Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi PQ-3105-son qarori
3.Оʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida Оʻzbekistonning eng yangi tarixi bоʻyicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish tоʻgʻrisida
Оʻzbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini tadqiq etish va оʻqitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, оʻquv-metodik, ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, ilm-fanning ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish borasida ilmiy, madaniy, ta’lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, yoshlarda, avvalambor, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar оʻquvchilarida, oliy ta’lim muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirish maqsadida:
1. Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida”gi PQ-2789-sonli qaroriga muvofiq, Oliy va оʻrta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Оʻzbekistonning eng yangi tarixi bоʻyicha Jamoatchilik kengashi Оʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Оʻzbekistonning eng yangi tarixi bоʻyicha Jamoatchilik kengashiga (keyingi оʻrinlarda-Jamoatchilik kengashi) aylantirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, Jamoatchilik kengashi Оʻzbekistonning eng yangi tarixini tadqiq etish va оʻqitish samaradorligini, mazkur sohada ilmiy, оʻquv-metodik adabiyotlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifatini oshirishga kоʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan, jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi idoralararo ilmiy-muvofiqlashtirish va maslahat organi hisoblanadi.
2. Quyidagilar:
Оʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Оʻzbekistonning eng yangi tarixi bоʻyicha Jamoatchilik kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Оʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Оʻzbekistonning eng yangi tarixi bоʻyicha Jamoatchilik kengashi tоʻgʻrisidagi Nizom
Do'stlaringiz bilan baham: |