Tarixiy antropologiya
Aqlli va jismoniy mehnatning vujudga kelishi haqida
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
antrapologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Yozuvning paydo bo‟lishi
3. Aqlli va jismoniy mehnatning vujudga kelishi haqida
Ibtidoiy jamiyat tuzumining yemirilishi jarayonida kasblar bo‘yicha aqlli mehnatning ajralib chiqishi boshlanadi. Bunday mehnat bilan shug‘ullanuvchi kasb-kor egalariga, avvalo, tashkiliy-boshqaruv faoliyati bilan band kishilar, jumladan, boshliqlar jamoasi va qabila dohiylari taalluqli edi. Xo‘jalik va ijtimoiy hayotning murakkablasha borishi bilan dastlab qisman, keyinchalik to‘la ravishda ular bevosita ishlab chiqarish faoliyatida ishtirok etmaydilar. Shu bilan bir vaqtda boshqaruv verxushkaning vakillari – harbiy boshliqlar va kohinlar ham shu yo‘lga o‘tdilar. Asta-sekin aqlli mehnat bilan jismoniy mehnatning ajralib chiqishi boshlanadi va bu hodisa yanada rivojlanib, madaniy soha faoliyatini qamrab ola boshladi. Mashhur ashulachilar, ertakchilar, teatrlashgan mifologik janrlarni sahnalashtiruvchilar, tabiblar, urf- odatlarning bilimdonlari, shuningdek, amaliy san‘atning vakillari asosan aqlli mehnat hisobidan yashay boshlaydilar. Ularni jamoa sifatida saqlab, ayniqsa, boshqaruv verxushkaning har xil ma‘anviy ijodidan dohiy yoki podsho o‘zlarining boshqaruv tizimini mustahkamlash yo‘li bilan xalq ustidan xo‘jayinlik qila boshlaydi. Ertakchilar va rasm- rusumlarning ko‘pchilik bilimdonlari va kasbga ega kishilar dohiylarga yaqinlashib, ularning hushomadgo‘ylari bo‘lib olishadi. Boshqa bir to‘da kasb-korlar o‘zlarining ustaligi orqali xalq bilan birga qolib, rivojlanib kelayotgan ekspluatasiya va o‘zboshimchalikka qarshi kurash olib bordi. O‘sha zamondagi bu kabi faoliyat qanchalik qimmatli shaklga ega bo‘lmasin, har holda professional aqlli mehnat va mutaxassislikning 161 boshqa turlari ma‘naviy madaniyatning rivojlanishi va boyishiga muayyan darajada ko‘maklashdi. 4. Yozuvning paydo bo‟lishi Ibtidoiy jamiyat tuzumida ma‘naviy madaniyatning eng rivojlangan cho‘qqisi sivilizasiyaning tom ma‘nodagi belgisi yozuvning paydo bo‘lishi edi. To‘g‘ri, yozuvning muayyan belgilari ancha erta paydo bo‘lgan edi. Endilikdagi tartibga solingan yozuv ibtidoiylik bilan sinfiy jamiyat chegarasini ham belgilaydi. Yozuvning tartibga solingan shakli uzoq asrlarni o‘z ichiga olib, asta-sekin piktografik yozuv yuzaga keldi. Undan keyin umumiy ma‘lumot fikrini beruvchi ideografik yoki logografik (yunoncha log yoki logos – so‘z, grafiya – yozaman) yozuvlar paydo bo‘lib, ularda belgilarning tartibli holati alohida so‘zni yoki bo‘g‘inni bildirgan. Eng qadimgi yozuv shakli iyeroglifik yozuv deb atalgan. Shumerlarda, misrliklarda, elamliklarda, kritiklarda, xitoyliklarda, maya va boshqa xalqlarda shunday yozuv paydo bo‘lgan. Keyinchalik ideografik yozuvdan muayyan tarzda rivojlangan, tartibga tushgan, bo‘g‘inli va harfli, ovozli (alfavit) yozuv tizimi vujudga keldi. Shu tarzda ibtidoiy dastlabki ifodalovchi xarakterga ega yozuv o‘z davrining muayyan takomillashgan yozuviga aylanadi. Ideografiya faqat Xitoyda saqlanib qolgan. Tartibga solingan yozuv shakllanib kelayotgan sinfiy jamiyatning va davlatchilikning hayotiy talabi bo‘lib, bu hodisa ancha tez tarqaladi. Davlatchilikning vujudga kelishi bilan zarur ishlarni tashkil qilishda, maxsus yozishmalarni amalga oshirishda, diniy urf- odatlarni yozuv tarzida saqlashda, hukumat topshiriqlarini yuritishda ideografik yozuv o‘z o‘rnini egalladi. Avvalgi oddiy piktografiyadan ideografik yozuvga o‘tishda uzoq vaqtlar maxsus o‘qitish ishlari talab qilinardi. Shuning uchun ham xalq ommasi tomonidan yozuvni o‘zlashtirish oson kechmadi. Dastlabki vaqtlarda bu yozuv, ehtimol, uning tashkilotchisi bo‘lgan kohinlar tomonidan sir saqlangan bo‘lishi mumkin. Kohinlar bu sirni ollohning ne‘mati deb, begona kishilarga ko‘rsatishdan tiyilgan. Ko‘pgina ilk sinfiy jamiyatlarda yozuv kohinlar va oqsuyaklar uchun imtiyoz hisoblanardi. Biroq yozuv shu vaqtdan boshlab ularning qo‘lida bilimlarni to‘plashda va tarqatishda kuchli vosita, madaniyatni rivojlantirishdagi yangi qurol sifatida hizmat qildi. 162 Eng qadimgi ideografik yozuv mil. avv. 4 minginchi yilda dastlab Shumer va Misrda paydo bo‘ldi. Shunga o‘xshash yozuvning protohindiy va krita-minoy kabi variantlari Eski Dunyoda keng tarqalgan. Shuning uchun ham ko‘pgina burjua olimlari diffuziya ta‘limotini ilgari surib, yozuvning muayyan bir joyda vujudga kelganligini ta‘kidlashadi. Ehtimol, ularning fikricha, yozuvning qadimgi markazi Shumer, ana shu yerda yozuv jahonning boshqa mintaqalariga asta-sekin tarqalgan, degan g‘oya ham ilgari surilmoqda. Biroq bu konvergent xususiyatiga ega ta‘limotni hozirgi zamon olimlari ma‘qullashmoqda emas. To‘g‘ri, sinfiy jamiyatning yemirilishi ostonasida qadimgi madaniyat markazlari bo‘lgan Shumer, Misr, Xitoy, Mesopotomiya uchun yozuv konvergent tarzda paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Lekin bu mamlakatlar jahonning deyarli yarim hududini o‘z ichiga oladi. Aytilgan har bir mamlakat o‘zi bir alohida dunyo, alohida qadimgi sivilizasiya markazlari hisoblanadi. Xullas, yozuv ibtidoiy jamiyat tuzumining yemirilishi va davlatchilikning paydo bo‘lishi arafasida dastlab turli joylarda har xil shaklda vujudga kelgan. Qo‘shni qabilalar yoki davlatlar yozuvning nusxasini ana shu aytilgan markazlardan olganligi fan haqiqatiga to‘g‘ri keladi. Shunday holatlar ham bo‘lgan. Masalan, tropik Afrikada yashagan ayrim xalqlarda yozuv davlatchilik vujudga kelgandan so‘nggina ma‘lum bo‘lgan, xolos. Bu hodisa ham yozuvning Afrikaga qo‘shni davlatlardan kirib kelganligidan to‘la dalolat beradi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling