Tarixiy antropologiya


Samarqand davlat universiteti O‘quv-uslubiy kengashi yig‘ilishida


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/56
Sana29.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1401098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
antrapologiya

 
Samarqand davlat universiteti O‘quv-uslubiy kengashi yig‘ilishida 
muhokama qilindi va nashrga tavsiya qilingan. (2021 yil. 30 noyabr. №5) 
Mas‟ul muharrir 
D.M.Djurakulova, tarix fanlari nomzodi, professor.
Taqrizchilar: 
N.U.Xolmatov, tarix fanlari doktori, dotsent
B.K.Sayfullayev, tarix fanlari nomzodi 
ISBN 978-9943-7266-3-5 
©Samarqand davlat universiteti, 2021 



 
So„z boshi 
 
Mazkur o‗quv qo‗llanma ―Tarixiy antropologiya‖ fanidan 
―5120300-Tarix (jahon mamlakatlari bo‗yicha)‖ ta‘lim yo‗nalishi
talabalari uchun mo‗ljallangan bo‗lib, Samarqand davlat universiteti 
tarix fakultetining ―Arxeologiya‖ kafedrasi dotsenti O.Ergashev
tomonidan tayorlangan. ―Tarixiy antropologiya‖ fani o‗quv
qo‗llanmasini yaratishda yetakchi xorijiy va maxalliy OTMlar o‗quv 
dasturlaridagi asosiy adabiyotlar ro‗yxatiga kiritilgan adabiyotlardan 
foylalanildi.
―Tarixiy antropologiya‖ fani ―5120300-Tarix (jahon 
mamlakatlari)‖ tarix ta‘lim yo‗nalishi o‗quv rejasiga asosan
o‗qitiladi. Usbu o‗quv qo‗llanmada fanning predmeti, maqsadi va 
vazifalari, tarixiy antropologiya fanining shakllanishi va muammolari, 
tarixiy antropologiyada ijtimoiy muammolar, tadqiqot metodlari, 
davrlashtirish muammolari, tarixiy antropologik bilimlar tizimida 
AQSH, Fransiya, Angliya va Germaniya maktablarining yo`nalishlari, 
insoniyat tarixining ilk davri, ya‘ni ibtidoiy tarix bosqichlari, insonning 
vujudga kelish evolyusiyasi masalalari to‗g‗risida zaruriy ma‘lumotlar
keltirilgan. 
Shu paytgacha ibtidoiy tarixning eng qadimgi bosqichlari jahonning 
turli nuqtalaridan XVI–XIX asrlarda to‗plangan etnografik ma‘lumotlar 
asosida tiklangan va bundan keyin ham ibtidoiy tarix, insoniyatning 
shakllanish jarayonlarini tiklash uchun juda ko‗plab qo‗shimcha 
ma‘lumotlar aynan etnografik manbalardan olinadi. 
XIX asrning oxirlari XX asrning boshlarida yashagan yirik etnolog 
olimlar tarixiy antropologiya va etnologiyaning asosiy yo‗nalishlarini, 
nazariy-metodologik asoslarini yaratganlar. Ayniqsa bu nazariyalar 
ichida evolyutsionizm va diffuzionizm nazariyalari, sotsiologiya va 
funksionalizm maktablari yoki etnopsixologiya yo‗nalishlari bevosita 
etnologiya fanining ham, tarixiy antropologiya fanlarining ham 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri o‗rganish doiralariga kiradi. Etnologiya fani va tarixiy 
antropologiya fanlarining o‗rganish obyektlari, predmeti, maqsad va 



vazifalari shu qadar bir-biriga yaqinki, hatto ularning orasidan chegara 
o‗tkazishning imkoni yo‗q. 
Tarixiy antropologiya fanining taraqqiyotini hozirgi zamon 
arxeologiya fanisiz ham tasavvur qilib bo‗lmaydi.
Insoniyatning paydo bo‗lishi va rivojlanish tarixi bo‗yicha olib 
borilgan izlanishlar natijasida keyingi davrlarda turli fanlar bo‗yicha 
qo‗lga kiritilgan yangi qo‗shimcha ma‘lumotlar berilmoqda. Ayniqsa, 
biologiya fanining yo‗nalishlaridan biri bo‗lgan genetika fanining 
keyingi davrlardagi yutuqlari odamning paydo bo‗lishi va uning 
rivojlanish bosqichlari bo‗yicha yangi g‗oyalarni berishga asos bo‗ldi. 
―Tarixiy antropologiya‖ fanini o‗zlashtirish jarayonida
bakalavr antropologiya fanning ahamiyati va ijtimoiy fanlar sohasida 
tutgan o‗rni to‗g‗risida, antropologiya tarixi, tarixiy antropologiyadagi 
zamonaviy ilmiy nazariyalar, insoniyat tarixining ibtidoiy davri, 
dastlabki jamoalar moddiy va ma‘naviy madaniyatiga oid materillardan 
foydalanish kabi ko‗nikmalarga ega bo‗ladi. 




Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling