Tarixiy antropologiya
Tarixiy antropologiyada tadqiqot metodlari
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
antrapologiya
1. Tarixiy antropologiyada tadqiqot metodlari.
Tarixiy antropologiyaning metodlari qanaqa? Ular boshqa ijtimoiy fanlardlagi ilmiy metodlardan nimasi bilan farq qiladi? An‘anaga ko‗ra, antropologiyada ishlash boshqa jamiyatning zaminida ishlashni talab qiladi. Mahalliy- madaniy muhit o‗rab turgan sharoitda insonlar hayotini o‗rganishda etpnografiya qo‗llaniladi. Etnograflar turli jamoalarni tadqiq qilishadi. Ular insoniy qarindoshliklarni mahalliy xalqning yashash sharoitini o‗rgangan holda aniqlashadi. Intervyu jadvallari etnograflarning har xil odamlardan keraklm ma‘lumotlarni yig‗ib yurgan odam tomonidan tuziladi. Etnograflar mahalliy jamoa hayoti bilan bo g‗liq alohida muhitda maslahatchilar bilan birgalikda ishlab kelmoqda. Hayot, tarix hujjatlari, insoniy tajribalar, madaniy va ma‘naviy o‗zgarishlar jarayonida o‗rganiladi. Genealogik ma‘lumotlar qardoshlik tamoyillari va ijtimoiy hayotni o‗rganishda alohida muhim hisoblanadi.. Arxeologik antropologlar guruhlari vaqt va fazo orqali ham ishlashadi. Oddiy qilib aytganda, arxeologlar har ikkala mahalliy (qazib olish) va mahalliy (tizimli kuzatuv) istiqbollarini 15 birlashtiradi. Zamonaviy etnograflarga o‗xshab, ular joylarning alohida va bo‗lingan holdaligini emas, balki butun bir katta ijtimoiy tizimlarni o‗rganishadi. Antropologlar etnik majburiyatlarni o‗zlarining o‗qish sohalarida, jamiyat va madaniyatda, inson ko‗rinish larida, boshqa ko‗rinish lar va atrof-muhitga nisbatan anglashadi. An‘anaga ko‗ra, antropologlar kichik jamiyatlarda, sotsiallashgan zamonaviy millatlarda ishlashadi. Turli o‗rganish texnikalari bunday jamiyatlarda rivojlanadi. Sotsiolog olimlar kuzatuv ishlari oddiy usullarda kompleks jamiyatlarda ishlashadi. Kuzatuv ishlari etnografiyadan nimasi bilan farq qiladi? Juda ko‗plab a‘lo darajadagi javoblarga qaraganda kuzatuv ishlarini olib boruvchi, bajargan ishlarini savollar ishlatib qo‗llashgan. Sotsiolog bo‗laklarni keng aholi haqida xulosa chiqargan holda o‗rganadi. Antropologiya insonni o‗rganuvchi boshqa fanlardan o‗zini qiyosiyligi va keng qamrovliligi bilan ajralib turadi. Antropologlar biologiya, til, madaniyat, o‗tmish va hozir mavjud bo‗lgan ibtidoiy zamonaviy jamiyatlarni tadqiq qiladi. Ushbu bobda antropologiyaning, asosan madaniy antropologiyaning dala ishlarini olib borish usullari ijtimoiy fanlardagi boshqa usullar bilan qiyoslanadi. Bunda antropologiyaning etnik jihatlari ham inobatga olinadi. Taxminan asrning oxirlariga kelib antropologiya sotsiologiya fanidan ajralib chiqa boshladi. Jamiyatni o‗rganishni boshlab berganlar orasida fransiyalik olim Emil Dyurkgeym sotsiologiya va antropologiya fani asoschilarida biri hisoblanadi. Oddiy va murakkab tuzilgan jamiyatlar haqida mushohada yuritar ekan, mahalliy Avstraliya xalqlarining yozma yodgorliklariga (Dyurkgeym 1912/1961) va zamonaviy xalqlarda namoyon bo‗luvchi ommaviy fenomen (o‗z joniga qasd qilish ko‗rsatkichlari kabi)larni nazardan qochirmaydi. Shunday qilib, antropologiya qadimiy jamiyatlar, sotsiologiya esa zamonaviy jamiyatlarga ixtisoslashadi. Tarixiy antropologiyada etnografiyaga xos dala ishlarini olib borish usullariga quyidagilar kiradi: 16 Kundalik faoliyatlarni bevosita kuzatish. Turli xil darajadagi suhbatlar ; Genealogik usul Jamoaning o‗ziga xos hayot tarzi haqida muhim maslahatchi bilan olib boriladigan faoliyat. 5. Batafsil muloqot olib borish, odatda ayrim odamlarning (hikoyachining) hayoti haqidagi ma‘lumotlarni beradi. Etnografning shaxsiy kuzatishlari va xulosalari bilan qiyoslanishi mumkin bo‗lgan mahalliy e‘tiqodlar va qarashlarni aniqlash Turli xil muammolarga yechim topish uchun yo‗naltirilgan tadqiqotlar; Uzoq muddatli tadqiqot - ma‘lum bir hudud yoki makonni doimiy tadqiq etish Guruh bo‗lib tadqiqot olib borish - ko‗pchilikni tashkil qilgan etnograflar tomonidan boshqariladigan tadqiqot kuzatuv va amaliy kuzatuv usuli hisoblanadi. Etnograflarning kundalik hayotning turli taraflariga, fasliy jarayonlarga va g‗ayrioddiy hodisalarga diqqat bilan yondashishi taqozo etiladi. O‗zlari ko‗rib turgan voqea-hodisalarni qog‗ozga tushirib borishlari lozim. Etnograf dala ishini olib borar ekan dastlabki kun yoki haftada bo‗lganidek, endi u atrofdagi jarayonlarga ajablanarli nigoh bilan qaramaydi. Ko‗pchilik etnograflar o‗z taassurotlarini shaxsiy kundalik xotira daftarlariga yozib boradilar va bu kundalik esa rasmiyroq ko‗rinish dagi dala taassurotlari daftaridan farq qiladi. Bu kabi xotira daftarlarida aks etadigan dastlabki taassurotlar keyinchalik madaniy tafovutlarning asosiy jihatlarini qayta ko‗rsatib beradi. Bunday jihatlarga farqli hidlar, odamlarning shovqin- suronlari, ularning ovqat yeyishida og‗izlarining holati va bir- birlariga qanday nigoh bilan qarashlari kirishi mumkin. 17 Arzimas tuyuluvchi bu ko‗rinish lar g‗oyatda muhim ahamiyatga ega bo‗lib, ular Bronislav Malinovskiy iborasi bilan aytganda, ―Mahalliy hayotning va alohida kishi faoliyatining tassavvur qilib bo‗lmas xususiyatlaridan iboratdir‖. Bu kabi fundamental jihatlarni mahalliy odamlar tabiiy ko‗rinish lar sifatida qabul qiladilar. Bu kabi jihatlar ular uchun aslida gapirishga ham arzimaydigandek tuyulsa-da, lekin antropologning o‗rganmagan ko‗zi bunday g‗ayrioddiy ko‗rinish larni tezda ilg‗ab oladi va bu holatlar bilan yaqindan tanishish natijasida ularni yaxshiroq tushunish imkoniga ega bo‗ladi. Dastlabki taassurotlar g‗oyatda qimmatli bo‗lib, bu imkoniyatni qo‗ldan boy bermaslik uchun kuzatuvchilardan birinchi navbatda diqqat bilan kuzatishlari va o‗z taassurotlarini tartib bilan qog‗ozga tushirib borishlari talab etiladi. Etnograflar laboratoriya kataklaridagi hayvonlarni o‗rganmay- dilar. Psixologlarning kaptarlar, jo‗jalar, dengiz cho‗chqasi va kalamushlar ustidan olib boradigan tadqiqotlari etnografik tadqiqotdan tubdan farq qiladi. Antropologlar tadqiqot qilinayotganlarni boshqarmaydilar yoki ularning ma‘lum bir sharoitga qanday javob berishlarini o‗rganmaydilar. Biz tilsiz buyum yoki jonzotlarni o‗rganmaymiz, bizning tadqiqotimiz markazida inson zoti turadi. Etnograflar o‗rganish jarayonida ulardan o‗z bilganlaricha foydalanmaydilar, inson muhitini boshqarmaydilar yoki sinov tariqasida ma‘lum faoliyatlarni keltirib chiqarmaydilar. Ular mezbonlar (o‗zga madaniyat vakillari) bilan ishchanlik ruhidagi do‗stona aloqa o‗rnatishga harakat qiladilar. Etnografiya olib boradigan odatiy tadqiqot usullaridan biri bevosita qatnashuv deb nomlanadi. Bu biz o‗rganayotgan jamoa bilan birgalikda yashash va uning bir qismanaylanish degan ma‘noni anglatadi. Inson zoti boshqalar bilan birga yashar ekan biz butunlay befarq kuzatuvchi bo‗la olmaymiz. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling