Tarixiy antropologiya


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/56
Sana29.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1401098
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   56
Bog'liq
antrapologiya

3. 
Neoevolyutsionizm. 
XX 
asrning 
40 
-yillarida 
antropologiyaning taraqqiyoti evolyutsionizm g‗oyalariga qiziqishning 
kuchayishiga olib keldi. Bu paytda klassik evolyutsionizmning sodda 
to‗g‗ri chiziqliligini yengishga intilgan yangi yo‗nalish shakillandi. 
Neoevolyutsionizmtarafdorlari ―evolyutsiya‖ atamasini u albatta 
progress (taraqqiyot) yoki ortga qaytarib bo‗lmaydigan o‗zgarishni: 
oddiylikdan murakkablikka o‗tishni; oddiy moslashuv (adaptasiya)ning 
kuchayib borishini bir chiziqli yoki ko‗pchiziqli evolyusiyani; 
darvshning turlar bo‗yicha g‗oyasini umuman inson madaniyatiga 
nisbatan qo‗llash mumkinmi va h. ko. ni turlicha izohlagan. Ushbu 
atamani tushunilishi bo‗yicha u yoki bu nazariy xulosalar qilingan.
Yangi evolyutsionizm g‗oyasi tarafdorlarining ko‗pchiligi, 
universal tarixiy qonuniyatni tan olmaydilar, shuning uchun ular 
―evolyusiya‖ni ma‘lum bo‗lmagan sabablarga ko‗ra insoniyatning 
doimiy rivojlanishi sifatida izohlaydilar. Madaniyatning bir chiziqdagi 
taraqqiyoti g‗oyasi o‗rnida neoevolyutsionistlar bir necha: umumiy va 


89 
xususiy taraqqiyot nazariyasi, mikro va makrotjarayonlar nazariyasini, 
madaniy dominanta qonuni, taraqqiyot imkoniyati qonuni va boshqalarni 
ishlab chiqdilar. o‗z tadqiqodlarida ular insoniyat tarixini ko‗pliniyali 
yopiq sistemalar taraqqiyoti yig‗indisi sifatida ko‗rsatib, ko‗pliniyalikni 
insonni ekologik muhitga moslashuvi natijasi sifatida izohlaydilar. 
Neoevolyutsionizm g‗oyalari AQShda alohida ta‘sirga ega bo‗lib, 
kulturolog va etnolog Lesli Elvin Uayt (1910-1975) asarlarida to‗liq 
ishlab chiqilgan. O‗zining madaniyat haqidagi g‗oyalar va umumiy 
konsepsiyalarini Uayt ―madaniyat haqida fan‖ (1949), ―madaniyat 
evolyusiyasi (1959) va‖ madaniy sistemalar tushunchasi: qabilalr va 
millatlarni tushunish kaliti ―(1975) fundamentlar asarlarida bayon etgan. 
Uayt konchepsiyasi asosida uning ijtimoiy madaniy hodisalar va 
jarayonlarni tadqiq qilishda ikki tadqiqot usuli: tarixiy va funksional 
bo‗lishiga qarashli qarshi ekanligi yotadi. Birinchisi katta ijtimoiy 
ahamiyatga ega hodisalarni taxlil qilsa, ikkinchisi madaniy hodisalar, 
jarayondarning umumiy xususiyatlarini, ularning xronologik ketma – 
ketligidan qat‘iy nazar o‗rganilishini anglatadi. Ularning o‗rniga 
amerikalik olim, madaniy jarayonlarning uch turini, uni izohlashning 
yana shuncha usulini: vaqtli jarayonlar, xronologik ketma – ketlikdagi 
muhim voqyealar tarix tomonidan o‗rganilishi lozim: madaniy 
taraqqiyotning funksional jihatlari–funksional analiz chegaralarida 
tadqiq qilinsa; nihoyat formal – vaqtli jarayonlar, unda madaniy 
hodisalar vaqtli ketma – ketlik formalida – evolyutsion metodda 
ko‗rilishi lozim. 
Uaytning 
fikricha 
evolyusiya, 
mavjudlikning 
uch 
asosiy 
formasining yaxlitlikdagi taraqqiyoti bo‗lib, bu jarayonda bir forma 
ikkinchisidan xronologik ketma-ketlikda o‗sib chiqadi. Har bir forma 
o‗z navbatida madaniyatning turli elementlari yig‗indisidan tashkil 
topadi. Uayt bo‗yicha madaniyat mustaqil tizimni tashkil etib, uning 
vazifasi va maqsadi-insoniyat uchun hayotni xavfsiz, yaraydigan 
qilishdir. U o‗z hayotiga ega, o‗z prinsip va qonuniyatlari tomonidan 
boshqariladi. Asrlar davomida u shoxlarni tug‗ilganidan o‗z bag‗riga 
olib, ularni fikrlari, xulqi, tasavvuri va munosabatlariga ega shaxslarga 
aylantiradi. 


90 
Lekin Uaytning yozishicha har qanday taraqqiyotning o‗lchovi va 
manbasi energiya (quvvat) hisoblanadi. Barcha tirik mavjudotlar 
kosmosning erkin energiyasini, o‗z tanalaridagi hayotiy jarayonlarga 
xizmat qiladigan quvvat turlariga aylantiradi. O‗simlik quyosh 
energiyasini o‗sish, qayta yaralish uchun, hayotini saqlash uchun btgani 
singari, insonlar ham yashash uchun quvvat olishlari shart. Bu 
to‗lig‗icha madaniyatga ham ta‘luqlidir. Har qanday madniy harakat 
energiyani sarflashni talab etadi. Madaniyatning yuksakligi omili va 
belgisini aniqlovchi vosita, uning quvvat bilan ta‘minlanishi darajasidir. 
Madaniyatlar foydalanayotgan quvvati miqdori bilan farqlanib, madaniy 
taraqqiyot darajasi aholi jon boshiga yil davomida ishlatilgan quvvat 
miqdori bilan o‗lchanishi ham mumkin. Taraqqiy etmagan madaniyatlar 
faqat inson kuchiga nisbatan rivojlanganlari esa shamol, bug‗, atom 
quvvatidan foydalanadi. Shu tariqa Uayt madaniyati evolyusiyasini 
ishlatiladigan quvvat miqdorining o‗sishi, butun madaniy evolyutsiya 
mazmun-mohiyatini insonning dunyoga moslashuvini takomillashtirish 
bilan bog‗laydi. 
Uayt konsepsiyasida muhim o‗rinni ramzlar nazariyasi egallaydi. 
Olim madaniyatni ekstrasomatik (notanaviy) an‘ana sifatida belgilab, 
unda ramzlar yetakchi rol o‗ynashini ta‘kidlaydi. Uning fikricha ramziy 
xulq – atvor madaniyatning asosiy belgilaridan biri, sababi ramzlardan 
foydalanish insonning asosiy o‗ziga xosligidir. Ramzni Uayt so‗zi bilan 
shakllangan g‗oya hisoblab, uni insontajribasini tarqatish va davom 
ettirish imkonini beradigan vosita hisoblaydi. U razmning inson 
madaniyatidagi rolini odamni oddiy hayvondan ―inson hayvon‖ga 
aylanishida ko‗radi.
Neoevolyutsionizmning 
taraqqiyoti 
yana 
bir 
yo‗nalishi, 
ko‗pliniyali g‗oya Julian Styuardning (1902-1972) ―Madaniy 
o‗zgarishlar nazariyasi‖ (1955) asarida aksini topdi. Unda Styuard har 
bir madaniyatni, alohida tabiiy muhitga moslashgan tizim sifatida 
qaraydi. Uning fikricha tabiat evolyusiyasi turli yo‗llar bilan ro‗y berishi 
mumkin, ammo o‗xshash tabiiy muhitda va deyarlik bir xil texnologik 
taraqqiyot darajasidagi jamiyatlar evolyusiyasi nisbatan o‗xshash 
bo‗lishi mumkin. Bu paralel evolyusiya fenomeni geografik jihatdan bir-


91 
biridan uzoq va o‗zaro aloqada bo‗lmagan jamiyatlar taraqqiyotidagi 
jarayonlarning o‗xshashligini izohlaydi. Styuardning fikri turli 
jamiyatlar o‗xshashligi madaniy diffuziya konsepsiyasi vositasida 
izohlanishi mumkin emas. U yoki bu madaniy formalarning vujudga 
kelishi, tabiiy muhit, jamiyat texnologik taraqqiyoti darajasi va uning 
faoliyati orasidagi o‗zaro aloqalarni analizdan izohlanadi. Shu tarzda 
Styuard o‗zining evolyusiyalarini ko‗pligi konsepsiyasi orqali madaniy 
o‗zgarishlar g‗oyasini asosladi. 
Styuardning yozishicha madaniy taraqqiyot qonunlarini tadqiq 
qilish uch yo‗l bilan evolyusiyani bir liniyali taraqqiyoti nazariyasi
ya‘ni barcha xalqlar madaniyati taraqqiyotining kelib chiqishi birligi 
g‗oyasi unda ushbu taraqqiyotning turli bosqichlarida genlar farqlar 
shakllangani tan olinadi, madaniy relyatavizm nazariyasini qo‗llash 
orqali, u turli xalqlar madaniyatlari orasidagi sifat farqlariga e‘tibor 
qaratadi. Ko‗pliniyali evolyusiya nazariyasini qo‗llash, unda alohida 
madaniyatlar taraqqiyoti turli yo‗llar bilan bo‗lishi, bu holatni atrof-
muhitga moslashishining turli jihatlari bilan bog‗liq ligi bilan izohlanadi. 
So‗nggi nazariyaning asoschisi va tarafdori bo‗lgan Styuard, atrof-
muhitning turli-tumanligi, unga moslashuv formalarini ham turlicha 
bo‗lishiga ishonadi. Shuning uchun madaniyat taraqqiyoti turli 
yo‗nalishlardaketib biz madaniy evolyusiyaning ko‗plab turlarini va 
uning ko‗plab omillarini ko‗rishimiz mumkin. Madaniy o‗zgarishlar 
jarayonini izohlash uchun Styuard ―madaniy ekologiya‖ tushunchasini 
kiritib, u madaniyatlarni atrof-muhitga moslashuvi va o‗zaro aloqalari 
jarayonini anglatadi. Styuard bu tushunchani uning fikricha insonni 
biologik muhitga moslashuvini ifodalanishini aks ettiruvchi ―inson 
ekologiyasi‖ va ―ijtimoiy ekologiya‖ tushunchalariga qarama-qarshi 
qo‗yadi.
Styuardning madaniy ekologiya konsepsiyasi asosiy maqsadi, 
moslashuv evolyutsion xarakterdagi ichkiijtimoiy munosabatlarni o‗z 
ortidan olib keladimi yoki yo‗qligini aniqlash bo‗lgan. Uning fikricha 
madaniy moslashuv uzluksiz jarayon, chunki biror bir madaniyat atrof 
muhitga uzil-kesil moslasha olmagan. Styuardning ta‘kidlashicha 
madaniyatning asosiy xususiyatlari tabiiy muhit bilan bog‗liq, lekin bu 


92 
bog‗liqlik madaniy omillar bilan xususiyatlanadi. Styuard g‗oyasida 
―madaniy tip‖ tushunchasi, madaniyat yadrosini tashkil etadigan 
xususiyatlar yig‗indisi sifatida muhim o‗rin tutadi.
Styuard ekologiyani muhim omil hisoblasada, uning fikricha 
madaniyatning hamma jihatlarini ham ekologik moslashuv bilan izohlab 
bo‗lmaydi. U qator misollar yordamida, tabiiy muhitga bog‗liqlik, juda 
ham to‗g‗ridan-to‗g‗ri (pryamaya) emasligini tasdiqladi. Tarixiy 
taraqqiyot shuni ko‗rsatmoqdaki, madaniyat qanchalik sodda bo‗lsa, 
uning geografik muhitga bog‗liqligi kuchli bo‗ladi.
Styuard evolyutsion nazariyasini takomillashtirar ekan, ijtimoiy-
madaniy integrasiya darajasi konsepsiyani shakllantirishga yaqinlashdi. 
Olim oddiy va murakkab jamiyatlar orasidagi farqlar faqat son bilan 
o‗lchanmasligiga ishongan. Nisbatan yuksak tizimlar faqat xilma-xil va 
ko‗plab qismlardangina tashkil topmagan. Murakkab tizimlar sifat 
jihatidan oddiylaridan farqlanadi, sababi murakkablik darajasi farqlari 
integrasiya va moslashuvning turli formalarini keltirib chiqaradi.
Madaniy evolyusiyada atrof muhitning rolini sinchkovlik bilan 
tadqiq qilgan Styuard, uning ikkilamchi xarakterga ega ekanligini: ijodiy 
kuch sifatida chiqishidan tashqari, cheklovchi omil bo‗lishi ham 
mumkinligi xulosasiga keldi. Oxirgisi muhim ahamiyatga ega, chunki 
agar ham qanday tizim ma‘lum chegaragacha o‗zgarishi mumkin, aksari 
holatda odamlar tirik qolmaydi. Bu chegaralar keng yoki tor bo‗lishi, o‗z 
navbvtida o‗zlariga bo‗ysunadigan madaniy xaraklarning katta yoki 
kichik 
kenglikda 
bo‗lishini ta‘minlaydi. Yuksak texnologiyali 
jamiyatlar, bu borada atrof muhit cheklovlaridan erkinroq bo‗lib, 
kengroq madaniy difazonga ega bo‗ladi. 
XX 
asrning 
50-60 
yillarida 
neoevolyutsionizm 
amerika 
antropologiyasida yetakchi nazariy yo‗nalishga aylandi. Sababi 
neoevolyutsionistlarning madaniyat taraqqiyoti haqidagi konsepsiyalari, 
klassik evolyutsionistlarnikiga nisbatan murakkab va ko‗p qiraligi bilan 
ajralib turadi. Neoevolyutsionizmning ajralib turadigan xususiyati, 
uning zamonaviy madaniyat faktlaridan foydalanib madaniyat 
taraqqiyotiga nisbatan qadimgi davrlari jarayonlari haqida xulosalar 
qilishidir.


93 
Hozirgi kunda neoevolyutsionizmning eng taniqli namoyondasi 
Marvin Xarris (1929 y.tug‗.) bo‗lib, u o‗zini Uayt va Styuardlarning 
davomchisi hisoblaydi. Uning ―Madaniy materializm‖ (1979) asarida 
bayon etgan qarashlarida, madaniyatlar orasidagi tafovut va 
o‗xshashliklar oxir – oqibat, odamlar ehtiyojlarini qondirish 
texnologiyalarining, hozirgi paytdagi atrof muhit sharoitlariga mosligi 
bilan belgilanadi. Har qanday texnologiya atrof muhit xususiyati bilan 
mutanosib bo‗lishini mavjud resurslardan optimal foydalanib, kam 
mehnat va quvvat sarf qilishni ko‗zda tutadi. Shu tariqa tizim muvozanat 
paydo bo‗lib, uning alohida ko‗rsatkichlari o‗zgarmaguncha o‗z 
muhimligini saqlab qoladi.
Bu kabi fikrlarga tayangan Xarris, turli madaniyatlar misolida, biz 
umuman keraksiz deb hisoblagan qator udumlarni ortida iqtisodiy 
manfaatlarning yotganini tasdiqlashga urinadi. Xususan qadimgi hind 
vedalarida yirik shoxli molni kurbonlik qilingani haqida so‗z yuritilsada, 
hozirda hindlarda qoramolni o‗ldirishga qat‘iy tabu qo‗yilgan. 
Xarrisning fikricha, sigirlarni muqaddaslashtirish Hindistonda uzoq 
tarixiy jarayon bo‗lib, iqtisodiy, ekologik, demografik va texnik 
omillarning o‗zaro ta‘siri natijasidir. Tadqiqotchining xulosasicha 
madaniya va atrof muhit o‗zaro ta‘sir qiladigan omillardir.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling