Tarixiy antropologiya


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/56
Sana29.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1401098
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56
Bog'liq
antrapologiya

3. 
Tarixiy 
antropologiyada 
Frobeniusning 
qarashlari. 
F.Ratselning shogirdi – arxeolog, etnolog, folklorshunos Leo Frobenius 
(1873-1938) diffuzionizm doirasida ―madaniy morfologiya‖ nazariyasi 
va ―madaniyat xalqlari‖ g‗oyalari asoschisi bo‗ldi. Frobenius aslida 
afrikashunos bo‗lib: Afrika, Avstraliya va Okeaniya xalqlari 
madaniyatlarini o‗rganish uchun 12 ta ekspedisiya uyushtirgan. U 
tuzgan Afrikaning etnologik xaritasi hozirga qadar o‗zining ilmiy 
ahamiyatini yo‗qotmagan. Ekspedisiya materiallari va ularning nazariy 
taxlillari Frobeniusning fundamental asari ―amerika madaniyatlarining 
kelib chiqishi‖ (1898) da bayon etilgan. Unda olim madaniyatni tirik 
organizm sifatida ko‗rib, undagi o‗zgarishlar xayotning umumiy 
qonuniyatlariga bo‗ysunishi xulosasiga keladi. Asarda Frobenius afrika 
va melaneziya madaniyatlarini tadqiq qilish, qiyoslash orqali; 
madaniyatdagi o‗zgarishlar ayrim elementlar emas, balki madaniy 
borliqning butun komplekslari tarqalishi haqidagi fikrni aytadi.
Frobeniusning qarashlari ma‘lum ma‘noda afsonaviyligi (mif) 
bilan xususiyatlidir. U madaniyatni tirik organizmga qiyoslab uni: 
tug‗ilish, bolalik, barkamollik, qarilik va nihoyat o‗lim bosqichlarini 
bosib o‗tishini aytadi. Olimning fikricha madaniyat odamlar tomonidan 
yaratilmasdan o‗z-o‗zidan yuksaladi. Inson esa madaniyatni yaratuvchi 
emas uning mohsuli yoki obyekti sifatida ifodalanadi. Ammo madaniyat 
xalq tomonidan yaratilmasada, uningsiz yashay olmaydi sababi 
madaniyat faqat xalq orqali tarqaladi. ―madaniyatning oyog‗i yo‗q‖ 
shuning uchun u insonni o‗zini tashishiga, tarqatishga chorlaydi. Demak 
inson (xalq) – madaniyatni yaratuvchi emas tashuvchisi xolos. 
Frobeniusning fikricha har bir madaniyat o‗z xarakteriga, o‗zining 
―madaniy ruhi‖ga ega bo‗lib u madaniyatning har bir elementida 


61 
o‗zining o‗chmas izini qoldiradi. Ushbu madaniyatning o‗ziga xos 
xarakterini olim ―paydeum‖ (yunoncha ―tarbiyalash‖) deb atab uni 
―madaniyat ruhi‖ atamasi o‗rnida ishlatishni taklif etadi. ―Paydeum‖ 
atamasi mazmunini ochar ekan, Frobenius uni madaniy – psixologik 
tushuncha sifatida izohlab, u orqali xalqningma‘naviy strukturasi yoki 
uning madaniy siymosi ko‗rinish lari deb izohlaydi. Atamaning ushbu 
ma‘nosi zamonaviy ―mentallik‖ tushunchasi sinonimi deyish mumkin. 
Madaniyatni ijtimoiyotdan xalos, mistik borliq sifatida tasvirlagan 
Frobenius, uni erkaklar va ayollar madaniyatlariga bo‗ladi. Ushbu 
bo‗linishni o‗zining ekspedisiyalari ma‘lumotlari bilan to‗ldirgan 
Frobenius afrikaliklar madaniyatini 2 turini: tellur – efiopatriarxal va 
xtonik-xamit-matriarxal deb farqlaydi. ―Tellur‖ va ―xtonik‖ atamalari 
lotin va yunon tilida bir xil (―tellus‖-yer, ―xtom‖-yer) yer ma‘nosini 
beradi. Ammo olimning ta‘birida bu atamalar qarama-qarshi ma‘no kasb 
etadi. Tellur – yerdan yuqorigao‗sish, xtonik esa yerga qarab (yer 
bag‗riga) o‗sishdir. Ular turli geografik sharoitda tellur - savannada, 
xtonik Sahroyi Kabir va Shimoiy Afrikada shakillangan. Shu asosda har 
bir madaniyat o‗z paydeumiga ega bo‗lib, ularning yo‗nalishlari ham 
qarama-qarshidir. Tellur madaniyati yuqoriga intilib ustunli uylar, ustun 
ustidagi ombor, oyoqli krovat va boshqa buyumlarda kuzatilib; 
madaniyat ruhi o‗simliklar singari yuqoriga intiladi; xudolari ham tepada 
yetish mumkin bo‗lmagan joylarda yashaydi. Bu madaniyat doim 
patriarxal bo‗lgan. 
Xtonik madaniyat aksincha yerga ostiga intiladi: yerto‗la uy, 
yerto‗la omborlar, yer o‗chog‗i, inson ruhining yer osti dunyosiga 
tushishi haqidagi g‗oyalar va h.k.o.lar. Bu madaniyat o‗z xususiyatiga 
ko‗ra, materialxaldir. Xtonik madaniyatni Frobenius magik (sehirgarlik) 
xususiyatiga egaligini yozsa, tellurga – minstik xususiyat ato etadi. Bu 
ikki madaniyatning qo‗shilishidan, uningcha yuksak madaniyatlar 
shakllangan. Madaniyatning bu xilida tushunish, uni biologik organizm 
bilan qiyoslash, uni organik borliq sifatida mustaqil yashashga ishonch; 
Frobeniusga antropologiyada – xalqlar va madaniyatlarni tadqiq 
qilishning tabiiy xususiyatlarni ochganligini ta‘kidlashga olib keldi. 


62 
Uning fikrichamadaniyatni tadqiq qilish tarixiy emas tabiyatshunoslik 
ilmiy usullari orqali olib borish lozimdir. 
Nemis 
tilli 
mamlakatlarda 
diffuzionizmning 
yirik 
nomoyondalaridan biri Frns Grebner (1877-1934) bo‗lib, uning fikricha 
evolyutsionist etnograflar turli xalqlar madaniyatlarining umumiy 
xususiyatlarini ifodalashda, o‗z g‗oyalarini tasdiqlovchi ishonchli 
kriterillar ishonchli keltirilgan. Grebner uchun antropologiyada asosiy 
madaniy-tarixiy aloqalar yoki madaniyatlarning mustaqil vujudga kelishi 
va taraqqiyotni o‗rganish usullarini ishlab chiqish tadqiq qilish bo‗ladi. 
Bu masalalardagi o‗z fikrlarini u ―antropologiya metodi‖ (1911) asarida 
bayon etadi. 
Frobenius va Ratsel asarlari asosida Grebner ―madaniyat xalqlari‖ 
nazariyasini yaratib, ibtidoiy global rekostruksiya qilishga urinadi. o‗z 
nazariyasini izohlashda olim butun insoniyatning davltga qadar 
taraqqiyot bosqichini 6 ta ―madaniy xalqlarga‖ (madaniyatlarga) 
birlashtirgani, ularning har biri 19-20 elementdan tashkil topganini 
ta‘kidlaydi. Madaniy elementlarga Grebner moddiy va ma‘naviy 
madaniyat, shuningdek ijtimoiy hayotning ko‗rinish larini kiritadi. 
Masalan ―Sharqiy papuaslar‖ madaniyati asosiy elementlariga: 
yerildizli ekinlar yetishtirish; to‗rlar yordamida baliq ovlash; taxtadan 
yasalgan qayiq; ikkiyoqlama tomli kulba; spiral tarzda to‗qilgan 
savatlar; erkaklar faxriy ittifoqlari va niqobli raqslar; oy haqidagi miflar; 
odamxo‗rlik haqidagi miflar; doira shakllidagi bezaklar (ornamend); 
ovoz berish dombiralari va h.k.o.lar. boshqa madaniy (xalqlar) 
elementlari ham shu xilda va tarkibda shakllangan. 
Madaniyatning o‗sish elementlarini Grebner ularni qaysi doiraga 
kirishidan qat‘iy nazar, bitta madaniy doirada shakllangan hamda 
yagona geografik markazdan kelib chiqqanligini ta‘kidlaydi. Uningcha 
har qanday madaniy omil tarxida faqat bir marta, bir joyda paydo bo‗lib, 
avvaldan ma‘lum madaniyatga mansub bo‗lib, u bilan birga boshqa 
madaniyat doiralariga tarqaladi. 
Bu fikrlar asosida Grebner insoniyat tarixida va madaniyatida 
hyech qanday takrorlanishlar yo‗q, demak umumiy qonuniyatlar ham 
bo‗lishi mumkin emas degan xulosaga keladi. Etnik jarayolarning 


63 
takrorlanishi bizga shunday tuyiladi xolos, aslida madaniyat omillari 
qaiy yagonalikka egadir. Demak antropologiya umummiy emas xususiy 
voqyealar bilan ish olib boradi. Grebnerning fikricha antropologiya 
tabiiy fanlar mdaniyatini o‗rganuvchan tarixiy fanlar qatorida bo‗lishi 
lozim. 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling