Tarixiy antropologiya
Tarixiy antropologiyada madaniy relativizm
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
antrapologiya
2. Tarixiy antropologiyada madaniy relativizm.
XX asrning 40-50 yillarida dunyo antropologiyasida, AQSh va Yevropada yangi ilmiy maktablarning paydo bo‗lishi, ular orasida madaniy relyativizmni muhim o‗rin egallashi bilan izohlanadi. Tarixiy antropologiyadagi bu yo‗nalish yevropa etnosentrizmiga, ya‘ni yevropalik bo‗lmagan xalqlarda yovvoyilik belgilarini ko‗rishlariga qarshi javob tarzida vujudga keldi. Madaniy relyativizmning bosh g‗oyasi, rivojlanish darajasi turli bosqichda bo‗lgan xalqlar yaratgan madaniyatlarning tengligini e‘tirof etish, o‗sha paytgacha hukmron bo‗lib kelgan yevropo-amerikasentrizmi va umuman har qanday etnosentrizmni inkor etish edi. Madaniy relyativizm nazariyasi vakillari turli xalqlar madaniy tiplarini qiyoslab bo‗lmasligini, ularni yagona qolipda o‗lchash mumkin emasligini, sababi har bir madaniyat o‗zaro taqqoslab bo‗lmaydigan unikal qadriyatlar tizimidan iborat ekanligini e‘lon qildilar. Har qanday madaniyat o‗zicha murakkab, qadrli va o‗ziga xos , chunki u mazkur sharoitga moslashish usuli mahsulidir va o‗zga har qanday madaniyat bilan teng ahamiyatga egadir. Har bir madaniyat, 86 yashashning o‗ziga xos turi mahsuli sifatida, o‗z doirasida ko‗rilishi lozim. Relyativizmning ilk g‗oyalari Boas tomonidan shakllantirilgan u birinchilardan turli madaniyatlarning O‗ziga xos qimmati haqida fikrni bildiradi. Uni qo‗llab - quvvatlagan A. Kreber, R.Benedikt, M.Xerskovislar madaniy relyativizm konsepsiyasini uzil – kesil ishlab chiqdilar. Madaniy relyativizm maktabi asoschilaridan biri taniqli amerikalik antropolog Melvill Xerskovis (1895-1963) Boas va Goldenveyzerning shogirdi edi. U o‗z qarashlarini umumlashtirgan holda ―Akkulturasiya‖ (1938), ―Inson va uning ijodi‖ (1948), ―Madaniyaantropologiya‖ (1940) asarlarida bayon etdi. Ularda olim o‗z g‗oyalarini madaniyat haqidagi avvalgi barcha nazariyalardan ajratadi. Xerskovis oldingi g‗oyalarda tan olingan madaniyatdagi uch asosiy determinant: madaniy o‗ziga xoslikning irqiy, ya‘ni manadiy xilma- xillik va o‗zgarishlarni individ (shaxsning) tanasi tuzilishi bilan izohlanishi, madaniy xususiyatlarni tabiiy yashash muhiti bilan bog‗laydigan geografik determinizm; moddiy ashyolarning ishlab chiqarishning madaniyatining eng muhim omili deb izohlagan iqtisodiy determinizmga qarshi chiqadi. Xerskovis bu nazariyalarga (etnodentrizm, ayerosentrizm) qarama- qarshi turli xalqlar madaniyatini izohlash va tavsiflash lozimligini ta‘kidlaydi. Uning fikricha umumiy madaniy – tarixiy jarayon, turli yo‗nalishda rivojlanayotgan madaniyatlar yig‗indisidir. U madaniyatni umumiy ma‘noda inson tomonidan yaratilgan yashash muhiti sifatida tushingan. Olim har bir madaniyatni betakror, beqiyos model, boshqa xalqlarniki bilan qiyoslab bo‗lmaydigan, har bir xalqning o‗ziga xos qadriyatlari tizimida nomoyon bo‗ladigan an‘analari bilan aniqlanadigan voqyelik hodisa deb biladi. Xerskovisning fikricha har bir xalq madaniyatida uning eng muxim jihati ―madaniy fokusi‖ – mavjud. Insoniya tarixini, Xerskovis mustaqil taraqqiy etgan madaniyatlari va sivilizasiyalar yig‗indisi tarzida tushungan. Madaniyatlar dinamikasini, ularning birligi va o‗zgaruvchanligida ko‗rgan. Uning ta‘kidlashicha har qanday madaniyat bir paytning o‗zida ham barqaror, ham o‗zgaruvchan bo‗lishi lozim. Undagi o‗zgarishlar, madaniy taraqqiyot subyektini 87 tashkil etuvchi, ma‘lum konservativ tizimlarning saqlanishi orqaligina ro‗y beradi. Olimning fikricha, o‗zgarishlarning umuman bo‗lmasligi, madaniyatning halokatini anglatadi. Bir paytning o‗zida madaniyat tizimidagi qat‘iy tizimlarni tezda o‗zgarishlar uchun buzulishi ham, uni degradasiyasini, o‗ziga xosligini yo‗qotishini anglatadi. Amerika antropologiya an‘analariga sodiq qolgan Xerskovis ―madaniyat‖ tushunchasini ―jamiyat‖ tushunchasidan ajratadi. Uning tushunishicha, madaniyat – insonlarning yashash usuli bo‗lsa, jamiyat ma‘lum turmush tarzi kechirayotgan individlarning o‗zaro ta‘sirini tashkil etuvi agregatidir. Soddaroq aytganda jamiyat odamlardan tashkil topadi, ular tanlagan o‗zini tutish, axloq normalari madaniyatdir. Xerskovisning madaniy – antropologik konsepsiyasidagi asosiy tushunchalardan biri ―inkulturasiya‖ bo‗lib olim uni shaxsning ma‘lum madaniyatiga kirishi deb izohlagan. Inkulturatsiyaning asosiy mazmuni, madaniyatni asosi, fikirlash va harakat qilish xususiyatlari, xulq modellarini o‗zlashtirish deb bilgan. Inkulturasiyani bolalikda o‗zlashtiriladigan umuminsoniy hayot faoliyati uslubi – sosializasiyadan farqlay bilish lozim. Amalda bu ikki jarayon birgalikda mavjud bo‗lib, xamkorlikda taraqqiy etadi va aniq tarixiy formada namoyon bo‗ladi. Xerskovisda ―inkulturasiya‖ madaniy relyativizmning asosini (yadrosini) tashkil etib, uning mohiyatiga ko‗ra odamning fikirlashi tajribaga, tajriba har bir individning o‗z inkulturasiyasi atamalari bilan izoxlanadi. Turli madaniyatlarda shartlangan tushunchalar nisbiyligi esa, fizik dunyo faktlari: vaqt, masofa, vazn, razmer va h. ko.lar ham mazkur madaniyat orqali ko‗riladi. Xerskovisning ta‘kidlashicha nimaning normal yoki nonarmal bo‗lishi madaniyatdagi munosabatlarning tashkil qilinishiga bog‗liqdir. Ayrim xulq stereotiplari, nikoh turlari, urf-odatlar (poligamiya, poliandriya, inisiasiya va h.ko.lar) yevro-amerika madaniy standartlariga mos kelmasada, boshqa madaniyatlar uchun butunlay ma‘sul hisoblanadi. Shuning uchun madaniy relyativizmning asosiy g‗oyasi, turli xalqlar yaratayotgan va yaratgan madaniy qadriyatlarning teng huquqliligidir. Bu xulosa har bir madaniyatni mustaqilligi va to‗laqonligini tan olishni, yevroamerika tizimi ustunligini rad etishni 88 boshqa madaniy etnosentrizm va yevrosentrizmdan voz kechishni talab qiladi. Madaniy relyativizm mohiyatini ochar ekan Xerskovis uning uch: metodologik, falsafiy va amaliy jihatini ajratadi. Metodolik aspekt, madaniyatni mazkur xalqda qabul qilingan qadriyatlar asosida tafakkur etishni joiz deb biladi, unga binoan shaxslar hayotiy faoliyati tavsifini ularning madaniyatiga oid atamalarda aks ettirishni bildiradi. Falsafiy aspekti, madaniy taraqqiyot – yo‗llarining ko‗pligini, madaniy – tarixiy jarayonida baholash ko‗pfikrlik (palorizm) bo‗lishini anglatadi. U madaniy taraqqiyot bosqichlarini majburiy evolyutsion almashinuvini rad etadi. Nihoyat amaliy aspekt induotrial sivilizasiyalar tomonidan, o‗zining xususiyatlarini saqlab qolgan arxaik madaniyatlarini tortilishini anglatadi. Bu borada ayrim madaniyatlarni saqlab qolgan ma‘qulroq. Xerekoviyning ushbu g‗oyasi sermohsulligi bizning davrimizda taraqqiy etmagan halqlarda madaniy sharoitni sun‘iy yaratish aksari holatlarda ommaviy degradasiya, alkogolizm, o‗g‗irlikka va h. ko. Larga olib kelishi aniq bo‗ldi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling