Tarixiy antropologiya


Morgan xalqlar urug„chilik tuzumini tarixiy nuqtai nazardan


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/56
Sana29.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1401098
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56
Bog'liq
antrapologiya

3. Morgan xalqlar urug„chilik tuzumini tarixiy nuqtai nazardan 
tahlil etishi. Tarixiy antropologiyada evolyutsionizmning shakllanishida 
amerikalik olim Lyuis Genri Morgan alohida o‗rin tutadi. Morgan 
(1818-1881) 
antropologiyaga 
zamondoshi 
bo‗lgan 
barcha 
hamkasiblarning umumiy xizmatidan ko‗proq hissa qo‗shgan desak 
mubolag‗a bo‗lmaydi.  
Urug‗ning taraqqiy etgan tuzimini u irokezlarda kuzatish 
mumkinligini yozadi.nihoyat urug‗ning so‗ngi turi (ota urug‗) 
Morganning fikricha qadimgi yunon va rimliklarda arxaik davrida hukm 
surgan. Bu borada antropologiya uchun: xususiy mulkning to‗planishi va 
merosga aylana borishi davomida ona urug‗dan ota urug‗ga 
(patriarxatga) o‗tish haqidagi g‗oya muhim ahamiyat kasb etadi.
Morgan ilmiy tadqiqotlarida oila tarixini o‗rganish ham katta o‗rin 
tutgan. Bu masala ―qadimgi jamiyat‖ asarida yoritilgan. Turli 
xalqlardagi qon-qarindoshlik turlari haqidagi ma‘lumotlarni to‗plagan 
olim, ularni sistemalashtiradi. Morgan insonning tarixida oila 
taraqqiyotining 3 bosqichini: 1) qon-qarindoshlik oilasi (ota –ona 
farzandlari orasidagi nikohni taqiqlanishi; 2) punalual oila – bir necha 
opa – singillarning umumiy erlari bilan yoki bir necha aka-ukalarning 
umumiy xotinlari bilan guruhiy nikohi; 3) juft sindiastlik oila; 4) 
patriarxal yoki pompam oila; 5) monogam – zamonaviy ko‗rinish dagi 
oilalar bo‗lganini ta‘kidlaydi. Olimning fikricha oila formalari orasida 
eng muhimlari 1,2 va 5 lari bo‗lib, xuddi shu xildagi nikohlardan 
insonlar qardoshligi asosiy turlari rivojlanadi. 
Tarixiy antropologiya uchun Morgan tadqiqotlaridan eng muhimi 
ibtidoiy jamoa tuzumini tadqiq qilishi va ibtidoiy madaniyatning 
davrlashtirishga harakati hisoblanadi. 


55 
Olim taklif etgan davrlashtirishni etnografik, tarixiy va arxeologik 
ma‘lumotlarni birlashtirib, har bir xalqni tarixdagi o‗rnini belgilab, 
etnoslar taraqqiyoti darajasini qiyoslash imkonini berdi. Bu jahon 
tarixini birinchi marta universal davrlashtirish sistemasi edi. 
Evolyutsion yo‗nalish, inson taraqqiyoti va uning madaniyatini 
tartibli o‗rganish borasidagi dastlabki konsepsiya bo‗lib, u ijtimoiy 
taraqqiyotining doimiy yuksala borishi g‗oyasiga asoslangan edi. 
Evolyutsionizmning asosiy g‗oyalari quydagalarda: 

insoniyatning kelib chiqishi yagonadir, shu sababdan uning 
vakillari aqliy imkoiyatlari deyarli bir xil, ma‘lum vaziyatlarda ular 
o‗xshash qarorga keladilar; bu hol inson vakillari madaniyatining, ular 
qayerda yashamasinlar birlikka egaligi va bir xilda taraqqiy etishi, turli 
madaniyatlar orasidagi aloqalar hal qiluvchi ahamiyatga ega emasligi; 

insoniyat jamiyatlarda doimiy yuksalishi, ya‘ni oddiy 
(soddolik) dan murakkablikka o‗tish jarayoni mavjud; madaniyat ham 
jamiyatning bir bo‗lagi sifatida oddiylikdan murakkablik tomonga 
doimiy, sekinlik bilan bo‗ladigan o‗zgaishlar, son jihatidan o‗sish yoki 
kamayish orqali rivojlanadi; 

Madaniyatning har bir ko‗rinishi (elementi) taraqqiyoti 
avvaldan belgilab qo‗yilgan, uning keyingi formalari avvalgilaridan 
rolida tug‗ilib, shakllanadi, bu borada madaniyat taraqqiyoti 
ko‗pbosqichli bo‗lib, ular dunyodagi barcha madaniyatlar uchun bir 
xildir; 

Insoniyat madaniyatlarining universal qonunlariga binoan, 
turli xalqlar va ularning madaniyati bir xil bosqichda bir xil natijalar 
beradi; 

Ijtimoiy taravviyot evolyusiya qonunlari bo‗yicha, jonli 
tabiatgamas, bir elemetni ikinchisi ustida yoki eskisining o‗rniga 
yangisini paydo bo‗lishi, natijada madaniyat elementlarining o‗zaro 
bog‗liqligi; 

Turli xalqlar madaniyatidagi farqlar ularning taraqqiyoti 
bosqichlaridagi tafovutlar bilan bog‗liq ekanligi.
Ushbu prinsiplarga asoslanib evolyutsionist etnologlar muhim 
mafkuraviy va amaliy; ya‘ni barcha xalqlar yagona taraqqiyot yo‗lidan 


56 
borsa va uning cho‗qqisi yevropa sivilizasiyasi hamda madaniyati 
bo‗lsa, demak barcha xalqlar oxir-oqibat yevropa madaniy qadriyatlariga 
kelishishi 
lozimligi 
haqida 
xulosalar 
qilganlar. 
Bu 
esa 
yevropaldiklarning mustamlakachilik siyosatlarini oqlashga, uni ―qoloq 
xalqlar‖ madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilishini taqqoslashga 
yo‗naltirilgan edi.
Tarixiy antropologiyaning keyingi taraqqiyoti, XIX asrning oxirida 
yangi ma‘lumotlarni to‗planishi, evolyutsion g‗oyaning zaif tomonlarini, 
hayotda mavjud faktlar bilan nomuvoffiq kelishini aniqlaydi. Xususan 
madaniyatda faqat son jihatidan o‗zgarishlar bo‗lishi mumkinligiga 
asoslangan evolyutsionistlar, uni yangidan tug‗ilishi (vujudga kelishi) 
mumkinligini izohlash tugul o‗ylab ham ko‗rishmagan. Evolyutsion 
g‗oya bo‗yicha madaniyatning barcha elementlari insoniyat tarixining 
muqaddimasidan boshlangan. Yangi etnografik tadqiqotlar davomida 
oligan ma‘lumotlar evolyutsion g‗oyaga mos kelmasdan izoh talab eta 
boshlaydi. Natijada madaniyatni vujudga kelishi, yuksalish va tadqiq 
etishning yangi yo‗llari usullari izlana boshladi. Xuddi shu sababdan 
ya‘ni ko‗pincha evolyutsion nzariyaga qarshi maktab yo‗nalishlar 
vujudga keldi. Evolyutsion g‗oyadan qoniqmagan ayrim etnolog va 
antropologlar esa nazariy muammolar bilan shug‗ullanishdan bosh 
tortib, faqat empirik ma‘lumotlar yig‗ishga o‗tdilar.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling