Tarixiy antropologiya
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
antrapologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Qo`shimcha adabiyotlar 1. Barbara A. West. Encyclopedia of the Peoples of Asia and Oceania
- 5-MAVZU: TARIXIY ANTROPOLOGIYADA DIFFUZIONIZM Reja 1. Diffuziya tushunchasi. 2.
- AQShda diffuzionizm. Frans Boas TAYANCH SO„ZLAR VA IBORALAR
Nazorat savollari
1. Evolyutsion nazariya nima? 2. Eduard Taylor ilmiy qarashlari 3.G. Spenser nazariy qarashlari. 4.Bastian nazariy qarashlari 5. Morganning qon-qarindoshlik turlari haqidagi ma‘lumotlari. 1. Asosiy adabiyotlar 1. Ashirov A. Antropologiya. –T.., 2014. 2. Antropologiya. (Pod red. Miskovoy Ye.V, Mexedova N.A, Pimenova V.V)-M.., Izd-vo «Kultura» 2005. 3. Jabborov Iso. Jahon antropologiyasi asoslari. Toshkent. ―Yangi asr avlodi‖, 2005. 4. Jabborov Iso. Jahon xalqlari etnografiyasi. Darslik. Toshkent.1985 57 2. Qo`shimcha adabiyotlar 1. Barbara A. West. Encyclopedia of the Peoples of Asia and Oceania Copyright © 2009. –Р. 4-12. 2. Hawaiki, Ancestral Polynesia An Essay in Historical Anthropology. Published in the United States of America by Cambridge University Press, New York. 2001. 5-MAVZU: TARIXIY ANTROPOLOGIYADA DIFFUZIONIZM Reja 1. Diffuziya tushunchasi. 2. Diffuzionizm g„oyasining yo„nalishlari va maktablari. 3. Tarixiy antropologiyada Frobeniusning qarashlari. 4. AQShda diffuzionizm. Frans Boas TAYANCH SO„ZLAR VA IBORALAR Antropogeografiya, diffuzionizm, panegiptizm, pramonoteizm 1. Diffuziya tushunchasi. Antropologiya XIX asr oxiriga kelib o‗z taraqqiyotining yangi bosqichiga kirdi. Avvallari etnografik kuzatishlar aksari savdogorlar misseonerlar, sayyohatchilar tomonidan olib borilgan bo‗lsa, endi ularni maxsus tayyorlangan olimlar, avvaldan tayyorlangan dasturlar asosida olib boradigan bo‗ldi. Shu paytdan evolyutsionizm antropologiyadagi yetakchi o‗rnini yo‗qota boshlaydi, chunki evolyutsion metodologiya izohlab bera olmaydigan ma‘lumotlar ko‗payib boradi. Evolyutsionizmdagi metodologik inqiroz qator diffuzionistik maktablarni shakllantirishga yo‗l ochdi. Yangi yo‗nalish cheklangan davrdagi tarixiy muammolarni, xususan madaniyat va uning alohida elementlarini xududiy shvkllanishi, ularni rekonstruksiya qilish va tarqalishini tadqiq etishni bildirdi. ―Diffuziya‖ tushunchasi (lotincha- tarqalish) fizikadan o‗zlashtirilib, unda ―oqish‖, oqib kirish ma‘nosini bergan. Antropologiyada diffuziya madaniy olimlarning xalqlararo : savdo, ko‗chishlar, istilolar orqali tarqalishini ifodalaydi. Diffuzionizm ilmiy 58 yo‗nalish sifatida, tarixiy jarayonning asosiy mazmuni deb diffuziya, o‗zaro aloqalar o‗zlashtirish, ko‗chirish (nus‘ha olish) va madaniyatlararo o‗zaro ta‘sirini tan oladi. Evolyutsionizmning madaniyatlarining avtonom (muxtor) vujudga kelishi va bir xilda rivojlanishi g‗oyasiga, diffuzionistlar ma‘lum geografik muhitda vujudga kelgan o‗ziga xos madaniyat elementlarining keyinchalik ushbu markazdan qo‘shni hududlarga tarqalishi g‗oyasini qo‗yishdi. Ma‘lum ma‘noda diffuzionizmni, evolyutsion nazariyaning progessiv taraqqiyot g‗oyasini, madaniy komplekslar yoki ularning ayrim elementlarini xududiy –vaqt diffuziya prinsipi bilan almashtirishga urinish sifatida tushunish mumkin. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling