Tarixiy antropologiya
AQShda diffuzionizm. Frans Boas
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
antrapologiya
4. AQShda diffuzionizm. Frans Boas. AQShda diffuzionizm
ahamiyatiga molik ilmiy yo‗nalish ko‗rina olmaydi. Uning amerikada shakllanishi Frans Boasning tarixiy antropologiyada evolyutsion nazariyani tanqid qilish bilan bevosita bog‗liq bo‗ladi. Boas Grebnerning turli geografik xududlarda bir xildagi madaniy omillar vujudga kelishi mumkin emasligi fikrini to‗liq qo‗llaydi. Har qanday madaniy borliqni, uning ichki taraqqiyoti yoki yaqin-uzoqdagi qo‗shnilari madaniyati ta‘siri bilan izohlash mumkin. Shuning uchun har qanday mahalliy madaniyatning rivojlanishida diffuziya muhim o‗rin tutadi. Baos va uning shogirdlari tufayli amerika antropologlari diffuziyaning turli xalqlar madaniyatlaridagi o‗xshashliklarning asosiy omili degan xulosaga keldilar. XIX-XX asrlar chegarasida amerika etnologlarining ko‗pchiligi indeyslarni o‗rganish uchun dala ekspedisiyalari uyushtira boshladilar. Bu tadqiqotlar natijasi ―madaniy viloyatlar‖ konsepsiyasida mujassamlashib, Klark Uisslerning (1870-1947) ―Amerika Hindusi‖ (1912) asarida nisbatan to‗liq va tartiblashtirilgan holda bayon etilgan. Shimoliy Amerika hindulari o‗zaro aloqalarini, ularning madaniyati elementlarini geografik tarqalishini taxlil qilgan Uissler, madaniyatni ma‘lum kishilar guruhining, biror-bir ekologik uhitga moslashuv natijasi degan xulosaga keldi. Xo‗jalik qurollari, kulolchilik folklor syujetlari va h.k.o.larga oid ko‗plab ma‘lumotlarni umumlashtirgan: olim moddiy hamda ma‘naviy madaniyat elementlari, insonning somatik (tanasi) belgilari mavjud madaniy viloyatlar orasida diffuziya orqali tarqalishini tasdiqladi. Empirik ma‘lumotlarga asoslangan Uissler, Shimoliy Amerika hindularining 15 ta madaniy viloyatlarini ajratib, madaniy diffuziyaning umumiy qonunini – antropologik xususiyatlar o‗zi shakllangan joydan barcha yo‗nalishlar bo‗ylab tarqalish xususiyatiga ega ekanligini 64 ko‗rsatdi. Uning fikricha madaniy omillar va odam xususiyatlari ―konsentrik usulda‖, ya‘ni oddiy narsalar chetda, markaziy o‗rinni murakkab xususiyatlar egallashini ta‘kidlaydi. Shu tariqa Uisslerning fikricha madaniy viloyat madaniy markazning ifodasi sifatida namoyon bo‗ladi. Shuning uchun madaniy markazdan uzoq-yaqinligiga qarab ayrim jamiyatlar boshqalariga nisbatan tipik madaniyatga ega bo‗ladi. Diffuziya g‗oyasining ingliz antropologiyasiga kirishi va uning taraqqiyotini Uilyam Rivers (1864-1922) nomi bilan bog‗lashadi. U ―Melaneziya jamiyati tarixi‖ (1914) asari ustida ishlash davomida melaneziyaliklarda qarindoshlik va ijtimoiy munosabatlarni rivojlanishini evolyusiya bilan izohlash mumkin emas degan xulosaga keladi. Uning fikricha Melaneziyada yangi madaniyatning shakllanishi ko‗chib kelganlar katta guruhining o‗zaro aloqalari natijasidadir. Rivers Okeaniyada birini ikkinchisi almashtirgan, bir necha to‗lqinsimon ko‗chishlar bo‗lib, ularning har biri madaniyatga yangi elementlar kiritilganini ta‘kidlaydi. Jumladan: Kavi xalqi totemizm, vafot etganlarga e‘tiqod, quyosh va oy kuti monogam nixoq, o‗q-yoy, ma‘lum ko‗rinish dagi uylarni va hakazolarni keltirgan. Xulosa yangi madaniyatlar evalyusiya emas turli madaniyatlarning aralashuvidan vujudga kelishi mumkin. Bir necha madaniyatlar aralashuvi va o‗zaro ta‘siridan ularning hyech qaysisiga xos bo‗lmagan butunlay yangi madaniyat elementi vujutga kelishi mumkin. Reverening fikricha ko‗p sonli bo‗lmagan migrantlar ham, yuksakroq texnologiyaga ega bo‗lsa, o‗zlarining udumlarini mahalliy xalqqa o‗tkazishi mumkin. Shunga qaramasdan Reverening qarashlari o‗zining sun‘iyligi va xayoliyligi bilan ajralib turadi. Jumladan u aytgan migrantlar kim, ular qayerdan va qanday madaniy ko‗nikmalar bilan kelishgani, keyinchalik madaniyatlari qanday yuksalgani noma‘lum. O‗zga diffuzioniylar kabi Rivere ham bu masa Buning uchun ular qaysi uslubni topib madaniyatlardagi o‗xshash jihatlarni taxlil qilishga urindilar. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling