Tarixiy antropologiya
Postmodernizm tushunchasi
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
antrapologiya
5. Postmodernizm tushunchasi. XX asr oxiri va XXI asr
boshlariga kelib dunyoning turli mamlakatlarida tadqiqotlar olib borayotgan etnologlar orasida informasion, intelektual va tashkiliy aloqalar kuchaydi. Etnik chegaralar va milliy ilmiy maktablar turfa xilligiga qaramay ilmiy maktablar rivojlanmoqda. Aynan mana shunday maktablardan biri bu – postmodernizmdir. Postmodernizm tushunchasi ilk bora XX asrning 60-yillarida me‘morchilikda ilk bora qo‗llanilgan va shundan boshlab zamonaviy dunyo (modern) inqirozi bilan bog‗liq intelektual harakatni anglatuvchi yo‗nalish tarzida keng qo‗llanilgan. Fanda postmodernizm avvalo yaqin vaqtlargacha ustuvor bo‗lib turgan ilmiy-metodologik yo‗nalish va dunyoqarashni tanqid qilishni anglatadi. Shu ma‘noda postpozitivizm, postmarksizm, poststrukturalizm, dekonstrukturavizm kabi ko‗plab nazariyalarni misol tarzda keltirish mumkin. Postmodernizm g‗oyasi Amerika madaniy antropologiyasida ayniqsa mashhur bo‗lib, bu yo‗nalishda tadqiqotlar olib borgan 46 mutaxassislar mazkur oqimni tanqidiy antropologiya deb yuritadilar. Qisqa qilib uning mohiyatini quyidagi tezislarda bayon qilish mumkin: 1. Madaniy (ijtimoiy) antropologiya qat‘iy ma‘nodagi fanni anglatuvchi atama emas, balki badiiy ijod mahsuli bo‗lib, ko‗plab antropologlar o‗zlarining tadqiqotlarini ilmiy asosda tasdiqlamaydilar. Balki badiiy uslubni qo‗llagan holda o‗quvchini ishontirishga harakat qiladilar. Chunonchi aynan mazkur yo‗nalishda bajarilgan tadqiqotlardan biri tarzida Klifford Girsning ―Hayot va turmush: antropolog muallif nazdida‖ (1988 y) nomli kitobini misol keltirish mumkin. Kitob muallifi B.Malinovskiy, R.Benedikt, K.Levi-Stross kabi fanning klassiklari bo‗lgan yirik olimlarning mualliflik uslublarini tahlil qilish asnosida ularning ko‗plab ―kashfiyotlari‖ badiiy konstruksiya mahsuli tarzida baholaydi. 2. Antropolog/etnolog dala tadqiqotlari jarayonida maxsus ilmiy moslama yordamida mavjud voqyelikga aniq tashhis qo‗yish imkoniyatiga ega emas. Har bir tadqiqotchi avvalo inson sifatida o‗zga madaniyat vakillari orasida ko‗rgan-kechirganlarini va kuzatganlarini o‗z madaniyatidan kelib chiqib tahlil qiladi. Ushbu muammo tufayli zamonaviy xorij antropologiyasida juda ko‗plab adabiyotlar yaratilib, bular sirasiga Jon Van Maanenning ―Dala hikoyalari. Etnografiya yozuvlari haqida‖ (1988 y), Pol Rabinovning ―Marokashdagi dala ishlari haqida mulohazalar‖ (1977 y) kabi asarlarini kiritish mumkin. XX asrning 90-yillariga kelib ko‗plab g‗arb olimlari postmodernizm o‗zining ―jo‗shqin‖ tanqidlari bilan asrlar davomida fanda ustuvor bo‗lib kelgan ustunlariga jiddiy zarar keltirishini va hatto uni yo‗qotib yuborishi mumkinligini e‘tirof qildilar. Antropologiyaning kelgusidagi istiqbolli mavzulari to‗g‗risida gi mutaxassis olimlar orasida kechayotgan bahs-munozaralarda ko‗plab tadqiqotchilar germenevtik antropologiyani fanning istiqbolli yo‗nalishi deb ta‘kidlamoqdalar. Bunga sabab mazkur yo‗nalish tarafdorlari ―alohida madaniyatlarning o‗zaro yaqinlashuvi va birlashuvi jarayoni ularni yagona global madaniy tizimda birlashishlari‖, fanda boshqa madaniyatlarni nafaqat tadqiqot obyekti tarzida tadqiq etish, balki tarixiy-madaniy jarayonlar muammolariga ham alohida e‘tibor 47 qaratilishi va mazkur yo‗nalishlar doirasidagi mavzular fanning istiqboldagi yo‗nalishlari deb e‘tirof etilmoqda. Bugungi kunga kelib, tarixiy antropologiya, antropologiyaning rivojlanishi va uning boshqa fanlar bilan aloqalari sababli yangi etnoiqtisodiyot, etnometodologiya, etnopsixologiya, etnolingvistika kabi yo‗nalishlar paydo bo‗lmoqda. Tarixiy antropologiya va antropologiyada ko‗proq insoniyat va uning madaniyatini tadqiq qilishga va ularni ilmiy tahlil etishga e‘tibor qaratilmoqda. XXI asr boshiga kelib dunyoning etnik manzarasini keskin tarzda o‗zgarib borishi tadqiqotchi olimlarni antropologiyaning tadqiqot obyekti muammosiga yana qayta murojaat qilishlariga sabab bo‗lmoqda. Yevropa va Shimoliy Amerikadagi turli muammolarni paydo qilgan ko‗p sonli diasporalar, emigrantlar va qochoqlar (migrantlar) rivojlangan davlatlarning etnik tarkibini jiddiy o‗zgartirib hamda mahallliy avtoxton etnoslar orasida kamsonli etnik jamoalar o‗zlarining mustahkam mavqeyini topishiga olib keldi. Bu holat esa Yevropa Ittifoqida qator yangi millatlaro muammolarning paydo bo‗lishiga sabab bo‗lmoqda. Natijada ayrim Yevropa mamlakatlarida so‗nggi o‗n yillar davomida izchil amal qilib kelingan multikulturalizm siyosati tanqid ostiga olinmoqda. Xullas, zamonaviy tarixiy antropologiya fani ―postmodernizm‖ falsafasiga asoslangan bo‗lib, bunda asosiy e‘tibor ijtimoiy guruhlar orasidagi jarayonlarga qaratilmoqda. Shuningdek, fanda lokal va global jarayonlarni o‗rganishda tadqiqotchilar tomonidan tanqidiy tanlanish, ya‘ni jamiyat hayotidagi barcha jarayonlarni emas, balki etnos va turli tuman madaniyatlarning o‗ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda eng muhim deb hisoblangan ko‗rinish lar bo‗yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Boshqacha aytganda, so‗nggi yillarda bajarilayotgan tadqiqotlarda asosiy e‘tibor insoniyatning rivojlanish bosiqichlari, ya‘ni paydo bo‗lganidan to hozirgi kunga qadar bo‗lgan tarixiy davrning global miqyosdagi tavsifi emas, balki muammoviy tanlanish asosidagi tadqiqotlarga ko‗proq e‘tibor berilmoqda. Demak, yuqoridagi mulohazalarga yakun yasab umumlashma tarzida shuni ta‘kidlash mumkinki, postmodernizm g‗oyasi bilan 48 boyitilgan tarixiy antropologiya fanining bugungi kundagi asosiy vazifasiga etnomadaniy munosabatlarni hosil qiluvchi etnosni o‗zining ichidagi va etnoslararo jarayonlarni tadqiq qilish kiradi. Tadqiqotchilar oxirgi paytlarda etnik madaniyatlarga va ularning lokal xususiyatlariga, odamlarning kundalik turmush tarzi va madaniyatiga ko‗proq e‘tibor qaratmoqda. Eng muhimi hozir bajarilayotgan ko‗plab etnologik tadqiqotlar amaliyotda qo‗llanilmoqda va rivojlangan mamlakatlarda bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlarning aksariyati jamiyat hayotida aynan muhim va eng dolzarb deb e‘tirof etilgan ijtimoiy muammolar doirasida amalga oshirilayotganligi yuqoridagi aytilganlarni tasdiqlaydi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling