Tarixiy antropologiya
Insoniyat tarixini arxeologik usullar bilan o„rganish va uni
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
antrapologiya
2. Insoniyat tarixini arxeologik usullar bilan o„rganish va uni
antropologik xulosalar bilan taqqoslash. Antropologiya fanining o‗zi insoniyatning biologik o‗ziga xosligini, tashqi jismoniy shaklu shamoilini o‗rganadigan fan bo‗lib, nafaqat hozirgi zamon odamini, balki qadimgi davrlarda, shu jumladan ilk primatlardan boshlab keyingi davrlardagi odamsimon maymunlar, eng dastlabki homo habilislarni ham antropologik tuzilishini o‗rganadi. Bunday qadimgi davr odamlarini o‗rganadigan olimlarni paleoantropologlar deb aytishadi. Paleoantropologik material asosan arxeologik qazishmalar davrida to‗planadi va bunday topilmalar insoniyat tarixidagi antropogenez jarayonlarini o‗rganadigan eng muhim manba bo‗lib xizmat qiladi. Olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar ichida (ayniqsa XX asrning oxirgi o‗n yilliklarida) primatlarni o‗rganish bo‗yicha qilingan ishlar o‗zining ahamiyati jihatidan juda yuqori o‗rinlarda turadi va insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichlari holatini yaqqol ko‗rsatib beradi. Ayniqsa maymunlarning morfologiyasini o‗rganish, ularning o‗zlarini podada tutishini, ilk insoniyatni xulq-atvorini o‗rganish va odamlarni jamoalarini qanday bo‗lganligini o‗rganishga juda katta yordam beradi. Ayniqsa ―insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida tartibsiz jinsiy munosabatlarda bo‗lganlar‖ degan nazariyalar mutlaqo asossiz ekanligini ko‗rsatadi. Ikkinchidan, umuman antropologiya fani boshqa fanlar kabi o‗zining o‗ziga xos tekshirish manbalariga va uslublariga egadir. 20 Ayniqsa hozirgi zamon odamlarini o‗rganadigan antropologiya ham, shuningdek qadimgi odamlar antropologiyasini o‗rganadigan paleoantropologiya fani ham antropologik tekshiruvlarda albatta odamlar guruhi bilan ishlaydi. Bu fan uchun yozma manbalar yo‗q. Agar odamlar guruhi qon-qardosh oilalar bo‗ladigan bo‗lsa, undan ham yaxshi bo‗ladi. Bunday odamlar guruhini hozirgi zamon odamlarining ichidan topish oson bo‗lsa ham, afsuski, qadimgi tariximizni tiklashga doir bunday materiallarni topish biroz qiyin kechadi. Bunday usulning asosiy maqsadi odamlarning bir guruhini ikkinchi guruh odamlariga solishtirishdan iborat bo‗ladi. Agar ikkita odamlar guruhi o‗rtasidagi farq topilgan taqdirdagina ular orasidagi farq to‗g‗ri, obyektiv ravishda talqin qilinadi va xulosa chiqariladi. Ammo, har qanday antropologik material ko‗rinib turgan odamlar guruhidan olingan bo‗lganligi uchun uni tuzatish mumkin. Chunki juda ko‗p hollarda mahalliy odamlarga boshqa joydan kelib qolgan odamning shaklu shamoilini, aftu basharasini ko‗rib turib, ular orasidagi farq ajratiladi. Lekin paleoantropologik materiallarda bunday qilishning imkoniyati bo‗lmaydi. Chunki qadimgi davrlarga oid har qanday qabriston juda ko‗p yillar mobaynida ishlatilgan va bu materiallarni davrma-davr ajratib chiqishning iloji yo‗q hisobida. Arxeologlar bunday materiallarni juda ham ko‗p yillar mobaynida turli davrlarga ajratishga harakat qilib ko‗rishgan va bu ishlar deyarli doimo samarasiz tugagan. Paleoantropologlarning tarixiy-antropologik xulosalar chiqarishlariga yana bir to‗siq borki, u ham bo‗lsa shu paytgacha o‗rganilgan qabristonlardan olingan paleoantropologik materiallarning deyarli aksariyat qismi keyingi davrlarga oid bo‗lib, juda qadimgi davrlarga oidlari, ayniqsa ibtidoiy davrning tarixiy-madaniy jarayonlarini rekonstruksiya qilishga tegishli materiallar unchalik ko‗p emas. Masalan, mezolit davrining qabristonlarida faqat 3-4 ta qabr borligi aniqlangan xolos. Katta qabristonlar asosan neolit davridan boshlab ko‗payadi. Ammo paleolit davriga oid qabristonlardan doimiy ravishda bittadan, yoki ikkitadan skelet qoldiqlari topilgan xolos. Paleoantropologik materiallar suyaklarning relefiga qarab uning muskullari qanday bo‗lganligi to‗g‗risida xulosa chiqarish imkonini 21 beradi. Bu esa, o‗sha davr odamlarining jismoniy imkoniyatlari to‗g‗risidagi xulosalarga olib keladi. O‗sha suyaklarga qarab turib o‗z davrida ayrim kasalliklar to‗g‗risida xulosa chiqarish, uni qanday davolaganliklarini ham bilish mumkin. Xuddi shuning o‗zi o‗z davrning yashash sharoiti, ovqatlanish ratsionlari, hayot sharoitlari, davolash usullarini bilishga imkon beradi. Paleoantropologiya materiallari asosida paleodemografik xulosalar chiqarish mumkin. Masalan, tug‗ilish, o‗lish, yosh va jins masalalaridagi turli gipotezalar va bularning hammasidan kelib chiqib ibtidoiy davr jamoalari bo‗yicha ham xulosalar chiqarish imkonini beradi. Paleolit davriga oid antropologik materiallarni o‗rganish, ayollarining erta o‗limi to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni olishga olib kelgan. Bu esa, avlodlar o‗rtasidagi kontakt davrining juda qisqaligi tufayli ularning o‗rtasidagi, ya‘ni avlodlar o‗rtasidagi jinsiy aloqalarni bo‗lmaganligi to‗g‗risida xulosalar olishga imkon bergan. Mezolit davri bo‗yicha topilgan qabristonlardagi materiallar nikohgacha yoshda bo‗lgan bolalarni ajratish imkonini beradi va shu bilan birga unilokal 1 nikoh va uniliney qarindoshlarni aniqlash imkonini berdi. Paleoantropologik materiallar ijtimoiy xulosalar chiqarishga ham katta yordam beradi. Ayniqsa, singan oyoq, qo‗l va skeletning boshqa qismlarining jarohatlari, amputatsiya qilingan panja, qo‗l yoki sun‘iy ravishda teshilgan bosh suyagi kabi holatlar birinchidan o‗z davrining konflikt holatlarini ko‗p yoki ozligi to‗g‗risida ma‘lumot bersa, ikkinchidan meditsina sohasidagi bilimlarni ham rivojlanganlik darajasi haqida ma‘lumot beradi. Antropologiya fanining yana boshqa yo‗nalishi ham borki, u ham bo‗lsa antropogenetika 2 bo‗limi bo‗lib, u ko‗proq primatologiya bilan shug‗ullanadi. Bu fan nafaqat biologik antropologiya qatoriga kirsa ham, balki ijtimoiy sohalarda ham katta manba bo‗lib xizmat qilishi mumkindir. Antropologiyaning yana bir yo‗nalishi irqshunoslik bo‗lib, uning bo‗limi ―etnik antropologiya‖ deb ataladi va etnogenez masalalarini 1 Unilokal nikoh va uniliney qarindoshlik to‗g‗risida kitobning oxiridagi lug‗atga qarang. 2 Antropogenetika – odamlarni shaklu shamoilini o‗zgarib borishini genetik usullardan foydalanib o‗rganish. 22 o‗rganadi. Irq va xalq, til va madaniyatning oralarida sababli bog‗lanish umuman yo‗q. Bitta irqdagi odam turli tilda gaplashishi, yoki turli dinga e‘tiqod qilishi mumkin. Hozirgi paytda irqshunoslik bilan antropologiyaning yana bir sohasi fiziologik antropologiya shug‗ullanadi. Umuman, paleoantropologiya materiallari arxeologik materiallarga o‗xshab ijtimoiy-tarixiy xulosalar chiqarishga biroz kamroq material beradi. Paleoantropologik materiallar ichida bosh chanog‗idagi teshiklar odamlarning jang paytida o‗lim bilan tugaganligini ko‗rsatadi. Ammo kim bilan jang bo‗lgan? Bu jang guruhlar o‗rtasidagi jangmi, ya‘ni ichki nizolarimi? Yoki tashqaridan kelgan boshqa guruhlar bilan bo‗lgan jang natijasimi? Krapinadan topilgan odamning odam tomonidan yeilganligini ko‗rsatgan kannibalizm 3 qoldiqlari. Ammo bu ham guruh ichidami, yoki boshqa guruh odamlar biri ikkinchisini eyishganmi? Bu muammolarning hammasi o‗z yechimini topganicha yo‗q. Antropometriya antropologiya fanida qo‗llaniladigan usul. Antropometrik o‗lchov ishlarini o‗tkazish uchun aynan shu fanda o‗lchanadigan turli murakkab o‗lchash asboblari qo‗llaniladi hamda matematik usullar yordamida tahlil qilinadi. Ayniqsa, jins va yosh o‗rtasidagi, o‗rtacha va maksimal yosh va h.k. Agar olingan paleodemografik materiallar turli qatlamlardan va ko‗plab olingan bo‗lsa, olingan xulosalar ham aniq hamda ishonarli bo‗ladi. Bu materiallar ancha kengroq miqyosdagi boshqa antropologik materiallar bilan solishtirilsa, bir-biri bilan bog‗liq bo‗lgan paleodemografik xulosalar zanjirini olish mumkin bo‗ladi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling