Tarixi muhammadiy
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8(1)
www.ziyouz.com kutubxonasi 154 148. Minvon ibn Vahb 149. Sayfiy ibn Savod 150. Suhayb ibn Sinon 151. Zahhok ibn Horisa 152. Zahhok ibn Abdi Amr 153. Zamra ibn Amr 154. Tufayl ibn Horis 155. Tufayl ibn Molik 156. Tufayl ibn No’mon 157. Talha ibn Ubaydulloh 158. Tulayb ibn Umayr 159. Osim ibn Sobit 160. Osim ibn Adiy 161. Osim ibn Akbar 162. Osim ibn Qays 163. Oqil ibn Bukayr 164. Omir ibn Rabia 165. Omir ibn Umayya 166. Omir ibn Bukayr 167. Omir ibn Sa’d 168. Omir ibn Salama 169. Omir ibn Fuhayra 170. Omir ibn Muhallad 171. Omir ibn Sakin 172. Ubbod ibn Bishr 173. Ubbod ibn Qays 174. Uboda ibn Somit 175. Abdulloh ibn Qays 176. Abdulloh ibn Jubayr 177. Abdulloh ibn Su’laba 178. Abdulloh ibn Jahsh 179. Abdulloh ibn Jadd 180. Abdulloh ibn Humayr 181. Abdulloh ibn Rabe’ 182. Abdulloh ibn Ravoha 183. Abdulloh ibn Suroqa 184. Abdulloh ibn Zayd 185. Abdulloh ibn Salama 186. Abdulloh ibn Sahl 187. Abdulloh ibn Shurayk 188. Abdulloh ibn Toriq 189. Abdulloh ibn Omir 190. Abdulloh ibn Abdumannof 191. Abdulloh ibn Urfata 192. Abdulloh ibn Amr 193. Abdulloh ibn Qays 194. Abdulloh ibn Ka’b 195. Abdulloh ibn Mahrama 196. Abdulloh ibn Mas’ud Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 155 197. Abdulloh ibn Maz’un 198. Abdulloh ibn Nu’mon 199. Abdulloh ibn Jabr 200. Abdurahmon ibn Avf 201. Abdurobbih ibn Haq 202. Abda ibn Hashos 203. Abas ibn Omir 204. Omiya ibn Mois 205. Ubayd ibn Avs 206. Ubayd ibn Tayhon 207. Ubayd ibn Zayd 208. Ubayd ibn Abi Ubayd 209. Ubayd ibn Horis 210. Utba ibn Rabia 211. Utba ibn G‘azvon 212. Utba ibn Abdulloh 213. Atbon ibn Molik 214. Ajlon ibn No’mon 215. Usmon ibn Maz’un 216. Adiy ibn Abi Za’bo’ 217. Ismat ibn Husayn 218. Usayma ibn Ashjaiy 219. Atiyya ibn Nuvayra 220. Uqba ibn Omir 221. Uqba ibn Usmon 222. Uqba ibn Vahbil-muhojiriy 223. Uqba ibn Vahbil-ansoriy 224. Ukkosha ibn Muhsin 225. Ammor ibn YOsir 226. Immora ibn Hazm 227. Immora ibn Ziyod 228. Amr ibn Iyos 229. Amr ibn Horis 230. Amr ibn Jamuh 231. Amr ibn Horisil-ansoriy 232. Amr ibn Suroqa 233. Amr ibn Abu Surh 234. Amr ibn Talq 235. Amr ibn Ma’bad 236. Amr ibn Qays 237. Amr ibn Muof 238. Amr ibn Sa’laba 239. Umayr ibn Harom 240. Umayr ibn Avf 241. Umayr ibn Humom 242. Umayr ibn Omir 243. Umayr ibn Abu Vaqqos 244. Avf ibn Horis 245. Uvaym ibn Soida Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 156 246. Iyoz ibn Zuhayr 247. G‘anom ibn Avs 248. Fokih ibn Bishr 249. Farva ibn Amr 250. Qatoda ibn No’mon 251. Qudoma ibn Maz’un 252. Qataba ibn Omir 253. Qays ibn Amr 254. Qays ibn Muhsin 255. Qays ibn Muhallad 256. Ka’b ibn Jammoz 257. Ka’b ibn Zayd 258. Libda ibn Qays 259. Molik ibn Abu Havla 260. Molik ibn Daxsham 261. Molik ibn Rabia 262. Molik ibn Amr 263. Molik ibn Rifoa 264. Molik ibn Qudoma 265. Molik ibn Mas’ud 266. Molik ibn Numayla 267. Mubashshir ibn Abdilmun-zir 268. Majzar ibn Ziyod 269. Muharrar ibn Omir 270. Mehraz ibn Nazla 271. Muhammad ibn Maslama 272. Midloj ibn Amr 273. Mursad ibn Abu Mursad 274. Mistah ibn Usosa 275. Mas’ud ibn Avs 276. Mas’ud ibn Xalda 277. Ma’sud ibn Rabia 278. Mas’ud ibn Zayd 279. Mas’ud ibn Sa’d 280. Mas’ud ibn Abdi Sa’d 281. Mus’ab ibn Umayr 282. Muoz ibn Jabal 283. Muoz ibn Horis 284. Muoz ibn Simma 285. Muoz ibn Amr 286. Muoz ibn Mois 287. Ma’bad ibn Ibod 288. Ma’bad ibn Qays 289. Muattab ibn Ubayd 290. Muattab ibn Avf 291. Muattab ibn Qushayr 292. Ma’qal ibn Munzir 293. Muammar ibn Horis 294. Maan ibn Adiy Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 157 295. Maan ibn Yazid 296. Muavvaz ibn Horis 297. Muavvaz ibn Amr 298. Miqdod ibn Asvad 299. Mulayl ibn Barra 300. Munzir ibn Amr 301. Munzir ibn Qudoma 302. Munzir ibn Muhammad 303. Mihja’ ibn Solih 304. Nazr ibn Horis 305. No’mon ibn Abdu Amr 306. No’mon ibn A’raj 307. No’mon ibn Sinon 308. No’mon ibn Amr 309. No’mon ibn Abu Xuzma 310. No’mon ibn Asr 311. No’mon ibn Molik 312. Nuaymon ibn Amr 313. Navfal ibn Abdulloh 314. Hone ibn Niyor 315. Hubayl ibn Vabara 316. Hilol ibn Muallo 317. Voqid ibn Abdulloh 318. Varaqa ibn Iyos 319. Vadia ibn Amr 320. Vahb ibn Sa’d 321. Vahb ibn Abu Sarh 322. Yazid ibn Axnas 323. Yazid ibn Horis 324. Yazid ibn Hizom 325. Yazid ibn Ruqays 326. Yazid ibn Sakan 327. Yazid ibn Munzir 328. Abu Ayyub 329. Abul A’var 330. Abu Hibba Sobit 331. Abu Hanna ibn Molik 332. Abu Habib ibn Zayd 333. Abu Huzayfa ibn Utba 334. Abul Hasan Ansoriy 335. Abu Xorija 336. Abu Xallod 337. Abu Huzayma 338. Abu Dovud 339. Abu Dujona 340. Abu Nasbara 341. Abu Salit 342. Abu Salama 343. Abu Sinon Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 158 344. Abu Shayx 345. Abu Sarma 346. Abu Tabboh 347. Abu Talha 348. Abu Ubayda ibn Jarroh 349. Abu Uqayl 350. Abu Qatoda 351. Abu Qays ibn Muallo 352. Abu Kabsha 353. Abu Luboba 354. Abu Muhashsho 355. Abu Murshid 356. Abu Mas’ud Badriy 357. Abu Mulayl ibn Az’ar 358. Abul Haysam ibn Tayhon 359. Abu Yusr. BANIL MUSTALIQ G‘AZOTI Bu voqea shundoq erdikim, shu qabilaning raisi Horis ibn Zarror Uhud urushida Quraysh mushriklariga yordam berib, Rasulullohga qarshi urushgan edi. Shundagi g‘olibiyatga mag‘rur bo‘lib, o‘z qabilasidan boshqa arablardan kuchlik bir qo‘shin qurib, Rasulullohga qarshi urush ochmoqchi bo‘ldi. Rasululloh bu xabarni eshitgach, buni aniqlash uchun yashirincha Burayda sahobani yubordilar. Aniqligi ma’lum bo‘lgach, muhojir ansorlardin yetarlik askar tuzib, yo‘lga chiqdilar. Bu safarda munofiqlar raisi Abdulloh ibn Ubay ibn Salul boshliq bir muncha kishilar ham bor edi. Bu safardin g‘arazlari ersa, agar musulmonlar yengsalar, o‘ljalik bo‘lib, mol topish, agar yengilur bo‘lsalar, Islomga qarshi ish ko‘rish edi. Bularning maqsadlari Rasulullohga ma’lum bo‘lsa ham, murosa uchun sabr qildilar. Ketayotganlarida dushman tomonidan yuborilgan josus qo‘lga tushdi. Dushman holini andin Rasululloh so‘rab edilar, ochiq aytgani unamay, so‘zga kelmadi. Iymon arza qilsalar, qabul qilmadi. Boshqa chorasi bo‘lmagach, uni o‘limga buyurdilar. Ikkinchi manzilda Abdul Qays qabilasidan bir kishi kelib, Rasulullohga salom berdi. Rasululloh: — Qaydin kelding, qayon borursan? — deb andin so‘radilar. U ersa: — Joyim Ruhodadir, siz keltirgan islom dinini haq bilib, iymon keltirgani keldim, — dedi. Buni anglab, Rasululloh Xudoga hamdu-sano aytib, bek suyundilar. So‘ngra ul odam: — Yo Rasulalloh, iymon keltirgandin keyin, mo‘min kishiga qaysi ish qilish hammadan yaxshiroqdur? — deb so‘radi. Anda Rasululloh aytdilar: — Namoz vaqti kirishi bilan ta’xir qilmay, (kechiktirmay), o‘tashdur. Bu so‘zni anglagach, ul odam umri boricha namozni avvali vaqtida o‘qishni o‘ziga lozim tutdi. So‘ngra dushmanlar raisi Xoris ibn Zarrorga xabar yetdikim, aning yuborgan josusi ushlanib, o‘ldirilmishdir. Bundin yomon fol olib, ko‘ngliga qo‘rqinch tushdi. Askar ichida ham har xil vahimalik so‘zlar paydo bo‘lib, shu bahona bilan birmunchalari tarqalib ketdilar. Payg‘ambarimiz aytdilar: Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 159 — Agar kishi ko‘ngli bir ishdan cho‘chib, undan yomon fol olsa, shu duoni o‘qib, o‘z ishida davom etsun: «Allohumma la ya’tiy bilxayri illa anta vala yadfaushsharra illa anta». Ma’nosi: «Ey bor Xudoyo, har yaxshilikni berguvchi va har yomonlikdan saqlaguvchi O‘zingsan». Bir narsadan cho‘chib, yomon fol olish, irim-sirim qilib o‘ltirish Islom dinida yo‘q ishdur. Shundoq qilib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchinchi manzilga kelib tushdilar. Bu yerni Muraysi’ deb aytishur edi. Dushmanlar ham shu joyda yig‘ilishib turgan edilar. Rasululloh ham saf tuzib, urush tayyorgarligini ko‘rib, hozir turdilar. So‘ngra iymonga taklif qilib: — Agar «La ilaha illallohu, Muhammadur rasululloh», deb taslim bo‘lsalar, o‘limdan omon topqaylar, — dedilar. Ular bu so‘zdan yuz o‘girgach, urush boshlandi. Har ikki tarafdin biror soat o‘qlar otildi. So‘ngra sahobalar hujumga o‘tdilar. Ko‘p o‘tmay, dushmanlar yengildi. Bir munchalari qilichdan o‘tkazilgach, qolganlari butunlay asir olindi. Besh ming qo‘y, ikki yuz tuya o‘lja tushgan edi. Bu mollar ustiga Rasulullohning ozod bo‘lgan qullari Shaqronni qorovul qo‘ydilar. Qo‘lga tushgan asirlarni hazrati Buraydaga topshirdilar. Bu urushda olingan asirlar ichida shu qabilaning raisi Horis ibn Zarrorning Barra ismli qizi ham bor edi. Bu qabiladan ikki yuz oila asir tushgan edilar. Bular esa arablar ichida atoqlik qabilalardan bo‘lib, xotun-qizlarini asoratda qoldirish o‘zlari uchun eng og‘ir nomus sanalur edi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu to‘g‘rida bir yaxshi siyosat qo‘llab, asirlar ichida raislarining qizi Barrani o‘z nikohlariga oldilar. Buni sahobalar ko‘rgach: — Bu qabila raisi Rasulullohga qaynota bo‘ldi, Rasululloh alarga kuyov bo‘ldilar, endi buning hurmatidan biz ham qo‘limizdagi asirlarimizni ozod qilishimiz kerak, — deyishib, o‘z taqsimlariga tushgan barcha asirlarini ozod qildilar. Shu ish sabab bo‘lib, bu qabiladan hech kim qolmasdan, hammasi musulmon bo‘ldi. Shu uchun onamiz Oisha: «Bu xotunning sharofati o‘z qabilasiga bek ulug‘dur, ular asirlikdan ozod bo‘lishib, ikki dunyo azobidan qutulishdi. Islom diniga kirishib, abadiy davlatga yetdilar», dedilar. Onamiz Barrani nikohlariga olgandan keyin, ismini yo‘tkab (o‘zgartirib) Juvayra qo‘ydilar. Barra yaxshilik, Juvayra qizchoq, degan bo‘lur. Buni yo‘tkashning sababi esa fahmlik kishilarga ma’lumdir. Yana shu safarda bir voqea o‘tdi. Askarlardan ikki kishi suv talashib, urushib qoldilar. Birlari Makka muhojirlaridan, yana birlari Madinalik ansorlardin edi. Muhojir ansorni urib, qon qildi. Bu tayoq yetgan kishi arab odaticha: «Yo lal Hazraj?» (ya’ni, «Ey Hazraj, bormisan?») deb o‘z qabilasini yordamga chaqirdi. Buni ko‘rib, urgan kishi ham: «Yo lal, muhojiriyn?», deb qo‘rqqanidan qichqirdi. Johiliyat arablari urush vaqtida har qabilaning yuqorigi otalarini atab qichqirar edi. Mundoq qichqirishlarida har qabila o‘z urug‘iga yordam berishlari lozim bo‘lur edi. Bu tovushni eshitgach, muhojir, ansor sahobalaridin ikki firqa odam yugurib kelib, yordam berish uchun har qaysilari o‘z kishilari ustiga to‘plandilar. Qurollariga qo‘l solishib, urushib ketishlariga oz qoldi. Bu voqea ustida katta bir fitna chiqishiga yaqinlashdi, muni anglab, Rasululloh chodirlaridan yugurganlaricha kelib: — Ey, mo‘minlar, mundoq so‘zlar johiliyat zamonidan qolgan yomon so‘zlardur. Bu qichqirishlar fitna qo‘zg‘ab, qon to‘kilishiga sabab bo‘lur. Islom diniga kirgan kishi yana shunday so‘zlarni tashlamas ersa, unday odam tamuqqa (do‘zaxga) tashlanur, Mo‘minlar bir-biriga Xudo qo‘shgan birodardur. Birodari mazlum bo‘lsin yoki zolim bo‘lsin, unga yordam berish lozimdur,— dedilar. Anda bir kishi: — Yo Rasululloh, mazlumga yordam qilaylik, ammo zolimga nechun yordam qilurmiz? — Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 160 dedi. Anda Rasululloh: — Agar zolimni shu qilgan zulmidan qaytarur bo‘lsang, unga yordam qilgan bo‘lursan, — dedilar. So‘ngra har ikki tarafni so‘z bilan qondirib, bu fitnani bosdilar. Ammo munofiqlar bo‘lsa, bu ish bahona bo‘lib, yomon so‘zga og‘izlari ochildi. Ayniqsa, ularning raislari Abdulloh ibn Ubay ibn Salul qattiq g‘azablanib, o‘ziga qarashlik bir necha munofiqlar bilan bu haqda so‘z qilishdilar. Mo‘minlardin Zayd ibn Arqam bular ichida o‘ltirgan edi. Abdulloh ibn Ubay aytdi: — Bunday xo‘rlikni kim ko‘rgandur, nega bunday qiladilar? Qochqin edilar, yerlik bo‘ldilar. Oz edilar, ko‘paydilar, o‘tganlarning maqollari bek to‘g‘ridur: «Itingni ko‘p to‘yg‘izma, och bo‘lsa, orqangdan ergashib yurgay, it semirsa, egasin qopgay». Mana shunga o‘xshash adabdin tashqari bir muncha so‘zlar eshitib o‘tirgan Zayd ibn Arqam buni ko‘ngliga sig‘dirolmay, Hazrati Umarga kelib aytdi. U esa Payg‘ambarimizga aytdi. Ansor muhojirlaridin oldilarida o‘ltirgan sahobalar ko‘p edi, bu so‘zni anglab, muborak mengzalari (yuzlar) o‘zgardi, unga qarab: — Balkim sen bu so‘zni xato anglagandursan, ul shunday yomon so‘zni aytmagan bo‘lg‘ay, — dedilar. Ansor sahobalar Zayd ibn Arqamni qattiq hurmat qilishar edi, uni so‘zi yolg‘ondek ko‘rinib o‘zi xijolatga qoldi. So‘ngra Hazrati Umar: — YO Rasulalloh, bu so‘zni aytuvchi munofiqlar raisi Abdulloh ibn Ubayning, albatta, jazosini berish lozimdur. Ruxsat qilingiz, boshini kesgayman, yoki ansorlarga ruxsat qilgaysiz, o‘zlari yo‘q qilsunlar, — dedi. Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: — Ey Umar, bu ishga sabr qilmoqdin boshqa chora yo‘qdur. Agar unga jazo berur bo‘lsak, o‘zaro ko‘ngilsiz ishlar chiqib, har xil so‘z ko‘paygay. So‘ngra kishilarni alahsitib, bu fitnani bosish uchun u joydin ko‘chishga buyurdilar. Yo‘q esa, mundoq kun qizig‘ida yo‘l yurish Rasulullohga odat emas edi. Ansor raislaridan Usayd ibn Huzayr kelib: — Yo Rasululloh, mundoq kun qizig‘ida yo‘lga chiqishning sababi nimadur? — deb so‘radi. Anda Rasululloh: — Sen Abdulloh ibn Ubay so‘zini eshitmadingmi, u esa Madinaga borgan so‘nggida bizni va bizga qarashli muhojirlarni Madinadan haydab chiqarmoqchi bo‘libdur, — dedilar. Anda ul: — Yo Rasulalloh, sizni Alloh aziz qilgan, uni bo‘lsa, xor qilmishdur. Agar siz ruxsat qilsangiz, o‘zini Madinadan biz haydab chiqaraylik. Siz Madinaga kelishingiz oldida uni podshoh qilmoqchi bo‘lib, taxt qurgan edik. Inju gavhar bilan ziynatlab, boshiga toj kiydirmoqchi edik. Shu orada siz kelib, Islom dini rivojga kirishi bilan bu so‘z unutilib, tashlab qo‘yildi. Buning podshohligini siz tortib olgandek bo‘lib qoldingiz. Mana shunga hasadi qo‘zg‘alib, chiday olmasdin aytgan so‘zidur, — deb uning tomonidan uzr aytgandek bo‘lib, afv o‘tindi. Shu bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kecha-kunduz to‘xtamasdan yo‘l yurib, ertasi kuni tushga yaqinlashganda manzilga kelib tushdilar. Yo‘l uzunligi, yana uyqusizlikdin bek charchab, tuyadan tushishlari bilan uxladilar. Mundoq uzoq yurishlarining sababi ersa, o‘tgan kungi munofiqlar qo‘zg‘agan so‘zlarni bostirmoq edi. Lekin bu munofiqning o‘g‘li Hubob chin musulmon bo‘lganidan, otasi Abdulloh ustida bo‘lgan so‘zlarni anglab, bek xafa bo‘lib Rasululloh oldilariga keldi va: — Yo Rasulalloh, agar otamni o‘limga buyurmoqchi bo‘lsangiz, bu ishga o‘zimni Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 161 buyuring, hozir uning boshini kesib keltirayin. Siz uchun ani qurbon qilayin. Agar mendin boshqa birovni qo‘li bilan otam o‘ldirilsa, men uchun bu ish yaxshilik bo‘lmag‘ay, negakim butun Madina xalqi biladur, men esam otam-onamg‘a eng ortiq hurmat ko‘rsatgan, eng ko‘p xizmat qilgan erurman. Agar otamni o‘zimdan boshqa kishi o‘ldirur ersa, uni dunyoda tirik qoldirib, men chidolmagayman. Yo Rasulalloh, ahloqingiz ulug‘, otam gunohini afv qilsangiz yaxshiroqdur, — dedi. Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: — Sen o‘ylagan narsa mening ko‘nglimda yo‘qdur. Bundin keyin ham otang bilan yaxshilik ila muomalada bo‘lgaymiz, o‘tgan ishlarini kechirdim, — dedilar. Ammo ul munofiq aytgan so‘zidan tonib, qasamyod qilgan bo‘lsa ham Munofiqun surasi bu haqda nozil bo‘lib, uning aytgan so‘zi isbot qilindi. Bo‘lib o‘tgan voqea, ushbu surada tamomila aytilmishdur. Bu haqda Zayd ibn Arqamni yolg‘onchi qilgan edilar. Bu oyatlar nozil bo‘lgach, aning so‘zi rostga chiqdi. Shundoq bo‘lsa ham, Rasululloh afv qilib, fitnani bosdilar. Lekin ul munofiqning adabsizligidan va shumligidan, shuncha ko‘p mo‘jiza va karomatlarni ko‘ra turib, o‘lgunga qadar zarrachalik iymon nuri aning ko‘ngliga kirmadi. Bu munofiqlar buning bilan ham qanoatlanmasdan, shu safarda onamiz Oishaning ustidan tuhmat so‘zlarini chiqardilar. Rasululloh oilalariga va ashobi kiromlariga shu sababdan bir qancha xijolatlik, malomatlik so‘zlar paydo bo‘ldi. Onamiz hazrati Oisha boshliq, otalari hazrati Abu Bakr Siddiq boshlariga tog‘ yiqilgandek, butun oilalari bilan bek tashvishda qoldilar. Bu hol bilan biror oy o‘tgandin so‘ng onamiz Oishani oqlab, Qur’oni karimda o‘ttiz oyat nozil bo‘ldi. Bu haqda munofiqlar qilgan tuhmatlari raddiga Alloh taolodin vahiy kelishi, Rasululloh xonadonining ulug‘ sharafga ega ekanini isbotladi. Musulmonlarning ko‘nglini ranjitgan bu voqea butun hadis kitoblarida, tarix sahifalarida yozilmishdur, balki hatto Qur’oni karimda ham ochiq bayoni bordur. Men bu kitobimda boshqa kishilardek boshdin-oyoq qoldirmay yozib o‘tirishni ko‘nglim ko‘tarmadi. Qisqasi shulki, Rasululloh Islom dinini yuzaga chiqarishda tortmagan turlik jabr-jafolari, ko‘rmagan qattiq kunlari, eshitmagan yomon so‘zlari qolmagan edi. Buning ajrini Alloh u zotga o‘zi bersun. Har bir ummatman degan kishi ushbu salovatni o‘qib, Payg‘ambarimiz haqlariga duo qilishi albatta lozimdur: «Jazallohu a’nno sayyidano Muhammadan ma huva ahluhu». Ya’ni: «Alloh taolo biz ummatlar tarafidin Payg‘ambarimizning o‘ziga loyiq savoblar bersun», demakdur. YANA BIR VOQEA Shu safardin qaytishlarida, bir kuni Rasulullohning mingan tuyalari yo‘qoldi. Sahobalar har tarafga tarqashib, ani izlagani turdilar. Hech joydin tuya daragi topilmagach, bu ishdin munofiqlarga yana so‘z topildi. Alarning raislari Zayd ibn Salt degan kishi ansor sahobalari ichida o‘lturgan edi. Musulmonlarga ta’na qilib: — Bu kishi qandoq payg‘ambarmen, deydi, yo‘qolgan tuyasini qayga ketganini o‘zi bilmaydur. Osmonlar ustidan vahiy keltirguvchi Jabroil bu haqda unga nimaga xabar keltirmaydur? — dedi. Bu so‘zni eshitgan sahobalar u munofiqni shu zamoni o‘ldirmoqchi bo‘ldilar. Alardin qo‘rqib darhol Rasululloh panohiga qochdi. Bu kelib yetmasdin ilgari Rasululloh aytdilarkim: — Shu hozirda bu munofiq menim yo‘qolgan tuyam ustida so‘z qildi, tuyasi qayoqqa ketganini bilmagan kishi qandoq qilib payg‘ambarmen, deydi. Nega vahiy kelib, tuyasining joyini bildirmadi, dedi. G‘ayb ishni Allohdin boshqa hech kim bilmaydur. Ilgari bilmagan edim, hozirda vahiy kelib, tuya xabarini menga bildirdi. Shu ko‘ringan tog‘ Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 162 jilg‘asi ichida burundiq ipi bilan bir yog‘ochning butog‘iga ilinganicha tuya to‘xtab turibdur, bir kishi borib, ani keltursun, — dedilar. Buni eshitgan ul munofiq: — Men endi aniq ishondim, ko‘nglimdagi g‘uborim ko‘tarildi, siz Allohning haq payg‘ambari ekansiz. Bir dam ilgari bu so‘zlar mendan aytilmish edi, og‘zimdan chiqishi bilan bu so‘zlarni sizga kim yetkuzdi? Ul tuyaning yog‘ochga o‘ralib qolganini sizga kim bildirdi? Albatta, sizga bu ishlar Xudo tarafidan berilmushdur, yo‘q esa, g‘ayb ishlarni kim bila olg‘ay? — deb Rasulullohdin o‘z gunohi uchun afv so‘radi. Rasululloh uni kechirdilar. Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shu safardin qaytar vaqtlarida askar ichidagi yuguruk otlar, chopag‘on tuyalardin keltirib, poyga choptirdilar. Rasulullohning ham Qasvo va Azbo nomlik ikki chopag‘on tuyalari, Darb ismlik bir yuguruk otlari bor edi. Tuyalarini hazrati Bilol mindi, otlarini Abu Sa’d mindi, bu ikkovlari boshqalarning yuguruk ot-tuyalari bilan poyga qo‘ydilar. Har ikkovlari ham bu poygada g‘alaba qildilar. Ayniqsa, Rasulullohning Azbo nomlik yelmayon tuyalari bek chopag‘on edi. Ikki yoshlik tuyasini mingan bir a’robiy kelib, ul tuya bilan chopishtirdi, a’robiy tuyasi poygada o‘zib chiqdi. Sahobalar bu ishni ko‘rib, bek og‘ir oldilar. Anda Rasululloh aytdilar: — Allohga odat shuldurki, dunyoda nima narsa ko‘tarilib rivoj topsa, bir kuni uni tuban tushirgay. Bu hayvonning ham ko‘p poygalardin g‘olib chiqib, ko‘kragi ko‘tarilgan edi. Allohning odati bo‘yicha bu ham tuban tushdi. Bunga xafa bo‘lish to‘g‘ri emasdur. Chunki bu ish dunyo qonunicha bo‘lmishdur. Yana shu safarda tayammum oyati nozil bo‘ldi. Buning sababi shul erdikim, onamiz hazrati Oisha Rasululloh bilan birga chiqqan xotunlar odatlaricha bo‘yinlariga osgan ziynatlari bor edi, uni arablar «qiloda» deydilar. Bir manzildan ko‘chib yo‘lg‘a chiqqanda bo‘yinlariga qarasalar, taqilmish qiloda tushib qolmishdur. Buni Rasulullohga aytgach, shu joyda to‘xtab, axtarish uchun orqaga ikki odam yubordilar. Bu turgan joylari esa bir cho‘lu-sahro bo‘lib, o‘tgan manzildan suv ham olmagan edilar. Yo‘l ustida uzun turib qolganlaridan, kun issig‘i, suvsizlik kishilarni ko‘p malol qildi. Bir necha kishilar hazrati Abu Bakrga kelib, onamiz Oisha ustidan shikoyat qildilar. Hazrati Abu Bakr Siddiq xafa bo‘lib, qizlari Oisha chodirig‘a keldilar. Qarasalar, Rasululloh Oisha onamiz tizzasiga bosh qo‘yib, yangidan uxlagan ekanlar, o‘zlari uyg‘onmaguncha Payg‘ambarimizni hech kimar uyg‘ota olmas edi. Chunki Rasululloh uyqu ichida ham Allohdin vahiy olur edilar. Hazrati Abu Bakr qizlari Oishaga qarab: — Sen bizni xijolatga qo‘yding, Rasululloh boshliq butun bir qo‘shin — askarni suvsiz bir cho‘l joyda to‘xtatding. Kishilar ichgali va tahorat qilgali hech joyda suv yo‘qdir, bu qiyinchiliklarga sen sabab bo‘lding, — deb onamiz Oishani biqinlariga ikki-uch marotaba qattiq nuqdilar. Oisha onamiz jonlari og‘rigan bo‘lsa ham, Rasulullohning uyqulari buzilmasin deb qimirlamadilar. Rasululloh ham shul orada uyqudan uyg‘onib ketdilar. Qaysi bir namozning vaqti ham kirgan edi, tahorat olmoqqa suv so‘radilar ersa, aning yo‘qligini aytdilar. Bir tahorat olgudek ham suv topilmadi. Mana shul chog‘da Tayammum qilmoqqa ruxsat bo‘lib, ushbu oyat tushdi: «Fain lam tajiduv moan fatayammamuv sa’iydan toyyiban». Ya’ni: Tahorat olmoqqa, g‘usl qilmoqqa suv topmas ersangiz, toza tuproqqa tayammum qilinglar, demakdur. Mana shul oyat hukmi ila suv yo‘q yerlarda g‘usl, tahorat o‘rnida tayammum qilmoq musulmonlarga farz bo‘ldi. Bu hukmning tushganiga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘p suyunib: — Ey Oisha, bu yo‘qolgan qilodang qandog‘ qutlug‘ narsadurkim, ummatlarim uchun bundoq kengchilikka sabab bo‘ldi, — dedilar. Hazrati Abu Bakr Siddiq kelib: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling