Tarixiy antropologiya
Eng qadimgi gominidlar va ularning mehnat faoliyati
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
antrapologiya
1. Eng qadimgi gominidlar va ularning mehnat faoliyati. Tarixiy
antropologiya fani asosan insoniyatni paydo bo‗lishi va uning jismonan rivojlanib borishini o‗rganadigan fandir. Shu bilan birga boshqa fanlar qatori o‗zining juda aniq o‗rganish uslublariga egadir. Lekin insoniyatni jismonan o‗zgarib borishini o‗rganadigan asosiy fan antropologiya fani bo‗lib, bu fan insoniyatni paydo bo‗lish va rivojlanish bosqichlarini 95 uning jismoniy jihatdan har tomonlama o‗rganadi va davrma-davr bir- biriga solishtirib tahlil qiladi. Tarixiy taraqqiyotning xali yozuv mavjud bo‘lmagan, biroq bu davrni o‘rganmasdan insoniyatning yaxlit o‘tmishini tiklab bo‘lmaydigan bosqich mavjudki, bu davr tosh davri hisoblanadi. Tosh davri kishilik tarixining eng uzoq davom etgan bosqichi hisoblanadi. Paleolit davri (yunoncha palayos - qadimgi, litos – tosh davri) insoniyat tarixining eng uzoq davom etgan bosqichidir. Zamonaviy ma‘lumotlarga ko‘ra, dastlabki mehnat qurollarini yasagan ajdodlarimiz bundan 2,6 mln. yillar muqaddam Afrika qit‘asida yashaganlar (Olduvoy davri). 1954-1955 yillarda Shimoliy Afrikaning ilk pleystosen qatlamidan qadimgi odam qoldig‘i topildi. Biroq bu topilma Yava orolidagidan ham mayda bo‘laklardan iborat bo‘lib, bu yerdan aslida pastki jag‘ suyaklari topilgan va ular 3 individiumga taalluqli edi. Bu topilmaga olimlar atlantrop nomini berishdilar. Bu topilma teginilmagan – buzilmagan qatlamdan mehnat qurollari bilan birga topilgan. Bu hodisa uning yerda dadil yurishidan guvohlik beradi. Topilgan jag‘ suyaklarga qaraganda ular ancha baquvvat, iyak suyagining to‘la yo‘qligi bois yirik tishlarga ega bo‘lishgan. Pitekantropning jag‘ suyagi va tishlariga qaraganda atlantroplar Yava pitekantroplarini eslatardi va morfologik taraqqiyot jihatidan ham Yava topilmasiga yaqin turardi. Topilgan tosh qurollar juda yirikligi va dag‘al – qo‘polligi bilan xarakterlanardi. Hozirgi vaqtda Eski Dunyoning turli hududlaridan ilk pleystosen davriga oid ko‘pgina tosh qurollar topilgan. Bu tosh qurollarning yasalishi, toshni parchalash muayyan tizimga ega emas. Bu kabi topilmalarni ayrim olimlar eng qadimgi gominidlarning qurollari bo‘lishi mumkin, degan fikrlarni bildirishmoqda. Bu kabi tosh ashyolar fanda eolitlar nomini oldi (eolit – yunoncha «uchrindi»). Bu masala haqida olimlar orasidagi tortishuvlar o‘tgan asrdayoq vujudga kelgan edi. Ko‘p olimlarning fikricha, bunday «tosh qurollar» suv oqimi bo‘ylab oqayotgan toshlarning bir-biriga urilishi natijasida ham kertilgan uchqur toshlardan paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin ekan. Shuni aytish lozimki, suv harakati bilan toshdan qurollarsimon ashyolar hyech 96 qachon paydo bo‘lmaydi. Shuning uchun ham aytish o‘rinliki, bu kabi shaklsiz, qo‘pol ashyolar insonlar tomonidan juda ilk davrlarda foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Eng qadimgi vaqtlarda qurollar odatda dag‘al tarzda qayroqtoshlardan qilingan. Bir necha uchirindilar orqali kesuvchi, chopuvchi tomonlarini o‘tkirlashgan. Arxeologiyada bunday qurollar qo‘pol uchirindilar orqali yasalgan qurollar madaniyati nomini olgan. Aynan shunday qurollar Yevropaning Vengeriya, Fransiya mamlakatlarida, Hidnistonda, Birma, Malayziyada, Yava orolida, Xitoyda hamda Afrikaning turli viloyatlarida, Yaqin Sharq mamlakatlarida topilgan. Eng muhim topilmalardan biri ilk paleolit davriga oid Ulanika makoni hisoblanadi. Bu yodgorlik A.P.Okladnikov tomonidan tog‘li Oltoydan topilgan. Geologik qatlamlar yotqizig‘iga va mehnat qurollarining xususiyatiga ko‘ra Ulanikaning yoshi 1 mln yildan kam emas. Bu makon Osiyo qit‘asidagi eng qadimgi yodgorlikdir. Bu makondan topilgan tosh qurollar arxaik shaklga ega, ayniqsa, chopuvchi qurollar qiziqarli bo‘lib, bu tip qurollar Osiyo viloyatlarida keng tarqalgan. Navbatdagi arxeologik madaniyat paleolit davri Ashel nomi bilan fanga kirgan. U odatda Fransiyadagi shahar nomi bilan Abbivel davri ham deb ataladi. Ashel qurollari qalin, qo‘pol yo‘nish asosida tayyorlangan. Topilma tosh cho‘qmorlarining o‘rtacha hajmi – uzunligi 10-20 sm ni tashkil qiladi. Qo‘l cho‘qmorlaridan tashqari yirik uchirmalar ham qurol sifatida ishlatilgan. Yevropaning ko‘pgina manzilgohlarida shel davri bilan muvoziy ravishda rivojlangan yodgorliklar ham mavjud. Masalan, Angliyaning Klekton On Si shahri atrofida makonlar topilib, ular Ashel davri qurollariga o‘xshash bo‘lsa- da, klekton davri deb ham ataladi. Klektonliklar asosan qurollarni chaqmoqtosh uchrindilaridan tayyorlagan. Shunday qilib, odamzod jamoasi o‘zining eng qadimgi taraqqiyot bosqichidan boshlab taraqqiyot texnika yo‘lidan foydalangan. Ashel davri odamlari kichik guruh tarkibida yashab, ular daryo sohillarida, ko‘llar atrofida va keng subtropik o‘rmonzorlarda yashagan. 97 Ularning asosiy tirikchiligi ovchilik va iste‘molbop yovvoyi o‘simliklarga va mayda qurt-qumursqaga termachilik qilish bo‘lgan. Eng qadimgi gominidlarning morfologik tiplari evolyusiyasini tushunishda 1927 yil Shimoliy Xitoydagi Chjoukoudyan g‘oridan topilgan topilmalar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. G‘ordan qadimgi ovchilar lager sifatida foydalangan. Uning qatlamlaridan 40 dan ziyod gominidlar – erkaklar, ayollar, bolalar qoldiqlari topilgan. Bu topilmalarning morfologik qiyofasi pitekantroplarga nisbatan ancha takomillashgan, rivojlangan edi va ular pitekantroplardan keyin yashagan. Ular geologik jihatdan o‘rta pleystosenga taalluqli bo‘lib chiqdi. Olimlar bu topilmalarni alohida-alohida tipga ajratib, sinantroplar (xitoy odami) deb atashdilar. Sinantrop pitekantrop singari o‘rta bo‘yli, miya hajmi pitekantropdan yirikroq – 900 dan 1200 sm 3 yoki o‘rtacha 1050 sm 3 ni tashkil qilgan. Sinantroplar jismida ham pitekantroplarga xos ayrim xususiyatlar mavjud edi. Masalan, peshona qismining orqaga qarab pasayishi, iyak suyagining yo‘qligi kabilar sinantroplarni odamsimon maymunlarga yaqin turishidan guvohlik beradi. Miya hajmining pitekantroplarga nisbatan ancha rivoj topganligiga qaraganda, sinantroplar oddiy nutqqa, so‘zlashish qobiliyatiga ega bo‘lganlar. Bunday fikrga asos sifatida ularning mehnat qurollarining pitekantroplarga nisbatan birmuncha rivojlanganligini kuzatish mumkin. Bu makondan topilgan tosh qurollar xilma-xil bo‘lsa- da, pitekantroplar texnologiyasining qoldiqlari saqlanib qolgan. Sinantroplar, masalan, yovvoyi otlarga ov qilganlar. Ular g‘orda doimiy ravishda yashaganlar. G‘or qatlamlarida qalin kul qoldiqlarining mavjudligiga qaraganda, sinantroplar olov bilan tanish bo‘lganlar. Olov ibtidoiy odamlar turmushida juda muhim ahamiyat kasb etgan. Olovning kashf qilinishi va undan foydalanish odamzodning muhim imkoniyatdan foydalanishi edi. Olov bilan sovuqdan saqlangan, ovqatni pishirib iste‘mol qilishni o‘rgangan, ov qilishda foydalangan, mehnat qurollarining tig‘larini olovda toblagan. Sinantroplar faqat tabiat olovidan foydalanganlar, sun‘iy ravishda olov olishni bilmaganlar. Insoniyat tarixi taraqqiyotining navbatdagi ashel davri hisoblanadi. Bu atamaning kelib chiqishi Fransiyaning Sant-Ashel nomli joyi bilan 98 bog‘liq. Bu makonda ham ko‘pchilik qurol-aslahalar shel makonlaridagidek qo‘zg‘atilgan qatlamlardan topilgan. Ashel davri qurol yasash texnologiyasini o‘rta pleystosenga bog‘lagan holda sinantroplarga tenglashtirish mumkin. Ammo so‘nggi Ashel bosqichida neandertallarga xos qurollar ham topilgan. Ingliz olimi F.Seyner Ashel davrini 550 ming yil avval, ashel 430-150 ming yil avvalgi zamon deb, boshqa ayrim olimlar Ashel va Ashel davrlarini 400-100 ming yil bilan belgilashgan. Ashel davri mehnat qurollari Ashel davriga nisbatan ancha ixchamlashgan va takomillashgan ko‘rinadi. Ashel davrida ham asosiy universal qurol – qo‘l cho‘qmori hisoblangan. Ashel davrining so‘nggi bosqichida levallua texnikasi paydo bo‘ladi. Bu topilma Parij yaqinidagi Levallua Perre topilmasi joy nomi bilan bog‘liq. Ashel davri qo‘l cho‘qmori turli maqsadlarda: ovqatbop o‘simlik tomirlarini kovlab olish, o‘ldirilgan hayvonlarning gavdasini burdalash va boshqa maqsadlarda ham qo‘llanilgan. Bu davrda ovchilikda ko‘pincha qamal usulidan foydalanilgan. Kishilik turmushida yog‘ochdan yasalgan qurollardan ham keng foydalanilgan bo‘lishi mumkin, ammo ular uzoq o‘tmishdan bizgacha saqlanmagan. Ashel qurollari orasida nayza tig‘lari ham mavjud. Ashel davri maymunsimon odamlari nafaqat g‘orlarni makon qilib yashagan, balki ochiq joylarda ham chayla qurib yashashni bilganlar. Masalan, Nissi shahriga yaqin joylashgan ilk Ashel davriga oid Ter-Amata makonidan uzunligi 8 metrdan 15 metrgacha bo‘lgan chaylasimon kulba topilgan. Uning eni 4 metrdan 6 metrni tashkil qilardi. Kulba shox-shabbalardan tiklangan bo‘lib, tomni ustunlar ko‘tarib turgan. Kulbaning poli yupqa yalpoq toshlardan terilgan, kulbaning pastki qismi yupqa devor bilan aylantirib olingan bo‘lib, bu amal esa kulbani qattiq esgan shamoldan himoya qilgan. Germaniyaning Geydelber vodiysidan 1907 yili topilgan jag‘ suyak ham ilk ashell davriga oidligi ma‘qullangan. Uning tishlari yirik bo‘lsa-da, odamning tishlariga yaqin o‘xshash alomatlarga ega. O‘zining morfologik xususiyatlariga ko‘ra geydelber topilmasi sinantroplarga yaqin turadi. Yana 2 ta topilma qadimiylikdan guvohlik beradi. Ulardan biri 1965 yil Vengriyadagi Verteshsellash makonidan topilgan bo‘lib, 99 bosh chanoqning orqa qismi edi. Bu topilma katta subyektga taalluqli bo‘lib, mutlaq yoshi 3,5 million yilga tengligi aytilmoqda. Ayrim olimlarning fikricha, bu topilmaning morfologik alomatlari pitekantroplarga o‘xshaydi. Uning bosh miyasi 1400 m 3 dan oshadi. Bu holat esa uning neandertallarga yaqinligini ko‘rsatadi. Olimlarning ayrim fikriga qaraganda, bu topilma pitekantropdan sinantrop va undan neandertallarga o‘tish davri bilan ham belgilanishi mumkin. Ikkinchi topilma 1972-1975 yillarda Germaniyaning Tyuring shahriga yaqin Bilbsingsleben nomi bilan atalgan makon bilan bog‘liq. Makondan peshona va bosh qismning orqa suyak qoldiqlari topilib, 3- 3,5 million yillar bilan sanalangan. Bu topilma ilk bosqich gominidi deb emas, balki Yevropa pitekantropi deb atalgan. Pitekantrop, sinantrop, atlantrop, geydelberg odamlari asosan tabiati iliq mintaqalarda yashagan. Ular har doim dastlabki yashash joylaridan asta-sekin kengroq o‘lkalarni ishg‘ol qilib borishgan. Ularning zamondoshlari ham issiqsevar hayvonot dunyosidan iborat edi. Ular asta-sekin Afrikaning katta qismi, Yevropaning janubi va Janubiy Osiyo bo‘ylab tarqalib yashaganlar. Er sharining taraqqiyoti tarixida uchlamchi davrning oxirlarida primatlar orasidan eng qadimgi odamsimon maymunlar ajraganligi to‗g‗risidagi xabar ko‗plab paleoantropologik va arxeologik manbalardan ma‘lum. Ayniqsa Afrikaning janubi-sharqiy qismi uchlamchi davrning oxirlari va to‗rtlamchi davrning boshlarida, taxminan 5–3 million yil muqaddam antropogenez jarayonlarida juda katta rol o‗ynagan asosiy makonlardan biri bo‗ldi. Buning asosiy sababi erning tarixiy taraqqiyotida Afrikaning janubi-sharqiy qismida meridional yo‗nalishda hosil bo‗lgan botiqlik insoniyatning eng qadimgi ajdodlari – primatlar, avstralopiteklar va homo habilislarning paydo bo‗lishi va ularning taraqqiyoti to‗g‗risidagi paleogeologik, paleozoologik, arxeologik va paleoantropologik ma‘lumotlar yuqoridagi g‗oyalarni tasdiqlaydi. Tarixiy antropologiya bu borada juda ham katta imkoniyatlarga ega, chunki bu erda kompleks antropologik materiallar, insoniyatning ilk paydo bo‗lishi davridagi tarixiy rekonstruksiyasini chiqarib berishi kerak. 100 Insoniyatni kelib chiqishini o‗rganish uchun eng asosiy materiallar qatoriga paleoantropologik materiallar kirishini hamma biladi. Buning asosiy sababi paleoantropologik materiallar orqali gominidlarning jismoniy o‗zgarib borish jarayoni o‗rganiladi. Shu bilan birga insoniyatni paydo bo‗lishi va rivojlanish tarixi orqali paleoantropologiya bir davrning o‗zida to‗g‗ridan-to‗g‗ri jamiyatning genezisi, ya‘ni antroposotsiogenezning hamkorlikdagi harakatiga ham katta ta‘sir qiladi. Insoniyatning jismoniy rivojlanish masalalari, ayniqsa gominidlarning uchligi – to‗g‗ri yurishi, qo‗li va miyasi, ularning mehnat qilish imkoniyatlarini borligini ko‗rsatadi. Odam bosh qismi, uning endokran 4 lari hozirgi zamon odamidan ilgarigi odamning psixik holatini ko‗rsatib beradi. Uning tafakkuri imkoniyatlari, tili masalalarini qanday bo‗lganligini ko‗rsatib beradi. Odontologik materiallarni o‗rganib bizning avlod va ajdodlarimiz qanday ovqatlanganliklarini bilib olishimiz mumkin. Skelet qoldiqlariga qarab turib insoniyatni muskullarini qanday bo‗lganligi, oxir-oqibatda odamlarning jismoniy imkoniyatlari to‗g‗risida xulosa chiqarish imkonini beradi. Paleoantropologik ma‘lumotlar asosida paleodemografik xulosalar chiqarish imkoniyati bor. Tug‗ilish, o‗lish va umuman yosh va jinsdagi o‗zgarishlar to‗g‗risida ham xulosalar chiqarish imkoniyati bor. Shunday qilib, tarixiy antropologiya aniq paleoantropologik materiallar asosida, insoniyatning paydo bo‗lishi va uning demografik rivojlanish tarixini o‗rganishda ham o‗zining katta imkoniyatlariga egadir. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling