 694 ta yirik sanoat obektlari qurilishi mo'ljallangan.

1958 yilda yangi jamiyat qurishga qaratilgan yo'nalish o'zgartirildi. Uch kizil bayrok guruhi paydo buldi. Bu iqtisodiy konunlarga xilof ravishda ilgarigi rejalarini amalga oshirish shuningdek xitoy dexkonlarining birlashtirishni yangi shaklini yaratishning "avantyuristik" dasturidan iborat edi. Dastur umumiy xolda "katta sakrash" deb nom oldi.Unga kura 4 yilda (1958-1962) sanoat ishlab chiqarishi 6.5 marta, qishloq xujaligi esa 2.5 baravar usishi lozim edi. Qishloqlardagisobik qishloq xujaligi koperativlari xalq kommunalariga aylantirildi. Dexkonlardan tomorkalar tortib olindi.

Shunga qaramay Xitoy rahbariyati ushbu utopiyani amalga oshirishni boshladi. Qishloqlardagi sobiq qishloq xo'jalik kooperativlari xalq kommunalariga aylantirildi. Ularda ishlab chiqarish qurollari, uy-ro'zg'or anjomlari, chorva, turar-joy, mevali daraxtlar umumiy bo'lib qoldi. Dehqonlardan tomorqalar tortib olindi. Har bir kommunaga uyda domna pechiar qurish va unda po'lat eritish vazifasi topshirildi. Tez orada "katta sakrash" g'oyasi barbod bo'lgani ma'lum bo'ldi. Ikki yilda (1958-1960) xalq xo'jaligi 100 mlrd yuan zarar ko'rdi. Faqat 1965-yildagina xalq xo'jaligini 1 957-yil darajasiga ko'tarishga erishildi. Ammo Xitoy rahbariyati bu aybni xalq bo'yniga qo'yishga qaror qildi.

1966-yil-avgustda "XKP MKning ulug' proletar madaniy inqilobi to'g'risidagi qarori" qabul qilinib, unda mamlakatni kapitalistik yo'ldan borishga undovchilar yanchib tashlashga chaqirilgan edi.

"Madaniy inqilob" natijasida 100 mln.ga yaqin kishi jabr ko'rdi. Shahar ko'chalarida "Inqilob" jangari qo' shinlaridan iborat "xunveybin"larning boshboshdoqliklari avj oldi. Kishilarni to'g ko'chalar, uylardan ushlab qayta tarbiyalash maxsus lagerlariga jo'natildi. Ular orasida taniqli olimlar, partiya arboblari, davmat muassasalari xizmatchilari, san'at xodimlari ham bor edi. "Xunveybinlar" otryadlari maktab o'quvchilari, talabalar, daydilar va hayotda ishi yurishmagan omadsiz lardan tashkil topdi.

"Madaniy inqilob" Xitoyda yo'lga qo xamq xo barbod qildi. U Xitoy uchun 500 mlrd yuanga tushdi. 1966-1976-yillar "yo'qotilgan o'n yillik" bo'lib qoldi. Bu davrda mamlakat iqtisodi jar yoqasiga borib qoldi. Ishchi va xizmatchilarning ish haqi 30% ga, qishloqdagi bir kunlik mehnat haqi 33% gacha pasaydi. Mamlakatda 200 mln. kishi doimiy to'yib ovqat yemasdi, shaharlarda 20 mln. ishsiz mavjud edi.

1981-yilgi XKP qarorida qayd qilinganidek, bevosita Mao Szedun tashabbuskori bo'lgan "madaniy inqilob" mamlakatni loyqalatib yubordi, partiya davlat va ko'p millatli xalqqa jiddiy kulfatlar keltirdi.

1976-yil-sentabrda Mao Szedun vafot etdi. "Madaniy inqilob" faollari ta'qib qilina boshladi. Mao Szedunning xotini Szyan Sin va yana Siyosiy byuroning uch a'zosi ("to'rtlik to'dasi") qamoqqa olindi. Ikki yil davomida "madaniy inqilob" oqibatlarini tugatish uchun kurash olib borildi va faqat 1978-yil-dekabrda XKP MKning III plenumida Xitoyni modernizatsiyalash to'g'risida qaror qabul qildi. Islohotlarni amalga oshirish boshlandi. Chet el sarmoyalari oqimini barqarorlashtirish uchun mamlakatning janubiy chekkalarida bir qator maxsus iqtisodiy zonalar tashkil etish to'g'risida qaror qabul qilindi. Tashqi noiqtisodiy sohada dunyoning rivojlangan mamlakatlari bilan hamkorlik qilishga mo'ljallangan "ochiq siyosat" olib borildi.

Dehqonlarga tomorqalar qaytarib berildi. Qishloq xo'jaligi dehqonlarga yetishtirgan ortiqcha mahsulotini sotish huquqini beruvchi xo'jalik pudratiga o'tdi.

"Direktiv rejalashtirish" tugatildi, barcha sanoat korxonalari "mustaqil xo'jalik tashkilotlari"ga aylantirildi. Mamlakatda xususiy bozor, tovar munosabatlari keng rivojlana boshladi, kichik xususiy va jamoa korxonalari, kustar ustaxonalar, xususiy tadbirkorlar faoliyatiga ruxsat berildi.

Xitoy sotsialistik yo'nalishidan voz kechmagan holda iqtisodiy qurilish borasida katta yutuqlarga erishdi. Umumiy yalpi ishlab chiqarish yiliga o'rtacha 10%, yalpi milliy mahsulot esa aholi jon boshiga hisoblaganda boshqa Osiyo mamlakatlariga qaraganda 4-5 marta tez ko'payib bormoqda.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling