Tarixiy antropologiya
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
antrapologiya
sensu lato yotadi. Yuqori pleystosen davrida undan oxir-oqibatda
zamonaviy anatomik va genetik turdagi odam - Homo sapiens shakllangan va u 4 ta shaklni o‘z ichiga qamrab olgan. Ularni quyidagicha nomlash mumkin: Homo sapiens africaniensis (Sharqiy va Janubiy Afrika), Homo sapiens neanderthalensis (Yevropa), Homo sapiens orientalensis (Janubiy-Sharqiy va Sharqiy Osiyo) hamda Homo sapiens altaiensis (Shimoliy va Markaziy Osiyo). Aniqrog‘i, ushbu barcha ibtidoiy odamlarni yagona Homo sapiens turiga birlashtirishning taklif etilishi ko‘pgina tadqiqotchilarda shubha va qarshiliklarni uyg‘otadi, ammo bu taklif katta hajmdagi analitik materiallarga asoslanadi va yuqorida biz uning kichik bir qismini keltirdik. Aftidan, ushbu turosti gominidlarining hammasi ham zamonaviy anatomik tipdagi odamning shakllanishida bir xil hissa qo‘shmagan: eng ko‘p genetik turli-tumanlikka Homo sapiens africaniensis ega bo‘lgan va aynan u zamonaviy odamning asosi bo‘lgan. Ammo zamonaviy odam genofondida neandertallar va denisovaliklar genlarining mavjudligi haqidagi eng yangi paleogenetik tadqiqotlar ma‘lumotlarining 131 ko‘rsatishicha, qadimgi odamning boshqa guruhlari ham bu jarayonlarda chetda turmaganliklarini isbotlaydi. Bugungi kunda odamning kelib chiqishi muammosi bilan shug‘ullanuvchi arxeologlar, genetiklar va boshqa mutaxassislar ko‘plab yangi ma‘lumotlarni to‘plashdiki, ular asosida turli g‘oyalar, hatto diametral qarama-qarshi gipotezalarni ham ilgari surish mumkin. Hozirda bu masalani sinchiklab muhokoma qilish vaqti yetdi, faqat bitta shart bilan: odamning kelib chiqishi muammosi — multidissiplinar muammo va yangi g‘oyalar natijalarning turli soha mutaxassislari tomonidan qo‘lga kiritilgan kompleks tahlillariga asoslanishi lozim. Faqat shu yo‘l bilan asrlar davomida odamlarni qiziqtirib kelayotgan eng munozarali masalalardan biri — inson tafakkurining shakllanishi muammosini yechimini topishga olib kelishi mumkin. Eski dunyoning barcha materiklarida hozirgi irqlarning geografik tarqalishidagi parallelizmlar tufayli yuqoridagi keltirilgan ma‘lumotlar har ikki nazariyani ham ma‘lum darajada yoqlaydi. Ammo to‗plangan materiallar irqlarning tarqalishi masalasida politsentrizm nazariyasi ustunligini ko‗rsatadi. Masalan, G‗arbiy va Sharqiy Yevropa hududlaridan topilgan Homo sapiens larda burun qismining, yuz qismining oldinga chiqqanligi ularni hozirgi zamon evropeoid odamlarining antropologik shakllariga o‗xshashligini ko‗rsatadi; negroid irqi vakillarida burun kataklarining kattaligi, yuz qismining oldinga chiqqanligi qadimgilarga ham xos; yuzning yapaloq ekanligi, ko‗zlarining qisiqligi Xitoyning so‗nggi paleolit davri yodgorliklarida ko‗plab kuzatilgan. Shu bilan birga barcha yuqori paleolit davri yodgorliklaridan topilgan bosh suyaklari, ular qaysi materikdan topilishidan qat‘i nazar, qator belgilari bilan bir-birini takrorlashadi. Bu faktor so‗nggi paleolit davri odamlarining aralash tipli ekanligi yoki ularning tarkibida bir nechta tiplar mavjud bo‗lganligini ko‗rsatadi. Aksincha, hozirgi zamon odamlari kuzatilganda, ularning tiplari qadimgi odamlarning tiplariga qaraganda ko‗p emasligi ko‗zga tashlanadi. Bu xulosalar esa monotsentrizm nazariyasi vakillarining foydasiga xizmat qiladi. Bu davrdagi odam tiplarining belgilariga keng, pastga tushgan yuz, cho‗zinchoq bosh suyagi, peshona, yuz orbitasining pastligi kiradi. 132 Bularning hammasi so‗nggi paleolit davri bosh suyaklariga o‗ziga xos morfologik shakl beradi. Bunday holatlarni antropologik adabiyotlarda yuz skeleti bilan bosh chanog‗i o‗rtasidagi disgarmonik bog‗liq emaslik deb aytiladi. Bu holat hozirgi zamon odami shakllanishining ilk bosqichlarida uning morfologik tipi hali to‗liq shakllanib bo‗lmaganligi sababli yuz bergan bo‗lishi ham mumkinligini ko‗rsatadi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling