Tarixiy antropologiya


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/56
Sana29.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1401098
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
antrapologiya

Madaniyatning tavsifi 
1. Madaniyatni anglash: Madaniyat biologik meros sifatida 
o‗tmaydi, lekin insonni ijtimoiyligini anglatadi. Bu tug‗ma tendensiya 
hisoblanmaydi. Madaniyat bilan bog‗liq instinklar mavjud bo‗maydi. 
Madaniyat odatda xulq-atvorni ham anglatadi.
2. Madaniyat ijtimoiydir: Madaniyat yakka holda mavjud 
bo‗lmaydi. Bu hech qanday individual hodisa emas. Bu ijtimoiy o‗zaro 
ta‘sir natijasida yuzaga keladi va rivojlanadi. Jamiyat a‘zolari o‗rtasida 
tarqaladi. 


165 
3. Madaniyat ommalashgandir: Madaniyat ommalashishi bilan 
sotsiologiyada ahamiyatlidir. Bu inson yakka holda o‗zlashtiradigan 
jarayon emas.
4. Madaniyat o‗tkazuvchandir: Madaniyat bir avloddan boshqa 
avlodga o‗tish xususiyatiga ega. Madaniyat gen orqali emas til
harakatlar vosiyasida yetkaziladi.
5. Madaniyat davomli va mujassamdir: Madaniyat to‗xtovsiz 
jarayon sifatida mavjuddir. U Tarixiy tarraqiyot davomida 
mujassamlashib boraveradi. Madaniyat oldingi va hozirgi yutuqlarni 
mujassamlashtirib, 
insoniyatning 
kelajakdagi 
yutuqlariga 
zamin 
yaratadi.
6. Madaniyat integratsionlashgandir: Madaniyatda muntazamlik 
tendensiyasi mavjudir. O‗z navbatida u boshqa jamiyat sohalarini
o‗zaro aloqasini ta‘minlaydi.
7. Madaniyat dinamik va moslashuvchandir: Madaniyat statik holda 
barqarorlik kasb eta olmaydi. Unda asta sekinlik bilan, lekin doimiy 
o‗zgarishlar yuz beradi. o‗zgarish va yuksalish madaniyatda latent 
holatda bo‗ladi. 
Moddiy va ma‟naviy madaniyat
Moddiy madaniyat deb insoniyat tamonidan yaratilgan obyektlar
shuningdek instrumental vositalar, jihozlar, avtomobillar, dambalar, 
yo‗llar, ko‗priklar kabi inson faoliyati natijasida o‗zi uchun moddiylik 
asosida yaratgan narsalarni misol qilib keltirish mumkin. Qadimgi 
obidalar , ishlab chiqarish usullari, texnik va moddiy jihozlar moddiy 
madaniyatning namunalari hisoblanadi. Moddiy madaniyatni o‗zgarishi 
va rivoj topishi bilan sivilizatsiya rivojlanadi.
Ma‘naviy madaniyat insonni ichki ruhiy dunyosini yuzaga 
chiqaradigan madaniyat namunalaridir. Ma‘naviy madaniyatni insoning 
gapirishi, normalarga amal qilishi, e‘tiqodi, urf-odatlariga rioya qilishi, 
marosimlar va uslublarida ko‗rishimiz mumkin. Shuningdek
qadriyatlar va tafakkur bilan bog‗lik xatti-harakatlarini jamlamasini 
ma‘naviy madaniyat deb hisoblash mumkin.


166 
Madaniyatni funksiyalari 
-Madaniyat bilimlar majmuasidir 
-Madaniyat xolatni aniqlashtiradi 
-Madaniyat munosabatlarni belgilaydi 
-Madaniyat bizning faoliyatimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega 
-Madaniyat xulq-atvor namunasini ta‘minlaydi 
-Madaniyat insoniylik qolipidir 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling