Tarixiy antropologiya
Ma‟naviy madaniyatning tarkibiy tuzilishi
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
antrapologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- (X. Ortega va Gasset)
- Ommaviy madaniyat
Ma‟naviy madaniyatning tarkibiy tuzilishi Submadaniyat Submadaniyat - bu turli ijtimoiy guruhlar madaniyati, deb qaraladi. Submadaniyatga ijtimoiy qatlamlar: shaharliklar, qishloq aholisi, yoshlar, ishchilar, dehqonlar, o‗rta qatlam, quyi qatlam va hatto yuqori qatlam kiradi. Gap shundaki, shu qatlamga kiruvchi kishilar faqatgina a‘zolarining qatlamiga tegishli madaniyatni yoqtiradilar, qolgan qatlamlardagi madaniyat turi ularga begonadek, tushunarsiz ko‗rinadi. Sababi esa submadaniyat har biri o‗ziga tegishli guruhni boshqa guruh madaniyatlaridan ―izolyatsiya‖da saqlaydi. Masalan, eng rivojlangan va faol bo‗lgan yoshlar submadaniyati. Yoshlar submadaniyatining markazini musiqa tashkil qiladi. Elitar madaniyat turi Oliy - elitar madaniyat. Elita (fransuzcha elita - eng sara, eng yaxshi, saralangan) - har qanday ijtimoiy tuzilmaning boshqaruv jihatlarini muvofiqlashtirish hamda rivojlantirish funksiyalarini amalga oshiruvchi oliy, imtiyozli qatlamdir. Elita haqidagi nazariyalar dastavval Platon, Aristotel, Nitshe va boshqa olimlarning qarashlarida bayon qilingan. Hozirgi G‗arb sotsiologiyasida elita turli xil talqin etiladi. Bunda elita hokimiyatga yo‗nalgan, siyosiy jihatdan eng faol odamlar jamiyatda eng ko‗p obro‗, maqom, boylikka ega bo‗lgan, ommaga nisbatan aqliy va axloqiy ustunlikka ega odamlar (X. Ortega va Gasset), jamiyatning noijodiy ko‗pchiligidan farq qiluvchi qismi (Toynbi), eng malakali 169 mutaxassislar, menejerlar va boshqaruv tizimidagi oliy xizmatchilardir, deb izohlanadi‖ elitar madaniyati ostida, odatda, an‘anaviy ijtimoiy- gumanitar va ilmiy-texnik (intellektual) madaniyat tushuniladi. Ommaviy madaniyat Ommaviy madaniyat - madaniyat mavjudligining murakkab, hamma vaqt bir xilda talqin qilinmaydigan o‗ziga xos shakli. ―Ommaviy madaniyat G‗arb madaniyati bilan bog‗liq hodisa deb tushuniladi, shuningdek, u g‗oyasizlik, sifatsizlik va didsizlik namunasi sifatida talqin qilinadi. Ommaviy madaniyat chuqur ijtimoiy va madaniy ildizlarga ega. Ommaviy madaniyat paydo bo‗lishining ijtimoiy- iqtisodiy ildizlari yirik sanoat ishlab chiqarishning paydo bo‗lishi bilan bog‗liq. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling