Tarixiy antropologiya
Amerika tarixiy antropologiya maktabi
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
antrapologiya
3. Amerika tarixiy antropologiya maktabi. XIX asrning 90
yillariga qadar AQSh antropologiya fani evolyutsion yo‗nalish ta‘sirida rivojlangan. Lekin XIX asr 90-yillarida Amerika antropologiyasida yangi yo‗nalish vujudga kelib uning asoschisi yirik olim va jamoa arbobi Frans Boas (1858-1942) bo‗ladi. Yangi yo‗nalish ―Boas maktabi‖, rasman esa ―tarixiy antropologiyaning amerika maktabi‖ nomini oldi. Antropologiyadagi inqiroz holati yangi yo‗nalishning vujudga kelishi yo‗l ochdi. Bir qator olimlar fanda hukmron bo‗lgan g‗oyalarni inkor etib, turli xalqlar hayotini o‗rganishda butunlay yangi yondashuvlarni taklif etishdi. Antropologiya vaziflarini qayta ko‗rishi taklifi bilan chiqqan olimlar orasida F. Baos alohida o‗rin tutadi. U antropologiyadagi barcha yo‗nalishlar: evolyutsionizm, diffuzionizm va funksionalizmni zarur darajada universal emas deb inkor etadi. Tanqid eng avvalo evolyutsion ta‘limotga taaluqli bo‗lib, undagi – insonlar, 76 ijtimoiy itstitutlar va madaniyatlarning oddiy, sodda ko‗rinish dan murakkablikka yuksalib borishi g‗oyasigs qarshi qaratilgan edi. Baos antropologiyani amalda butunlay yangidan yaratishni taklif etib, uni avvalgi etnologik nazariyalar noto‗g‗ri asosga ega bo‗lgani hamda tadqiqotlarni noo‗rin xulosalarga olib kelganini takidlaydi. Uning fikricha, etnografik ma‘lumotlarni qaytadan to‗plab, ularni umumlashtirish asosida, yangi metodlar va yangi nazariyalar yaratish lozim. Inson haqidagi fanning maqsadini Baos har bir xalqni uning tili va madaniyatini o‗rganish orqali, tarix haqidagi yaxlit tasavvurni yaratish deb biladi. Bu aniq tadqiqotni, antropologiya an‘anaviy maktablarining soddalashtirilgan abstayet sxemalari bilan alishtirib bo‗lmaydi. O‗ziningidastlabki prinsipial, ―Antropologiya vazifalari haqida‖ maqolasida Baos – bu fanning yakuniy maqsadi faqat sivilizasiyalashgan emas barcha xalqlar buyuk muzlik davridan to hozirga qadar barcha bosqichlardagi yagona tarixini yaratishdir deydi. Buning uchun olimning fikricha, har bir xalqning madaniyati, tilini ularning o‗ziga xosligini alohida tadqiq etish lozim. Butun insoniyatning mavjud tarixini rekonstruksiya qilish orqali esa inson faoliyatini boshqaruvchi, barcha qonunlarni aniqlash maqsad etib qo‗yiladi. Boasning tan olishicha bu jarayonda, madaniyat taraqqiyotining umumiy qonunlari mavjud, ammo ularni ifodalashda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‗lish lozim, sababi har bir madaniyat o‗ziga xos betakror taraqqiyot yo‗lini bosib o‗tadi. U o‗zining ehtiyotkorlik bilan yondoshuvini, tashqi ko‗rinish idan o‗xshash narsalarning turli kelib chiqishiga egaligi va turli vazifalarni bajarishga mo‗ljallangan bo‗lishi mumkinligi bilan izohlaydi. Har bir o‗xshashlik ham tarixiy aloqalar yoki moddiy omillarni bir xalq tomonidan boshqasidan o‗zlashtirganidan darak beravermaydi. Moddiy omillarning o‗xshashligini odamzot ruhiyatining bir xil tashkil etilgani atrof-muhit o‗xshashligi bilan izohlash ham, har doim to‗g‗ri deb bo‗lmaydi. Boas madaniyat tarixida turli variantlar, xususan matriarxat yoki patriarxat turdagi qardoshlik tizimiga o‗tishi kuzatilishi mumkinligini aytadi. Har bir vaziyatda sin‘chikovlik bilan tarixiy taraqqiyotlar o‗tkazish lozim. 77 Evolyutsionizm va diffuzionizmni rad etar ekan Baos o‗z navbatida madaniyatni tarixiy metodi orqali tadqiq qilish lozimligini ta‘kidlaydi. Uning anglashicha madaniyat – inson ulg‗ayishi va qabul qilishi borasida o‗zlashtirgan xalq modellari yig‗indisi, madaniyat taraqqiyoti – ijtimoiy guruhning ichki taraqqiyoti o‗ziga xosligi, qisman uniga o‗tkazilgan tashqi ta‘sir bilan belgilanadi. Har bir madaniyatni betakror va o‗ziga xos deb bilgan amerika tarixiy maktabi tarafdori madaniyatning eng mayda elementlarini ham to‗liq tasvirlashga intilganlar. Buning natijasida to‗plangan ko‗p sonli rang-barang ma‘lumotlar tabiiy uni qayta ishlashda o‗ziga xos metodlarini talab qiladi. Shuning uchun Baos maktabida qator yangi metodlar, xususan etnografik kartografiyalash uslubi yaratilib, u keyinchalik antropologiyada keng qo‗llanildi. Baosning ilmiy salohiyati nihoyatda yuksak bo‗lib, uning qator shogirdlari va davomchilari yetishib chiqadi. Ular ichida eng taniqlilari: K.Uissler, A.Kreber, A. Goldenvayzer, R. Loui, P. Radin, L. Uaytlar bo‗lgan. Ulardan Alfred Kreberni (1876-1960) shubhasiz eng qat‘iyatli izdoshlardan deb atash mumkin. O‗zining ilmiy qarashlarida Kreber Baos maktabining davomchisi sifatida: antropologiya (antropologiyaning) bosh predmeti – bu inson madaniyati, aniqrog‗i inson guruhlari madaniyati ekanligi izchil ta‘kidlaydi. O‗zining nazariy qarashlarini olim ―Antropologiya‖ (1912) asarida tariflaydi. Uning yozishicha dunyo xalqlari madaniyati, o‗tmishda va hozir, yaxlit, uzluksiz kontiniumli tashkil etsada va uni qismlarga bo‗lish qiyin bo‗lsa-da, an‘anaga ko‗ra insoniyat yaratgan madaniyatlarni ikkiga yozuvsiz va yozuvli xalqlar madaniyatlariga bo‗lish mavjud. Antropologiya ulardan birinchisini, tarix fan esa ikkinchisini tadqiq qiladi. Kreber madaniyati: turli elementlardan o‗ziga xos tarzda birlashtirilgan va yaxlitlikni tashkil etuvchi, ma‘lum model, namunaga mujassamlashgan, uyg‗unlashgan sistemasi tizimi deb tushungan. Madaniyat formasi unga mansub stilga bog‗liq bo‗lib, bu insonlarni o‗zini tutishda, moddiy madaniyat ashyolarida o‗z muhrini qoldiradi. Uning o‗ziga xosligi ma‘naviy madaniyat va uning qadriyatlarida 78 namoyon bo‗ladi. Har bir madniyatga xos ma‘lum dominant (yetakchi) g‗oya bo‗lib, u ushbu madaniyatning eng buyuk yutuqlarini va betakror ekanlligini ifodalaydi. Kreber nazariyasida eng muhim ―Etos‖ – tushunchasi bo‗lib, umadaniyatning umumiy sifati, uni qamrab olgan hidi deyish mumkin. Etos – ideallar, qadriyatlar sistemasi (tizimi) bo‗lib u har qanday aniq madaniyatda namoyon bo‗ladi va uning a‘zolari hulqini nazorat qiladi. Etosni ideal madaniyat kvintessensiyasi deb ham aytish mumkin. Kreberning nazariy muammolariga qiziqishlari uni sof- antropologiya mavzulari bilan chegaralanib qolmasligiga olib keladi. O‗zining fundamental asarlaridan biri ―Madaniyat tabiati‖ u jaxon madaniyatiga bag‗ishlab, jarayonni Qadimgi Sharqda hozirga qadar davom etib kelayotgan uzluksiz madaniy modellar bosqichi sifatida tasvirlaydi. Keyinchalik K. Klakxon bilan hamkorlikda yozilgan boshqa bir asarida u madaniy modellar haqidagi g‗oyasini uzil-kesil umumlashtirib, tartibga keltirdi. Kreberning madaniy modellarning o‗ziga xos abstraksiya, ya‘ni tadqiqotchilarni o‗rganilayotgan madaniyatlarning barcha elementlarini (siyosiy tuzilishi, kiyimlari, taomlari, san‘at asarlari, uy-joylar qurilishi texnalogiyalari va h.k.o.) yaxlitlikda ko‗rish imkonini beradi. Bu xildagi yondashuv bilan Kreber amalda ―madaniy modellar‖ tushunchasini almashtiradi. Shu tariqa modellarni alohida madaniyatlarning suyagi, arxitapik asosi deb atash mumkin. Kreberning madaniy modellar nazariyasi ijtimriy hayot turlari va strukturalarning kelib chiqishi bilan qiziqmaydi. Ularga borliq sifatida qaraladi. Biz biror – bir madaniyatni o‗rganar ekanmiz, o‗z madaniyatimiz paragmalari doirasida, etnosentrizm pozisiyasida qolishimiz tabiiy. Madaniyat hayoti ichki innovasiyalari va tashqi ta‘sirlarga beriluvchan bo‗lsa-da ular madaniyatning yuksalishini ta‘minlasa, boshqalari uni sekinlashtiradi. Madaniyatning bu xildagi notekis rivojlanishi Kreber tomonidan kulminatsiya tushunchasini kiritilishiga sabab bo‗lib, unda turli madaniy modellar kombinasiyasi eng muvaffaqiyatli chiqib, madaniyatning ma‘lum sohalari yuksalgan (gullab yashnagan) davri olinadi. Bitta madaniyatning o‗zi qator 79 kulminasiyalarni boshdan o‗tkazishi mumkin. Kulminatsiyaning vaqti ham turlicha – bir necha 10 yildan bir necha 100 yilgacha bo‗lishi mumkin. Tarixiy maktabning mohiyatini, va uning antropologiyaga qo‗shgan hissasini ifodalaydigan bo‗lsak, quydagilarga e‘tibor bermoq lozim: - antropologiya har bir xalqni alohida, tili, madaniyati va antropologik tipini aniq va har tomonlama (mukammal) o‗rganishi kerak; - turli xalqlar madaniyatlarining o‗zaro ta‘siri, ma‘lum geografik xududlaridagi madaniy birlikni shakllanishini; ushbu areallar chegarasida xalqlar madaniyati o‗zaro ta‘sirining aniq ko‗rinish larini, ayrim madaniy elementlar diffuziyasini kuzatish mumkin; - insoniyat va uning madaniyati taraqqiyoti anglash qiyin bo‗lgan umumiy qonunlar asosida bo‗ladi: umumiy qonuniyatlarni tadqiq qilish davomida madaniy omillarning tashqi o‗xshashligidan aldanmaslik lozim, sababi ular aslida butunlay xilma-xil hamda kelib chiqishi ham har xil bo‗lishi mumkin; - ―O‗zimizning‖ ma‘naviy baholash kriteriyalarmizni o‗zga madaniy tipga ega xalqlarga nisbatan qo‗llashimiz noo‗rindir, sababi har bir xalqda tarixan ijtimoiy ideallar, axloqiy normalar shakllanadi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling