Tarixiy antropologiya
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
antrapologiya
3.
Tarixiy antropologiyada Frobeniusning qarashlari. F.Ratselning shogirdi – arxeolog, etnolog, folklorshunos Leo Frobenius (1873-1938) diffuzionizm doirasida ―madaniy morfologiya‖ nazariyasi va ―madaniyat xalqlari‖ g‗oyalari asoschisi bo‗ldi. Frobenius aslida afrikashunos bo‗lib: Afrika, Avstraliya va Okeaniya xalqlari madaniyatlarini o‗rganish uchun 12 ta ekspedisiya uyushtirgan. U tuzgan Afrikaning etnologik xaritasi hozirga qadar o‗zining ilmiy ahamiyatini yo‗qotmagan. Ekspedisiya materiallari va ularning nazariy taxlillari Frobeniusning fundamental asari ―amerika madaniyatlarining kelib chiqishi‖ (1898) da bayon etilgan. Unda olim madaniyatni tirik organizm sifatida ko‗rib, undagi o‗zgarishlar xayotning umumiy qonuniyatlariga bo‗ysunishi xulosasiga keladi. Asarda Frobenius afrika va melaneziya madaniyatlarini tadqiq qilish, qiyoslash orqali; madaniyatdagi o‗zgarishlar ayrim elementlar emas, balki madaniy borliqning butun komplekslari tarqalishi haqidagi fikrni aytadi. Frobeniusning qarashlari ma‘lum ma‘noda afsonaviyligi (mif) bilan xususiyatlidir. U madaniyatni tirik organizmga qiyoslab uni: tug‗ilish, bolalik, barkamollik, qarilik va nihoyat o‗lim bosqichlarini bosib o‗tishini aytadi. Olimning fikricha madaniyat odamlar tomonidan yaratilmasdan o‗z-o‗zidan yuksaladi. Inson esa madaniyatni yaratuvchi emas uning mohsuli yoki obyekti sifatida ifodalanadi. Ammo madaniyat xalq tomonidan yaratilmasada, uningsiz yashay olmaydi sababi madaniyat faqat xalq orqali tarqaladi. ―madaniyatning oyog‗i yo‗q‖ shuning uchun u insonni o‗zini tashishiga, tarqatishga chorlaydi. Demak inson (xalq) – madaniyatni yaratuvchi emas tashuvchisi xolos. Frobeniusning fikricha har bir madaniyat o‗z xarakteriga, o‗zining ―madaniy ruhi‖ga ega bo‗lib u madaniyatning har bir elementida 61 o‗zining o‗chmas izini qoldiradi. Ushbu madaniyatning o‗ziga xos xarakterini olim ―paydeum‖ (yunoncha ―tarbiyalash‖) deb atab uni ―madaniyat ruhi‖ atamasi o‗rnida ishlatishni taklif etadi. ―Paydeum‖ atamasi mazmunini ochar ekan, Frobenius uni madaniy – psixologik tushuncha sifatida izohlab, u orqali xalqningma‘naviy strukturasi yoki uning madaniy siymosi ko‗rinish lari deb izohlaydi. Atamaning ushbu ma‘nosi zamonaviy ―mentallik‖ tushunchasi sinonimi deyish mumkin. Madaniyatni ijtimoiyotdan xalos, mistik borliq sifatida tasvirlagan Frobenius, uni erkaklar va ayollar madaniyatlariga bo‗ladi. Ushbu bo‗linishni o‗zining ekspedisiyalari ma‘lumotlari bilan to‗ldirgan Frobenius afrikaliklar madaniyatini 2 turini: tellur – efiopatriarxal va xtonik-xamit-matriarxal deb farqlaydi. ―Tellur‖ va ―xtonik‖ atamalari lotin va yunon tilida bir xil (―tellus‖-yer, ―xtom‖-yer) yer ma‘nosini beradi. Ammo olimning ta‘birida bu atamalar qarama-qarshi ma‘no kasb etadi. Tellur – yerdan yuqorigao‗sish, xtonik esa yerga qarab (yer bag‗riga) o‗sishdir. Ular turli geografik sharoitda tellur - savannada, xtonik Sahroyi Kabir va Shimoiy Afrikada shakillangan. Shu asosda har bir madaniyat o‗z paydeumiga ega bo‗lib, ularning yo‗nalishlari ham qarama-qarshidir. Tellur madaniyati yuqoriga intilib ustunli uylar, ustun ustidagi ombor, oyoqli krovat va boshqa buyumlarda kuzatilib; madaniyat ruhi o‗simliklar singari yuqoriga intiladi; xudolari ham tepada yetish mumkin bo‗lmagan joylarda yashaydi. Bu madaniyat doim patriarxal bo‗lgan. Xtonik madaniyat aksincha yerga ostiga intiladi: yerto‗la uy, yerto‗la omborlar, yer o‗chog‗i, inson ruhining yer osti dunyosiga tushishi haqidagi g‗oyalar va h.k.o.lar. Bu madaniyat o‗z xususiyatiga ko‗ra, materialxaldir. Xtonik madaniyatni Frobenius magik (sehirgarlik) xususiyatiga egaligini yozsa, tellurga – minstik xususiyat ato etadi. Bu ikki madaniyatning qo‗shilishidan, uningcha yuksak madaniyatlar shakllangan. Madaniyatning bu xilida tushunish, uni biologik organizm bilan qiyoslash, uni organik borliq sifatida mustaqil yashashga ishonch; Frobeniusga antropologiyada – xalqlar va madaniyatlarni tadqiq qilishning tabiiy xususiyatlarni ochganligini ta‘kidlashga olib keldi. 62 Uning fikrichamadaniyatni tadqiq qilish tarixiy emas tabiyatshunoslik ilmiy usullari orqali olib borish lozimdir. Nemis tilli mamlakatlarda diffuzionizmning yirik nomoyondalaridan biri Frns Grebner (1877-1934) bo‗lib, uning fikricha evolyutsionist etnograflar turli xalqlar madaniyatlarining umumiy xususiyatlarini ifodalashda, o‗z g‗oyalarini tasdiqlovchi ishonchli kriterillar ishonchli keltirilgan. Grebner uchun antropologiyada asosiy madaniy-tarixiy aloqalar yoki madaniyatlarning mustaqil vujudga kelishi va taraqqiyotni o‗rganish usullarini ishlab chiqish tadqiq qilish bo‗ladi. Bu masalalardagi o‗z fikrlarini u ―antropologiya metodi‖ (1911) asarida bayon etadi. Frobenius va Ratsel asarlari asosida Grebner ―madaniyat xalqlari‖ nazariyasini yaratib, ibtidoiy global rekostruksiya qilishga urinadi. o‗z nazariyasini izohlashda olim butun insoniyatning davltga qadar taraqqiyot bosqichini 6 ta ―madaniy xalqlarga‖ (madaniyatlarga) birlashtirgani, ularning har biri 19-20 elementdan tashkil topganini ta‘kidlaydi. Madaniy elementlarga Grebner moddiy va ma‘naviy madaniyat, shuningdek ijtimoiy hayotning ko‗rinish larini kiritadi. Masalan ―Sharqiy papuaslar‖ madaniyati asosiy elementlariga: yerildizli ekinlar yetishtirish; to‗rlar yordamida baliq ovlash; taxtadan yasalgan qayiq; ikkiyoqlama tomli kulba; spiral tarzda to‗qilgan savatlar; erkaklar faxriy ittifoqlari va niqobli raqslar; oy haqidagi miflar; odamxo‗rlik haqidagi miflar; doira shakllidagi bezaklar (ornamend); ovoz berish dombiralari va h.k.o.lar. boshqa madaniy (xalqlar) elementlari ham shu xilda va tarkibda shakllangan. Madaniyatning o‗sish elementlarini Grebner ularni qaysi doiraga kirishidan qat‘iy nazar, bitta madaniy doirada shakllangan hamda yagona geografik markazdan kelib chiqqanligini ta‘kidlaydi. Uningcha har qanday madaniy omil tarxida faqat bir marta, bir joyda paydo bo‗lib, avvaldan ma‘lum madaniyatga mansub bo‗lib, u bilan birga boshqa madaniyat doiralariga tarqaladi. Bu fikrlar asosida Grebner insoniyat tarixida va madaniyatida hyech qanday takrorlanishlar yo‗q, demak umumiy qonuniyatlar ham bo‗lishi mumkin emas degan xulosaga keladi. Etnik jarayolarning 63 takrorlanishi bizga shunday tuyiladi xolos, aslida madaniyat omillari qaiy yagonalikka egadir. Demak antropologiya umummiy emas xususiy voqyealar bilan ish olib boradi. Grebnerning fikricha antropologiya tabiiy fanlar mdaniyatini o‗rganuvchan tarixiy fanlar qatorida bo‗lishi lozim. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling