Tarixiy antropologiya


 Eng qadimgi gominidlar va ularning mehnat faoliyati


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/56
Sana29.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1401098
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56
Bog'liq
antrapologiya

1. Eng qadimgi gominidlar va ularning mehnat faoliyati. Tarixiy 
antropologiya fani asosan insoniyatni paydo bo‗lishi va uning jismonan 
rivojlanib borishini o‗rganadigan fandir. Shu bilan birga boshqa fanlar 
qatori o‗zining juda aniq o‗rganish uslublariga egadir. Lekin insoniyatni 
jismonan o‗zgarib borishini o‗rganadigan asosiy fan antropologiya fani 
bo‗lib, bu fan insoniyatni paydo bo‗lish va rivojlanish bosqichlarini 


95 
uning jismoniy jihatdan har tomonlama o‗rganadi va davrma-davr bir-
biriga solishtirib tahlil qiladi.
Tarixiy taraqqiyotning xali yozuv mavjud bo‘lmagan, biroq bu 
davrni o‘rganmasdan insoniyatning yaxlit o‘tmishini tiklab 
bo‘lmaydigan bosqich mavjudki, bu davr tosh davri hisoblanadi. Tosh 
davri kishilik tarixining eng uzoq davom etgan bosqichi hisoblanadi.
Paleolit davri (yunoncha palayos - qadimgi, litos – tosh davri
insoniyat tarixining eng uzoq davom etgan bosqichidir. Zamonaviy 
ma‘lumotlarga ko‘ra, dastlabki mehnat qurollarini yasagan ajdodlarimiz 
bundan 2,6 mln. yillar muqaddam Afrika qit‘asida yashaganlar (Olduvoy 
davri).
1954-1955 yillarda Shimoliy Afrikaning ilk pleystosen 
qatlamidan qadimgi odam qoldig‘i topildi. Biroq bu topilma Yava 
orolidagidan ham mayda bo‘laklardan iborat bo‘lib, bu yerdan aslida 
pastki jag‘ suyaklari topilgan va ular 3 individiumga taalluqli edi. Bu 
topilmaga olimlar atlantrop nomini berishdilar. Bu topilma teginilmagan 
– buzilmagan qatlamdan mehnat qurollari bilan birga topilgan. Bu 
hodisa uning yerda dadil yurishidan guvohlik beradi. Topilgan jag‘ 
suyaklarga qaraganda ular ancha baquvvat, iyak suyagining to‘la 
yo‘qligi bois yirik tishlarga ega bo‘lishgan. Pitekantropning jag‘ suyagi 
va tishlariga qaraganda atlantroplar Yava pitekantroplarini eslatardi va 
morfologik taraqqiyot jihatidan ham Yava topilmasiga yaqin turardi. 
Topilgan tosh qurollar juda yirikligi va dag‘al – qo‘polligi bilan 
xarakterlanardi. 
Hozirgi vaqtda Eski Dunyoning turli hududlaridan ilk pleystosen 
davriga oid ko‘pgina tosh qurollar topilgan. Bu tosh qurollarning 
yasalishi, toshni parchalash muayyan tizimga ega emas. Bu kabi 
topilmalarni ayrim olimlar eng qadimgi gominidlarning qurollari 
bo‘lishi mumkin, degan fikrlarni bildirishmoqda. Bu kabi tosh ashyolar 
fanda eolitlar nomini oldi (eolit – yunoncha «uchrindi»). Bu masala 
haqida olimlar orasidagi tortishuvlar o‘tgan asrdayoq vujudga kelgan 
edi. Ko‘p olimlarning fikricha, bunday «tosh qurollar» suv oqimi 
bo‘ylab oqayotgan toshlarning bir-biriga urilishi natijasida ham kertilgan 
uchqur toshlardan paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin ekan. Shuni aytish 
lozimki, suv harakati bilan toshdan qurollarsimon ashyolar hyech 


96 
qachon paydo bo‘lmaydi. Shuning uchun ham aytish o‘rinliki, bu kabi 
shaklsiz, qo‘pol ashyolar insonlar tomonidan juda ilk davrlarda 
foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Eng qadimgi vaqtlarda qurollar odatda 
dag‘al tarzda qayroqtoshlardan qilingan. Bir necha uchirindilar orqali 
kesuvchi, chopuvchi tomonlarini o‘tkirlashgan. Arxeologiyada bunday 
qurollar qo‘pol uchirindilar orqali yasalgan qurollar madaniyati nomini 
olgan. Aynan shunday qurollar Yevropaning Vengeriya, Fransiya 
mamlakatlarida, Hidnistonda, Birma, Malayziyada, Yava orolida, 
Xitoyda 
hamda 
Afrikaning 
turli 
viloyatlarida, 
Yaqin 
Sharq 
mamlakatlarida topilgan. 
Eng muhim topilmalardan biri ilk paleolit davriga oid Ulanika 
makoni hisoblanadi. Bu yodgorlik A.P.Okladnikov tomonidan tog‘li 
Oltoydan topilgan. Geologik qatlamlar yotqizig‘iga va mehnat 
qurollarining xususiyatiga ko‘ra Ulanikaning yoshi 1 mln yildan kam 
emas. Bu makon Osiyo qit‘asidagi eng qadimgi yodgorlikdir. Bu 
makondan topilgan tosh qurollar arxaik shaklga ega, ayniqsa, chopuvchi 
qurollar qiziqarli bo‘lib, bu tip qurollar Osiyo viloyatlarida keng 
tarqalgan. 
Navbatdagi arxeologik madaniyat paleolit davri Ashel nomi bilan 
fanga kirgan. U odatda Fransiyadagi shahar nomi bilan Abbivel davri 
ham deb ataladi. Ashel qurollari qalin, qo‘pol yo‘nish asosida 
tayyorlangan. Topilma tosh cho‘qmorlarining o‘rtacha hajmi – uzunligi 
10-20 sm ni tashkil qiladi. Qo‘l cho‘qmorlaridan tashqari yirik 
uchirmalar ham qurol sifatida ishlatilgan. Yevropaning ko‘pgina 
manzilgohlarida shel davri bilan muvoziy ravishda rivojlangan 
yodgorliklar ham mavjud. Masalan, Angliyaning Klekton On Si shahri 
atrofida makonlar topilib, ular Ashel davri qurollariga o‘xshash bo‘lsa-
da, klekton davri deb ham ataladi. Klektonliklar asosan qurollarni 
chaqmoqtosh uchrindilaridan tayyorlagan. Shunday qilib, odamzod 
jamoasi o‘zining eng qadimgi taraqqiyot bosqichidan boshlab taraqqiyot 
texnika yo‘lidan foydalangan.
Ashel davri odamlari kichik guruh tarkibida yashab, ular daryo 
sohillarida, ko‘llar atrofida va keng subtropik o‘rmonzorlarda yashagan. 


97 
Ularning asosiy tirikchiligi ovchilik va iste‘molbop yovvoyi 
o‘simliklarga va mayda qurt-qumursqaga termachilik qilish bo‘lgan. 
Eng qadimgi gominidlarning morfologik tiplari evolyusiyasini 
tushunishda 1927 yil Shimoliy Xitoydagi Chjoukoudyan g‘oridan 
topilgan topilmalar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. G‘ordan qadimgi 
ovchilar lager sifatida foydalangan. Uning qatlamlaridan 40 dan ziyod 
gominidlar – erkaklar, ayollar, bolalar qoldiqlari topilgan. Bu 
topilmalarning morfologik qiyofasi pitekantroplarga nisbatan ancha 
takomillashgan, rivojlangan edi va ular pitekantroplardan keyin 
yashagan. Ular geologik jihatdan o‘rta pleystosenga taalluqli bo‘lib 
chiqdi. Olimlar bu topilmalarni alohida-alohida tipga ajratib, 
sinantroplar (xitoy odami) deb atashdilar. Sinantrop pitekantrop singari 
o‘rta bo‘yli, miya hajmi pitekantropdan yirikroq – 900 dan 1200 sm
3
yoki o‘rtacha 1050 sm

ni tashkil qilgan. Sinantroplar jismida ham 
pitekantroplarga xos ayrim xususiyatlar mavjud edi. Masalan, peshona 
qismining orqaga qarab pasayishi, iyak suyagining yo‘qligi kabilar 
sinantroplarni odamsimon maymunlarga yaqin turishidan guvohlik 
beradi. Miya hajmining pitekantroplarga nisbatan ancha rivoj 
topganligiga qaraganda, sinantroplar oddiy nutqqa, so‘zlashish 
qobiliyatiga ega bo‘lganlar. Bunday fikrga asos sifatida ularning mehnat 
qurollarining pitekantroplarga nisbatan birmuncha rivojlanganligini 
kuzatish mumkin. Bu makondan topilgan tosh qurollar xilma-xil bo‘lsa-
da, pitekantroplar texnologiyasining qoldiqlari saqlanib qolgan. 
Sinantroplar, masalan, yovvoyi otlarga ov qilganlar. Ular g‘orda doimiy 
ravishda yashaganlar. G‘or qatlamlarida qalin kul qoldiqlarining 
mavjudligiga qaraganda, sinantroplar olov bilan tanish bo‘lganlar. 
Olov ibtidoiy odamlar turmushida juda muhim ahamiyat kasb 
etgan. Olovning kashf qilinishi va undan foydalanish odamzodning 
muhim imkoniyatdan foydalanishi edi. Olov bilan sovuqdan saqlangan, 
ovqatni pishirib iste‘mol qilishni o‘rgangan, ov qilishda foydalangan, 
mehnat qurollarining tig‘larini olovda toblagan. Sinantroplar faqat tabiat 
olovidan foydalanganlar, sun‘iy ravishda olov olishni bilmaganlar. 
Insoniyat tarixi taraqqiyotining navbatdagi ashel davri hisoblanadi. 
Bu atamaning kelib chiqishi Fransiyaning Sant-Ashel nomli joyi bilan 


98 
bog‘liq. Bu makonda ham ko‘pchilik qurol-aslahalar shel 
makonlaridagidek qo‘zg‘atilgan qatlamlardan topilgan. Ashel davri 
qurol yasash texnologiyasini o‘rta pleystosenga bog‘lagan holda 
sinantroplarga tenglashtirish mumkin. Ammo so‘nggi Ashel bosqichida 
neandertallarga xos qurollar ham topilgan. Ingliz olimi F.Seyner Ashel 
davrini 550 ming yil avval, ashel 430-150 ming yil avvalgi zamon deb, 
boshqa ayrim olimlar Ashel va Ashel davrlarini 400-100 ming yil bilan 
belgilashgan. Ashel davri mehnat qurollari Ashel davriga nisbatan ancha 
ixchamlashgan va takomillashgan ko‘rinadi. Ashel davrida ham asosiy 
universal qurol – qo‘l cho‘qmori hisoblangan. Ashel davrining so‘nggi 
bosqichida levallua texnikasi paydo bo‘ladi. Bu topilma Parij yaqinidagi 
Levallua Perre topilmasi joy nomi bilan bog‘liq. 
Ashel davri qo‘l cho‘qmori turli maqsadlarda: ovqatbop o‘simlik 
tomirlarini kovlab olish, o‘ldirilgan hayvonlarning gavdasini burdalash 
va boshqa maqsadlarda ham qo‘llanilgan. Bu davrda ovchilikda 
ko‘pincha qamal usulidan foydalanilgan. Kishilik turmushida 
yog‘ochdan yasalgan qurollardan ham keng foydalanilgan bo‘lishi 
mumkin, ammo ular uzoq o‘tmishdan bizgacha saqlanmagan. Ashel 
qurollari orasida nayza tig‘lari ham mavjud. Ashel davri maymunsimon 
odamlari nafaqat g‘orlarni makon qilib yashagan, balki ochiq joylarda 
ham chayla qurib yashashni bilganlar. Masalan, Nissi shahriga yaqin 
joylashgan ilk Ashel davriga oid Ter-Amata makonidan uzunligi 8 
metrdan 15 metrgacha bo‘lgan chaylasimon kulba topilgan. Uning eni 4 
metrdan 6 metrni tashkil qilardi. Kulba shox-shabbalardan tiklangan 
bo‘lib, tomni ustunlar ko‘tarib turgan. Kulbaning poli yupqa yalpoq 
toshlardan terilgan, kulbaning pastki qismi yupqa devor bilan aylantirib 
olingan bo‘lib, bu amal esa kulbani qattiq esgan shamoldan himoya 
qilgan. 
Germaniyaning Geydelber vodiysidan 1907 yili topilgan jag‘ 
suyak ham ilk ashell davriga oidligi ma‘qullangan. Uning tishlari yirik 
bo‘lsa-da, odamning tishlariga yaqin o‘xshash alomatlarga ega. O‘zining 
morfologik xususiyatlariga ko‘ra geydelber topilmasi sinantroplarga 
yaqin turadi. Yana 2 ta topilma qadimiylikdan guvohlik beradi. Ulardan 
biri 1965 yil Vengriyadagi Verteshsellash makonidan topilgan bo‘lib, 


99 
bosh chanoqning orqa qismi edi. Bu topilma katta subyektga taalluqli 
bo‘lib, mutlaq yoshi 3,5 million yilga tengligi aytilmoqda. Ayrim 
olimlarning 
fikricha, 
bu 
topilmaning 
morfologik 
alomatlari 
pitekantroplarga o‘xshaydi. Uning bosh miyasi 1400 m
3
dan oshadi. Bu 
holat esa uning neandertallarga yaqinligini ko‘rsatadi. Olimlarning 
ayrim fikriga qaraganda, bu topilma pitekantropdan sinantrop va undan 
neandertallarga o‘tish davri bilan ham belgilanishi mumkin.
Ikkinchi topilma 1972-1975 yillarda Germaniyaning Tyuring 
shahriga yaqin Bilbsingsleben nomi bilan atalgan makon bilan bog‘liq. 
Makondan peshona va bosh qismning orqa suyak qoldiqlari topilib, 3-
3,5 million yillar bilan sanalangan. Bu topilma ilk bosqich gominidi deb 
emas, balki Yevropa pitekantropi deb atalgan. 
Pitekantrop, sinantrop, atlantrop, geydelberg odamlari asosan 
tabiati iliq mintaqalarda yashagan. Ular har doim dastlabki yashash 
joylaridan asta-sekin kengroq o‘lkalarni ishg‘ol qilib borishgan. 
Ularning zamondoshlari ham issiqsevar hayvonot dunyosidan iborat edi. 
Ular asta-sekin Afrikaning katta qismi, Yevropaning janubi va Janubiy 
Osiyo bo‘ylab tarqalib yashaganlar.
Er sharining taraqqiyoti tarixida uchlamchi davrning oxirlarida 
primatlar orasidan eng qadimgi odamsimon maymunlar ajraganligi 
to‗g‗risidagi xabar ko‗plab paleoantropologik va arxeologik 
manbalardan ma‘lum. Ayniqsa Afrikaning janubi-sharqiy qismi 
uchlamchi davrning oxirlari va to‗rtlamchi davrning boshlarida, 
taxminan 5–3 million yil muqaddam antropogenez jarayonlarida juda 
katta rol o‗ynagan asosiy makonlardan biri bo‗ldi. Buning asosiy sababi 
erning tarixiy taraqqiyotida Afrikaning janubi-sharqiy qismida 
meridional yo‗nalishda hosil bo‗lgan botiqlik insoniyatning eng qadimgi 
ajdodlari – primatlar, avstralopiteklar va homo habilislarning paydo 
bo‗lishi va ularning taraqqiyoti to‗g‗risidagi paleogeologik, 
paleozoologik, arxeologik va paleoantropologik ma‘lumotlar yuqoridagi 
g‗oyalarni tasdiqlaydi. Tarixiy antropologiya bu borada juda ham katta 
imkoniyatlarga ega, chunki bu erda kompleks antropologik materiallar, 
insoniyatning ilk paydo bo‗lishi davridagi tarixiy rekonstruksiyasini 
chiqarib berishi kerak. 


100 
Insoniyatni kelib chiqishini o‗rganish uchun eng asosiy materiallar 
qatoriga paleoantropologik materiallar kirishini hamma biladi. Buning 
asosiy sababi paleoantropologik materiallar orqali gominidlarning 
jismoniy o‗zgarib borish jarayoni o‗rganiladi. Shu bilan birga 
insoniyatni paydo bo‗lishi va rivojlanish tarixi orqali paleoantropologiya 
bir davrning o‗zida to‗g‗ridan-to‗g‗ri jamiyatning genezisi, ya‘ni 
antroposotsiogenezning hamkorlikdagi harakatiga ham katta ta‘sir 
qiladi. 
Insoniyatning 
jismoniy 
rivojlanish 
masalalari, 
ayniqsa 
gominidlarning uchligi – to‗g‗ri yurishi, qo‗li va miyasi, ularning 
mehnat qilish imkoniyatlarini borligini ko‗rsatadi. Odam bosh qismi, 
uning endokran
4
lari hozirgi zamon odamidan ilgarigi odamning psixik 
holatini ko‗rsatib beradi. Uning tafakkuri imkoniyatlari, tili masalalarini 
qanday bo‗lganligini ko‗rsatib beradi.
Odontologik materiallarni o‗rganib bizning avlod va ajdodlarimiz 
qanday ovqatlanganliklarini bilib olishimiz mumkin. Skelet qoldiqlariga 
qarab turib insoniyatni muskullarini qanday bo‗lganligi, oxir-oqibatda 
odamlarning jismoniy imkoniyatlari to‗g‗risida xulosa chiqarish 
imkonini beradi. 
Paleoantropologik ma‘lumotlar asosida paleodemografik xulosalar 
chiqarish imkoniyati bor. Tug‗ilish, o‗lish va umuman yosh va jinsdagi 
o‗zgarishlar to‗g‗risida ham xulosalar chiqarish imkoniyati bor. 
Shunday qilib, tarixiy antropologiya aniq paleoantropologik 
materiallar asosida, insoniyatning paydo bo‗lishi va uning demografik 
rivojlanish tarixini o‗rganishda ham o‗zining katta imkoniyatlariga 
egadir. 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling