Tarixiy antropologiya


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/56
Sana29.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1401098
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56
Bog'liq
antrapologiya

Asosiy adabiyotlar 
1. Kottak C.Ph. Anthropology: the exploration of human diversity. 
12th ed. – New York: McGraw-Hill Inc., 2008.R.3-23. 
2. Barnard A. History and Theory in Anthropology. Cambridge 
University Press. 2004.R.1-15. 
3. 
Elizabeth Campbell and Luke Eric Lassiter. Doing 
Ethnography Today: Theories, Methods, Exercises. British Library. 
2015. 
Qo„shimcha adabiyotlar 
1. Ashirov A. Antropologiya. –T.., 2014. 
2. Antropologiya. (Pod red. Miskovoy Ye.V, Mexedova N.A, 
Pimenova V.V)-M.., Izd-vo «Kultura» 2005. 
 
Nazorat savollari 
1.Yangi zamonaviy yo‗nalishlarning shakllanish omillari. 
2. Fransiyada ―Annallar maktabi‖ va uni kelib chiqishi. 
3. Etnopsixologiya maktabi va uning shakllanishi va yutuqlari.
4. Neoevolyutsionizm g‗oyalari 
5.Strukturaviy antropologiya yo‗nalishi 
6.Neofunksionalizmning Manchester maktabi 
7.Lesli Elvin Uayt konsepsiyasi 



49 
4-MAVZU: TARIXIY ANTROPOLOGIYADA 
EVOLYUTSIONIZM NAZARIYASI 
REJA 
1. Eduard Taylor evolyutsion nazariya asoschisi sifatida. 
2. G. Spenser va Bastian nazariy qarashlari. 
3. Morgan xalqlar urug„chilik tuzumini tarixiy nuqtai 
nazardan tahlil etishi. 
TAYANCH SO„ZLAR VA IBORALAR 
Darvin, evolyutsion, klassifikasiya, madaniyat, xalq, animizm,
Morgan, urug‘, ibtidoiy. 
1. Eduard Taylor evolyutsion nazariya asoschisi sifatida. 
Darvinning evolyutsion g‗oyasi tabiiy fanlardagina to‗ntarish 
yasab qolmasdan, ijtimoiy fanlar, xususan yangi shakllanayotgan 
antropologiyada ham uzil-kesil qaror topadi. Ko‗pgina antropolog – 
evolyutsionistlar, ularni ijodga tabiiy fanlardagi muvaffaqiyatlar 
undaganligini ta‘kidlaydilar. Evolyutsionist olimlar o‗zlarining bosh 
vazifalari deb: turli xalqlar madaniyatlarini qiyoslash, insoniyat 
madaniyati taraqqiyotining umumiy qonunlarini ochish va asoslash deb 
bilganlar. 
Evolyutsion g‗oyani turli mamlakatlar antropologlari: Gerbert 
Spenser, Eduard Taylor, Teodor Vays, Genrix Shurs (Germaniyadan); 
sharl Leturno (Fransiya); Lyuis Genri Mofgan (AQSh) yuksaltirdilar. 
Ularning tadqiqotlari tufayli madaniyat avvalgi ma‘lum mazmunga ega 
bo‗lmagan alohida tur va xususiyatlar yig‗indisidan, insoniyat uchun 
umumiy tarixiy qonunlarga ega bo‗lgan mujassam, tizimi va tartibli 
ko‗rinish ni oladi.
Tarixiy antropologiyada evolyutsion nazariya asoschisi deb haqli 
ravishda ingliz olimi Eduard Taylor (1833-1917) tan olinadi. U 1865 yili 
nashr qilingan ―Insoniyatning qadimgi tarixiga oid tadqiqotlar‖ asarida 
o‗z qarashlarini bayon etadi. Olim asarida insoniyat madaniyatining 
ibtidoiy 
darajasidan 
hozirgi 
qadar 
yuksalib 
borishi, 
xalqlar 
madaniyatlaridagi farqlar esa haqiqiy xususiyatlarga emas madaniy 
taraqqiyotning notekis rivojlanishi natijasi ekanligini ta‘kidlaydi.


50 
Taraqqiyotning evolyutsion nazariyasini Taylor 1875-yilda nashr 
qilingan ―Ibtidoiy madaniyat‖ kitobida yanada batafsilroq yoritadi. Unda 
J. de Mestraning yerda yarim sivilizasiyalashgan odamlarning paydo 
bo‗lgani hamda ularning bir qisimi yovvoyilikka boshqalarini esa 
oldingi sivilizasiyaga qarab taraqqiy etishi g‗oyasiga qarshi insoniyat 
madaniyatining uzluksiz rivojlanishi g‗oyasi yotadi. Shu bilan birgalikda 
Taylor ma‘lum tarixiy va tabiiy fojialar madaniyatida rekrisiv, ya‘ni 
salbiy (orqaga qaytish) rivojlanish bo‗lishi mumkinligini ham inkor 
etmaydi. Madaniyat turlarining ko‗pligini u taraqqiyot davomida ko‗plab 
bosqichlardan o‗tish bilan izohlangan. Bu bosqichlar o‗zaro bog‗langan 
bo‗lib barcha xalqlar madaniyatlarini bir zanjirga birlashtiradi.
Boshqa evolyutsionistlar kabi Taylor ham madaniy jarayonlarni 
o‗rganishda ilmiy – tabiiy metodni qo‗llashga xarakat qiladi. Shuning 
uchun olim tabiiy – ilmiy klassifikasiyani tarixiy antropologiya 
ehtiyojlariga moslashtirishga intilgan. U moddiy va ma‘naviy 
madaniyatning ma‘lum belgilarini tadqiq etib uni tabiatshunoslarning 
o‗simlik va hayvonlar turlariga qiyoslagan (o‗xshatgan). 
O‗z asarlari va maqolalarida Taylor xususan madaniy borliq 
umuman insoniyat madaniyatining doimiy taraqqiyotda bo‗lishi nuqtai 
nazarni yoqlagan. O‗z nazariyasini tasdiqlash uchun olim katta 
hajimdagi, madaniyatning oddiy holatdan murakkab darajaga 
yuksalishini tasdiqlovchi dalillarni keltiradi. 
Taylor madaniy jarayonlarning barchasidan ham, ibtidoiy 
xalqlarning diniy tasavvurlarini o‗rganishga alohida e‘tibor qaratib, 
dinning animistik kelib chiqishi g‗oyasini ilgari surdi. Qoloq xalqlar 
diniy tasavvurlarini o‗rganishda olim, insoniyat va uning madaniyati 
vujudga kelishi yagona ekanligi g‗oyasiga asoslanadi. U ayrim 
olimlarning ―yovvoyilar‖ diniy tasavvurlari va udumlari turli bo‗lmag‗ir 
fikrlar aralashmasi emas, balki ularning aksari qismi mantiqli va tartibli 
ekanligini tasdiqlashga urinadi. Taylorning yozishicha diniy tasavvurlar 
asosida jonlar va ruhlarga ishonch tuyg‗usi yotadi. Olim bu tuyg‗ularni 
―animizm‖ (lotincha anima –jon, hayot) atamasi bilan ifodalaydi. U 
animizmning ildizlarini ―yovvoyi‖ kishining ―falsafasi‖ da, uning: tush, 
tush ko‗rish, hushdan ketish, kasalliklar, o‗lim sabablarini bilishga 


51 
intilishda ko‗radi. Uni izohlash davomida insonlar har bir kishida ruh 
mavjudligi va odamni vaqtinchalik (tush) yoki umuman (o‗lim) domiga 
tashlab ketishi mumkinligi haqidagi xulosaga keladilar. Bu ruhlarga 
ishonch tuyg‗usi asosida qadimgi odamlarda keyinchalik yanada 
murakkabroq 
diniy 
tasavvurlar 
shakllanadi. 
Ibtidoiy 
odamni 
afsungarlikka ishonchi, atrof-muhitdagi barcha narsalar, shu jumladan 
jonsiz buyumlar, narsalar ham o‗z ruhlariga ega ekanligiga ishontirgan. 
Shu tariqa avval hayvonlar va tabiat kuchlari ruhlarga e‘tiqod, 
keyinchalik esa ―nargi dunyo‖, tabiatning ulug‗ ilohlariga, eng so‗ngida, 
yagona Xudoga ishonch paydo bo‗ladi. 
Taylorning evolyutsion qarashlari antropologiyada oldinga 
tashlangan muhim qadam bo‗ldi. Ularni tarixiy jarayoni va 
madaniyatining ijobiy taraqqiyoti yagonalini asoslovchi batartib 
konsepsiya deb atash mumkin. Ammo evolyutsionizmning, xususan 
Taylor nazariyasining nuqsonlari keyinchalik ma‘lum bo‗ldi. Olimning 
g‗oyalari o‗z zamonida antropologiyada juda tez tarqalib, uning qator 
davomchilari yetishib chiqdi. 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling