Tarixdan xikoyalar


Download 1.55 Mb.
bet29/167
Sana20.08.2020
Hajmi1.55 Mb.
#127040
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   167
Bog'liq
Umumiy tarix

Insonning o'rtacha umri uzoq bo'lmasdan, odamlar 40 yoshdan so'ng qari hisoblangan. Bolalar o'limi ko'p bo'lgan.

SHaharlar va savdoning rivojlanishi bilan odamlarda dunyoni ko'rish imkoniyati tug'iladi. Salib yurishlari esa yevropaliklar uchun dunyoga darcha ochadi. Sayohatchilar uzoq mamlakatlarda yashovchi xalqlarning urf-odatlari va madaniyatlari haqida qiziqarli ma'lumotlar olib kela boshlaydilar.

Ulardan biri venetsiyalik savdogar va sayyoh Marko Polo edi. O'zining "Marko Polo kitobi"da sayyoh Uzoq SHarq va Xitoyda 1271-1295 yillar davomida ko'rgan-kechirganlarini tasvirlaydi.

Maorifning taraqqiyoti. O'rta asr maktablari antik davr an'analari davomchisi bo'lgan. Uning asosi avvalgidek "etti erkin san'af deb atalgan. Boshlang'ich maktabda grammatika, falsafa asoslari va ritorika o'rganilgan. Yuqori bosqichda arifmetika, matematika, musiqa, geometriya va astronomiyadan bilim berilgan. G'arbiy Yevropa madaniyati 12-13 asrlardan yuksala boshlaydi. SHaharlarning yuksalishi, ma'ruza o'qilmoqda. O'rta asr rivojlanishi, Vizantiya va Arab xalifaligi madaniyatlari bilan tanishuv yevropaliklar dunyoqarashi, bilim doirasini kengaytiradi. SHahariarda xususiy va shahar kengashlari boshqaruvidagi maktablar soni oshib boradi. Bunday maktab o'quvchilari dunyoviy bilimlarni cherkov maktablaridagiga nisbatan kengroq va chuqurroq olishgan. 12 asrdan yirik shahariarda dastlabki oliy maktablar-universitetlar ochila boshlandi. Jumladan, Bolonya va Parijda ilk universitetlar tashkil topib, ular o'z davri uchun yuksak ma'lumot berishgan. Eng yirik universitet Parijda edi. Uning asoschisi qirol xonadoni ruhoniysi Rober de Sorbon bo'lgan. Qiroldan maxsus yorliq olgan universitetlar to'la mustaqil bo'lganlar.

13-15 asrlarda Yevropaning deyarli barcha mamlakatlari o'z universitetlariga ega bo'lishadi. Ularni papa va yepiskoplar, imperator va qirollar, knyazlar va shaharlar tashkil etgan.

Angliyaning eng keksa universitetlari Oksford va Kembridj bo'lgan. Manbalarda yozilishicha, Kembridj universiteti Fransiyadan kelgan to'rtta o'qituvchi tomonidan dastlab oddiy bostirmada tashkil qilingan. Italiyada Bolonyadan tashqari, Neapol universiteti bo'lib unga Fridrix 2 asos solgan. Salamanka Ispaniyadagi eng e'tiborli universitet edi. Muqaddas Rim imperiyasidagi ilk universitet CHexiyada-Praga (1348), so'ng Avstriyada-Vena (1365) va nihoyat, Germaniyaning o'zida-Geydelberg, Kyoln va Erfurtda ochiladi. Polshaning birinchi universiteti Krakovda, 1364 yilda tashkil topgan.

Yodda tuting!

Universitetlar (lotincha universitas-majmua, umumiylik)-fanning turli yo'nalishlarida mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o'quv yurtlari. Dastlabki universitetlar 12-13 asrlarda Italiyada (Neapol, Bolonya), Ispaniyada (Sevilya, Valensiya), Fransiyada (Parij, Tuluza), Angliyada (Oksford, Kembridj) tashkil etiladi.

Magistr va shkolyarlar hamjamiyatlari. Universitet bu o'qituvchi va o'quvchilar jamiyatidir. U ko'p jihatdan o'rta asr sexlarini eslatadi. Sexni ustalar boshqargani singari, universitetni. o'qituvchilar-magistrlar boshqarishgan. Universitetlar ko'plab imtiyozlarga ega bo'lgan va mahalliy hukmdorlarga bo'ysunmagan. Agar ular bilan mojaro chiqib hal etilishi qiyin bo'lsa, magistr va shkolyarlar (talaba) boshqa joyga ketardilar. Ko'p hollarda ulardan uzr so'rab qaytishlarini iltimos qilishgan: sababi bu davrda o'z universiteti bo'lishi har qanday shahar uchun sharaf hisoblangan.

Taniqli o'qituvchilar ma'ruzalariga shkolyarlar Yevropaning turli burchaklaridan kelishgan. Ba'zida, Parijda 30 minggacha talaba baravariga to'plangan. Talabalar hayoti, bir xil tabaqaga mansub shkolyarlar jamoalari birlashmalar tomonidan boshqarilgan. Omadli talabalar hozirgi yotoqxonalarga o'xshash kollegiyalarda joylashishga muvaffaq bo'lardilar. Eng qadimgi Parij kollegiyalaridan biri-Sorbonning nomi keyinchalik butun universitetga o'tadi. Angliya va Fransiyada kollegiyalar yangi o'quv muassasalari-kollejlarga asos bo'ladi.

O'qitish fakultetlarda olib borilgan, ularning har birini dekan boshqargan. Hamjamiyat tepasida esa-saylangan rektor yoki hokimiyat tomonidan tayinlangan kansler turgan. Parij universitetida to'rtta: biri quyi-tayyorlov va uchtasi oliy fakultet bo'lgan. Quyi fakultetda yetti erkin san'at o'rgatilgan.

San'at lotinchada "artes" deyilgan, shuning uchun fakultetni artistlik, uning talabalarini artistlar deyishgan. Albatta, bu artistlarning teatrga umuman dahli bo'lmagan. San'at fakultetida bir necha yil tahsil olgan shkolyar birinchi ilmiy daraja bakalavrga imtihon topshirib ko'rishi mumkin edi. Bakalavr nimasi bilandir xalfani eslatardi: u o'qishni davom ettirar, bir paytning o'zida o'zi ham o'qita boshlardi. Artistlik fakultetida o'qishni toliq yakunlagan bakalavr nisbatan murakkab-erkin san'atlar magistri unvoniga imtihon topshirishi mumkin edi. Faqat magistrlar Parij universititetining uch oliy fakulteti: ilohiyot, huquqshunoslik yoki tibbiyotda o'qishlari mumkin edi. Ularning har birida yana bakalavrlikdan boshlab, hamma bosqichdan, o'tgandan so'ng oliy daraja-doktorlik unvonini olish mumkin edi. O'rta asr Yevropasi ilm dunyosida ilohiyot, tibbiyot yoki huquqshunoslik doktorlari eng e'tiborli kishilar hisoblangan.

Maktab va universitetlarning taraqqiyoti davomida kitobga talab kuchayib boradi. Ilk o'rta asrlarda kitob juda kamyob, qimmatbaho narsa hisoblangan. Kitob varaqlari pergamentda (maxsus ishlov berilgan buzoq terisida) bitilgan. Kitoblarni 12 asrdan rohiblar emas, shaharlarda maxsus ochilgan ustaxonalarda hunarmandlar tayyorlanishi bilan ular arzonUsha boshlaydi. 14 asrdan qog'ozdan keng foydalanish kitob ishlab chiqarishni yanada ko'paytiradi. Dastlab qog'oz Yevropaga Samarqand va boshqa musulmon shaharlaridan keltirilgan. 12 asrdan Ispaniyada Yevropadagi dastlabki qog'oz ishlab chiqarish ustaxonalari quriladi.14 asrdan Italiyada ham qog'oz ishlab chiqarish keng tarqaladi.

Dastlab qog'ozni eski lattalardan tayyorlashgan. Nemis injeneri logann Gutenberg 1445 yili kitob bosish dastgohini kashf qiladi. Uning ixtirosi kitobni ommaviy tarqalishiga olib keladi.

Fan taraqqiyoti. Oksford universiteti professori Rojer Bekon (13 asr) fandagi yutuqlarga faqat ilmiy kuzatishlar va tajribalar yo'li bilan erishish mumkinligini isbotladi. Uning o'zi optika, fizika, kimyo fan-lariga oid tajribalar o'tkazadi. Bekon o'zi suzadigan kema, suv osti kemasi va havoda uchadigan apparatlar qurish mumkinligini aytgan. Bekonning hayoti qiyinchiliklar va xavf-xatarli, cherkov ta'qibida o'tgan. U uzoq yillar qamoqda ham boigan.

CHerkov "har qanday bilim o'z maqsadi bo'yicha xudoni anglashga yo'llangan bo'lmasa, gunoh" deya ta'kidlardi. Lekin xo'jalik taraqqiyoti ko'r-ko'rona e'tiqodga asoslangan bo'lmay, balki fanning rivojlanishini taqozo etgan.

O'rta asrlarda astrologiya, alximiya fanlari yuksak rivojlangan. Munaijim-astrologlar osmon jismlari harakatlarini o'rganib kelajakni oldindan aytib berishga intilganlar. Qirollar, sarkardalar, savdogar va sayyohlar biror tadbirni boshlashdan avval, albatta ular bilan maslahatlashganlar. Alximiklar har qanday ma'danni oltinga aylantiruvchi "sehrli toshni" izlaganlar. Tajribalar yangi kimyoviy birikmalar, kislotalar, mineral bo'yoqlar olishga imkon beradi. Munajjim va alximiklar o'z izlanishlari davomida kimyoviy pechni, tozalash, haydash, filtrlash asbob-uskunalarini ixtiro qilganlar.

29-§. G'ARBIY YEVROPADA SAN'AT VA ADABIYoT. GUMANIZM G'OYaSINING SHAKLLANISHI

Me'morchilik. Dastlab bino va hatto qasrlar yog'ochlardan qurilgan. 11 asrdan G'arbiy Yevropada qurilish sohasi ham taraqqiy eta boshlaydi. Qurilishda toshdan keng foydalanishga o'tiladi. Undan dastlabki ibodatxona va monastirlar barpo etiladi. Qurilish toshlari bo'lmagan Angliya va Polshada saroylar, ibodatxonalar pishiq g'ishtdan qurila boshlaydi.

Fransiya, Italiya va Germaniya me'morchiligida dastlab roman uslubi hukmron edi.

Roman ibodatxonasi-qalin devorli, baland minorali va tor derazali, salobatli uzun binodir. Tashqi tomondan u qal'ani eslatadi. Uning o'ziga xos tomonlari shundan iboratki, deraza tepasi, ibodatxonaga kiraverish ichki gumbazlar yarim doira shaklidagi ravoq (ark)lar bilan bezatilgan. Germaniyadagi Laax monastiridagi cherkov (11 asr) roman uslubining yorqin namunasidir. An'anaga ko'ra shahar markazida eng ko'rkam va ulug'vor bino-cherkov qurilgan. Bu maydon tevaragidagi binolar gotika uslubida bunyod etilib, u me'morchilikdagi roman uslubini surib chiqaradi. Bu uslubda qurilgan imoratlar balandligi bilan xususiyatlangan. Salobatli, og'ir gumbaz o'rnini, uchli, baland gumbazlar egallaydi.

Ibodatxonalar ichida baland va nafis ustunlar ko'plab qurilgan.

CHerkov derazalari baland, oynalarida vitrajlar, nafis chizma naqshiari bo'lgan. Binolarning ichki va tashqi tomonidan haykallar, bo'rtma tasvirlar, osma gumbazlar, jimjimador naqshlar o'yib solingan tosh ustunlar bilan minoralar ustida o'rnatilgan baland jomminorlar, ibodatxonalarga dabdabali tus bergan. Gotika uslubida bunyod etilgan eng mashhur inshootlar: Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi, Ruan, Reyms va SHartr (Fransiya), Milan (Italiya) ibodatxonalaridir.

Yodda tuting!

Roman uslubi-G'arbiy Yevropa san'atida 10 asrdan 12-13 asrlargacha hukm surgan badiiy uslub. Bu davr san'atida G'arbiy Yevropa madaniyati va me'morligida Qadimgi Rim me'morligi uslub va unsurlaridan keng foydalanilgan ("roman" iborasi shartli bo'lib, "rimniki" ma'nosini anglatadi). Gotika uslubi-Evropa mamlakatlarida o'rta asrlar san'atida hukm surgan badiiy uslub. Gotika 12 asr o'rtalarida SHimoliy Fransiyada yuzaga keldi. 13 asr 1-yarmida yuksak darajada rivojlandi.

O'rta asrlarda Vizantiya va Arab me'morchiligi ham o'zidan ajoyib inshootlar qoldirgan. Venetsiyadagi Avliyo Mark ibodatxonasi va Dojlar

saroyi vizantiya uslubida bunyod etilgan. Ispaniyaning Sevilya shahrida masjid va Al-Qasar qasri, Granadadagi Al-Humro saroylari arab me'morchiligi durdonalari hisoblanadi.

Haykaltaroshlik. Uning rivojlanishi bevosita me'morchilik bilan bog'liq bo'lgan. CHerkov va monastirlar binolari, xudo, avliyolar va qirollar haykallari bilan bezatilgan. Haykallarning asosiy buyurtmachilari cherkov bo'lgani sababli ularda diniy mavzu yuqori turgan. Lekin haykaltaroshlarning o'zlari oddiy xalq orasidan yetishib chiqqanligi sababli ularning asarlarida insonning eng yaxshi fazi-latlari ifodalangan. Xususan, eng ko'p uchraydigan Bibi Maryam haykallari (Evropada "Madonna" deb nomlanadi) o'zida onaning farzandga mehr-muhabbatini mujassamlagan.

Antik davr haykallarida inson tanasining go'zalligi ulug'langan bo'lsa, o'rta asr haykaltaroshlari tashqi go'zallik orqali o'z qahramonlarining o'y-hayollari, hislarini ifodalashga intilganlar. Ularda insonlar nimjon, ozg'in, xunuk ko'rsatilgan va bu ularning iloh, avliyo-anbiyolar oldidagi ojiziigini ifodalashi mumkin.

Zamonlar o'tib yangi gotika haykaltaroshligi vujudga keladi. Endilikda insonning qiyofasi, tanasi birmuncha tabiiyroq tasvirlanadigan bo'ladi. Yuksak iste'dodli haykaltaroshlar odamlarni haqqoniy tasvirlashga erishganlar.

Tasviriy san'at. Roman uslubida qurilgan ibodatxonalar devorlari va shiplarini diniy mavzudagi suratlar bezab turgan. Gotika me'morchiligidagi cherkovlarda derazalar orasida rasmlar chizish uchun joy ham bo'lgan. SHu sababli derazalarga oddiy oynalar o'rniga vitrajlar-tiniq rangli shishalardan yasalgan surat yoki alohida bezaklar solingan.

Kitoblarni bezash uchun tasviriy san'atning yangi yo'nalishi-miniaturalar ixtiro qilinadi. Ularda o'rta asr kishilari hayotining turli manzaralari tasvirlangan. Vitrajlar va miniaturalarda dehqonlar va hunarmand-larning mehnat jarayonlari ifodalangan.

Yodda tuting!

Miniatura (fransiizcha miniature; lotincha minium-qizil bo'yoq)-badiiy usullari o'ta nafis bo'lgan kichik hajmli (mo'jaz) tasviriy san'at asarlari. O'rta asr qo'lyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis, mo'jaz rasmlar.

Adabiyot. 8-9 asrlardan ritsarlar hayoti, harbiy yurishlari va jasoratlarini ifodalovchi xalq qo'shiqlari hamda qissalari shakllana boshlaydi. Keyinchalik ular to'planib ritsarlik jangnomalariga aylantiriladi. Dostonlardan eng mashhuri-"Roland haqida qo'shiq" bo'lib, u 12 asrda yaratilgan. Jangnoma Buyuk Karlning Ispaniyaga yurishlari va franklar qahramonligini madh etadi.

Ispan xalq og'zaki ijodi durdonasi "Sid haqida qo'shiq" ham 12 asrda yaratilgan. Unda ispan xalqining arablarga qarshi ozodlik uchun kurashi tasvirlangan. "Germaniyada "Nibelunglar haqida qo'shiq" dostoni vujudga keladi. Unda xunnlarning burgundlar (nibelunglar) davlatini tor-mor etishi voqealari tasvirlanadi. Dostonda o'rta.asr folklori, ertaklar, afsonalar, rivoyatlar bilan qorishib ketgan.

Ritsarlarning SHarqqa salib yurishlari davomida to'plagan boy taas-surotlari asosida 12 asrdan adabiyotning yangi sohasi ritsarlar romanlari yozish vujudga keladi. Ushbu romanlar orasida eng mashhuri qadimgi britan qiroli Artur haqidagi asarlar turkumidir. Yana bir mashhur roman-"Tristan va Izolda"da asar bosh qahramonlarining fojiali sevgisi hikoya qilinadi.

SHaharlarda 12-13 asrlarda yaratilgan hajviy asarlarda xalq ichidan chiqqan epchil va hozirjavob qahramonlar ulug'lanib, rohiblar ochko'zligi, ritsarlar takabburligi haqida hikoya qilinadi. Fransiyada yaratilgan "Tulki haqida roman" asari Yevropada shuhrat qozongan. Undagi qahramonlar hayvonlar: feodal-ahmoq Ayiq, ritsar-ochko'z Bo'ri qiyofasida tasvirlanadi. Ishbilarmon va oqil shaharlik siymosidagi topqir va dovyurak Tulki raqiblari Ayiq va Bo'ri ustidan doim g'olib chiqqani hikoya qilinadi. Tulki shuningdek, SHer qi-yofasidagi qirol hamda Eshak siymosidagi ruhoniylarni ham masxara qilib yuradi.

Dehqonlarning hayot haqidagi fikr tasavvurlari xalq qo'shiqlari, dostonlari, qissalarida o'z aksini topgan. Qo'shiqlar oddiy kishilar-ning hordiq chiqarishida ham, mehnatida ham doimiy hamrohi bo'lgan.

Tabiat va insonga qiziqishning paydo bo'lishi. Yangi madaniyat arboblari insonni o'rganishni o'zlarining asosiy vazifalari deb bilganlar. SHu sababdan ularni gumanistlar deb ataydilar. Yangi Uyg'onish yoki Gumanizm madaniyati namoyandalari insonni olamning markaziga qo'yib, uning yaratuvchilik dahosini tan olishga chaqirdilar.

Uyg'onish atamasi esa (fransuzcha "Renessans") yangi madaniyat-ning antik davr bilan aloqadorligini ko'rsatadi. SHarqqa salib yurishlari va undan keyingi Levant bilan savdo-madaniyat borasidagi doimiy aloqalar, italiyaliklarning qadimgi yunon qo'lyozmalari, antik san'at va me'morchilik yodgorliklari bilan tanishishiga imkon beradi.

Uyg'onish davri yozuvchi va shoirlarini afsonalar va ertaklar emas, jonli kishilar, insonlarning quvonch va tashvishlari qiziqtira boshlaydi. Gumanistlar yashash va mehnat qilish imkoniyatini yuksak baxt deb tushunadilar. Har tomonlama barkamol, fikrlovchi, ichki dunyosi va tashqi ko'rinishi jihatidan ko'rkam inson gumanistlar diqqat markazida bo'lgan.

Qadimgi madaniyatga qiziqish. Gumanistlar yunon va rim madaniyatini o'rganishga katta e'tibor berishgan. Insonning go'zalligini tarannum etuvchi antik davr asarlari, o'rta asrlarning cherkov ta'siridagi san'ati va adabiyotidan tubdan farq qilardi. Gumanistlar sa'y-harakatlari bilan antik, xristianlikka qadar, qisman unutilgan katolik cherkovi taqiqlagan madaniyat qayta tiklanadi. Gumanistlar antik davr va Uyg'onish orasidagi (5-15 asrlarni) davrini nodonlik, jaholat asri, gumanizm davrini (16 asr) "yangi zamon" deb ataganlar.

Ular yunon va lotin tillarini o'rganib, o'zlarining bo'lajak asarlari uchun ma'lumotlar to'plar edilar. Gumanistlar asarlarida insonni taqdi-rini o'zi belgilashi, kitobxonda o'z kuchiga ishonch hislarini uyg'otgan.

Uyg'onish madaniyati markazlari. Bu davrda Italiyada Florensiya alohida o'rin tutadi. Savdodan kelgan daromad uni Yevropaning eng boy shahariaridan biriga aylantiradi. SHahar hokimlari to'plangan boyliklar hisobidan me'morchilik obidalari bunyod ettirgan, haykaltaroshlik va rassomchilikni yuksaltirgan. SHu tariqa Florensiya 15 asrda Italiyaning yirik madaniyat markaziga aylanadi. Eng mashhur rassomlar, haykaltaroshlar, me'morlar Florensiyadan bo'lib, shahar-respublika hokimlari ularning barakali ijodi uchun sharoit yaratib berganlar. Yevropadagi birinchi Kruska akademiyasi ham 1582 yili Florensiyada ochilgan. U italyan tilidagi dastlabki katta lug'atni nashr qilgan.

Madaniyat markazlaridan yana bin Venetsiya edi. SHaharda 15 asr-dan kitob chop etish yuksaladi. Aldo Manutsiya bosmaxonasida nashr qilingan antik davr mualliflari va gumanistlar asarlari butun Yevropada keng tarqalgan.

Ilk gumanizm: yangi madaniyat dasturi. Ilk o'yg'onish va gumanizmning Yevropadagi dastlabki vakili shoir Franchesko Petrarka (1304-1374) bo'lgan. O'zining lirik she'rlari to'plamlari: "Qo'shiqlar kitobr va "SHe'riy takshЫagG bilan shoir yangi Yevropa madaniyati yaratilishi asoschilaridan bin bo'ldi.

Uning do'stlari va davomchilari Bokachcho va Salyutatilar ijodi 15 asr boshlarida Italiyada ilk gumanizm davrini yakunladi.

Jovanni Bokachcho (1313-1375)ning butun umri Florensiya va Neapol shaharlari bilan bog'liq kechadi. "Dekameron" asari muallifi sifatida Bokachcho yangi uslub novellalarni yozishni boshlab beradi. Uning kitobi katta muvaffaqiyat qozonib, ko'plab tillarga tarjima qili-nadi. Gumanistik g'oyalarni umumlashtirgan "Dekameron" asarida in-sonning yuksak fazilatlari o'z ifodasini topgan.

Koiyuchcho Salyutati (1331-1406) Florensiyada yashab yuqori davlat lavozimida ishlagan. O'zining ko'p sonli xatlari va nutqlarida Petrarka va Bokachchoning gumanistik g'oyalarini yanada rivojlantiradi. Salyutati yuksak g'oyali, o'qimishli kishini tarbiyalashda, ijtimoiy fanlar: filologiya, ritorika, tarix, pedagogika, etikaning o'ta muhim ekanligini ta'kidlagan.

5 BOB. RIVOJLANGAN O'RTA ASRLARDA GERMANIYa VA RUS YeRLARI

30-§. GERMANIYa 12-15 ASRLARDA

Mamlakat xo'jaligi. Germaniyada ishlab chiqarish kuchlarining o'sishi 12 asrdan boshlanadi. O'rmonlar kesilib, botqoqlar quritilib ekinzorlarga aylantirila boshlanadi. Mehnat qurollarining takomillashuvi hosildorlikni oshiradi. Donli ekinlardan tashqari zig'ir yetishtirish, bog'dorchilik, uzumchilik yuksaladi.

Qishloq xo'jaligi taraqqiyoti shaharlarning vujudga kelishi, yuksalishi bilan bevosita bog'liq edi. Reyn daryosi bo'ylaridagi Kyoln, Vorms, Mayn daryosi sohilidagi Frankfurt, Dunay bo'ylaridagi Ulm, Nyurenberg, Augsburglar yirik hunarmandchilik va savdo markazlariga aylanadi. Germaniya shaharlari qo'shni Fransiya, Niderlandiya, Italiya, Vengriya, Bolqon yarim orolidagi mamlakatlar bilan qizg'in savdo-sotiq olib borgan. Nemis hunarmandlari ishlab chiqargan movut, surp, metalldan qurol-aslahalar, buyumlar boshqa o'lkalarda ham yuksak qadrlangan.

Siyosiy taraqqiyot. Frankoniyaliklar sulolasining so'nggi vakili Genrix 5 ning farzandi bo'lmagan. Taxtga Saksoniya gersogi Lotar (1125-1137) qo'yiladi. Uning vafotidan so'ng o'g'il vorisi yo'qligi tufayli taxt SHtaufenlar sulolasiga o'tib, ular Germaniyani 1138-1254 yillarda boshqaradilar. Sulolaning eng mashhur vakillaridan bin Fridrix I Barbarossa (1152-1190) edi. Dastlab Fridrix o'z istilolarini salib yurishlari tufayli boyib ketgan Italiya shaharlariga qaratadi. Imperator shu maqsadda avval Rim papasini qo'llaydi. Keyinchalik papaning o'zini imperator hokimi-yatidan ustun qo'yishi ular orasiga nifoq soladi. Barbarossaning maqsadi Italiyani o'z viloyatlaridan biriga aylantirish edi. Bunga faqat Milan va Lombardiyaning bir necha shaharlari qarshi chiqadi. 1158 yil Ronkal vodiysida chaqirilgan seym imperatorning Italiyada hokimiyatini cheklanmagan deb e'tirof qiladi. Fridrix 1 ning Bolonyadan taklif etgan eng bilimdon huquqshunoslari uning xizmatiga kirib, qonunlar majmualarini tuzib beradilar. Jinoiy ishlar, sud qilish, tanga-chaqa zarb etish, shahar hokimlarini tayinlash imperator tasarrufiga o'tadi. Bu qonun to'plamlarida Fridrix 1 "erdagi jonli qonun" deb e'tirof qilinadi.

Mavjud vaziyatda 1162 yili Milan boshchiligida Lombardiya shaharlari bosqinchilarga qarshi qo'zg'olon ko'taradi. Qo'zg'olonni bostirish davomida Milan aholisiga sakkiz kunda shaharni tashlab ketish sharti qo'yiladi. Milan 12 asrning 60-70 yillarida qayta tiklanib, yangi jangga hozirlik ko'ra boshlaydi. 1176 yilda Lenyano jangida Liga qo'shini imperator ritsarlarini tor-mor qiladi. Fridrix 1 SHimoliy Italiya shaharlariga kommuna-erkinlik huquqini berishga majbur bo'ladi.

Keyinchalik Fridrix 1 o'g'li Genrix 6 ni Sitsilya malikasi Konstan-siyaga uylantirish orqali Italiyaning janubini qoiga kiritgan bo'lsa-da, papalarni va Lombardiya shaharlarini Germaniyaga qarshi qilib qo'ydi. Papa Innokentiy 3 Germaniya siyosatiga o'z ta'sirini o'tkazgan Rim papasi bo'ldi.

SHtaufenlar qudratiga ma'lum qo'rqinch bilan qaragan Innokentiy 3 deyarli barcha tomonidan unutilgan Barbarossaning 18 yoshli nabirasini dastlab german knyazlari qirol deb tan olinishiga erishadi. Uni sodiq xizmatkori bo'lishiga umid qilgan papa Fridrix 2 ni oradan sakkiz yil o'tib imperator deb e'lon qiladi.

"G'alati" imperator. Fridrix 2 boshqaruvi paytida german knyazlari mustaqillikka shuncha-lik o'rganib qoladiki, keyinchalik biror hukmdorga Fridrix 1 Barbarossa singari o'zini erkin his qilishiga yo'l qo'ymaydilar.

Fridrix 2 imperatorligining yigirma yilidan ko'pini Italiyada, Sitsiliya qirolligida o'tkazadi. Uning saroyida arab, vizantiyalik va yahudiy olimlari to'plangan. Fridrixning o'zi arab va yunon tillarini bilgan, lotin tilida asarlar, italyan tilida she'rlar yozgan. Uning Palermodagi saroyi arab xalifalarining saroylarini eslatar edi. Imperator SHarq musiqasi, raqslari, SHarq adabiyoti va she'riyati, SHarq me'morchiligining havaskori bo'lgan. SHarq hukmdorlarining ayrimlari bilan do'st tutingan.

Imperator mamlakat bo'ylab harakatlanganida uni filbonlar va jangchilar o'tirgan fillar kuzatib borgan. Fillar ortidan tuyalar, yo'lbarslar, sherlar, qoplonlar yetaklab yurilgan. Fuqarolarda bu jarayon kuchli taassurot qoldirgan. Fridrix 2 devonxonasida lotin tilining nozik jihatlaridan foydalanilib, maktublar, hujjatlar bitilganki, unga butun Yevropa taqlid qilgan. Fridrix 2 yozgan "Qushlar bilan ov qilish haqidagi asari uning sohadan yaxshi xabardorligidan dalolat berib, hozirgacha saqlanib qolgan. Imperator qator maktablar va Neapol universiteti asoschisidir. U cherkov, yoki shahar kengashi emas, hukmdor tomonidan tashkil etilgan birinchi universitet bo'lgan.

Zamondashlari Fridrix 2 ning g'ayritabiiy qobiliyati va qudratiga qoyil qolib, unga "Jahon hayrati" deb nom berishgan.

Fridrix 2: g'alaba va mag'lubiyatlarsiz salibchi. Fridrix imperatorlik tojini kiyish marosimida Falastinga salib yurishini tashkil qilishga qasamyod qilgan. Lekin va'da qilingan yurishlar muddati orqaga surilaveradi. Nihoyat, kemalar dengizga chiqib, imperator betob ekanligini e'lon qilib, ortiga qaytganida, papa Grigoriy 9 uni (1227-1241) cherkovdan xolis deb farmon chiqaradi.

Fridrix 2 papaning qaroriga qarshi borib, 1228 yili Suriyaga yo'l oladi. Oltinchi salib yurishlarida og'ir janglar bo'lmasdan, imperator Misr sultoni bilan muvaffaqiyatli muzokaralar olib boradi. Natijada Quddus. Vifliem, Nazaret, boshqa shahar va viloyatlar Fridrix 2 ga tinch yo'l bilan topshiriladi. Quddusdagi asosiy masjidlar faoliyati davom etadi. Imperator sultonga uning qanday dushmani bo'lmasin, nasroniy yoki musulmonligidan qat'iy nazar yordam berajagini izhor etadi. Rim papasi "salibchi emas, qaroqchining" yurishlari natijalaridan g'azablanib Quddus shahriga interdikt qo'yadi. Fridrix 2 esa yepiskop yordamisiz payg'ambar qabri joylashgan ibodatxona mehrobidan Quddus qiroli tojini olib, o'zi tantanali ravishda boshiga kiyadi.

Italiyaga qaytgan Fridrix 2 papa qo'shinini mag'lub etib, Grigoriy 9 ni o'ziga qo'yilgan jazoni bekor qilishga majbur etadi. Keyingi Rim papasi Fridrix 2 ni 1245 yili yana bir bor cherkovdan xolis deb e'lon qiladi. Imperator bu safar qarg'ishdan o'limiga qadar qutila olmaydi. U uzoq yillar goh shimoliy, goh janubiy Italiyada janglar olib boradi. Lekin, ularda hal qiluvchi g'alabaga erishmaydi.

Fridrix 2 ning vafotidan so'ng papalar tarafdorlari shtaufenlar sulolasining barcha vakillarini yo'qotishga tushadilar. Uning 16 yoshli nabirasi Konradinni ritsarlik taomiliga qarshi jallod kundasida qatl etadilar. Quddus imperator hayotligidayoq musulmonlar tomonidan qoiga olinib, xristianlar qirg'in qilinadi.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling