Tarixiy antropologiya


 Tarixiy antropologiyada madaniy relativizm


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/56
Sana29.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1401098
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56
Bog'liq
antrapologiya

2. Tarixiy antropologiyada madaniy relativizm. 
XX asrning 40-50 yillarida dunyo antropologiyasida, AQSh va 
Yevropada yangi ilmiy maktablarning paydo bo‗lishi, ular orasida 
madaniy relyativizmni muhim o‗rin egallashi bilan izohlanadi. Tarixiy 
antropologiyadagi bu yo‗nalish yevropa etnosentrizmiga, ya‘ni 
yevropalik bo‗lmagan xalqlarda yovvoyilik belgilarini ko‗rishlariga 
qarshi javob tarzida vujudga keldi. Madaniy relyativizmning bosh 
g‗oyasi, rivojlanish darajasi turli bosqichda bo‗lgan xalqlar yaratgan 
madaniyatlarning tengligini e‘tirof etish, o‗sha paytgacha hukmron 
bo‗lib kelgan yevropo-amerikasentrizmi va umuman har qanday 
etnosentrizmni inkor etish edi. Madaniy relyativizm nazariyasi vakillari 
turli xalqlar madaniy tiplarini qiyoslab bo‗lmasligini, ularni yagona 
qolipda o‗lchash mumkin emasligini, sababi har bir madaniyat o‗zaro 
taqqoslab bo‗lmaydigan unikal qadriyatlar tizimidan iborat ekanligini 
e‘lon qildilar. Har qanday madaniyat o‗zicha murakkab, qadrli va o‗ziga 
xos , chunki u mazkur sharoitga moslashish usuli mahsulidir va o‗zga 
har qanday madaniyat bilan teng ahamiyatga egadir. Har bir madaniyat, 


86 
yashashning o‗ziga xos turi mahsuli sifatida, o‗z doirasida ko‗rilishi 
lozim. 
Relyativizmning ilk g‗oyalari Boas tomonidan shakllantirilgan u 
birinchilardan turli madaniyatlarning O‗ziga xos qimmati haqida fikrni 
bildiradi. Uni qo‗llab - quvvatlagan A. Kreber, R.Benedikt, 
M.Xerskovislar madaniy relyativizm konsepsiyasini uzil – kesil ishlab 
chiqdilar. Madaniy relyativizm maktabi asoschilaridan biri taniqli 
amerikalik antropolog Melvill Xerskovis (1895-1963) Boas va 
Goldenveyzerning shogirdi edi. U o‗z qarashlarini umumlashtirgan 
holda ―Akkulturasiya‖ (1938), ―Inson va uning ijodi‖ (1948), 
―Madaniyaantropologiya‖ (1940) asarlarida bayon etdi. Ularda olim o‗z 
g‗oyalarini madaniyat haqidagi avvalgi barcha nazariyalardan ajratadi. 
Xerskovis oldingi g‗oyalarda tan olingan madaniyatdagi uch asosiy 
determinant: madaniy o‗ziga xoslikning irqiy, ya‘ni manadiy xilma-
xillik va o‗zgarishlarni individ (shaxsning) tanasi tuzilishi bilan 
izohlanishi, madaniy xususiyatlarni tabiiy yashash muhiti bilan 
bog‗laydigan geografik determinizm; moddiy ashyolarning ishlab 
chiqarishning madaniyatining eng muhim omili deb izohlagan iqtisodiy 
determinizmga qarshi chiqadi. 
Xerskovis bu nazariyalarga (etnodentrizm, ayerosentrizm) qarama-
qarshi turli xalqlar madaniyatini izohlash va tavsiflash lozimligini 
ta‘kidlaydi. Uning fikricha umumiy madaniy – tarixiy jarayon, turli 
yo‗nalishda rivojlanayotgan madaniyatlar yig‗indisidir. U madaniyatni 
umumiy ma‘noda inson tomonidan yaratilgan yashash muhiti sifatida 
tushingan. Olim har bir madaniyatni betakror, beqiyos model, boshqa 
xalqlarniki bilan qiyoslab bo‗lmaydigan, har bir xalqning o‗ziga xos 
qadriyatlari tizimida nomoyon bo‗ladigan an‘analari bilan aniqlanadigan 
voqyelik hodisa deb biladi. Xerskovisning fikricha har bir xalq 
madaniyatida uning eng muxim jihati ―madaniy fokusi‖ – mavjud. 
Insoniya tarixini, Xerskovis mustaqil taraqqiy etgan madaniyatlari va 
sivilizasiyalar yig‗indisi tarzida tushungan. Madaniyatlar dinamikasini, 
ularning birligi va o‗zgaruvchanligida ko‗rgan. Uning ta‘kidlashicha har 
qanday madaniyat bir paytning o‗zida ham barqaror, ham o‗zgaruvchan 
bo‗lishi lozim. Undagi o‗zgarishlar, madaniy taraqqiyot subyektini 


87 
tashkil etuvchi, ma‘lum konservativ tizimlarning saqlanishi orqaligina 
ro‗y beradi. Olimning fikricha, o‗zgarishlarning umuman bo‗lmasligi, 
madaniyatning halokatini anglatadi. Bir paytning o‗zida madaniyat 
tizimidagi qat‘iy tizimlarni tezda o‗zgarishlar uchun buzulishi ham, uni 
degradasiyasini, o‗ziga xosligini yo‗qotishini anglatadi.
Amerika antropologiya an‘analariga sodiq qolgan Xerskovis 
―madaniyat‖ tushunchasini ―jamiyat‖ tushunchasidan ajratadi. Uning 
tushunishicha, madaniyat – insonlarning yashash usuli bo‗lsa, jamiyat 
ma‘lum turmush tarzi kechirayotgan individlarning o‗zaro ta‘sirini 
tashkil etuvi agregatidir. Soddaroq aytganda jamiyat odamlardan tashkil 
topadi, ular tanlagan o‗zini tutish, axloq normalari madaniyatdir. 
Xerskovisning madaniy – antropologik konsepsiyasidagi asosiy 
tushunchalardan biri ―inkulturasiya‖ bo‗lib olim uni shaxsning ma‘lum 
madaniyatiga kirishi deb izohlagan. Inkulturatsiyaning asosiy mazmuni, 
madaniyatni asosi, fikirlash va harakat qilish xususiyatlari, xulq 
modellarini o‗zlashtirish deb bilgan. Inkulturasiyani bolalikda 
o‗zlashtiriladigan umuminsoniy hayot faoliyati uslubi – sosializasiyadan 
farqlay bilish lozim. Amalda bu ikki jarayon birgalikda mavjud bo‗lib, 
xamkorlikda taraqqiy etadi va aniq tarixiy formada namoyon bo‗ladi.
Xerskovisda ―inkulturasiya‖ madaniy relyativizmning asosini 
(yadrosini) tashkil etib, uning mohiyatiga ko‗ra odamning fikirlashi 
tajribaga, tajriba har bir individning o‗z inkulturasiyasi atamalari bilan 
izoxlanadi. Turli madaniyatlarda shartlangan tushunchalar nisbiyligi esa, 
fizik dunyo faktlari: vaqt, masofa, vazn, razmer va h. ko.lar ham mazkur 
madaniyat orqali ko‗riladi. Xerskovisning ta‘kidlashicha nimaning 
normal yoki nonarmal bo‗lishi madaniyatdagi munosabatlarning tashkil 
qilinishiga bog‗liqdir. Ayrim xulq stereotiplari, nikoh turlari, urf-odatlar 
(poligamiya, poliandriya, inisiasiya va h.ko.lar) yevro-amerika madaniy 
standartlariga mos kelmasada, boshqa madaniyatlar uchun butunlay 
ma‘sul hisoblanadi. Shuning uchun madaniy relyativizmning asosiy 
g‗oyasi, turli xalqlar yaratayotgan va yaratgan madaniy qadriyatlarning 
teng huquqliligidir. Bu xulosa har bir madaniyatni mustaqilligi va 
to‗laqonligini tan olishni, yevroamerika tizimi ustunligini rad etishni 


88 
boshqa madaniy etnosentrizm va yevrosentrizmdan voz kechishni talab 
qiladi.
Madaniy relyativizm mohiyatini ochar ekan Xerskovis uning uch: 
metodologik, falsafiy va amaliy jihatini ajratadi.
Metodolik aspekt, madaniyatni mazkur xalqda qabul qilingan 
qadriyatlar asosida tafakkur etishni joiz deb biladi, unga binoan shaxslar 
hayotiy faoliyati tavsifini ularning madaniyatiga oid atamalarda aks 
ettirishni bildiradi. Falsafiy aspekti, madaniy taraqqiyot – yo‗llarining 
ko‗pligini, madaniy – tarixiy jarayonida baholash ko‗pfikrlik (palorizm) 
bo‗lishini anglatadi. U madaniy taraqqiyot bosqichlarini majburiy 
evolyutsion almashinuvini rad etadi. 
Nihoyat amaliy aspekt induotrial sivilizasiyalar tomonidan, 
o‗zining xususiyatlarini saqlab qolgan arxaik madaniyatlarini tortilishini 
anglatadi. Bu borada ayrim madaniyatlarni saqlab qolgan ma‘qulroq. 
Xerekoviyning ushbu g‗oyasi sermohsulligi bizning davrimizda taraqqiy 
etmagan halqlarda madaniy sharoitni sun‘iy yaratish aksari holatlarda 
ommaviy degradasiya, alkogolizm, o‗g‗irlikka va h. ko. Larga olib 
kelishi aniq bo‗ldi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling