Tarixdan xikoyalar
Download 1.55 Mb.
|
Umumiy tarix
Jangni mohirona boshqarish, kuchli va intizomli otliq qo'shinning bo'lishi, qo'shni mamlakatlardagi siyosiy tarqoqlik mo'g'ullarga g'alaba keltirgan. Mo'g'ullar udumlari. Mo'g'ullar xoni qarorgohiga kelgan elchilar qator kutilmagan sinovlardan o'tkazilgan. Xon huzuriga kirish istagidagi barcha kishilarning o'zlarigina emas, ularning sovg'a-in'omlari ham turli duo, yovuzliklardan "tozalanishi" lozim edi. Bunga ma'lum udumga ko'ra shomonlarning qattiq nazoratida ikki katta gulxan orasidan o'tish orqali erishilgan. Mo'g'ullarda olov ularning o'zlarini va hukmdorlami asrovchi omillarni mujassamlashtirgan qudratli kuch hisoblangan. Elchilar ortidan turli sovg'alar ortilgan aravalar ham olib o'tilgan. SHomonlar aravadagi buyumlardan ayrimlarini olib olovga-ilohlarga qurbonlik sifatida tashlaganlar. SHundan so'ng yog'och va jundan yasalgan qator qilib qo'yilgan but va sanamlar orasidan o'tayotib, ularga ham ta'zim qilib hurmat bajo keltirish lozim edi. Istilolar. CHingizxon 1211 yildan SHimoliy Xitoyga qarshi urush boshlaydi. Mamlakatni batamom istilo qilinishi uning vorislari davrida tugatiladi. Ettisuv va SHarqiy Turkistonga qarshi 1218 yili boshlangan bosqinlar, Xorazmshohlar davlatiga 1219-1221 yillarda yoyiladi. Afg'oniston, SHarqiy Eron egallanib, Kavkaz orqali 1223 yili Dashti Qipchoqqa chiqadi. Kalka daryosi bo'yida qipchoqlarning ittifoqchisi sifatida ularga yordamga kelgan ruslar qo'shini mag'lub etiladi. 1224 yilda CHingizxon zabt etilgan hududlarni o'z o'g'illari: Jo'ji, CHig'atoy, O'qtoy va Tuliga uluslarga bo'lib, taqsimlab beradi. O'qtoyni taxt vorisi etib tayinlaydi. 36-§. OLTIN O'RDA XONLIGI Yangi bosqin. Mo'g'ullarning 1235 yilgi qurultoyida O'qtoy qoon (xon) CHingizxonning Rus va SHimoliy Kavkaz yerlarini bosib olish haqidagi vasiyatini eslatib, to'planadigan qo'shinga Botuxon yetakchilik qilishini e'lon qiladi. Uluslardan o'nta askardan bittasining ajratilishi, Botuxonga yordamga CHingizxonning sarkardalaridan Subutoy bahodirni berilishiga kelishiladi. Botu va Subutoylar 1237 yilning kuzida rus yerlariga hujum boshlab, dastlab Ryazanni olishadi. Rusdagi siyosiy tarqoqlik mo'g'ullarga yetarlicha qarshilik ko'rsatish imkonini ham bermasdan 1238-1240 yillarda Vladimir, Suzdal, Kiev, Galich, Volin va boshqa shaharlar bosib olinadi. Mo'g'ullar tomonidan 1241-1242 yillari CHe-xiya, Vengriya, Polshaning bir qismi ham egallanadi. Lekin 1243 yili O'qtoyning vafot etishi munosabati bilan Botuxon Volgabo'yi dashtlariga qaytadi. SHu tariqa Botuxon istilo qilgan Volgabo'yi, SHimoliy Qora dengiz sohillari, SHimoliy Kavkaz, Moldaviya hududlarida rus yozma manbalarida Oltin O'rda nomini olgan Jo'ji ulusi shakllanadi. Yodda tuting! Oltin O'rda, Jo'ji ulusi-13 asrning 40 yillari boshida Jo'jixonning o'g'li Botuxon (1236-1255) tomonidan asos solingan davlat. 1224 yil Jo'ji ulusi SHimoliy Xorazm, SHimoliy Kavkazdan iborat edi. 1236-1240 yillarda Botuxonning yurishlari natijasida Volga bulg'orlari yurti, Dashti Qipchoq, Qrim, G'arbiy Sibir Oltin O'rdaga qo'shib olindi. Boshqaruv tizimi. Oltin O'rdani Botuxon va uning avlodlari boshqargan. Muhim masalalarni hal etish uchun qurultoy chaqirilgan. Ijro hokimiyati boshlig'i beklarbegi bo'lib, devon ishlarini vazir boshqargan. Mahalliy boshqaruv dorug'a va bosqoqlar qo'lida bo'lgan. Rus knyazlari va aholisiga oliy hukmdor mo'g'ullar hokimi ekanligi e'lon qilinadi. Har bir knyazlik eng avvalo xon ulusi, so'ng knyaz yurti ekanligi uqtiriladi. Rusda barcha knyazlar Oltin O'rdadan boshqaruv yorlig'i oladi. Vladimir knyazi Yaroslav ularning "ulug'i" deb tan olinadi. Istilo qilingan hududlar 10 ming suvoriy saflay oladigan tumanlarga bo'linadi. Knyazliklar qo'shini zarur paytda harbiy xizmat o'tash uchun uzoq o'lkalarga yo'l olishga, CHingizxon vorislarining manfaatlari uchun jang qilishlariga to'g'ri kelgan. Dastlab mo'g'ullar bo'ysundirgan hududlarda, o'zlarining an'anaviy boshqaruv tizimini joriy etadi. Bosib olingan dashtlar Botuning ukalariga berilib, ularning suyurg'ol mulkiga aylanadi. Suyurg'ol egalari xon qo'shiniga ma'lum belgilangan sondagi jangchilarni jo'natishdan tashqari, aholidan to'plangan soliqlarning bir qismini ham yuborgan. Oltin O'rda 14 asrdan to'rt katta viloyatga bo'linib, ular ulus nomini oladi. Bu viloyatlar ulusbegisi qo'shin boshlig'i boiishidan tashqari, o'ziga tegishli hududdagi boshqaruvga oid barcha masalalarni ham hal etgan. Oltin O'rda qo'shinini beklarbegi boshqargan. U ko'chmanchilar zodagonlari yetakchisi hisoblanib, ba'zida xondan ham ko'proq mavqega erishgan. Bu hoi ayrim paytlarda qonli mojarolarga ham sabab bo'lgan. No'g'ay, Mamay, Edigey kabi beklarbegilar hatto xonlarni ham o'z xohishlariga qarab tayinlaganlar. Oltin O'rda xonligida davlat boshqaruvining taraqqiyoti amaldorlarni kuchayishiga olib keladi. Mo'g'ullar imperiyasining bu qismidagi boshqaruv namunasi sifatida O'rta Osiyodagi musulmon davlatlari ma'muriyati olinadi. Natijada, xon yonida vazir lavozimi joriy etilib u mamlakatda harbiy bo'lmagan barcha sohaga mutasaddi edi. Vazir va uning yetakchiligidagi devon soliqlar, moliya, savdo ishlarini boshqargan. Devonxonada soliq daftarlari ham saqlangan. Soliqlar. Mo'g'ullar aholini o'nlik tizimiga bo'lish maqsadida aholini ro'yxatga olish tadbirini o'tkazadi. Bu tadbir 1248 yili janubiy knyazliklardan boshlanib, 1257 yili shimoliy knyazliklarga ham yetib boradi. Aholining ro'yxatga olinishining yakunida mamlakat aholisi "chiqim" deb nomlangan katta to'lovga tortiladi. Undan tashqari aholidan shoshilinch yig'iladigan soliq-talab ham olingan. Xonga urush boshlash uchun mablag' zarur bo'lsa, u rus knyazlariga talab yuborib, chiqimni qanday qattiqqo'llik bilan to'plansa u ham ayovsiz yig'ib olingan. Xon va uning yaqinlari, elchilar uchun sovg'a-salomga, O'rda amaldorlariga poraga ham katta mablag'lar sarflangan. Soliq va bojlarni to'lanishini bosqoqlar-maxsus tayinlangan mo'g'ul noiblari nazorat etishgan. Holsizlangan knyazliklardan dashtga mo'yna, kumush ortilgan karvonlar, qullik asoratiga mahkum etilganlar guruhlari yo'l olgan. Qullikka soliqlarni to'lay olmaganlar mahkum etilgan. Rus yerlari bulardan tashqari, Mo'g'ullar imperiyasi bo'ylab tashkil etilgan yomlar-yo'l bekatlariga xizmat ko'rsatishda ham qatnashganlar. Xitoydan qabul qilingan bu tizim istilo qilingan barcha o'lkalarda joriy etilgan. Yom xizmatini atrofdagi aholi bajarib, bekatlarda elchilar, cho-parlar, amaldorlar uchun doim otlardan tashqari oziq-ovqat ham tayyor bo'lishi ko'zda tutilgan. Rus yerlarini qaramlikda saqlashning yana bir usuli, mo'g'ullarning bir necha martalab bosqinlar uyushtirishi ham edi. Tarixchilarning hisobicha, 13 asrning ikkinchi yarmida dushman rus yerlariga o'n to'rt marta talonchilik hujumlarini tashkil qilgan. Rus knyazlari Oltin O'rda qudratini to'g'ri anglab, bosqinchilar bilan tinch yashashga harakat qilishgan. Bu tadbir mayjud sharoitda knyazlar o'z xalqini saqlab qolishi, ularni qullikka olib ketmasligining yagona yo'li edi. Tinchlik siyosatini Vladimir knyazi Yaroslav boshlab, uning o'g'li Aleksandr Nevskiy davom ettirgan. Knyaz Aleksandr Oltin O'rdaga bir necha bor tashrif buyurgan. Mo'g'ulistonda ham bo'lib, mahalliy amaldorlarning hurmat-e'tiboriga sazovor bo'ladi. Bu tadbirlarning barchasi keyinchalik mo'g'ullar bosqoqlarni tasdiqlamasdan rus yerlaridan boj yig'ishni knyazlardan biriga topshirishiga olib keladi. Tashqi siyosat. Tashqi siyosat masalalari bilan xon, uning yaqin maslahatchilari, shuningdek, beklarbegi shug'ullangan. Oltin O'rda uzoq vaqt SHarqiy Yevropaning eng kuchli davlati bo'lganidan ko'pgina mamlakatlar taqdiri unga bog'liq edi. SHu sababdan Yevropa qirollari, Rim papalari, Vizantiya imperatorlari va Turk sultonlari xon saroyi bilan do'stona munosabatda bo'lishga intilganlar. Eronda mustaqil davlat tuzgan Xuloku va uning vorislari esa Oltin O'rda bilan Kavkazortiga egalik qilish masalasida raqobat qila boshlaydi. Bu ikki Mo'g'ul davlati qo'shinlari qator janglarda to'qnashib, goh u tomon, goh bu tomonning qo'li baland kelgan. Bu janglardan birida 1266 yili Botuxonning ukasi Berkaxon ham halok boiadi. Xuloku ulusiga qarshi kurashda Oltin O'rda Misr sultonlari bilan ittifoq tuzadi. Oltin O'rda lashkari Bolqon yarim oroli, Litva va Polshaga bosqinlar uyushtirardi. Ulardan maqsad istilo emas, qo'shni hududlarni talash va O'rdani boshqarayotgan zodagonlarni boyitishga qaratilgan edi. 14 asrning birinchi yarmida Oltin O'rda davlati o'z qudratining cho'qqisiga erishadi. Bu jarayon O'zbekxon (1312-1342) va uning og'li Jonibek (1342-1357) nomi bilan bog'liqdir. Oltin O'rda qudratini mus-tahkamlagan omillardan biri islom dinining qabul qilinishi bo'ldi. Mo'g'ullar imperiyasi asoschisi CHingizxon barcha diniy e'tiqodlarga birday munosabatda bo'lishni vasiyat qilgan edi. Uning avlodlari bu vasiyatni bajarishga harakat qilganlar. Oltin O'rda poytaxti Saroy shahrida turli diniy ibodatxonalar qurilgan. Ammo mo'g'ullarning ko'pchiligi majusiy-shomonlikka mansub bo'lib qolganlar. 14 asrning boshida Oltin O'rdada vaziyat o'zgaradi. Hukmron doiralarning uzoqni ko'ra biladigan vakillari, ulkan mamlakat hayotini eski mo'g'ul an'analari asosida boshqarish mumkin emasligini tushunib yetadilar. Davlatni boshqarish tobora murakkablashib boradi. Iqtisod va moliyani tushunadigan, savodli kishilarga talab oshib boradi. Bu borada eng ma'qul keladigan amaldorlar o'rta osiyoliklar edi. Qolaversa, Oltin O'rda savdo-sotig'i avvaldan musulmon savdogarlari qo'lida bo'lgan. Eron va Misr bilan uzluksiz munosabatlaming o'rnatiiishi ham arab va fors tili bilimdonlarini jalb etishni taqozo etardi. Undan tashqari barcha uchun yagona din hukmdor atrofida fuqarolarni mujassamlagan bo'lardi. O'zbekxon 1314 yilda islomni davlat dini deb e'lon qiladi. Unga qarshilik ko'rsatmoqchi bo'lgan zodagonlar va hatto qarindoshlari shafqatsiz qirib tashlanadi. SHaharlar. O'zbekxon davri shaharsozlikning yuksalishi bilan ham xususiyatlanadi. 14 asrning o'rtalarida Oltin O'rdada yuzdan ortiq shaharlar bo'lgan. Ularning ba'zilari eski, mo'g'ullar istilosidan avvalgi qo'rg'onlar edi. Bosqinchilar ularni avval vayron qilganlar, so'ng savdo yo'llari ustidagi ko'plab shaharlar qayta tiklanadi. O'rda hukumati savdo-sotiqning rivojlanishidan manfaatdor bo'lgan. Ayrim shaharlarga mo'g'ullarning o'zi asos solgan. Bunga sabab O'rdada amaldorlar soni oshib borar, ular xon bilan u joydan bu joyga ko'chib yura olmasdi. Moliya ishlarini bajarishi uchun ko'chma o'tov yaxshi moslashmagan, qolaversa moliya hujjatlarini saqlash ham talab etilgan. Odatda bunday shahar uchun xon yoki ulusbegi 'qishlaydigan joy tanlanardi. Oltin O'rdaning har ikki poytaxti: Saroy Botu va Berkaxon qurgan Saroy Berka shu tariqa paydo bo'lgan. O'rda davrida Rossiyada vujudga kelgan ayrim shaharlar: Tula, Tyumen, Azov, Astraxan hozirga qadar mavjud. O'zbekxon va Jonibek davrida Oltin O'rda shaharlari gullab yashna-gan. Ular iqtisodiy va madaniy hayot markazlariga aylangan. Saroy va Yangi Saroylar dunyoning eng katta shaharlari qatorida bo'lgan. Jonibekning vafotidan so'ng Oltin O'rda taxti uchun kurash boshlangan. CHekka o'lkalar mustaqiliikka erisha boshlaydilar. 14 asrning oxirida To'xtamishxon uni o'n besh yilga yana birlashtiradi. Lekin davlat tarixining fojiali sahifalari aynan uning hukmdorligi bilan bog'liqdir. Bunga To'xtamishning Movarounnahr hukmdori Amir Temur bilan raqobati sabab bo'ladi. Amir Temur Jo'ji ulusiga qarshi uch marta yurish qiladi. SHimoliy Kavkazdagi 1395 yilgi To'xtamishning Amir Temurdan mag'lubiyati Saroy, Saroy Berka, Astraxan shaharlarini vayron etilishiga sabab bo'ladi. SHundan keyin savdo yoilari janub tomonga siljiydi. Amir Temurning yurishlari Oltin O'rdani uzil-kesil zaiflashtiradi. Oltin O'rda 15 asrning birinchi yarmida qator xonliklarga bo'linib ketadi. Ulardan eng yiriklari Qrim, Qozon, Sibir, Qozoq xonliklari va No'g'ay O'rdasi bo'lgan. 37-§. XITOY 13-15 ASRLARDA Iqtisodiy taraqqiyot. Xitoyda uzoq davom etgan siyosiy tarqoqlik va o'zaro urushlarga Sun sulolasining (960-1279) hokimiyatga kelishi chek qo'ydi. Natijada mamlakat xo'jaligining yuksalishiga zamin yaratildi. 10 asrdan suvni nisbatan baland joylarga chiqaruvchi moslamalardan keng foydalana boshlandi. CHig'ir idishlari sopol ko'zachalar yoki yog'ochdan cho'michlar shaklida yasalgan bo'lib ulardan foydalanish ekin maydonlarini ko'paytirish imkonini beradi. Suv tegirmonlari yordamida sholini tozalash, moy olish, un chiqarish tobora keng qo'llanila boshlanadi. Dehqonchilikda almashlab ekishni Xitoyda ilk o'rta asrlardan qo'llay boshlaganlar. Erta pishar ekinlardan ikki marta hosil olingan. Asosiy ekin sholining urug'ini tanlashga, unib chiqqan sholi ko'chatlarini yaganalab ishlov berishga alohida e'tibor qaratilgan. Mamlakat janubida shakarqamish yetishtirish, shimoliy viloyatlarda esa pilla qurti boqish tobora keng tus ola boshlaydi. Xitoyda qishloq xo'jaligidagi yumushlarning deyarli barchasi sodda mehnat qurollari ko'magida qoida bajarilgan. Mamlakatda otlar kam bo'lib, borlaridan ham asosan harbiy maqsadlarda foydalanilgarti buning asosiy sabablaridan biri edi. Rivojlangan o'rta asrlarda Xitoyda imperator, harbiy zodagonlar, amaldorlarga qarashli davlat yerlari kamayib, zamindorlarning xususiy yerlari tobora ko'payib boradi. Xususiy yerlar, shuningdek, yangi o'zlashtirilayotgan qo'riq va tog'oldi hududlari hisobiga ham kengayib borgan. Yirik mulkdorlar yerlarini ko'payishiga kambag'allaming qarzlari evaziga yerlarini tortib olinishi ham xizmat qilgan. SHu tariqa 11 asr boshlarida ekin maydonlarining yarmi yirik zamindorlar qo'liga o'tadi. Bu yerlarda asosan ijarachi dehqonlar ishlaganlar. Xitoyda erkin dehqonlarning aksari qismida 30-40 mu yer bo'lib, davlat bu tabaqani qo'llashga intilgan. Xitoy dehqonlari o'zlari yetishtirgan mahsulotlaridan davlatga har yili ikki marta soliq to'laganlar. Yer solig'i sholi yoki bug'doy bilan to'lansa, pilla boqqan xonadonlar soliqni gazlama bilan ham to'laganlar. SHaharlar va hunarmandchiiik. Xitoyda shaharlarning vujudga kelishi 10-12 asrlarda ham davom etadi. Kayfin, CHendu va Uchan shaharlari Xitoyning yirik savdo va hunarmandchiiik markazlari edi. Xitoy savdosida suv yo'llari alohida ahamiyat kasb etgan. Ko'pchilik shaharlar dengiz yoki daryo bo'ylarida, suv va quruqlikdagi savdo yo'llari kesishgan joylarda vujudga kelgan. SHaharlarning o'sishi hunarmandchilikni jadal rivojlanishini ta'minlaydi. Temir, mis qazib olish va eritish ko'payib boradi. Jumladan, 9 asrdagiga nisbatan mis ishlab chiqarish 30, temir eritish 12 marta ko'payadi. SHuningdek, qo'rg'oshin, simob, qalay, oltin, kumush qazib olish ham yuksalib borgan. Xitoyliklar ma'danlarni eritish va ularga ishlov berishda maxsus kimyoviy moddalar, kokslovchi toshko'mirdan keng foydalanishgan. Bu esa temirchilikni yuksaltirib, undan qurol-aslaha, pichoqlar, mixlar, turli idishlar tayyorlashni kengayib borishini ta'minlagan. Xitoyning janubiy viloyatlarida hunarmand-to'quvchilar shoyi gazlamalarning o'nlab xillarini tayyorlaganlar. Ipakdan shoyi so'zana-panno to'qish 12 asrda ixtiro qilinib keng tarqaladi. Xitoyda paxtachi-lik ham tobora keng yoyilib, 14 asrdan undan gazlama tayyorlash ham rivojlana boradi. Yodda tuting! Osiyo paxtasining vatani Hindistondir. Undan paxta O'rta Osiyoga kiritilgan. Xitoyga paxta urug'ini dastlab, yurtimiz savdogarlari olib borishgan. Xitoyda ayniqsa hunarmandchilikning an'anaviy turlari kulolchilik, chinni buyumlar ishlab chiqarish taraqqiy etadi. Yangi bo'yoqlar ixtiro qilinadi. Natijada chinnining: nim yashil, nim kulrang va nim havorang kabi nafis ranglilari tayyorlana boshlanadi. Xitoy shaharlarida kiyim tikish, poyafzal, ro'zg'or buyumlari, yelpig'ichlar, soyabonlar, zeb-ziynat buyumlari ishlab chiqaradigan ko'plab do'kon va ustaxonalar joylashgan edi. Ustaxonalarda mehnat taqsimoti shakllanmasdan hunarmand har bir buyumni tayyorlash-da to boshidan oxiriga qadar o'zi qatnashgan. Xitoyda bo'lgan Marko Poloning yozishicha, ustaxonalarda 10 tadan 40 tagacha kishi ishlatilgan. Sex a'zosi bo'lish Xitoy hunarmandlari uchun majburiy edi. Yevropadagi kabi undagi sexlar ham xalfa, shogirdlar sonini, ulaming ish sharoitini, tayyor hunarmandchilik buyumlarini sotishni, hunar sirlarini saqlashni nazorat qilgan. Savdo. Yevropadan farqliroq, Xitoy shaharlarining hunarmandlar yashaydigan qismida ham qizg'in savdo olib borilgan. SHaharlarda hatto tungi bozorlar ham joriy etilgan. Katta bayram kunlari yarmarkalar tashkil qilingan. Mamlakatda pul munosabatlari yuksalgan, mis va temir pullardan tashqari, kumush va oltin, hatto qog'oz pullar ham tayyorlangan. Xitoy qo'shni mamlakatlar bilan keng ko'lamda savdo-sotiq olib borgan. Buyuk Ipak yo'li Xitoyni O'rta Osiyo orqali Eron va Vizantiya bilan savdo olib borishiga imkoniyat yaratgan. Dengiz sohilidagi port shaharlari: Ninbo, Xanchjou va Guanchjoular Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlari bilan faol savdo olib borishgan. Yozma manbalarda o'rta asrlarda Xitoyning port shaharlarida, bir paytning o'zida 200 mingga yaqin: hind, arab, fors, arman, yahudiy savdogarlari bo'lgani qayd etilgan. Mo'g'ullar istilosi. Dastlab Xitoyning shimolida tuzilgan mo'g'ullar davlati Xubilay xonHgi davrida (1259-1294) o'z ta'sirini mamlakatning markaziy va janubiy hududlariga ham o'tkazadi. Xitoy 1279 yili to'liq bo'ysundirilib, yangi mo'g'ullar sulolasi Yuan (1279-1368) nomini oladi., Mo'g'ullar Xitoydagi yerlarni, unda yashaydigah dehqonlari bilan birga bo'lib olishadi. Ammo dehqonchilikda xo'jalik yuritish usullari va soliqlar avvalgicha qoladi. Mo'g'ullar davrida to'lovlarning oshib borishi faqat dehqonlar va hunarmandlarni emas, hatto savdogarlarni ham xonavayron qiladi. Hukumat to'xtovsiz o'sib borayotgan xarajatlarni qoplash uchun qo'shimcha qog'oz pul chiqara boshlaydi. Bu esa pulning qadrsizlanishi-ga, mahsulot va hunarmandchilik buyumlarining qimmatlashishiga sabab bo'ladi. Xubilay mamiakatni boshqarishning xitoycha usulini qo'llasa-da, mahalliy amaldorlar xizmatidan voz kechadi. Natijada davlat moliyasi o'zbek Ahmadga topshirilsa, Nasriddin va Masariylar lashkarboshilikka tayinlangan. Davlat amaldorlari orasida turli xalq vakillarini uchratish mumkin edi., Xususan, venetsiyalik sayyoh va savdogar Marko Polo Xubilayxon saroyida yuksak lavozimni egallagan. Min sulolasi boshqaruvi. Mo'g'ullar imperiyasining inqirozi boshlanishi bilan 14 asrning o'rtalaridan Xitoyda ham xalq ozodlik harakati kuchayadi. Xenan va SHandun viloyatlarida 1351 yili boshJangan dehqonlar qo'zg'oloni tez orada butun mamiakatni qamrab oladi. Qo'zg'olonga rohib CHju Yuan-CHjan boshchilik qiladi. 1368 yili mo'g'ullardan ozod bo'lgan Xitoyda Yuan CHjan asos solgan Min imperiyasi faoliyati boshlanadi. Yodda tuting! 1368 yili Xitoyda Yuan CHjan asos solgan Min imperiyasi tashkil topadi. Min qo'shinlari mo'g'ullarni ta'qib etib ularning poytaxti Qoraqurumni egallab, yondirib yuboradi. SHu tariqa ko'chmanchilarning Xitoyga hujumlariga chek qo'yiladi. Bunda xitoyliklarga o'q-dori (porox) va zambaraklardan keng foydalanishi qo'l keladi. Mamlakat xo'jaligini tiklash uchun hunarmand va savdogarlardan olinadigan to'lovlar kamaytirilib, qullarni ozod qilish haqida' qonun qabul qilinadi. Sun'iy sug'orish inshootlari, kanallar, to'g'onlar va suv omborlari tiklanadi. Ekin maydonlari kengayib, mamlakat aholisi soni ham osha boradi. Lekin 1380 yilda Xitoyning janubida, shimoldagiga nisbatan 2,5 barobar ko'p aholi yashar edi. Buning asosiy sababi janubda sholining ertapishar navlaridan 2-3 marta hosil olinishi bo'lgan. SHolining urug'ini sepmasdan, issiqxonalarda o'stirib ko'chat tarzida ekish, uning ochiq maydonlarda pishish muddatini ancha qisqartirish imkonini beradi. Xitoyga 11 asrda qo'shni Tailanddan sholining ertapishar navlarini keltirilishi yuqorida ko'rsatilgan jarayonlarga omil bo'ladi. Xitoy 15 asrda. Mamlakatda yirik zamindorlar hokimiyati mustah-kamlanishi bilan mo'g'ullar bosqini asoratlarini tugatish uchun dehqonlar, hunarmandlar va savdogarlarga berilgan imtiyoz hamda yengilliklar bekor qilinadi. Dehqonlarga bo'lib berilgan davlat yerlari tortib olinib, hunarmand va savdogarlardan olinadigan soliqlar ko'paytiriladi. 15 Asrning boshlaridan Min sulolasining Amir Temur saltanati bilan munosabatlari bu ziladi. Faqat Amir Temuming qo'qqisdan vafot etishi Xitoyga qarshi yurishning amalga oshmasligiga sabab bo'ladi, bu esa Xitoyga 1406 yili Vetnamni, keyinchalik Mo'g'ulistonni istilo qilishiga yo'l ochadi. Mamlakatning iqtisodiy yuksalishi CHjan Xe boshchiligidagi harbiy dengiz floti faoliyatida namoyon bo'ladi. Tarkibida 62 ta kema, 30 ming jangchisi boigan harbiy ekspeditsiya 1405-1433 yillari, Zond arxipelagi, SHri Lanka va Hindistonga 7 marta yurishlar tashkil qiladi. Uning kemalari Ormuz (Fors) ko'rfazi va SHarqiy Afrika sohillariga qadar suzib borgan. Musulmon bo'lgan CHjan Xe Makkani ziyorat qiladi. Bu ekspeditsiyalar Xitoyning mavqeini oshirib, tashqi savdoni kengaytirish imkonini beradi. Xitoy imperatorlari 1415-1420 yillari Samarqandga Ulug'bek saroyiga ham elchilar yuboradi. Lekin Temuriylar davlati mavqeyi balandligidan unga Xitoyning tazyiqi ta'sir eta olmaydi. 15 asrning o'rtalaridan iqtisodiy inqirozning boshlanishi Xitoyning ichki taraqqiyoti va tashqi siyosatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. 38-. O'RTA ASRLARDA YaPONIYa jtimoiy munosabatlar. Yaponiyada mulkchilik munosabatlari 11-12 asrlarda uzil-kesil shakllanadi. Bu paytga kelib yer egalari mulklari-syoenlar vujudga keladi. Bunday yerlar merosiy bo'lib syoenlar barcha soliqlardan ozod etilgan. Zamindorlar o'z yerlarini kambag'al dehqonlarga ijaraga berishgan. Yaponiyada yirik yer egalari ma'lum toifalarga bo'lingan. Ulardan eng nufuzlilari-xanke deb nomlangan. Ulaming vassallari ryokalar bo'lgan. Harbiy bo'linmalar jangchilari esa-samuraylar deb nomlangan. Ularga xo'jayinlari harbiy xizmat evaziga yer-mulk berganlar. Yillar o'tib Yaponiya samuraylarining bir qismi Yevropa ritsarlari kabi alohida toifa, mayda dvoryanlarga aylanadi. O'z yerlariga ega bo'lmagan jangchilar harbiy o'ljalar hisobiga yoki o'z senorlari hisobidan kun kechirganlar. Mamlakatning siyosiy tuzumi. Yaponiyada boshqa mamlakatlardan farq qiladigan siyosiy tuzum shakllanadi. Mamlakatni 12 asrdan mikado-imperator boshqargan. U mamlakatdagi barcha yerlarning egasi hisoblangan. Zodagonlar esa lining amaldorlari va noiblariga aylangan. Viloyat noiblarining mustaqil boshqarishga intilishi esa aksari holatlarda mamlakatni siyosiy tarqoqlikka olib kelgan. Imperator hokimiyati zaiflana borib ko'p o'tmay real hokimiyat mamlakatdagi eng kuchli mulkdor, harbiy qo'mondon-syogun qo'liga o'tadi. Dastlab syogunlik 12 asr oxiridan mahalliy mulkdorlardan biri Minamoto tomonidan o'rnatilgan. U samuraylardan tuzilgan qo'shini bilan raqiblarini yengib, imperator poytaxti Kiotoni qo'lga kiritadi. Minamoto davlatni o'zining Kamakuradagi qal'a-saroyidan turib boshqaradi. SHu tariqa Yaponiyada qo'sh hokimiyatchilik paydo bo'ladi. Mamlakatda dehqonlarning ahvoli nihoyatda og'ir edi. Soliqlarning ko'payib borishi xalqni ayniqsa qiynagan. Manbalarda yozilishicha, 14-15 asrlarda yapon qishloqlarida ocharchiliklar tez-tez takrorlanib turgan. Ocharchilik ko'pincha turli yuqumli kasalliklar epidemiyasining tarqalishi va ko'plab kishilarning halok bo'lishi bilan tugar edi. Yaponiya shaharlari taraqqiyoti. Yaponiyada o'rta asrlarda shaharlar o'sib, ularda hunarmandchilik va savdo rivojlangan. Yaponlar xitoyliklardan shoyi ipak, metallar, lak ishlab chiqarishni o'zlashtirib olganlar. Mamlakatda qadim zamonlardan temir, mis, oltin va kumush qazib olingan. Yapon ustalari bu ma'danlardan ajoyib qurollar tayyorlaganlar. Qurolsozlar yasagan qilichlar o'zining sifati bilan shuhrat qozongan. Manbalarda yozilishicha, 1483 yili savdogarlar chet mamlakatlarga 67 ming dona qilich olib ketganlar. Yapon chinnisi, yelpig'ichlari, suyakdan, qimmatbaho toshlardan yasalib laklangan san'at buyumlari, paxtadan va ipakdan to'qilgan gazlamalari ham xorijda yuqori baholangan. Yaponlar, Koreya, Xitoy, Vetnam, Tailand, Filippin bilan qizg'in savdo olib borganlar. Mamlakatda-Sakai, Xyogo, Xakata, Nagasaki kabi yirik, aholi zich yashaydigan port shaharlari bor edi. 39-§. HINDISTON RIVOJLANGAN O'RTA ASRLARDA Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling