Tarixiy antropologiya


Metallurgiyaning paydo bo„lishi va rivojlanishi


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/56
Sana29.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1401098
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56
Bog'liq
antrapologiya

3. Metallurgiyaning paydo bo„lishi va rivojlanishi 
Insoniyatga eng qadimgi davrlardan ma‘lum bo‗lgan metall bu mis 
bo‗lib, uni eng dastlabkisi neolit davrlarida tabiiy ravishda yer yuzasiga 
chiqib qolgan yaxlit shakldagi misni qizdirish va unga shakl berish usuli 
bilan ishlatilgan. Tabiatdagi misni o‗zlashtirishda bunday tabiiy ravishda 
yuzaga chiqib qolgan tug‗ma metallardan foydalanilgan bo‗lsa, 
keyinchalik aynan shu topilgan misni bronzaga aylantirish usuli paydo 
bo‗lgandan keyingina bu metall toshni siqib chiqarishga muvaffaq 
bo‗ldi.
Mis ruda sifatida hamma joyda ham uchramagan va uni qazib olib, 
undan foydalanish ishlari juda ham qiyin kechgan. Shuning uchun 
misning tosh qurollarni siqib chiqarishi yo‗lidagi harakatlar juda qiyin 
kechgan. Lekin yangi qurol yasash uchun topilgan metallning jamiyat 
taraqqiyotiga qo‗shadigan hissasi juda ham katta bo‗lgan. 
Xuddi shu gaplarni misning o‗rniga kelgan bronza to‗g‗risida ham 
aytish mumkin. Chunki bronzani tayyorlash uchun qalay, qo‗rg‗oshin, 
rux, surma, mishyak kabi kimyoviy moddalardan ma‘lum miqdorda 
qo‗shilgan. 
Bronza misga nisbatan ancha qattiq bo‗lganligi uchun undan 
yasalgan qurollarning sifati, ya‘ni qattiqligi va o‗tkirligi anchagina 
yuqori bo‗lgan. Uni erish temperaturasi misga nisbatan ancha past 
bo‗lgan. Hamda erigan bronzani qoliplarga quyish ishlari ham oson 
bo‗lgan. Shu bilan birga birinchidan bronza olish uchun komponentlar – 
mis hamda unga qo‗shiladigan qalay, qo‗rg‗oshin, rux, surma, mishyak 
kabi kimyoviy moddalarni topish juda qiyin bo‗lgan, chunki bu 
minerallar hamma joyda ham topilavermagan. Shuning uchun ham 
eneolit davrida jamiyat hayotida tosh qurollarining roli va o‗rni katta 
bo‗lgan. Bunday holat bronza davrida ham davom etgan, chunki 
tayyorlangan bronza qurollari tosh qurollarini siqib chiqara olmagan. 
Yuqoridagi holat temirdan qurollar ishlab chiqarilishiga qadar 
davom etdi. Xo‗jalikda temirni joriy etilishi bilan ahvol mutlaqo 
o‗zgardi. Ammo, temirning hayotga joriy etilishidan boshlab tosh 


150 
qurollari endilikda o‗z o‗rnini temir qurollariga bo‗shatib berdi. Chunki 
temir rudasi mis yoki bronzadan kengroq tarqalgan edi. Eng muhim 
tomoni – temirning ishlab-chiqarishda ishlatilishi nihoyatda qulay 
bo‗lib, undan juda ham keskir bo‗lgan, egilmaydigan va bukilmaydigan 
qattiq qurol-aslahalar tayyorlandi. Ammo bu imkoniyatga ega bo‗lish 
uchun insoniyatga minglab yillar kerak bo‗ldi. Faqat temir davriga 
kelibgina ishlab chiqarishdan tosh qurollari mutlaqo siqib chiqarildi. Bu 
temirning toshni ustidan qozongan katta g‗alabasi edi. 
Eng toza temir metall meteoritning tushishi natijasida olingan metal 
bo‗lib, uning sifati rudadan olingan metalga nisbatan ancha yuqori 
bo‗lgan. Rudadan temirni ajratish usuli miloddan oldingi II ming 
yillikda qanday bo‗lgan bo‗lsa, shundayligicha qolgan. Bu usul bo‗yicha 
eng qadimgi davrlardayoq temir rudasi pechga o‗tin bilan taxlab 
qo‗yilgan. Temirni eritish uchun o‗t yoqilib, mesh yordamida xumdonga 
havo (kislorod) yuborilgan, natijada pechning tagida kritsa olishgan. 
Kritsani faqat temirchining qo‗l kuchi, bolg‗asi yordamida shlakdan 
tozalangan. Shu bilan birga temir olish usuli juda qiyin jarayon bo‗lib, 
bu ish bilan shug‗ullangan odamlarni ilohiy darajadagi odamlar deb 
tushunishgan. Chunki, temirdan yasalgan pichoq, qilich, xanjar kabi 
qurollar o‗lim va o‗ldirish bilan bog‗liq qurollar bo‗lgan. Shuning uchun 
temirchilardan doimo qo‗rqishgan. Ruslardagi ―kuznets‖ so‗zi ham 
―kaznit‖ so‗zidan olingan. 
Dunyoning turli qismida temir ishlab-chiqarish usullarining paydo 
bo‗lishi turli davrlarga to‗g‗ri keladi. Kavkazorti va Kichik Osiyoda 
miloddan ilgarigi III ming yillikda, Kavkazortining janubida va Kichik 
Osiyoda, miloddan ilgarigi II ming yillikda va Osiyo, Afrika va Yevropa 
miloddan ilgarigi I ming yilliklarda tarqaldi. Shu bilan birga Amerika, 
Okeaniya va Avstraliyaga temir faqat Yevropaliklarning bu yerlarga 
kirib kelgan davridan boshlangan bo‗lgan. 
Temirchilik bilan bir qatorda hunarmandchilikning boshqa turlari 
asta-sekinlik bilan rivojlandi. Hunarmandchilik turlarining eng 
dastlabkilariga kulolchilikni kiritish mumkin. Bu sohaning rivojlanishiga 
kulolchilik charxining va sopol pishiradigan xumdonning kashf etilishi 
muhim ahamiyat kasb etdi. Ammo, kulolchilik charxi, yoki kulolchilik 


151 
xumdoni paydo bo‗lmasdan ilgari boshqa mamlakatlarga o‗zining juda 
sifatli sopol idishlarini chiqargan mamlakatlar bo‗lgan. Bularga Amerika 
va Afrikadagi qadimgi jamiyatlar kiradi. 
Bronza davridan boshlab dehqonchilikdan bir qator sohalar, shu 
jumladan to‗qimachilik hunarmandchilikning alohida yo‗nalishi sifatida 
ajrab chiqdi. Aynan to‗qimachilikdan keyin hunarmandchilikning 
boshqa turlari ham eng asosiy sohalar sifatida ajralib chiqishdi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling