Tarixi anbiyo va hukamo bismillohir-rahmonir-rahim
Download 426.26 Kb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi 34 Va bolig‘ Yunus a. s.ni yutub, Tengri taolo bolig‘ning qursog‘ida ani asradi. Va Yunus a. s. qirq kun bolig‘ ichinda erdi va bu tasbihni vird qilib erdikim, «Lo iloha illo anta subhonaka inni kuntu minazzolimin» 54 . Qirq kundin so‘ngra, Tengri taolo Yunus a. s. xatosidin kechib, ani uch qarong‘uluqdin qutqordikim, biri kema va biri suv va biri bolig‘ qursog‘i bo‘lg‘ay. Va bolig‘ daryo qirog‘ig‘a kelib, ani yoqog‘a soldi. Va ul yanglo tuqqan yoshdek bo‘lub erdi, bir sutluk kiyikka amr bo‘ldikim, har kun kelib, anga sut berur erdi va bir yig‘och anga soya qilur erdi. Qirq kundin so‘ngra, o‘z holig‘a kelib, amri ilohi bila qavm orasig‘a kirdi, qavm aning hidoyati bila inmon sharafig‘a musharraf bo‘ldilar. Va ko‘b vaqt bo‘lub, Tengri taolo hukmin butkardi. Va derlarki, Kufada madfundur.
R u b o i y: Yunuski nubuvvat ko‘zini yorutti, Tanzib ila qavm ko‘nglini o‘rgotti. Bolig‘ ichida agarchi maskan tutti, Ham oxir ajal bolig‘i ani yutti.
Omus va Muso va Ma’. Sohibi «Guzida» Hamdulloh Almustavfi bu uch kishini ahli tarixdin naql qilibdurki, mursal erdilar. Va bani Isroilni Muso a. s. dinig‘a da’vat qildilar. Sodiq va Sidduq va Salum – bu uch kishiga Tengri taolo nubuvvat berib, Antokiyya xalqig‘a yibordikim, alar havlidin borcha halok bo‘ldilar. G‘ayri atfolkim, bulug‘ haddig‘a yetkaydur erdilar va ul atfol nymon davlatig‘a musharraf bo‘ldilar. Fanjar Muso va Momal-qavsi va Javfarf va San’o Kusi va Uryo – bu besh kishini ahli tarix payg‘ambar debdurlar. Bani Isroilda Muso a. s. dinig‘a da’vat qildilar va Zul-kifl ahdig‘a yoqin erdilar. Ba’zi Zul-kifl a. s.ni bulardin so‘ngra aytibdurlar. Favoyil va Hikoy. Ba’zi muarrixlar bu ikovni ham payg‘ambar debdurlar. Zul-kifl zamonida Muso a. s. dinig‘a da’vat qildilar. Zijurmo va Madohi. Ba’zi qavl bila payg‘ambardurlar. Zul-kifl a. s.din so‘ngra va da’vatlari Muso a. s. dinig‘a erdi. Va Shu’yo payg‘ambar erdi. Va ba’zi debdurlarki, Yunus a. s. o‘zidin so‘ng ani bani Isroilg‘a valiy qildi. Va ani ba’zi debdurlarkim, ul Yunus a. s.din burunroq erdi. Vallohu a’lam. Buxtun- nasrning buzug‘lig‘i va Baytul-muqaddasni vayron qilib, javohirikim Sulaymon a. s. yasag‘ondin beri bor erdi, ul borchasni eltgoni va azim qatllar qilg‘oni ko‘prak ahli tarix ittifoqi bila bu anbiyo zamonidadur. Va ba’zi debdurlarkim, Doniyol a. s.ni Buxtun-nasr Baytul-muqaddasdin eltib, muddati zamonida asrab, bir tush ko‘rub, unutqondin so‘ngra, Doniyol a. s. ham tushin, ham ta’birin aytib, ul banddin xalos bo‘ldi. Uzayr a. s. anbiyo avlodidindur. Buxtun-nasr Baytul-muqaddasni buzg‘onda, ani abnoyi jinsi bila asir qilib, Bobilg‘a eltti. Andin xalos topib kelurda, bir kentda tushti va eshokini bog‘lab, uchasin bir daraxtqa qo‘ydi. Va ilayida anjir erdi va bir zarfda uzum shirasi. Va bu mahalda xayolig‘a Tengri taolo amvotni ihyo qilurig‘a fikrga tushti. Va ul kentning buzug‘larida odamizodning quruq so‘ngoklari bor erdi. Alarni ko‘rub, hayrati orttikim, bu churuk so‘ngoklarni tirguzmokta g‘ayri hayratki, aqlg‘a mustavliy bo‘lg‘ay, o‘zga nima no‘qdur. Haq taolo qudrati iqtizosi ul qildikim, Uzaarning hayrati daf’ bo‘lub, bu hol anga aynal-yaqin bo‘lg‘ay. Lojaram, amr bo‘ldikim, ruhin muborak jasadidin chiqordilar va markabin dog‘i ruhsiz qildilar. Va Tengri taolo Uzayr a. s. jismin el ko‘zidin pinhon asradi, bu holg‘a yuz yil o‘tti. Bu muddatdin so‘ngra Tengri taolo Uzayr a. s.nig tirguzdi. Bir malak andin so‘rdikim, «Kam labista?» Javob berdikim, «Yavman av ba’za yavmen». Ul malak did, «Ballabista miata omin fanzur ilo taomika vsh sharobika lam yatasannah. Vanzur ilo himorika al-mayiti» 55 . Chun muni Uzayr a. s. Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo www.ziyouz.com kutubxonasi 35 mulohaza qildi, ko‘rdikim, anjir o‘z o‘rnida va uzum shirasi hamul zarfda toza erdi. Va markabining churugan so‘ngaklariga boqti. Ko‘rdikim, bir-biriga muttasil bo‘lub, ustiga ig o‘rlandi va aning ustiga teri tortildi, dog‘i ruh badanig‘a kirib tirildi. Uzayr a. s. bildikim, aning yuz yil burung‘i qilg‘on taraddudi jihatidin haq taolo anga bu nav’ qudratin ko‘rguzdi. Va aning san’atig‘a ofarin o‘qub, markabin minib, o‘z shahrig‘a tebradi. Ul shahrg‘a yetkondin so‘ngra, chun yuz yil o‘tkon jihatidin ko‘p tag‘yir topib erdi, hech yerni tonimay, ko‘b zahmat bila o‘z saroyini topti. Ammo kishi yo‘q erdi, bir ko‘r kanizakdin o‘zga. So‘ngra Uzayr a. s. andin so‘rdikim, bu uy. Uzayrning uyidur? Ul tasdiq qilib dedikim, sen kimsenkim, bu yuz yildakim, mening maxdumum g‘oyib bulubdur. Men ani kam eshitibmen. Ul dedikim, men Uzayrdo‘rmen. Kanizak ayttikim, agar chin aytasen, Uzayr a. s. mustajobud – da’va erdi, duo qilkim, maning ko‘zum bino bo‘lsun. Uzayr a. s. duo qildi. Haq taolo ul kanizakning ko‘zin bino qildi. Uzayr a. s. ning muborak yuzin ko‘rgach, tanidikim, anga bu yuz yilda hech tag‘yir voqe’ bo‘lmaydur erdi. Faryod qilib ayog‘ig‘a tushub, yugurub Uzayr a. s.ning o‘g‘lonlarig‘a mujda yetkurdikim, o‘g‘lonlari biri yuz yoshar erdi, biri yuz o‘n yoshar erdi. Atolarin yigit ko‘rub tanimadilarkim, Uzayr a. s.ning bag‘rida bir xol bor erdikim hilol shakli bila. Ul nishonann ochib ko‘rub, alar ham muborak qadamig‘a yuz surtub, qavmg‘a xabar bo‘ldi. Qavm ham inonmay, dedilarkim, «Tavrot»ni hechkim Uzayr a. s.din yaxshiroq bilmas erdi, to ul kitobni Buxtun-nasr eltti oramizda kishi bilmas. Uzayr a. s. «Tavrotoni azbar o‘qudi va alar bildilar. Ba’zi yerlarda yoshurun qolg‘onni muqobala qildilar ersa, bir harf ortuq-o‘ksuk emas erdi. Ba’zi bu g‘arib holotdin Uzayr a. s.ni ibnulloh dedilar. «Va qolatil-yahudu uzayr-unubnullohi» 56 .
otlig‘ inisi bila tug‘ub bila o‘ldilar. Ammo o‘lar vaqtda Uzayr a. s. yuz yoshar va Arz iki yuz yoshar erdi. Mundin g‘aribroq hol tavorixda oz voqe’dur. Va o‘g‘lonlari qari kishilar erdi, yoshqa atolaridan ulug‘roq. Vallohu a’lam. Zikriyo va Yahyo a. s. va Maryam binti Umron. Alar zaylida Zikriyo a. s.ni Sulaymon a. s. naslidin debdurlar. Va ul Baytul-muqaddasda mujovir erdi. Va Umronkim, Zikriyo a. s.ning amuzodasi erdi, ul dag‘i mujovir erdi. Ikalasining haramlari egochi-singil erdnlar. Imrong‘a farzand ko‘p bo‘ldn va Zikriyo a. s. g‘a bo‘lmadn. Imron bu shukronag‘a nazr qildikim, yana farzand bo‘lsa, Baytul- muqaddasqa mujovir bo‘lg‘an. Va haramiki oti Hifa erdi Maryamg‘a homila erdi. Va tuqqondin so‘ngra nazr jihatidin Imron mutahayyir bo‘ldikim, inosni mujovir qilmaslar erdi. «Qolallohu taolo inni vaza’tuho unso vallohu a’lamu bimo vaza’at va laysaz-zakari kal unso va inni sammaytuho Maryama va inni u’iyzuho bika vazurriyya tahominash-shaytonir-rajim» 57 . Bu sharafdin Maryamni bir nimaga chirmab, Hifa Baytul-muqaddasqa eltti. Ulamo va ahboraning qavlin munkiri ko‘rdilar. Zikriyo a. s.g‘a vahy keldikim, bu fahirani o‘g‘ulg‘a qabul qilduq «Fataqabbalaho rabbuho biqabulin hasanin» 58 . Bu jihatdin axbor aning muhofazatig‘a mashg‘ul bo‘ldilar. Zikriyo a. s. dedikim, aning taahhudi manga avlodurki, xolasi maning uyumdadur. Axbor qabul qilmay uch qotla qur’a soldilar. Ucholosida qur’a Zikriyo a. s. otig‘a tushti. Borcha zaruratan musallam tuttilar. So‘ngra Zikrnyo a. s. Maryamni uyiga eltib, Ashbo’kim, Zikriyoning harami va Maryamning xolasi erdi, aning muhofazatig‘a mashg‘ul bo‘ldi, to anga ibodatqa va masjid xizmati qobiliyati paydo bo‘ldi.. So‘ngra Zikriyo a. s. aning uchun masjidda bir g‘urfa yasattikim, eshiki yo‘q erdi. Zina bila anga chiqor erdi. Va o‘zi g‘oyib bo‘lsa, g‘urfa to‘shukin qufl qilur erdi. Va ul jumladin biri bukim, qishda yoz mevasi va aks ham ko‘rar erdi. So‘rg‘ondakim, «anno laki hozo. fi g‘ayri vaqtihi» 59 , javob toptikim, «hozo min indillohi yarzuqu man yasho’u big‘ayri hisob» 60 . Va bu vaqtda Zikriyo a. s. va harami Qibarsanda erdilar. Zikriyo a. s. dedikim, Xoliqikim Maryamg‘a g‘ayr vaqtida bu nav’ favokih nasib qila olur, maning ham hayotim shajarasndin, agarchi g‘ayri vaqtdur, bir necha karomat qila olur. Bu orzu ko‘ngliga o‘tti, Jabrail a. s. anga Yahyo a. s. vujudig‘a bashorat berdi. «Fanodat-hal-maloikatu va huva qoyimun yusalli fil mihrobi» 61 . Va chun Yahyo a. s. mutavallid bo‘ldi, oz vaqtdin so‘ngra Tengri taolo muborak ko‘nglin vahy nuzulidin Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo www.ziyouz.com kutubxonasi 36 munavvar qildikim. «Yo Yahyo huzil kitoba biquvvaten va otaynohul-hukma sabiyyan» 62 . Va Yahyo a. s.ning toati bag‘oyat va yig‘lamog‘i benihoyat erdi. Derlarki, g‘oyat bukodin iki yuzida iki novdondek chuqur xat paydo bo‘lub erdi va bu favrda Maryam zuafo g‘adridin g‘usl qilur mahalda Jabrail a. s. ani Iso a. s.g‘a bashorat berdi. Ba’zi debdurlar Iso a. s. to‘quz oydin so‘ngra mutavallid bo‘ldi. Xaloyiq nomunosib so‘zlar dedilar. Ammo Iso a. s. hamul dam takallum qilib, Tengri taoloning bandalig‘i va o‘zining nubuvvatig‘a va onasi poklig‘ig‘a tonug‘luq berdi va xotamul-anbiyo vujudi muborakig‘a sallOllohu alayhi vassalam bashorat yetkurdi. Necha vaqtkim, o‘tti, Yahyo a. s. bila musohabat qilur erdi. Ul vaqtkim, Iso a. s. mutavallid bo‘ldi va axbor anga ta’n hildilar. Bovujudi ulki, Tengri taolo Iso a. s.ni o‘tkan takallum bilaki mutaqallim qildi, bani Isroilning ham yuzi, ham ko‘ngli qaroladi. Iso a. s.ni ul ish tuhmati bila muazzab tutar erdilar. To ish ul yerga yettikim, Zikriyo a. s. ul nopok el orasidin qochti. Va alar qovlay borib, mashhurdurkim, ul hazrat yig‘och shikofig‘a kirib, ul shikof butti. Va a’do yetib, etokining uchin yig‘ochdin toshqori ko‘rub, yig‘och boshidin arra qo‘yub Zikriyo a. s.ni halok qildilar. Bu yerda chun so‘z derdin, balki dam urardin xoma tili lol va til xomasi gung maqoldur, avlo ulkim, maqsudqa shuru’ qiloli. Yahyo a. s. qatli bu nav’ erdikim, ul zamonning podshohining yoshqa yetgon harami bor erdi. Bu jihatdinki, chun qaribdur, bo‘lmag‘aykim, podshoh yana birovni nikohng‘a kiyurgay va aning mujibi azli bo‘lg‘ay. Uzga abushqadin jamila qizi bor erdi, podshohg‘a targ‘ib qildikim, ul qizni olg‘ay. Podshoh Yahyo a. s.din so‘rdi ersa, Yahyo a. s. dedikim, sanga aning nikohi ravo ermas. Ul qiz bila onasig‘a Yahyo a. s. adovati paydo bo‘ldi. Bir kunki podshoh mast erdi, ul qizni onasi orosta qilib, aning qoshig‘a yibordi. Sukr g‘alayoni va shahvat tug‘yonidin anga mayl qildi. Qiz ibo qildikim, agar hojatimni ravo qilursen, bu ish bo‘lur. So‘rdikim, hojating nedur? Ul badbaxt dedikim, hojatim Yahyo a. s. ning qatlidur. Ul zoniy bu zoniya xotiri uchun Yahyo ma’sum qatlig‘a rizo berdi. Derlarki, ul hazrat qatl bo‘lg‘ondin so‘ng-ra, ul iki mal’unni yer yutti. Derlarki, bani Isronlning iki fasodidin so‘ng‘isi Yahyo a. s. qatlidur. Bu amr vuqu’idin so‘ngra, Tengri taolo fors mulukidin Xurvis otlig‘ni bani Isroilg‘a istilo berdikim, ul iki payg‘ambar qoni evazi alarni andoq qatl qildikim, yahuddin kishi oz qoldi. Derlarki, Baytul-muqaddas darvozasidin Xurvis o‘rdusig‘acha rudxonadek qon oqti. Alqissa, Zikriyo a. s. dori fanodin bu nav’ do-ri baqog‘a bordilar.
R u b o i y: Aylab Zikriyo bila Yahyoni qabul, Qildi ikisini olam ahlig‘a rasul. Ne qildilar erkin bu ato birla o‘g‘ul Kim, elga yana alarni qildi maqtul.
Iso binni Maryam salavotullohi alayh bir qavl bila uchunchi ulul-azmdur, bir qavl bila beshinchi. Andin burung‘i anbiyodin so‘ngra hech qoysig‘a qirq yoshdin burun nubuvvat yetmadi. Va lekin ul modarzod pay-g‘ambar erdi. Va aning valodatidin burun Tengri taolo Maryamg‘a aning vujudi bashoratin berdikim, «Iz qolatil-maloikatu yo Maryamu innalloha yubash-shiruki bikalimaten minhu ismihul masihu Isabnu Maryama va jiyhan fit-dunyo val oxirati va minal-muqarrabiyna va yukallimunnosa fil mahdi va kahlan» 63 . Masih lafzida so‘z ko‘ptur. Va Iso a. s. valodatida ham so‘z ko‘ptur. Tafosir kutubidin ma’lum bo‘lur. Chun bu muxtasarda matlub ixtisordur, ya’ni muarrixona ishlarga qone’ bo‘luldi. Muqarrardurkim, Iso a. s.ning otasi yo‘qtur. Maryam Jabrail a. s.ning nafasi bila homila bo‘ldi va tug‘urur vaqtda Baytulliuqaddasdin chiqib, qirog‘roq yerda vaz’ haml qildi. Xalq bu ishni bilib, borib ul holni ko‘rub, irik so‘zlar ayta boshladilar. Yuqoriroq bitilibdurknm, Iso a. s. ne nav’ javoblar berdi. Andin so‘ng el mutaajjib bo‘lub, so‘z ayta olmay qayttilar. Maryamni Habnb Najjorkim, xolazodasi erdi, Iso a. s. bila olib Damashqqa bordi. Iso a. s. o‘n uch yoshag‘uncha anda maosh qildi. Anda ham
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo www.ziyouz.com kutubxonasi 37 Iso a. s.ning mu’jizoti ko‘b zohir bo‘ldi. Chun «Injil» Iso a. s.g‘a nozil bo‘ldi, uchovda Baytul-muqaddasqa kelib, Iso a. s. amri ilohi bila xalqni Tengri taolo amrig‘a dalolat qildi. Xalq ani takzib qilib, nomunosib so‘zlar dedilar. Ammo havoriyun iymon kelturub, dinini qabul qildilar. Va alar o‘n iki kishi erdilar, peshalari bo‘yog‘chiliq erdi. Iso a. s.din mu’jiza tiladilar, borchaning bo‘yar raxt-larin olnb, Nil ko‘yiga soldi. Alar iztirob qilg‘ochkim, bulardan har birini bir rang buyurubdurlar. Iso a. s. Mil ko‘yiga ilik urdi. Har birinikim chiqardi, iyosi tilagon rang bila chiqti. Bu mu’jiza ul elga mujibi imon bo‘ldi. Ul nimakim Yso a. s. eliga amr qildi tavhid erdi. Va xotamun-nubuvvatning risolatiga iqror qildikim, Qolallohu taolo: «va iz qola Isabnu Maryama yo bani isroila inni rasulullohi ilaykum musaddiqan limo bayna yadayya minat- tavroti va mubashshiran birasulin ya’ti min ba’dismuhu Ahmadu» 64 . Sallallohu alayhi va alo olihi vassalam. Iso a. s. olam va dunyo asbobidin hech nima qabul qilmadi va alardnn bir pashmina to‘n va bo‘rk va bir asosi bor erdi. Bir yerda bo‘lmas erdi, doyim sayrda erdi. Ro‘zi uchun kasb qilmadi, har ne yetti qone’ bo‘ldi. Chun havoriyun iltimos qildilarkim, bir markab mingilkim, yayog‘liq mashaqqati kamroq bo‘lg‘ay. Aning yemak va muhofazati tashvishidin rad qildi. Va iltimos qildilarkim, bir maskan yasoli. Qabul qilmadi. Va zuafo bila ixtiloti yo‘q erdi. Bu jihatlardin mujarradliqqa mashhur bo‘ldi. Va soyir mu’jizotidin biri xuffoshdurkim, bolchig‘din ul hay’ot bila yasab, nafasin anga surdi. Va ul nafasdin ruh topib uchti va emdigacha bor. Va biri akmah va biri abras ilojidurkim, Qolallohu taolo, «Anni axluqu lako‘m minat-tiyni kahiyatut-tayri faanfuxu fihi fayakunu tayran biiznillohi va ubriul-akmaha val-abrasa» 65 yana ulkim, duo bila o‘lukni tirguzdik, «va uhyil mavta biiznillohi» 66 . Va ul o‘lukkim, Iso a. s. tirguzdi ibnal-a’juz erdi. Va sharhi budurkim, sayr asnosida bir ajuzani ko‘rdikim, bir qabr boshida muassir navha qiladur, kayfiyatin so‘rdi. Dedikim, o‘g‘lum erdi va firoqidin betoqatmsn. Iso a. s. duo qilib, Tengri taolo ul mayyntqa ruh kiyurdn va o‘luk tirilgach, iltimos qildikim, duo qilg‘ayki, burung‘i holig‘a borg‘ay va mavt sakaroti bo‘lmagay. Ruhulloh duosi bila bu ish ham bo‘ldi va ruhulloh andin o‘tti. Nasibin viloyatida malike bor erdi; mutakabbir va jabborsifat. Iso a. s. aning da’vatig‘a ma’mur bo‘lub, ul yon azimat qildi va havoriyung‘a dedikim, sizdin kim bo‘lg‘aykim shu shahrg‘a kirib nido qilg‘aykim, Iso ru-hullohknm, Tengri taoloning rasulidur va kalimasidur kelibdur. Ya’qub va Tumon va Sham’un otlig‘ uchov dedilarkim, biz borurbiz. Iso a. s. har qaysi bobida bir so‘z aytti, dag‘i alarni uzotti. Alardin ikisi ilgorirak, Sham’un keyinrak yurub, Ya’qub ul nidoni qildi. El hujum qilg‘och, yondi. Tumon iqror qildi. Ani podshoh qoshig‘a elttilar. Hamul so‘zni aytti. Ul zolim buyurdikim, Tumonning ilikin, ayog‘in kesib, ko‘zlarin ham ko‘r qildilar. Ul so‘zidin qaytmadi. Bu mahalda Sham’un yetib, malikdin Tumon ilzomig‘a so‘z istid’osini qildi, ruxsat topti. Dog‘i Tumondin so‘rdikim, bu kishikim, sen aning risolatig‘a iqror qilasen hech hujjati va mu’jizi bormu? Tumon dedikim, bor! Sham’un dedikim, ayt! Ul dedikim, akmah va abrasni iloj qilur. Sham’un dedikim, bu ishta atibbo sharikturlar. Tumon dedikim, kishi oqshom ne yemish bo‘lsa va uyida ne nima bo‘lsa, aytur. Sham’un dedikim, imkoni sihr borkim, jin tasxiri qilmish bo‘lg‘an. Tumon dedikim, bolchig‘din qush yasab, damini anga hurub, ruh tanig‘a kiyurur. Sham’un dedikim, imkoni sihr bor. Tumon dedikim, o‘lukni tirguzur. Sham’un malik sori boqib aytti: muning imtihoni osondur va imkoni yo‘qturkim, bu ish Tengri taolodin yo payg‘ambaridin kelur. Agar hukm qilsangkim, ul kishi hozir bo‘lsa, filhol ma’lum bo‘lur. Iso a. s.ni hozir qildilar, Tumon aytqon so‘zlarni so‘rdilar. Borchasig‘a iqror qildi. Sham’un dedi: agar bu so‘zlaring chindur, avval rafiqingdin boshla. Iso a. s. Tumonning kesilgan a’zosini o‘runlarig‘a qo‘yub, duo qildi. Tengri taolo borchasni butkordi. Va xuffosh bobida taqozo qildilar, yasadi. Salmoni forsii rahmatullohi ilayhdin manquldurkim, ul viloyatning jami’ murazosini dedilarkim, sahih qilmoq kerak. Aning duosi bila borcha sihat toptilar. Borchadin, so‘ngra o‘lukni tirguzmak iltimos qildilar. Iso a. s. dedikim, har o‘luknikim siz desangiz duo qilay. Ittifoq bila Som binni Nuhni dedilar. Tirguzkim, mavtidin to‘rt ming nil o‘tub erdi, aning qabri boshig‘a borib, Iso a. s. iki rak’at namoz qilib, duo qildi. Qabr shaq bo‘lub, bir oq soch-soqolliq kishi chiqti va elga dedikim, Iso ruhulloh payg‘ambardur, aning dinag‘a kiring va g‘animat tutuig. Iso a. s. andin Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo www.ziyouz.com kutubxonasi 38 so‘rdikim, sizing zamonda soch oqarmas ermish. Som dedikim, saning duong uni yetkoch, qiyomat bo‘lg‘on sog‘inib, vahmu xavfdin bular oqardi. Chun Som elga pandlar dedi, Iso a. s. duosi bila avvalg‘i holig‘a bordi va shaq bo‘lg‘on yer bir-biriga qo‘shuldi. Ham Salmoni forsindin manquldurkim, bu mu’jizani ko‘rub, ul mulk eli musulmon bo‘ldilar. Ba’zi safardakim, yemakka tanglik voqe’ erdi. Bani Isroil havoriyung‘a dedilarkim, agar Iso a. s. duo qilsakim, Tengri taolo osmondin moida yiborsakim, taomg‘a muhtoj xaloyiq andin bahra topsalar va Tengri taolo vujudi va Iso a. s. nubuvvatig‘a tainlari bo‘lsa, deb havoriyun arz qilg‘och, Iso a. s. tazarru’ qilib dedikim, «rabbano anzil aylayna moidatan minas-samoi takunu lano i’ydan li avvalina va oxirina va oyatan minka varzuqno va anta xay-rur-roziqin» 67 .
ne’mat qilsa, qottiq azobg‘a giriftor bo‘lur. Iso a. s. bu so‘zni aytqoch, borcha dedilarkim, har kishi kufroni ne’mat qilsa, Tengri taolo anga azob nasib qilg‘ay. Bu so‘zdin so‘ngra Tengri taolo osmondin moida yibordi. Xonning azamat zebu ziynatini aytmoq hojat emaski, Tengri taolo xoni erdi. Ammo moida non va biryon bolig‘ erdi. Ta’m va mazasi ham ta’rifdin toshqari erdi. Va anda tuz va sabzalar bor erdi. Bir rivoyat bila uch kun va bir rivoyat bila qirq kun bu moida indi. Qavm har necha yedilar kam bo‘lmadi. Jami’ murazo ani yegoch, sihat toptilar. Saboh inar erdi, oqshomg‘acha el andin yerlar erdi. Oqshom yana osmonga borur erdn. Qavmdin ba’zi inkorg‘a til uzottiknm, bu moida osmondin kelmaydur, Iso sihr qiladur. Har oynakim, Tengri taolo kufroni ne’mat qilg‘onlarni va’da qilg‘on dastur bpla to‘ng‘uz shakli bila o‘runlaridin qo‘pordn. Va ul to‘ng‘uzlar mazbalalarda kezib, najosatlarni yerlar erdilar. Iso a. s. qoshig‘a kirib, ko‘zlarndin yosh borib, bosh-larnn yerga qo‘yarlar erdi. To uch kundin so‘ngra aqabah vujuh bila adam yo‘lng‘a aznmat qildilar. «Nauzu bil-lohi min shuro‘ri anfusino va min sayyioti a’moli-no» 68 . Va Iso a. s.ning mu’jizoti bag‘oyat g‘arib va ko‘ptur. Masbutroq kutubdin ma’lum qilsa bo‘lur. Va Iso a. s. osmong‘a chpqqanida muxtalif rivoyot ko‘ptur. Ammo sohibi «Guzida» mundoq debdurkim, ul jamoat 'chhud va masx bo‘lg‘ondin so‘ngra, Iso a. s. yonnb Baytul- muqaddasqa keldi. Va ul gumrohlarining baqinyasi Iso a. s.ning qatlig‘a qasd qnldnlar. Va Iso a. s. maxfiy bo‘ldi. Va Sham’uini tuttilar va ul Iso a. s. ni ko‘rguzmadi. Parvis o‘tuz diram rishvat olib, Iso a. s.ni ko‘rguzdi. Juhudlar tiladilarkn, Iso a. s.nn tutub o‘lturganlar. Tengri ta.olo alarning ko‘zidin ani g‘oyib qilib, osmonga chiqordi. Va Iyshu’nikim, juhudlarning ulugi erdi, Iso a. s.ning shakln bila mutashakkil bo‘ldn. Juhudlar ani Iso a. s. sog‘inib tuttnlar qatl qilgoli. Ul har necha faryod qildikim, men Iyshu’men, foyda bermadi. Ani bir daraxtqa bo‘g‘-zidin ostilar. Va yeti kecha-kunduz osig‘lig‘ qoldi. Maryam ani Iso a. s. sog‘nnib, har kecha kelib azo ras-mi bila yig‘lar erdi. Iso a. s.ni Maryam xotnri it-minoin uchun yetinchi kecha osmondin yerga nozil qnldn-kim, Maryam qoshig‘a keldi. Maryamg‘a ahvoldin xabar-dor qilib, Maryamning xotiri qaror topti. Yahyo a. s, yana yetn kishi havoriyundnn Iso a. s.ni ko‘rdilar. Va Iso a. s. alarg‘a pandlar va nasihatlar qildi va har qoysini bir ishga ta’yin qildi, tonglasn bu g‘arib ishni oshkoro qildilar ersa, yahud borchani takzib qnlnb zindong‘a mahbus qildilar. Ammo Iyshu’ni yo‘q-lag‘onlar bornb, osnlg‘on knshini ko‘rdilar. Iyshu’ erdikim, ani Tengri taolo asli suratig‘a eltib erdi. Bu ishdin ko‘b el Iso a. s. dinin ixtiyor qildilar. Va Maryamni ba’zi debdurlarkim, Iso a. s. daf’ndin burun olamdin ketti. Ba’zi debdurlarkim Iso a. s. olti yildin so‘ngra, har taqdir bila va’da budurkim, Mahdi zuhur qilg‘ondin so‘ngra Iso a. s. osmondin ingoy, dog‘i Dajjolni halok qilib, soyir milal ahlin xotamun-nubuvva millatig‘a dalolat qilg‘ay. Sallallohu alayhi vassalam, val ilmu indallohu. Iso a. s.ni debdurlarkim, o‘n yeti yoshida mab’us bo‘ldi. O‘tuz uchida osmong‘a chiqti.
R u b o i y: Isoki, mujarrad ayladi Tengri ani, Ko‘k ravzasi bo‘ldi jilvagohu chamani. Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo www.ziyouz.com kutubxonasi 39
Tong ermas, agar ko‘k o‘lsa aning vatani.
Ashobi kahf va ba’zi mutafarriq axbor. Ashobi kahf bobida ixtilof ko‘ptur. Muxtasari budurkim, Yunon mulkida Aqsus shahrida Daqyonus otlig‘ maliki jabbor bor ermishkim, ba’zi debdurlarkim, butparast ermish, ba’zi debdurlarkim, uluhiyyat da’vosi qilur ermish. Va bu ashobi kahf, ba’zi rivoyat bila aning mulkiming buzurgzodalari va ba’zi rivoyat bila, navvob va mulozimlari ermishlar va musulmon ekandurlar. Va yoshurun Tengri taolo ibodatin qilur ermishlar. Daqyonus bu holdin voqif bo‘lub, alarning qatli fikrida bo‘lmish. Alar bu holni ma’lum qilib, ittifoq bila shahrlaridin qochib, el yo‘luqur vahmidin yo‘lsiz biyobong‘a tushub, bir qo‘ychig‘a uchrab, qo‘ichi dagi alarg‘a qo‘shulub, qo‘ychining iti ham erishib, Raqim otlig‘ g‘org‘a kirmishlar. Va alarning adadida taraddud bor, nachukkim «Kalomi majid» xabar berurkim, «sayaquluna salosatun robiuhum kalbuhum va yaq.uluna xamsatun sodisuhum kalbuho‘m rajman bilg‘aybi va yaquluna sab’atun va sominuhum kalbuhum» 69 . Har taqdir bila gorg‘a kirib, haq taolo uyquni alarg‘a mustavliy qilib, alar uch yuz to‘quz yil uyumishlar. «Salosa miatin siniyna vazdodu tis’an» 70 .
podshohg‘a saltanat yetkondakim, ashobi kahf Tengri taolo amri bila uyg‘onmishlar. Va Tamlixo degan rafiqlarin shahrg‘a yibormishlar, taom kelturur uchun. Ul rafiq g‘ordin chiqib, yo‘llar vaz’in o‘zgacha ko‘rub, shahrg‘a yetkoch, shahr avzoin mutag‘ayyir topib, xaloyiqni Iso a. s. dinida fahm qilib mutahayyir bo‘lmish. Bizzarura taom olurg‘a diram chiqarg‘och, – Daqyonus ganjin topibsen, – deb oni tutmishlar. Ko‘b mojarodin so‘ngra podshoh qoshig‘a eltmishlar. Ul faqiri mutahayyir o‘zga podshoh, o‘zga xalq ko‘rub hayron ermish. Podshoh aning holi kayfiyatin so‘rub, ul faqirki har so‘zki o‘z holidin alarg‘a aytur ajab ko‘runub, podshoh ulamoni yig‘ib, bu bobda qilu qol qilib, so‘ngra alar demishlarkim, Iso a. s. «Injil»da bu holdin xabar beribdurkim, Daqyonus chog‘ida bu jamoat g‘org‘a kirib, uch yuz to‘quz yil o‘tub, saning zamoningda uyg‘ong‘oylar. Podshoh bu ishdin masrur bo‘lub, Tamlixog‘a yo‘l boshlatib, ashobi qahf sihatig‘a musharraf bo‘lub, alar taom yeb, Tengri taolog‘a sajdoti shukr qilib, yana uyqug‘a bormishlar. Uyuqlag‘och, ruhlarin qobizi arvoh haq taolo amri bila qabz qilmish. Va ul podshoh g‘or eshikida ulug‘ gunbad yasab, alarni madfun qilib, ul yer xaloniqqa azim ma’bad bo‘lmish. Bu qissa tavorix, balki tafosirda mabsut bor. Va axborning g‘aribidin biri budur. Va Xantalatus- sodiqning hidoyati hozur eligakim, Yaman mulkidindur, ashobi kahfdin so‘ngra deyilibdur, ul payg‘ambari-durkim, haq taolo dinig‘a ul qavmni da’vat qildilar. Va ul bedinlar alarni takzib qilib, o‘lturdilar. Tengri taolo Bobil podshohin ul elga mustavliy qildikim, barchasin halok qildi. Va Iso a. s.din sekson yilg‘a degincha dinig‘a xalal yo‘q erdi. Yunus juhud azim riyozatlar bila elni mu’taqid qilib, Iso a. s. qoshidin keladurmen va ba’zi Tengri Isoning o‘g‘lidur debdurlar, ba’zn Iso Tengrining o‘g‘lidur debdurlar va ba’zi sharikdur, deb izlol qildi va o‘zin xilvatda zibh qildi. Va ul nodon qavm uch firqa bo‘lub, ul shumning so‘zi bila amal qildilar va ko‘b vaqtqa degincha bu botil millat el orasida bor erdi. Va «ixtalafaalzobu baynaho‘m» 71 alarning sha’nidadur.
R u b o i y: Kahf ahlig‘a yuzlandi adu qayg‘usi, Bo‘ldilar agarchi g‘orning mahbusi. Chun ko‘zlari erdi uyquning mamlusi, Ham oqibat etti adam ul uyqusi.
Jirjis a. s. – Shom viloyatining Falastin shahrida muqim erdi. Ba’zi debdurlarkim, Iso a. s.ning Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo kutubxonasi 40 havoriyunining shogirdi erdi va ko‘b mol va g‘animati bor erdi. Va ul vaqtda mulk podshohi jabbori erdi, butparast. Va bir azim but oltun va javohirdin yasab, otin Afluq qo‘yub erdi va xaloyiqqa ul but ibodatin taklif qilur erdi. Harkim mutobaat qilmasa, halok qilur erdi. Va taxtgohi Mo‘sul erdi. Chun aning zamonida zulm va taaddi ko‘b erdi, Jirjis a. s. tuhfa va tabriklar murattab qilib bordikim, anga peshkash qilib, aning zilli himoyatig‘a xalqining zulmidin emin bo‘lg‘ay. Ittifoqo ul yetgan zamon bir ulug‘ o‘t yoqib, xalqni Afluq parastish qilurg‘a taklif qilur erdi, qabul qilmag‘onni ul o‘tka soladur erdi. Jirjis a. s. bu holni ko‘rub, hamiyyat va g‘ayrati o‘ti mush-tail bo‘lub, amvolni mustahiqlarg‘a uloshib, haq taolo amri bila ul zolimni nasihat boshlab, Tengri taolo ubudiyatig‘a dalolat qildi. Ul zolim dedikim, Afluqqa sajda qilsang, xalossen, yo‘q ersa, azob bila halok qilay. Chun bu amr mutaazzir erdi, buyurdikim, temir torog‘lar bila Jirjis a. s.ning a’zo va rang va payin bir-biridin oyirib, temir qozug‘ni o‘tqa solib qizitib, boshig‘a qoqturdi va zindong‘a yiborib, chor-mix qilib, bir sutunni ustiga nasb qildi. Yerim kecha haq taolo bir malakni yiborib, Jirjis a. s. ni ul sutun ostidin chiqorib, badanig‘a ruh kiyurub, ani nubuvvat davlatig‘a musharraf qilib, dedikim, yo Jirjis, haq taolo sanga xntob qildikim, sabur bo‘l va g‘am yemakim, seni yeti yil bu kuffor balosig‘a giriftor qilg‘umdur. Sanga andoq mu’jizot nasib qilg‘um-durkim, o‘zga anbiyog‘a qilmamish bo‘lg‘aymen. Seni yana uch qotla kuffor ilikida maqtul qilg‘umdur, yana dog‘i jon bergumdur. Andin so‘ngra o‘z duong bila bihishti jovidong‘a kiyurgumdur. Jirjis a. s. dedi: Har ne haq taolodindur kelsa, xushtur. Saboh bo‘lg‘och, yana Jirjis a. s. ul malik dargohig‘a bordi. Ko‘rub hayron qeldilar. Yana nasihat og‘oz qildi. Ul badbaxt buyurdikim, Jirjis a. s.ning boshig‘a arra qo‘yub iki bo‘ldilar. Va soyir jismini pora-pora qilib, sherxonag‘a eltib, sibo’ ollig‘a soldilar. Sibo’ aning poralarin hurmat bila asradilar. Haq taolo yana Jirjis a. s.ni tirguzub, yana ul bebok borgohig‘a hozir bo‘lub, nasihat bunyod qildi. Ul dedikim, bu kishi sohirdur. Mamlakat sohirlarni hozir qilingkim, anga g‘olib kelsunlar. Sohirlar kelib, iki yilon xaritadin chiqordilarkim, iki uy bo‘ldilar. O‘ylar bila shiyor qilib, tuxm sochib, hamul zamon aning mahsulidin non pishurdilar. Ul el shod bo‘lub, podshoh amr qildikim, agar Jirjisning shaklin it shakli bila qila olsangiz, inoyatlar qilay. Alar bir ayog‘ suvg‘a afsui o‘qub, Jirjis a. s.g‘a ichurdilar. Hech asar qilmadi. Sahara ajzlaridin mu’tarif bo‘ldilar. Birov dedikim, siz Jirjis a. s.ni sohir dersiz, sohnr hargiz o‘lukni tirguza olurmu? Sahara dedilarkim, yo‘q. Ul dedikim, giz o‘z koza0cs 22. nie(aar.puza olur5 .0617 giz oimb ha)5(q.im,40c .1278v ik ubudast. Vaji t a. s.. Varra afl)6.1(yu)5.5(aji to‘qub, Jirjis a. d va g‘ qoqaraoh amr)5.6(q yana Jirjis asl)5numdur. |
ma'muriyatiga murojaat qiling