Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak Xotirasiz barkamol kishi bo`lmaganidek o`z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bоʻlmaydi1
Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi PQ-3105-son qarori
Download 16.8 Kb.
|
2-ma\'ruza
Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi PQ-3105-son qarori
3.Оʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida Оʻzbekistonning eng yangi tarixi bоʻyicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish tоʻgʻrisida Оʻzbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini tadqiq etish va оʻqitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, оʻquv-metodik, ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, ilm-fanning ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish borasida ilmiy, madaniy, ta’lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, yoshlarda, avvalambor, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar оʻquvchilarida, oliy ta’lim muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirish maqsadida: 1. Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida”gi PQ-2789-sonli qaroriga muvofiq, Oliy va оʻrta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Оʻzbekistonning eng yangi tarixi bоʻyicha Jamoatchilik kengashi Оʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Оʻzbekistonning eng yangi tarixi bоʻyicha Jamoatchilik kengashiga (keyingi оʻrinlarda-Jamoatchilik kengashi) aylantirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Belgilansinki, Jamoatchilik kengashi Оʻzbekistonning eng yangi tarixini tadqiq etish va оʻqitish samaradorligini, mazkur sohada ilmiy, оʻquv-metodik adabiyotlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifatini oshirishga kоʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan, jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi idoralararo ilmiy-muvofiqlashtirish va maslahat organi hisoblanadi. 2. Quyidagilar: Оʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Оʻzbekistonning eng yangi tarixi bоʻyicha Jamoatchilik kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq; Оʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Оʻzbekistonning eng yangi tarixi bоʻyicha Jamoatchilik kengashi tоʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Quyidagilar Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin: Оʻzbekistonning eng yangi tarixini zamonaviy nazariy-metodologik, fanlararo yondashuvlarga, tarixiylik va xolislik tamoyillariga asoslangan holda tizimli оʻrganishni tashkil etish, Оʻzbekistonning eng yangi tarixi bоʻyicha dolzarb muammolarni ishlab chiqish, shuningdek, buyuk tarixiy-madaniy merosga ega bоʻlgan va jahon sivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa qоʻshgan оʻzbek xalqining tarixiy оʻtmishi va bugungi kuniga baho berishda bir yoqlama yondashuvlarga, aqidaparastlikka yоʻl qоʻymaslik ishlarini muvofiqlashtirish; demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning “оʻzbek modeli” mohiyati va mazmunini, jamiyatda barqarorlikni, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni saqlash bоʻyicha keng kоʻlamli ishlarni, hozirgi dunyoda Оʻzbekistonning roli va оʻrnini chuqur оʻrganish va yaqqol ochib berish; ilmiy, оʻquv, оʻquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va chop etish ishlarini muvofiqlashtirish, ularda Оʻzbekistonning eng yangi tarixini umumjahon va mintaqaviy jarayonlar bilan, shuningdek, hozirgi Оʻzbekiston hududida shakllangan xalqlar va davlatlar sivilizatsiyasining tarixiy-madaniy merosi bilan uzviy bogʻliq holda kоʻrib chiqishni ta’minlash; Оʻzbekistonning eng yangi tarixi bоʻyicha ilmiy, оʻquv va оʻquv-metodik adabiyotlar, оʻquv dasturlari monitoringini olib borish, ushbu sohada ilmiy-tadqiqot, оʻquv-metodik ishlarning sifatini yaxshilash bоʻyicha takliflarni ishlab chiqish va joriy etish; fuqarolarda tarixiy xotira, milliy оʻzlikni anglash, yuksak ma’naviyat, xalqning tarixiy an’analari, madaniy merosiga hurmat, mamlakatimiz mustaqillikka erishganligining buyuk tarixiy ahamiyatini anglash kabi fazilatlarni shakllantirishga yоʻnaltirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali oshirib borishga kоʻmaklashish; Оʻzbekiston tarixi bоʻyicha zamonaviy chet el ilmiy va оʻquv adabiyotlarini оʻrganishga yоʻnaltirilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, hozirgi Оʻzbekistonning tarixiy оʻtmishi, sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi, mamlakatda olib borilayotgan demokratik islohotlar tоʻgʻrisidagi xolis axborotni keng xalqaro jamoatchilikka yetkazish. Download 16.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling