Tarixiy antropologiya


Ma‟naviy madaniyatning tarkibiy tuzilishi


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/56
Sana29.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1401098
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
antrapologiya

 
Ma‟naviy madaniyatning tarkibiy tuzilishi 
Submadaniyat 
Submadaniyat - bu turli ijtimoiy guruhlar madaniyati, deb qaraladi. 
Submadaniyatga ijtimoiy qatlamlar: shaharliklar, qishloq aholisi, 
yoshlar, ishchilar, dehqonlar, o‗rta qatlam, quyi qatlam va hatto yuqori 
qatlam kiradi. Gap shundaki, shu qatlamga kiruvchi kishilar faqatgina 
a‘zolarining qatlamiga tegishli madaniyatni yoqtiradilar, qolgan 
qatlamlardagi madaniyat turi ularga begonadek, tushunarsiz ko‗rinadi. 
Sababi esa submadaniyat har biri o‗ziga tegishli guruhni boshqa guruh 
madaniyatlaridan ―izolyatsiya‖da saqlaydi. Masalan, eng rivojlangan va 
faol bo‗lgan yoshlar submadaniyati. Yoshlar submadaniyatining 
markazini musiqa tashkil qiladi. 
 
Elitar madaniyat turi 
Oliy - elitar madaniyat. Elita (fransuzcha elita - eng sara, eng yaxshi, 
saralangan) - har qanday ijtimoiy tuzilmaning boshqaruv jihatlarini 
muvofiqlashtirish hamda rivojlantirish funksiyalarini amalga oshiruvchi 
oliy, imtiyozli qatlamdir. Elita haqidagi nazariyalar dastavval Platon, 
Aristotel, Nitshe va boshqa olimlarning qarashlarida bayon qilingan. 
Hozirgi G‗arb sotsiologiyasida elita turli xil talqin etiladi. Bunda elita 
hokimiyatga yo‗nalgan, siyosiy jihatdan eng faol odamlar jamiyatda 
eng ko‗p obro‗, maqom, boylikka ega bo‗lgan, ommaga nisbatan aqliy 
va axloqiy ustunlikka ega odamlar (X. Ortega va Gasset), jamiyatning 
noijodiy ko‗pchiligidan farq qiluvchi qismi (Toynbi), eng malakali 


169 
mutaxassislar, menejerlar va boshqaruv tizimidagi oliy xizmatchilardir, 
deb izohlanadi‖ elitar madaniyati ostida, odatda, an‘anaviy ijtimoiy-
gumanitar va ilmiy-texnik (intellektual) madaniyat tushuniladi. 
Ommaviy madaniyat 
Ommaviy madaniyat - madaniyat mavjudligining murakkab, hamma 
vaqt bir xilda talqin qilinmaydigan o‗ziga xos shakli. ―Ommaviy 
madaniyat G‗arb madaniyati bilan bog‗liq hodisa deb tushuniladi, 
shuningdek, u g‗oyasizlik, sifatsizlik va didsizlik namunasi sifatida 
talqin qilinadi. Ommaviy madaniyat chuqur ijtimoiy va madaniy 
ildizlarga ega. Ommaviy madaniyat paydo bo‗lishining ijtimoiy-
iqtisodiy ildizlari yirik sanoat ishlab chiqarishning paydo bo‗lishi bilan 
bog‗liq.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling