Tarixiy antropologiya
Tarixiy antropologiyada strukturalizm
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
antrapologiya
1. Tarixiy antropologiyada strukturalizm. Strukturalizmning
yaratilishi funksionalizm doirasida bo‗lgani sababli, uning ilk turi strukturaviy funksionalizm nomini oladi. Yuqorida aytilganidek antropologiya yangi yo‗nalishning asoschisi ingliz olimi Alfred Radkliff-Braun bo‗ldi. Ilk marotaba jamiyatni, alohida elementlarning o‗zaro aloqadagi strukturaviy tizimi sifatida qaray boshladi. Olimning fikricha insonlarning ijtimoiy hayotini, ularning ma‘lum ijtimoiy tizim 81 doirasidagi faoliyatlari sifatida qarash mumkin. Uning faoliyat doirasida takrorlanadigan har qanday funksiya, yo‗naltirilgan ijtimoiy muhim vazifalarni bajarish, strukturaviy merosiylikni ta‘minlashga qaratilgan. Shu tariqa ijtimoiy madaniy hayotga funksional yondashuv, shaxsni ijtimoiy hayotni o‗zlashtirishi, unga moslashuvi va qo‗llashining muhim fermalarini o‗rganishni anglatadi. Shu sababdan Radkliff-Braunning fikricha antropologiyaning asosiy vazifasi, inson jamiyati va madaniyatidagi strukturaviy o‗zgarishlarni aniqlash emas, ularda doimo takrorlanib turadigan strukturaviy o‗zaro aloqalarni ko‗rsatish deb hisoblagan. Radkliff – Braun yaratgan g‗oyalar ingliz ijtimoiy antropologiyasida tezda ommalashib, o‗z taraqqiyotini qator olimlar guruhi tadqiqotlarida topdi. Ular orasida Eduard Evans-Pritchard (1902- 1972) ayniqsa mashhur edi. Afrika madaniyatlarining taniqli tadqiqotchisi bo‗lgan Evans-Pritchard, ularni o‗zganishda strukturavistik uslubni qo‗llagan. Unga binoan aniq dalillarni tavsifi ma‘lum sotsiologik nazariyaga bo‗ysundirilgan. Ushbu uslub ko‗magida jamiyatning strukturaviy tuzilishi, unda mavjud insonlararo munosabatlarning anglash, oqibatda bu uslubning maqsadi jamiyat tizimini yanada aniqroq tushinishga imkon bergan. Strukturalistik uslubning ushbu maqsadini ilgari surgan Evans- Pritchardning tushunishicha (anglashicha) tizim elementlari bir-biriga ta‘sir etadi, strukturaviy yondashuv esa elementlar oasidagi aloqalarni o‗rganadi. Uning fikricha ijtimoiy va madaniy tizimlar yaxlitlikni tashkil etadi, sababi ular inson tomonidan yaratiladi. Bu tizimlar insonni ehtiyojlari, uni o‗rab turgan muhit bilan munosabatlarini tartibga solib turadi. Ushbu uslubni qo‗llanishi tadqiq etilayotgan bir necha bir xil obyektni qiyoslashni taqazo etadi, zero bu ularning struktura turlari muhim xususiyatlari va ularning o‗zgarishini aniqlashga qaratilgan. Buning uchun dastlab ―madaniy formadan ijtimoiy faktni chiqarib olish lozim bo‗ladi. Ushbu faktlarning har biri birlamchi va ikkilamchi sifatlarga egadir. Birlamchi sifat-struktura (tizim) – bu mavjud narsa hamda sababning muhim vazifasidir. Ikkinchi sifat-madaniyat-bir tomondan atrof-muhitning inson sezgi organlariga ta‘siri bo‗lsa, boshqa 82 jihatdan-ushbu jamiyatda ramziy belgilar tanlovi orqali vujudga keladi. Ushbu sifatlar o‗zaro munosabatida birinchisi ikkinchisining, ya‘ni madaniyatning asosini tashkil etadi. Madaniyat ham o‗z strukturasiga egadir va bu barcha madaniy hodisalarning aloqalarini tushinish hamda izohlashga imkon beradi. O‗zining strukturalistik g‗oyalarini rivojlantira borgan Evans- Pritchardning xulosasicha, odamlar orasidagi xar qanday munosabatlar o‗ziga xos strukturani tashkil etib, ular birgalikda ijtimoiy tizim (ko‗rinish idagi) iyerarxilni tashkil qiladi. Uning fikricha zamonaviy ijtimoiy antropologiya (antropologiya) faqat ―qabila‖, ―klan‖, ―oila‖ va h. ko tushunchalari bilan ish ko‗rish noo‗rin. Bu tushunchalar ijtimoiy tizimning faoliyatida asosiy vosita emas. Tarixiy antropologiya uchun asosiysi – ijtimoiy vaziyat, munosabat turlari va ular orasidagi munosabatlar bilan bog‗liq tushunchalardir. Olimning fikricha faqat shu yo‗l bilan ijtimoiy taraqqiyotning umumiy qonunlarini shakillantirish mumkin. Tarixiy antropologiya keyingi yaqin 50 yilda Yevropa va Amerikada paydo bo‗lgan fan bo‗lib, bu fanning asosiy g‗oya va tushunchalarini paydo bo‗lib rivojlanishi ham aynan shu davrlarga to‗g‗ri keladi. Tarixiy antropologiya fanidagi bunday keskin o‗zgarishlarning bo‗lishiga butun dunyoning siyosiy va ijtimoiy hayotini keskin o‗zgartirib yuborgan II jahon urushi va urushdan keyingi butun jahondagi vaziyatlar ta‘sir etmasdan qolmadi. Ayniqsa ikkinchi jahon urushidan keyin butun dunyoni kapitalistik dunyo va sotsialistik dunyoga ajrashi, sobiq imperialistik mamlakatlarning katta-katta hududlarini, xalqlarini mustamlakachilik tamg‗asidan ozod bo‗lishi, tarixiy antropologiya va ayniqsa etnologiya fanlarini rivojlanishiga, bu fanlarda yangi-yangi g‗oyalarni paydo bo‗lishiga olib keldi. Ikkinchi jahon urushining tugashi sababli juda ko‗plab mustamlakachi mamlakatlarning etnologiya faniga qiziqishi susaydi. Natijada fanning bu sohalarini mablag‗ bilan ta‘minlash ham og‗ir ahvolda qoldi. Albatta bu narsa faqat etnografiya yoki etnologiya fanlarini mablag‗ bilan ta‘minlash ishlarigina emas, balki urush tufayli umuman vayronaga aylangan butun boshli davlatlarni, xalqlarni oyoqqa 83 turgizish, ularni qornini to‗ydirish, o‗sha davr mamlakatlarining birinchi navbatda qiladigan ishi edi. Shuning uchun ham ayrim mamlakatlarda, xususan Niderlandiyada bir qator ijtimoiy-gumanitar sohasidagi ilmiy- tadqiqot institutlari yopilgan bo‗lsa, boshqa davlatlarda, shu jumladan Buyuk Britaniya va Fransiyada etnologiya bilan bog‗liq bo‗limlar qisqardi. Ammo tarixchilar, arxeologlar va etnolog olimlar o‗ta fidoiy olimlar bo‗lganliklari uchun ham, ular fidoiylarcha ishladilar va o‗z zamonasining eng ilg‗or nazariyalarini yaratishga muvaffaq bo‗ldilar. Jumladan, mashhur fransuz olimi Levi Strossning strukturaviy antropologiya maktabini misol qilib keltirish mumkin. Levi Strossning nazariy-metodologik qarashlari o‗zining soddaligi, shu bilan birga o‗ta ilmiyligi, originalligi bilan etnologiya va tarixiy antropologiya fanlarida alohida ajralib turadi. Levi-Strosning barcha asarlaridan markaziy, insoniyat ongining barcha tarixiy bosqichlarda yaxlitligi g‗oyasi yotadi. Uning uchun, inson faoliyati va inson ongining barcha turlari qat‘iy mantiqqa bo‗ysundirilgan. Bu borada inson ongida hissiy emosional emas oqillik, oqilona faoliyat aksari ko‗pchilikni tashkil qiladi. Shu sababdan Levi – Stros turmush va madaniyatning har bir qirrasiga alohida yakunlangan tizim siftida qarab, ularning har biridan mantiqiy qonuniyatlarini topishga intilgan. Aksari holatda qarama – qarshiliklar, ziddiyatlarni binar oppozisiyalarda yoki juft qarama – qarshiliklarning asosiylaridan biri ―tabiat –madaniyat‖ da topgan. U rivojlantirgan strukturaviy taxlilning asosiy maqsadi barcha ijtimoiy va madaniy xodisalar asosida yotgan mantiqiy qonuniyatlarni topish bo‗lgan. Ayni paytda u F. de Sossyurning aloxida fenomenlar ahaiyat kasb etmaydi, faqat ularning majmuasi (so‗z) axamiyatga molikligi xaqidagi tezisiga tayangan. Shveysariyalik lingvist Ferdinand de Sossyur (1857-1913) va uning davomchilari qiyosiy tilshunoslikda inqilobi o‗zgarishlar qildi. Ular tillar diaxron yondashuvdan vos kechib o‗z tuzilishida ma‘lum strukturali o‗xshashligi bo‗lgan sinxrom belgili tizimni qo‗llaydilar. Bunday yondashuv eng avvalo til va sO‗z orasida farq mavjudligiga asoslangan. De Sossyurning yozishicha belgilarning muvofiqlashtirilgan tizimi bo‗lib, ularning har biri ikki komponet: signifakant ―belgilaydigan 84 va signifikat‖ yoki ―belgilanadigan‖ so‗zlardan iborat bo‗lgan. Lingvistikada ovozning minimal birligi fonemadir. Bir fenomani ikkinchisi bilan almashtirilishi hamma vaqt ham so‗zning ma‘nosini o‗zgarishiga olib kelmaydi. Ammo har bir tilda fenomlar bo‗lib, ular oppozitsion juftliklarni tuzishadi. Shuning uchun bir ovoz davomidagi o‗zgarish, so‗z ma‘nosining o‗zgarishiga (masalan ―qo‗y‖, ―to‗y‖) olib keladi. Ushbu metodologik yondashuvni Levi – Stros tarixiy antropologiyada qo‗llab, madaniyatning o‗rganilayotgan hodisasi mazmun – ma‘nosini empirik aniqlangan dalillardan emas, ularning o‗zaro munosabatlaridan axtaradi. Jumladan u qarindoshlik va nikoh munosabalari o‗ziga xos til ya‘ni individlar va guruh orasidagi xarakatsizlik kamunikasiya tipi sifatida qaraydi. Ammo bu metodni antropologiyada qo‗llash, faqat ijtimoiy va madaniy yutuqlar asosida o‗xshash strukturaviy tamoyillar (prinsiplar) mavjudligini tasdiqlashga xizmat qildi xolos. Bu borada Levi – Stros ta‘birida ―struktura abstrakt xususiyatiga ega bo‗lib, ma‘mum darajadr empirik borliqqa emas, borliqning modellariga mos keladi‖. Levi – Stros uchun ijtimoiy munosabatlar, modellar tuzish uchun qurilish ashyosi hisoblanib, ularning yordamida keyinchalik ijtimoiy strukturalar anglanadi. Bu asosda strukturaviy analizning mohiyati etnografik materiallarni ma‘lum komponentlarga bo‗lib minimal invariant birliklarni olish, ular yordamida ijtimoiy va madaniy hayotning barcha tomonlarini aks ettiruvchi modellarini konstruksiya qilishdir. Strukturaviy taxlil metodini qarindoshlik tizimini o‗rganishda qo‗llagan Levi – Stros keyinchalik uni totemizmni tadqiq qilishda anglash jarayonlarini izohlashda foydalandi. o‗zining to‗rt tomli ―Mifologiya‖ (1964-1971) asarida Levi – Stros, strukturaviy taxlildan, uning strukturalarning qat‘iy asosi hisoblangan jamoaviy ongning fundamental mazmuni bo‗lgan, rivoyatlarni qiyosiy tadqiq etishda foydalanadi. Bu etnologga ongning turli formalari asosida yotgan kodlarni ochishga imkoniyat berdi. Insonlar doimo bir xil o‗ylaydilar, farqi faqat ong obyektlaridir deb yozadi Levi – Stros. Strukturalizm ham funksionalizm singari ma‘lum antropologik konstantalarda insonlar 85 madaniyatlarining o‗xshashligi sabablarini izlaydi. Lekin funksionalizmda o‗xshashlik insonlar asosiy ehtiyojlarining o‗xshashligi bilan izohlansa, strukturalizmda bu holatni inson ruhiyatining o‗xshashligidan chiqarilgan. Levi – Strosning antropologiyani strukturaviy antropologiyaga aylantirishga urinishi oraliq fanlarda keng munozaralarga sabab bo‗lib, XX asrning 60 yillarida ushbu yo‗nalishni fransiyaning yetuk intellektual oqimiga aylantirdi. Ingliz ijtimoiy antropologiyasida Levi – Stros g‗oyalari Meri Duglas (1921y tug‗.) tomonidan rivojlantirilsada, keng tus olmadi. AQSh madaniy antropologiyasida kognitiye antropologiya maktabi namoyondalari, strukturalizm bilan o‗xshash metodologik yondashuvni rivojlantirsada, ma‘lum xudud geografik nomlarini yaxlitligini tadqiq qilish bilan cheklanganlar. Shu sababdan strukturalizmning ta‘siri nihoyatda cheklangan bo‗lib, uning inson ongining universalligi g‗oyasi qizg‗in bahs va munozaralarga sabab bo‗ldi xolos. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling