Tarixiy antropologiya
Tarixiy antropologiya predmeti
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
antrapologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Primitiv” xalqlar tarixiy antropologiya predmeti sifatida.
- XX asr tarixiy antropologiya predmetining o„zgarishi.
3. Tarixiy antropologiya predmeti.
Antropologiya, xususan, tarixiy antropologiya fan sifatida shakllana boshlashidan hozirga qadar eng muhim tadqiqot mavzularidan biri etnik madaniyatlar taraqqiyoti va etnoslararo munosabatlar hisoblanadi. Insoniyatning Ilk tarixiga oid ma‘lumotlar cheklangan bo‗lsa-da, olimlar, odamzodning o‗tmishini ifodalovchi antropologik nazariyalar tuzishda davom etmoqda. Bu nazariyalar mualliflari tarixiy aniqlikka 10 davo qilishmasada, ular rekonstruksiya qilgan tizimlarni amalda bo‗lgan real hayot deb o‗ylamaslik lozim. “Primitiv” xalqlar tarixiy antropologiya predmeti sifatida. Tarixan antropologiya fani dastlab, madaniy taraqqiyoti yevropaliklardan past bo‗lgan xalqlarni o‗rgana boshlagan. Demak antropologiya ilk bosqichda ―primitiv‖ jamiyatlar va ularning an‘anaviy madaniyatlarini tadqiq qilgan (primitiv-lotincha-birinchi, dastlabki). XIX asr oxirida yuksak texnik taraqqiyotga erishgan G‗arb mamlakatlari uchun bu atama mos kelib, juda tez tarqaldi. Texnologik taraqqiyot darajasiga asoslangan madaniy klassifikasiyalarda o‗z o‗rnini egallagan bu kabi yondashuv Lyuis Genri Morgan (―Qadimgi jamiyat‖) kabi taniqli etnologlar faoliyatida ham katta o‗rin egallaydi. XX asr tarixiy antropologiya predmetining o„zgarishi. XIX asr so‗nggida antropologiya universitet fani sifatida o‗qitila boshlandi. Natijada, fanga yangi nazariyachi olimlar kirib kelib, antropologiya asoschilari – amaliyotchilarni almashtiradi. Avlodlar almashinuvi fanning predmeti borasida ham o‗zgarishlarga olib keldi. Eng avvalo xalqlarni primitiv (ibtidoiy) va sivilizatsiyalashgan toifalarga bo‗lish tanqid ostiga olindi. Shunga qaramasdan qator olimlar primitiv xalq ham yevropaliklar singari o‗z tarixiga ega ekanligini, ularning turmush tarzi insoniyatning ilk bosqichi emasligi, ular ham biz kabi ibtidoiy jamiyatdan uzoq ketganligi g‗oyasini yoqlamoqdalar. Ularni primitiv deb atashning to‗g‗ri tomoni ushbu jamiyatlarning o‗z tarixida atrof – muhit, tabiatga nisbatan o‗zgacha munosabat o‗rnatganidir. Shu tarzdagi qarash nemis etnologi Rixard Turnvald tomonidan ham bildirilgan. U ―ibtidoiy xalq tushunchasini tahlil etar ekan shunday yozadi, ―Bir omil ayniqsa muhimdir: bu tabiatni qanday qurollar, moslamalar, mahorat va bilimlar asosida bo‗ysundirishdir. ―Ibtidoiy deb atrof-muhit, tabiat haqida kam bilimga ega bo‗lgan, oziq topish va hayotini ta‘minlash uchun eng sodda qurollardan foydalangan qabilalarni aytish mumkin‖. Yuqoridagi qarashlardan kelib chiqib ayrim olimlar fanda ―ibtidoiy xalqlar‖ atamasini qoldirishni, u orqali tabiatga nisbatan suyiiste‘mol munosabatda bo‗lmasdan ijtimoiy muvozanatni saqlab qolgan xalqlarga 11 nisbatan qo‗llashni taklif qilishgan. Olimlarning boshqa bir guruhi esa ―ibtidoiy xalqlar‖ atamasini taomildan chiqarishni sababi u ―madaniy xalqlar‖ atamasini ishlatishni va xalqlar tengsizligini anglatishini tarafdori bo‗lib chiqdi. Haqiqatdan ham, yer yuzida bironta xalq yoki qabila yo‗qki, u o‗z madaniyatiga ega bo‗lmasa, eng qadimgi odamlar ham toshdan qurollar yasaganku axir! Madaniyat insonning tug‗ma sifati, uning mohiyati odamda atrof-muhitni o‗zgartirish qobiliyatining mavjudligidir. Xuddi shu vosita orqali inson boshqa jonzodlardan farqliroq o‗zgaruvchan tabiatga moslasha oladi. XVIII-XIX asrda olimlarda mavjud faraz ilk davrga oid odamlarning mavjudligi albatta hato edi. Har bir inson ham madaniyatlashgan, ham madaniyat yaratuvchi sifatida hayotda mavjud ekan, ―madaniylashgan‖ yoki ―madaniyati past xalqlar‖ haqidagi fikrlar asossizdir. Shuning uchun olimlar tomonidan ko‗plab bahs va munozaralardan keyin yangi atamalar: ―arxaik madaniyatlar‖, ―yozuvsiz madaniyatlar‖, ―an‘anaviy jamiyatlar‖, ―qabilalar ittifoqi‖ va h.k. zolar kiritildi. Tarixiy antropologiya predmeti esa quydagilardan iboratligiga kelishildi: 1) Tavsiflovchi va umumlashtiruvchi fan bo‗lib, u inson (fiziologik xususiyatlari) va insoniyat taraqqiyotining umumiy qonunlarini o‗rganadi. 2) Madaniyat tillari va ularning shakllanishi, o‗zgarishlarini qiyosiy o‗rganuvchi fandir. 3) U sotsiologiyaning bo‗limi sifatida primitiv va an‘anaviy ijtimoiy tizimlarni o‗rganadi. 4) Insonning tabiatdan tashqaridagi madaniyati dunyosining yuksalishi haqidagi o‗rganuvchi fandir. 5) Ibtidoiy, an‘anaviy va zamonaviy jamiyatlar madaniyatlarini qiyosiy tahlil orqali o‗rganuvchi fandir. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling