Tarixiy antropologiya
Obirahmat odami antropologik topilmasi
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
antrapologiya
2. Obirahmat odami antropologik topilmasi. 2003-yilda Toshkent
yaqinidagi Obirahmat g‗orida O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti bilan Rossiya Fanlar akademiyasi Novosibirsk bo‗limi olimlari tomonidan olib borilgan arxeologik izlanishlarda katta yangiliklarni qo‗lga kiritdilar. Bu yerdan 50 ming yil muqaddam yashagan odam suyaklarining parchalari topildi. Obirahmatdan topilgan suyak parchalari neandertal odami bilan hozirgi zamon odamining aralashgan tipidan qolgan suyaklar ekanligini ko‗rsatdi. Ayniqsa, uning morfologik xarakteristikalari juda noyobdir. Uning noyobligi shundaki, bunday material paleoantropologik materiallar ichida bunday suyak topilmalari umuman topilmagan. Andrey Krivoshapkinning fikriga ko‗ra mutaxassislar O‗zbekistonning Obirahmat g‗oridan topilgan Homoning suyaklari nima uchun bu darajada noyob (unikal) ekanligining sabablarini aniqlashga qiynalmoqdalar. Chunki, Obirahmat odami qoldiqlari, bir tomondan, hozirgi zamon odami tipining mustaqil holda multiregional ravishda paydo bo‗lganligining tasdig‗i bo‗lgan bo‗lsa, ikkinchi tomondan hozirgi zamon odamlari avlodlarining neandertallar bilan qo‗shilishi, gibridlashish jarayonlari bo‗lganligini ko‗rsatadi. Yaqin vaqtlargacha bunday jarayonni ―bo‗lishi mumkin bo‗lmagan hodisa‖, ayniqsa, ―neandertal odami insoniyat shajarasidagi tupikka olib boruvchi bo‗g‗in‖ degan taxminlar olimlar orasida keng tarqalgan edi. O‗rtada shunga o‗xshash tortishuvlar bo‗lib turgan bir paytda rossiyalik arxeolog, akademik A.Derevyanko Oltoy o‗lkasidagi ―Denis g‗ori‖da olib borgan qazishmalarda Obirahmat g‗origa sinxron bo‗lgan qatlamlar borligini aniqladi va bu yerda ham odam suyaklarini qoldiqlari topildi. Shu sababli fan uchun har ikki yodgorlikning ahamiyati nihoyatda qimmatlidir. 133 Yana bir boshqa nazariyada neandertal odami bilan shu tipdagi boshqa odamlarning bir-birlari bilan aralashishi mumkin bo‗lmagan hodisa sifatida qaralar edi. Hozirgi paytda butun dunyo olimlari o‗rtasida, shu jumladan, rossiyalik olimlar o‗rtasida odamning kelib chiqishini genetika fani muvaffaqiyatlaridan foydalangan holda o‗rganish katta ahamiyat kasb etdi. Shu paytgacha antropogenez jarayoni to‗g‗risidagi xulosalar asosan qadimgi davrlardan qolgan suyaklarga qarab chiqarilar edi. Hozirda yanada chuqurroq va aniqroq bo‗lgan genetika fanining ilg‗or natijalariga asoslanib, qaysi davrda yer yuzining qaysi qismida qanday odamlar bo‗lganligi va ular qaysi xalqlar bilan aloqada bo‗lganligi to‗g‗risidagi nazariyalar, ularning aloqalari batafsil o‗rganilmoqda. Biz bu bilan shu paytgacha shu paytgacha ―neandertal odamlarini hozirgi zamon odamining kelib chiqishiga umuman aloqasi yo‗q, u insoniyatning kelib chiqishi shajarasidagi boshi berk ko‗cha‖ degan g‗oya ham bor edi. Ammo hozirgi paytda genetiklar neandertal odamidan hozirgi zamon odamiga faqat 4 foiz gen o‗tganligi to‗g‗risida aytishyapti. Bu xulosa aynan ilgarigi neandertal odamlari insoniyat shajarasidagi ―berk tor ko‗cha‖ degan g‗oyani deyarli tasdiqlaydi. Chunki ―neandertal odamidan faqat 4 foiz gen o‗tgan‖ degani ular o‗rtasida deyarli yaqinlik yo‗q demakdir. Buning ikkinchi tomoni ham bo‗lib, eng qadimgi maymunlarning, maymunsimon odamlarning, uquvli odamlarning va keyingi sinantrop, neandertal odamlarining bir-biriga qo‗shilish yoki ta‘sir etish imkoniyati doimiy bo‗lgan. Aynan hozirda boshlangan qadimgi davrlardan qolgan suyaklarni o‗rganish, o‗ylaymizki, yangi xulosalar chiqarish imkoniyatini beradi. Yuqorida keltirilgan taraqqiyot natijasida Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda mahalliy erektuslar asosida shakllangan gominidlardan anatomik jihatdan hozirgi zamon odam tipi paydo bo‗ldi. Bu fikrlarni tasdig‗i sifatida Xitoyning paleoantropologik materiallari bo‗yicha olingan yangi davrlashtirish asos bo‗ladi. Bu davrlashtirish bo‗yicha ―sapiens‖ ning anatomik tuzilishiga o‗xshagan antropologik belgilar 134 bundan 100 ming yillar ilgari paydo bo‗lganligini, ya‘ni hozirgi zamon odamlariga o‗xshash odamlar paydo bo‗lganligini ko‗rsatadi. Keyingi o‗n yilliklarda A.Derevyanko rahbarlik qilgan ekspeditsiya O‗rta Osiyo, Qozog‗iston va Oltoy hududlarida ham ibtidoiy davr arxeologiyasi bo‗yicha izlanishlar o‗tkazib, Qozog‗istonning Qiziltov va Mang‗ishloq yarim oroli hududlarida ibtidoiy odamlarning izlarini topib o‗rgandilar. Oltoyning ―Denis g‗ori‖ manzilgohida eng muhim natijalar qo‗lga kiritildi. Bu g‗or Rossiyadagi eng qadimgi, Evroosiyoda esa, eng qadimgilardan biri bo‗lib, uning yoshi 550–700 ming yil bo‗lganligi aniqlandi. Mo‗g‗uliston hududida ham Rossiya-Mug‗uliston qo‗shma ekspeditsiyalari tashkil etilib, bu erdagi olimlar bilan hamkorlikda qazishmalar olib borishdi. Bu hududda mingdan ortiq yodgorlik aniqlangan bo‗lsa, shulardan 30 dan ziyodi ilk paleolit davriga oiddir. Faqat Mug‗ulistonning o‗zidan ilk paleolit davriga oid 30 ziyod yodgorlikning topilishi, bu, birinchidan, insoniyat tarixining eng qadimgi davrlarini o‗rganish bo‗yicha juda ham katta ish qilinganligidan dalolat bersa, ikkinchidan bu hududni ilk paleolit davridayoq insoniyat tomonidan juda keng miqyosda o‗zlashtirilganidan dalolat beradi. Bundan 1,2 million yil muqaddam Afrikada ancha mukammallashgan texnika usullarida toshga ishlov berish texnologiyalari, ya‘ni ashel davriga xos texnologiyalar paydo bo‗ldi. Quyi ashel madaniyati bilan bog‗liq va bundan 450–350 ming yil muqaddam o‗zining yo‗llarida izini qoldirgan migratsiya to‗lqini tarqala boshlagan va o‗zining ortidan katta iz qoldirib, Hindistonga qadar etgan. Buni arxeologik usul bilan o‗rganildi, ya‘ni Afrikada keng tarqalgan qo‗l cho‗qmorlarining shaklini yoki bifaslarni Oltoydagi Denis g‗ori materiallarining ichidan topilishi fikrimizning yaqqol dalilidir. Mug‗ulistonning janubiy Gobi sahrosida yirik kremniy toshlari chiqib turgan manzilgohda, yaqin 20 kvadrat kilometrdan ziyod maydonda faqat kremniy qurollarini yasash uchun kerakli toshlar tarqalgan edi. Bu maydonning har bir kvadrat metrida 600 dan oshiqroq miqdordagi tosh qurollarini topish mumkin. Oltoy hududini, shu bilan birga Mug‗ulistonni ilk paleolit davrida bunchalik qalin egallanishining 135 asosiy sababi bu hududlardagi tabiiy – iqlimiy sharoitlarning aynan ilk paleolit davri odamlarining yashashlari uchun juda qulay bo‗lganligidan dalolat beradi. Mug‗ulistonning janubiy qismini Gobi sahrosidagi kremniy toshlaridan qurollar ishlab chiqariladigan bu arxeologik obyekt jahonda yagona ilk va o‗rta paleolit davriga xos yodgorlikdir. SHuning uchun bu 20 kvadrat kilometr maydondagi arxeologik obyekt, ya‘ni arxeologik majmua vaqtlar kelib ochiq osmon ostidagi muzeyga aylanishi kerak. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling