Tarixiy antropologiya
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
antrapologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Postmodernizm tushunchasi TAYANCH SO„ZLAR VA IBORALAR
2. Qo`shimcha adabiyotlar
1. Barbara A. West. Encyclopedia of the Peoples of Asia and Oceania Copyright © 2009. –Р. 4-12. 25 2. Hawaiki, Ancestral Polynesia An Essay in Historical Anthropology. Published in the United States of America by Cambridge University Press, New York. 2001. 3-MAVZU. TARIXIY ANTROPOLOGIYADA ZAMONAVIY YO„NALISHLAR Reja 1. Yangi zamonaviy yo„nalishlarning shakllanish omillari. 2. Fransiyada “Annallar maktabi” va uni kelib chiqishi. 3. Etnopsixologiya maktabi va uning shakllanishi va yutuqlari. 4. Neoevolyutsionizm g„oyalari 5. Postmodernizm tushunchasi TAYANCH SO„ZLAR VA IBORALAR Antropologiya, evolyutsionizm, antropologiya, postmodernizm, funksionalizm, neofunksionalizm, madaniy antropologiya, konsepsiya. 1. Yangi zamonaviy yo„nalishlarning shakllanish omillari. Tarixiy antropologiya bo‗yicha ma‘lum ishlarni qilib bo‗lgan Andre Byurger 1978-yildayoq ―tarixchi uchun antropologiya – o‗tib ketadigan kasallik deb aytgan edi. Haqiqatdan ham hozirda fransuz tarixchilari ―bu kasaldan qutulganga o‗xshaydi‖. Yu.L.Bessmertniyning kuzatishicha, tarixiy antropologiya bilan shug‗ullanadigan va o‗zini shu yo‗nalishning mutaxassisiman deb tushunadigan olimlarning soni keskin kamayib ketgan. Shu bilan birga o‗sha mutaxassisning fikriga ko‗ra bunday e‘tiborning keskin kamayganligiga asosiy sabab ko‗pchilikni ko‗proq mikrotarixga asosiy e‘tiborni qaratayotganligiga urg‗u beradi. Shu bilan birga tarixiy antropologiyaga e‘tiborni susayaboshlagani global xarakterga ega emas deydi. Jumladan, Germaniyada, Italiya, Ispaniya va shu bilan birga Rossiyada ham tarixiy antropologiyaga katta e‘tibor berilmoqda. Tarixiy antropologiyaning hozirgi taraqqiyotini ekstensiv rivojlanish bosqichida ekanligini alohida ta‘kidlashimiz kerak. Tarix fanining bu tarixiy antropologiya yo‗nalishi yangi mamlakatlarni 26 ―o‗zlashtirmoqda‖ va tadqiqotlar uchun yangi mavzularni qidirmoqda. Shu bilan birga hamma joyda ham bu yo‗nalish ―o‗zining nomi‖ bilan atalmayapdi. Bu fanga juda yaqin bo‗lgan nomlar qidirib topilib, o‗sha nom bilan atalishi, ya‘ni ―qarindosh‖ yo‗nalishlar paydo bo‗lganligini ko‗rishimiz mumkin. Tarixiy antropologiyani ―yangi madaniy tarix‖ deb AQSh da R.Darnton, L.Xant va boshqalar tomonidan keng targ‗ib qilinmoqda. Shu bilan birga bu dunyoning boshqa ko‗plab mamlakatlarida ham xuddi shunday tarixiy antropologiya sohalarini boshqa nom bilan targ‗ib qilish jarayoni boshqa mamlakatlarda ham davom etmoqda. Jumladan, Italiyada ―mikrotarix‖ degan yo‗nalishi Germaniya, Avstriya va Shveysariyada ham ancha keng yoyilmoqda. Jahonning turli mamlakatlarida tarixiy antropologiyaning yana bir qator yo‗nalishlarida ham ishlar olib borilmoqdaki, ularning mualliflari ham o‗zlarini ishlarini tarixiy antropologiyaning biron-bir yo‗nalishi bilan bog‗lashmaydi. SHunday mavzular jumlasiga ―badan tarixi‖, ―siyosat madaniyati‖ kabi mavzularda ishlar olib borilmoqdaki, bularni tarixiy antropologiyaning ta‘sirisiz tasavvur qilish qiyin. Tarixiy antropologiya mavzusiga yaqin mavzularning ayrimlari to‗g‗risida batafsilroq to‗xtaymiz. Keyingi davrlarda Italiyada ―mikrotarix‖ degan yo‗nalish keng tarqalgan. ―Mikrotarix‖ yo‗nalishining asosiy programmasini asoschilari K.Ginzburg, Dj.Levi va E.Grendilar bo‗lib, ularning programmalari boshqa mamlakatlarda ham ancha keng tarqalgan. Ammo, ―mikrotarix‖ atamasi 50-60-yillarda F.Brodel hamda fransuz yozuvchisi Raymon Keno tomonidan tanqidiy nuqtai-nazar bilan qaralib, bu tarix atamasini sinonimi va ularni bekorchi narsalar bilan shug‗ullanadiganlar, deb ta‘rif berildi. 60-yillarda Meksikalik tadqiqotchilardan L.Gonsales va I.Gonsaleslar juda jiddiy shaklda o‗zlarining qishloqlarini tarixini yozadilar. Faqat 70-yillarga kelibgina bir guruh italiyan tarixchilari bu yo‗nalishga ―mikrotarix‖ atamasini o‗ylab topdilar va bu atama hozirda butun dunyoda ma‘lum va mashhurdir. Mikrotarix yo‗nalishida Italiyada doimiy jurnal, Turinda shu mavzuda yigirma tomdan iborat kitob chop etildi. Mikrotarix Italiyadagi ―ritorik‖ tarix, sintez-tarix o‗rniga kelgan bo‗lib, ijtimoiy jarayonlarga nisbatan soddalashtirilgan avtomatik 27 xulosalar chiqarishlarga qarshi o‗ylab topilgandir. E.Grendining aytishicha, xuddi shunday holning Italiyada vujudga kelishida ijtimoiy antropologiyaning ta‘siri katta bo‗lgan. O‗sha muallifning o‗zi ham mikrotarixning ichki tomondan bir xil emasligi, buning asosiy sababi tarixchilar tarixning bu yangi yo‗nalishi bilan shug‗ullanayotganlari davrida turli nazariy manifestlar o‗n va undan ko‗proq vaqt keyinroq paydo bo‗ldilar. Shuning uchun ham bu harakatlarning asosiy aniqlovchi jihati aniq tadqiqot tajribasi bo‗lgan. Shunga qaramay mikrotarixni umumiy prinsiplarining borligi ma‘lum. Mikrotarixni ataylab o‗ylab chiqarilgan programma natijasi o‗laroq emas, balki tajriba sifatida olib borilgan tadqiqotlar natijasida vujudga kelgandir. Tarixchilar tadqiqot davomida turli tajribalarni o‗tkazadilar va materialni bayon qiladilar. Bu tajribalarning eng kerakli nuqtasi izlanishlarni masshtabini o‗zgartirishdir. Ko‗proq jarayonni katta mikroskop ostida ko‗radiganday qilib mikroanalizlar o‗tkazishga harakat qilishadi. Dj.Levining ta‘kidlashicha, muammoni quyi pog‗onada o‗rganish natijasida umumiy jarayonlarni singan nuqtasini real hayotning ma‘lum nuqtasida ko‗rish imkoniyatini beradi. Dj.Levining kitobini asosiy qahramoni ruhoniy Djoan Battista Keza bo‗lib, mahalliy aholi orasida kasal odamlardan ―yomon ruhlar‖ni haydab chiqarish qudratiga ega. Voqealar Pemontening Santena qishlog‗ida bo‗lib, muallifning tadqiqot mavzusi ―Eski tartibdagi qishloq hayotini modernizatsiyalash jarayoni‖ deb ataladi. Dj.B.Keza o‗z qishloqdoshlaridan noformal boshqaruv huquqi va qishloqdoshlarining obrusini oldi, otasidan ―meros‖ tariqasida sudyalik va notariuslik o‗tgan. Muallif o‗zining oldiga qo‗ygan vazifasi bir tomondan individual oilalarning strategiyalari va ikkinchi tomondan shaxslardan ustun turadigan iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni o‗zaro hamohangligini kuzatishni maqsad qilib qo‗ygan edi. Dj.Levi bu maqsadni amalga oshirish uchun Santena qishlog‗ining aholisini barcha odamlarini to‗liq biografiyasini o‗rganib chiqdi. Tadqiqotchining o‗z manbalariga beradigan savollari ko‗p bo‗lib, bular qatoriga demografik ko‗rsatkichlar, oila strukturalari va aloqalari, yer munosabatlari, dehqonlar mentalligi, guruhlar klanlarining o‗zaro kurashi, qishloqning 28 ―tashqi dunyo‖ bilan aloqalari va boshqalar tadqiqot mavzusi hisoblangan. Italiyan tarixchisi olgan xulosalar shu qadar muhimki, u lokal va milliy doiradan chiqib ketgan. Ayniqsa ―yer bozori‖ masalasi tekshirib ko‗rilganda juda murakkab jarayon bo‗lgan ekanligi ma‘lum bo‗ldi. Barcha yerning oldi-sottilari shaxsiy munosabat bilan bog‗liq ekanligi ma‘lum bo‗ldi. Yerning narxi doimiy ravishda o‗zgarib turgan va erning oldi-sottisida qatnashadiganlarning o‗zaro munosabati bilan bog‗liq bo‗lgan. Bundan-da qiziq holatlarni shu qishloqning siyosiy jarayonlari kuzatilganda aniqlangan. Ma‘lum bo‗lishicha, XVII asrda Santena qishlog‗ining mustaqilligi bir nechta kuchlarning: davlat, yaqinidagi shahar Keri va arxiepiskopning o‗zaro kurashining natijasi hisoblangan. Bir-biriga qarama-qarshi kuchlarning balansini podesta Santena Djulio Kezaning o‗rtada turishi natijasida bir nechta o‗n yilliklar davomida bu qishloq davlatning siyosiy jarayonlarida ―o‗chirilgan‖ holatda bo‗lgan. Faqat katta avtoritetga ega bo‗lgan notariyaning o‗limidan keyingina bu qishloqni davlat o‗z hokimiyatiga qaytarib oldi. Dj. Levi mikrotarix bilan antropologiyani yaqinligini inobatga olgan holda K. Girsning interpretativ antropologiyasi masalasi ham chegarada turganligini qayd etish kerak. Hamma gap shundaki, italyan tarixchilari tomonidan tanqid qilinayotgan Girsning ishlarida aniqliklarni kriteriyalari haddan tashqari relyativizmligidadir, ya‘ni bilimni dunyoni bilishdagi nisbiyligini tan olishga harakat qiladigan oqim bo‗lib, juda ko‗p hollarda agnostitsizmga – obyektiv dunyoni bilib bo‗lmaydi degan g‗oyani targ‗ib qiluvchi oqimdir. Dj.Levi va K.Ginzburglar esa, relyativizmning boshqa shakli – postmodernizmni (matnga reallikni) targ‗ib qilib maqolalar bilan chiqishdi. ―Mikrotarixchilarning‖ yana bir yo‗nalish funksionalizm yo‗nalishi bilan aralashib ketish jarayoni ham bor. Funksionalistlar ijtimoiy-madaniy sistemalarni bir butun, bir-biriga bog‗liq holda tushunishadi va ularga kiruvchi elementlarni tushuntirish uchun kontekst sifatida foydalanishadi. Dj.Levining nuqtai-nazari bo‗yicha ―mikrotarixchilar‖ buning teskarisini, ya‘ni normativ tizimni doimiy, birin-ketin emasligini, nuqtai- nazarlarni plyuralizmligini, qaysiki, har qanday tizimni harakatlanuvchi, 29 ochiq qilib ko‗rsatadi. Shuniing uchun butun o‗zgarishlarning barchasi juda ko‗plab ―kichkina odamlar‖ ni strategiyasiga va tanlashiga bog‗liq bo‗lib, balkim bularning hammasi nekogerent normativ tizimlari o‗rtasidagi bo‗shliq tufayli kelib chiqqandir. Shuni ham alohida ta‘kidlash kerakki, mikrotarix 90-yillarga kelib Italiyadan tashqariga yoyilib ketdi. Hozirda bu sohaning vakillari dunyoning ko‗plab mamlakatlarida faoliyat yuritishmoqda. Keyingi yarim asr davomida tarixiy antropologiya fanida ko‗plab yangi nazariy-metodologik qarashlar hamda g‗oyalar paydo bo‗ldi. Shubhasiz bunday qarashlarning paydo bo‗lishi dunyo miqyosidagi siyosiy jarayonlarning o‗zgarishi bilan bog‗liq. Bu davrda Yevropa antropologlari tomonidan bir qator yangi nazariyalar yaratildi. Ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan so‗ng mustamlakachi imperiyalarning yemirilishi antropologiyaning taraqqiyotiga sezilarli ta‘sir qildi deb aytish mumkin. Aynan shu davrda Yevropa antropolog/etnologlari tomonidan antropologiya - antropologiya sohalarida bir qator yangi nazariyalar yaratildi. Jumladan, mashhur fransuz olimi Levi Stross (1908-2009 yy)ning strukturaviy antropologiya maktabini misol tarzida keltirish mumkin. Levi-Stross XX asr jahon antropologiyasi fanining klassiklaridan biri bo‗lib, uning nazariy-metodologik qarashlarining o‗ziga xosligi va ilmiyligi bilan antropologiya fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‗shgan. Shuningdek, keyingi o‗n yilliklarda Yevropa antropolog/etnolog olimlari orasida bir qator yangi yo‗nalishlarga asos solinmoqda. Jumladan, ingliz olimi Maks Gyulkman (1917 –1975 yy.) tomonidan «neofunksionalizmning Manchester maktabi» nomi ostida mashhur bo‗lgan yo‗nalishga asos solingan. Rodney Nidxem (1923 yilda tug‗ilgan.) tomonidan ijtimoiy strukturalizmning yangi konsepsiyasi yaratilgan. Fransuz etnologlari XX asr ikkinchi yarmidan boshlab, ma‘lum ma‘noda Levi Stross qarashlari ta‘sirida bo‗lishlariga qaramay, Moris Godilye, Klod Melissolar tomonidan tarixiy materializmga asoslangan qarashlarini shakllantirishga harakat qilganlar. Tarixiy antropologiyada so‗nggi o‗n yilliklarda yangi nazariyalar yaratilishi AQShga ta‘luqlidir. Bu dunyodagi siyosiy vaziyat va kuchlar 30 muvozanatining o‗zgarishi bilan bog‗liq. Ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan so‗ng mustamlakachilik siyosatining yemirilishi antropologiyaga sezilarli ta‘sir qildi. Ilgari yirik mustamlakachi davlatlarda antropologiyaga qiziqishning pasayishi o‗z navbatida, antropologik tadqiqotlarga ajratiladigan mablag‗ning kamayishiga olib keldi. Niderlandiyada antropologiya va antropologiyaga amaliy qiziqishniing zaiflshuvi sababli, bir qator ilmiy tadqiqot institutlari yopildi. Buyuk Britaniya va Fransiyada esa antropologiyaning fanlar tizimidagi mavqyei pasaydi. Biroq, bu Yevropa mamlakatlarida tarixiy antropologiya fani butunlay inkor etildi degan ma‘noni anglatmaydi. Keyingi davrda Yevropa olimlari tomonidan antropologiya sohasida bir qator yangi nazariyalar yaratildi. Jumladan, ingliz olimi Maks Glyukman (1917-1975 yy) tomonidan ―neofunksionalizmning Manchester maktabi‖ nomi ostida mashhur bo‗lgan yo‗nalishga asos solingan. Rodney Nidxem (1923 yili tug‗ilgan) tomonidan ijtimoiy strukturalizmning yangi konsepsiyasi yaratilgan. Fransiyada ham antropologiya rivojlanib garchi ular Levi Stross qarashlari ta‘sirida bo‗lishiga qaramay, Moris Godilye, Klod Melissolar tarixiy materializmga asoslangan qarashlarni shakllantirishga harakat qilishgan. XX asrning 50-yillaridan boshlab AQShda antropologiya, madaniy antropologiya nomi ostida nihoyatda rivojlandi hamda u o‗z ta‘sirini Yevropaga ham o‗tkazdi. Bu davrda AQShda mazkur fanga qiziqishning ortishiga ikki xil sababni ko‗rsatish mumkin: birinchidan, AQShda madaniy antropologiya talabalarning umumiy ta‘lim olishlarida muhim rol o‗ynagan ijtimoiy-gumanitar fan hisoblanan, ikkinchidan ikkinchi jahon urushidan so‗ng jahon siyosiy maydonidagi vaziyatning o‗zgarishi AQShda antropologiya fani taraqqiyotiga ma‘lum ma‘noda ijobiy ta‘sirini o‗tkazdi. Amerikalik olimlar tomonidan uchinchi dunyo mamlakatlariga tavsiya qilingan madaniy relyativizm konsepsiyasi dunyoning yangi tartib qoidasi sifatida qabul qilingan. XX asrning 40-50 yillarida Amerika va Yeropa tarixiy antropologiyasida Yevropa etnosentrizmni targ‗ib qilgan yangi maktab 31 shakllandi. Bu maktab vakillari Yevropadan boshqa madaniyatlarni qoloq va yovvoyiroq deb hisoblaganlar. Bu nazariya Boas tomonidan ilgari surilgan bo‗lib, uni Melavill Xerkovis rivojlantirgan. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling