Tarixiy antropologiya
Homo sapiens. Homo sapiens sapiens
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
antrapologiya
3. Homo sapiens. Homo sapiens sapiens (ikki bor aqlli odam)
qayerda paydo bo‗lgan, degan savolni qo‗yadigan bo‗lsak, bu savolga javob berish ancha mushkuldir. Agar olimlar odamning dastlabki kelib chiqqan vatani Afrika ekani haqida yagona fikrga kelgan bo‗lishsa, Homo sapiens sapiens haqida bir fikrga kelmaganlar. Mavjud fikrlar esa xilma-xildir. Shulardan birinchisi – yana Afrika, zero aynan ana shu qit‘aning janubi-sharqida nafaqat qazilma gominidlar va unga qarindosh odamsimon shakllar rivojlanishning deyarli barcha bosqichlari, balki hozirgi zamon tipidagi odamning ilk antropologik topilmalari aniqlangan manzilgohlar topilgan. Ikkinchi fikrga ko‗ra, odamning tadrijiy rivojlanishi anchagina quyi bosqichlarda u qadar mushtarak xususiyatga ega bo‗lmagan. Hozirgi tipdagi aqlli odam shunchaki Afrikada paydo bo‗lib, keyinchalik yer kurrasi bo‗ylab joylashmagan. U anchagina kengroq hududda, go‗yoki sayyoramizning turli geografik mintaqalarida yashagan qadimgi odamlar negizida shakllangan, deb aytishga barcha asoslar bor. Biz o‗zimizning shajaramizdan o‗sha uzoq o‗tmishdoshimiz neandertallarni ham chiqarib yubormasligimiz kerak. Bunda gap madaniyatni almashinishi emas, balki aralashishi to‗g‗risida bo‗lishi kerak. Bu jarayonning yorqin birinchi dalili Tog‗li Oltoyda olingan. Oltoydagi g‗or makonlarda bundan 60–30 ming yillar muqaddam o‗rta paleolit tosh qurollarini yuqori paleolit tosh qurollari bilan almashganligini ko‗ramiz. Ikkinchi xuddi shunday yodgorlik O‗zbekistondagi Obirahmat g‗ori materiallari bo‗lib, bu erda ham tog‗li Oltoydagi g‗or bilan bir davrlarga xos bo‗lgan tosh qurollari topilgan. Ammo Obirahmat g‗orining ustunlik tomoni bu yodgorlikda ham odam 136 suyaklari topilgan bo‗lib, bu suyaklar aynan neandertal odami bilan hozirgi zamon odami orasidagi oraliq odamidir (bu masalaga quyida qaytamiz). Shunday qilib, XX asrning 70-yillarigacha fanda insoniyatni bir chiziq bo‗ylab taraqqiy etganligi, ya‘ni evolyutsiyasi bo‗lganligi to‗g‗risidagi nazariya bor edi. Bu nazariyaga ko‗ra, dastlab Homo Erectus, keyin neandertal odami va undan keyin hozirgi zamon odami paydo bo‗lganligi to‗g‗risidagi qarash hukmron edi. Oltoyning Denisov g‗or-makonida arxeologlardan tashqari geologlar, paleontologlar va boshqa ko‗plab mutaxassislar ishlashib, odamni kelib chiqishi to‗g‗risida yuqorida keltirilgan nazariyalar asossiz ekanligini ko‗plab faktlar yordamida inkor etdilar. Paleoantropologiya fanida to‗ntarish yasagan dalil nimadan iborat edi? Bundan 5-6 yil ilgari Denisov g‗orida olib borilayotgan qazishmalarda taxminan 5 yoshlar atrofidagi qizchaning barmoq suyaklari topildi. Aynan shu suyaklarni DNK genetik belgilari tadqiq qilinganda, neandertal odamidan hozirgi zamon odamiga faqat 4% gen o‗tganligi aniqlandi. Olimlar yuqoridagilardan kelib chiqib, insoniyatni kelib chiqishi 4 ta mustaqil taraqqiyot yo‗lidan rivojlanganligini alohida ta‘kidlashdi: 1. Yevropada yashagan neandertallardan; 2. Afrikada yashagan Homo Sapiens Africanusdan; 3. Homo Sapiens orientalensis (sharqiy tip, Janubi-sharqiy Osiyo va Sharqiy Osiyo hududlariga xarakterli); 4 Homo Sapiens Altaiensis (yoki denisovlik – Shimoliy va Markaziy Osiyo hududlari uchun xarakterli). A.Derevyanko fikriga ko‗ra, qachonlardir yuqoridagi 4 ta tipning hammasi bitta tomirdan tarqalishgan va keyincha yana o‗z bo‗g‗inlariga ajralishgan. Keyinroq yana birlashganlar. Hammasidan ham ularning ichida turlararo qo‗shilish jarayoni davom etgan. Bu qo‗shilish nafaqat biologik, balki madaniy jihatdan, bilimlarni bir-birlariga berish, tosh qurollarni ishlash usullarini o‗rgatish masalalari va boshqalar berildi. Ammo shu 4 ta bo‗g‗indan iborat guruhlar bilan boshqa turdagi maymunlarni bir-birlari bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri qo‗shilishi mumkin emas edi. Ya‘ni, ot bilan eshak qo‗shilsa, xachir tug‗iladi. Ammo dunyoga 137 kelgan xachirlardan biron-bir avlod qolishi mumkin emas. Xuddi o‗sha ajratilgan turlar orasida ham bir-birlari bilan qo‗shilishi mumkin edi. Odamlar dunyoning turli qismlarida, turli haroratda yashab tanasining rangi qora, oq yoki sariq bo‗lishiga qaramay ularning o‗rtasida bemalol farzandli bo‗lish va ulardan avlodlar qoldirish imkoniyati bo‗lgan. Shuning uchun ham Denisov g‗oridan topilgan odam panjasi alohida tur emas, balki tur ichidagi guruh deyish mumkin. Tur ichidagi guruhlar bir- biriga qo‗shilsa ulardan bo‗lgan bolalar muvaffaqiyatli yashaydi. Shu bilan birga Afrikalik negroid bilan Yevropalik oq tanli odamni qo‗shsa birinchidan ular o‗zlarini genlarini almashtirish imkoniyatiga ega bo‗lganlar va ikkinchidan ulardan ko‗plab bola tug‗ilib, avlod qoldirishgan. Buning aksicha bo‗lsa, ya‘ni yaqin qarindoshlar orasida bo‗lgan nikoh munosabatlari yomon natijalarni bergan. Ulardan tug‗ilgan bolalarning ko‗pi nogiron tug‗ilishi hayotda ko‗plab uchragan. Farg‗ona vodiysidagi Selungur g‗oridan topilgan manbaviy ashyolar ham yuqorida ta‘kidlangan bebaho yodgorliklar jumlasidandir. Shunday qilib, O‗rta Osiyo shu jumladan, O‗zbekiston hududlari ham ibtidoiy odam shakllangan va taraqqiy qilgan insoniyat beshiklaridan biridir. Yurtimiz ilk paleolit davrining boshlaridanoq odamning eng qadimgi tiplaridan bo‗lgan xomo erektuslar tomonidan o‗zlashtirilganligini 1,5 mln yil bilan sanalangan. Farg‗ona vodiysidagi Selungur g‗oridan topilgan bola suyagi qoldiqlari 550–600 ming yil bilan sanalangan Toshkent vohasidagi Ko‗lbuloqning quyi qatlamlarining davlanishi ham taxminan shu davrlar bilan davrlanadi. Selungur g‗orining 3-madaniy qatlamida oltita alohida tish (3 ta yuqori qoziq tish va 3 ta pastki jag‗ tish) topilgan bo‗lib, bu tishlar bir nechta turli jinsdagi individlarga mansub bo‗lishi mumkin. Shuningdek, Teshiktosh bolasiga yaqinroq yosh bolaning o‗ng elka suyagi topilgan. A.A.Zubovning ta‘kidlashicha, Selungur odami jag‗ tishlarning morfologiyasi qator arxaik belgilarini saqlab qolgan, shu bilan birga evolyutsion taraqqiyotda anchayin ilgarilab ketgan va zamonaviy odamga eltuvchi asosiy magistraldan chetlashgan mavjudot ekanligini ko‗rsatadi. Antropologlarning fikricha, uning elka suyagi Teshiktoshdan topilgan xuddi shunday suyak bilan taqqoslanganda ancha arxaik 138 ko‗rinishga ega. Shuningdek, Selungurda ensa suyagining bo‗lagi ham topilgan, biroq uning ilmiy talqini antropologlar tomonidan o‗rganilib ilmiy ommaga etkazilmagan. O‗rta paleolit davriga oid Teshiktoshni dunyoga mashhur qilgan narsa bu g‗ordan neandertal bola qabrining topilishi bo‗ldi. Birinchi madaniy qatlamning tubida yer sathidan 25 sm chuqurlikda ezilgan va deyarli tuproqqa qorishib ketgan bosh chanog‗i topildi. Bu bo‗laklar deyarli tabiiy ketma-ketlikni saqlagan holatda bir xil sathda yotardi. Keyinchalik 1 madaniy qatlamning tagidagi sof qatlamdan ham odamning parchalangan suyak qoldiqlari: umurtqa, qovurg‗a, naysimon suyaklar, kurak suyagi, o‗mrov suyagi va pastki jag‗ bo‗laklari topilgan. A.P.Okladnikovning fikricha, odam suyagi qoldiqlari 5–6 ta echki suyaklari bilan o‗ralgan holatda yotadi va bu hol unga Teshiktoshda atayin ko‗mish udumlari hukm surgan, deyishiga asos bo‗ladi. Ushbu qabr Teshiktoshda 1-madaniy qatlamda hayot hukm surgan davrga oid deb topilgan. Teshiktosh odami o‗zining taksonomik holatiga ko‗ra qator munozaralarga sabab bo‗ldi. Ayrim antropologlar topilmani G‗arbiy Yevropaning klassik neandertallari bilan yaqinligini ta‘kidlasalar (Debets, Gremyaskiy, Xauelsls va boshqalar), boshqalari Old Osiyo yoki ―progressiv‖ Yevropa neandertallari bilan taqqoslaydilar (Veydenreyx, Yakimov, Klark, Xauell, Alekseev va boshqalar). Topilmaning yosh bolaga tegishli ekanligi masalaning yechimini yanada qiyinlashtiradi. Topilmaning jinsi dastavval 9–10 yoshlardagi o‗g‗il bolaga, so‗ngra shu yoshdagi qiz bolaga tegishli deb etirof etilgan. Teshiktosh bolasi suyaklari maxsus tekshirishlar natijasida antropologik jihatdan mukammal o‗rganilgan. O‗rganilish natijasi yomon bo‗lmadi. Ibtidoiy odamlar o‗lgan odamni ko‗mishdan ilgari tosh qurollar yordamida etdan tozalashgan va shundan keyingina uni maxsus qazilgan go‗rga ko‗mishgan. Shunday qilib, O‗zbekiston hududlari xomo erektuslar tomonidan ilk bor o‗zlashtirilgan. So‗ngra yurtimizga G‗arbiy Yevropada paydo bo‗lgan neandertallar kirib kelganlar. Ma‘lumki, neandertal tipidagi odamlar G‗arbiy Yevropa xomo erektuslaridan paydo bo‗lganlar va 139 keyinchalik butun dunyoga tarqalganlar. Adabiyotlarda bu tipdagi gominidlar bundan 100 ming yillar muqaddam paydo bo‗lgan va O‗rta Osiyo hududlarini bundan 50–60 ming yillar burun o‗zlashtirganlar. Teshiktosh bolasining Yevropa neandertallari qatoriga kiritilishi buning yorqin misoli bo‗la oladi. Demak, O‗zbekiston hududlari so‗nggi neandertallar tomonidan egallangan. Shuning uchun biz mamlakatimizdagi o‗rta paleolit davriga oid materiallarni kuzatar ekanmiz, ularda so‗nggi muste davriga xos elementlardan: plastinalar va ba‘zan mikroplastinalar, mikroqirg‗ichchalar va hakozo belgilarni kuzatamiz. Shuni ta‘kidlash joizki, yaqin vaqtlargacha neandertallarni zamonaviy odamning ajdodlari, deb kelgan tadqiqotchilar mavjud edi. Lekin keyingi yillarda Yevropa olimlari olib borgan tadqiqotlarda bu tipdagi gominidlar insoniyat taraqqiyotidagi chetlashgan shaxobcha bo‗lib, ular bizning ajdodlarimiz emasligi aniqlandi. Odamning to‗g‗ridan-to‗g‗ri o‗tmishdoshi hisoblangan arxaik tipdagi xomo sapienslar esa Yaqin Sharqda bundan 100–80 ming yillar muqaddam yashaganligi aniqlangan. So‗nggi paleolit davri Yevropada bundan 35 ming yillar muqaddam, zamonaviy tipdagi odam, ya‘ni xomo sapiens sapiensning paydo bo‗lishi bilan belgilanadi (orinyak yodgorliklari). O‗zbekiston hududlarida paleolitning so‗nggi bosqichiga oid yodgorliklar ko‗plab topilgan. Ammo ularning sanasi yuqori paleolit davrining ikkinchi yarmi va oxirlari bilan belgilanadi. Mezolit davriga oid paleoantrapologik topilmalar yurtimiz yodgorliklarida uchramagan. Biroq neolit davriga oid Kaltaminor va Sazag‗on madaniyati makonlaridan topilgan qabrlardagi topilmalar evropoid irqiga mansub. Olingan barcha ma‘lumotlar, ibtidoiy davrlarda O‗zbekiston hududlarida o‗zining kelib chiqishiga ko‗ra evropoid irqiga mansub odamlar yashaganligidan dalolat beradi. Ilk va o‗rta pleystotsen davrida gominidlar oilasining evolyutsiyasi zamonaviy qiyofadagi inson vujudga kelishiga qulay imkoniyat yaratdi. Xomo oilasining qadimgi vakili bo‗lib hisoblanadigan neandertal odami zamonaviy qiyofadagi insonga zarur bo‗lgan barcha fiziologik va morfologik ko‗rinishlarga (katta bosh miya, erkin harakatlanadigan 140 qo‗llar, tik yura olish, bo‗g‗inlar va qisqa so‗zlarni ishlata olish) ga ega edi. Ammo yuqorida ta‘kidlanganidek, ularning bir qadar primitiv xususiyatlari (bosh miyaning oddiyligi, qo‗llarni orqaga aylantira olmasligi, nutq va tafakkurning uzviy emasligi) ham saqlanib qolgan edi. Shu sababli neandertallar kollektivi jamoa darajasiga o‗sib chiqish darajasiga etmay qoldi. Taniqli antropolog Ya.Ya.Roginskiy fikricha, bosh miyaning old qismlari taraqqiyoti hozirgi zamon odami qiyofasidagi odamlarning vujudga kelishida muhim rol o‗ynab, ularning ijtimoiy sifatlarini oshishiga va urug‗ tashkilotining vujudga kelishida asosiy rol o‗ynadi. Bosh chanog‗i qopqog‗ining ko‗tarilib (tik, vertikal holatga) o‗tishi, bosh miyaning old qismlarini rivojlanib borishi, oxir-oqibatda peshona suyagining tik bo‗lishi, ko‗z usti qabartmasining yo‗qolishi kabi morfologik o‗ziga xoslik tabiiy tanlanish orqali avloddan-avlodga yaxshi xususiyatlarni o‗tib kelishi bilan zamonaviy qiyofadagi odamlar shakllangan degan nazariyani ilgari suradi. Bosh chanog‗ining o‗zgarishi, yuz tuzilishiga ham katta ta‘sir ko‗rsatgan. Nihoyat, nutq uchun, nutq apparatining takomillashuvi ijobiy tartiblar va ishlab chiqarishning taraqqiy etishi bilan bog‗liq edi. Hozirgi zamon qiyofasidagi odamlarning vujudga kelishi so‗nggi pleystotsenning oxirida va so‗nggi paleolit boshlariga to‗g‗ri keladi. Ammo, shuni unutmaslik kerakki, so‗nggi paleolit manzilgohlarida ham neandertal odamlarining yodgorliklari mavjud. Muste davri yodgorliklarida zamonaviy qiyofadagi odamlarning yodgorliklari mavjudmi? degan tabiiy savol tug‗iladi. Bunday yodgorlik 1953 yilda Qrimda A.A.Formozov tomonidan, so‗nggi muste davri yodgorliklaridan topilgan. Arxeologik va geologik adabiyotlarda Homo sapiens (aql-idrokli odam) o‗rta va hatto, ilk pleystotsen davri yodgorliklarida topilganligi bilan bog‗liq ma‘lumotlar mavjud. Biroq, ularning ko‗pchiligi geologik davrlashtirish borasida adashishlari ham kuzatilgan. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, zamonaviy qiyofadagi odamlarning vujudga kelishi 141 va ularning dastlabki davrlarda neandertal odamlari bilan yonma-yon yashaganliklari tarixiy haqiqatdir. Dunyo olimlari orasida hanuzgacha zamonaviy qiyofadagi insonning dastlabki vatani va vujudga kelgan vaqti, makoni qizg‗in bahslarga sabab bo‗lmoqda. Shulardan biri ―hozirgi qiyofadagi zamonaviy odamlarda uchraydigan turli irqlar turli mintaqalarda yashagan neandertallarning hozirgi qiyofadagi odamlarga aylanish oqibatida vujudga kelgan‖ degan nazariyadir. Bir so‗z bilan aytganda, zamonaviy qiyofadagi insonning vujudga kelgan makoni xususidagi fikrlar hali bahsli, munozaralarga boy mavzu bo‗lib hisoblanadi. Ammo, ko‗pgina olimlar politsentrik nazariya tarafdori bo‗lib, ularning fikricha, neandertallarning inson oykumenasi hududi bo‗ylab keng tarqalganligi, neandertallarda irq ko‗rinishlarining mavjudligi ularning nazariyasi uchun xizmat qiladi. So‗nggi paleolit davri odamlarining spetsifik va morfologik o‗ziga xosligi har ikki gipotezaga mos kelgan holda ular orasidan qaysi biri ustun mavqega egaligiga oid ma‘lumotlarni bermaydi. Jumladan, burunlarning qush tumshug‗iga xosligi, yuqori paleolit Yevropa odamlariga xos anatomik xususiyat bo‗lib, evropoid odamlarida ham bu hol sezilib turadi. Keng burun negroid irqining qadimgi va zamonaviy qiyofadagi odamlari uchun ham xosdir. Qisiq ko‗zlilik va keng yuzlilik mongoloid irqining qadimgi va hozirgi zamon qiyofalari uchun ham xos belgi bo‗lib hisoblanadi. Bu farq politsentrik nazariya va uning tarafdorlari tomonidan ilgari suriladi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling