Tarixiy antropologiya


Neandertal odami va antropologik talqini


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/56
Sana29.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1401098
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56
Bog'liq
antrapologiya

4. Neandertal odami va antropologik talqini. O‘rta va so‘nggi 
pleystosen davriga kelib, eng qadimgi maymunsimon odamlaridan keyin 
hozirgi zamon odam turi – neandertal odamlari shakllanadi. Shunday 
odam qoldig‘i birinchi bor 1856 yil Germaniyaning Dyusseldorf shahri 
yaqinidan oqib o‘tadigan Neandertal daryosi vodiysidan topilgan edi. 
Avvaliga bu topilma olimlar o‘rtasida katta mulohazaga sazovor bo‘ldi. 
Masalan, ayrim olimlar bu topilma potoligik jihatdan boshqa 
individumga taalluqli bo‘lishi mumkin, degan fikrlarni ham bildirgan. 
Biroq 1965 yilda, keyin 1948 yilda Gibraltar tumanidan qo‘lga kiritilgan 
topilmalar bunday ortiqcha mishmishlarga nuqta qo‘ydi. Bundan 
tashqari, voyaga yetgan neandertallar va bolalarga taalluqli neandertal 
tipidagi topilmalar Angliya, Belgiya, Fransiya, Chexoslavakiya, 
Ispaniya, Shveysariya, Yugoslaviya, Vengeriya, Kritda, Afrikaning turli 
viloyatlarida, O‘rta Osiyoda, Falastin, Eron, Iroq, Xitoy va Yava 
orollarida topilgan. Bunday keng hududlardan aytilgan mazmundagi 
topilmalarning qo‘lga kiritilishi hozirgacha davom etmoqda. To‘g‘ri, 


109 
bunday topilmalarning ayrimlari favqulodiy, ayrimlari geologik jihatdan 
teginilgan qatlamlardan ham qo‘lga kiritilgan. 
Morfologik jihatdan neandertallar jismoniy tomondan eng qadimgi 
gominidlardan birmuncha farq qilardi. Ularning o‘rganilishiga 
qaraganda neandertallar o‘rta bo‘yli, baquvvat hamda boshqa 
xususiyatlari bilan hozirgi zamon odamlariga yaqin turardi. Ular juda 
harakatchan, qo‘l barmoqlari baquvvat bo‘lgan. Ammo hali ular arang 
tik emas, balki ozroq enkayib yurar, lekin chaqqon harakat qilardi. 
Neandertal odamlarining bosh miyasi hozirgi zamon odamlariga yaqin 
bo‘lib, hajmi o‘rtacha 1200 m
3
dan 1600 m
3
ni tashkil qilgan. Bu degani 
ayrim neandertallarning miya hajmi hozirgi zamondagi o‘rtacha taraqqiy 
qilgan odamlarnikidan ham biroz yuqori bo‘lgan. Biroq ularning miya 
tuzilish tarkibi biroz hali qoloq edi. Neandertallarning bosh chanoq 
tuzilishi ham maymunsimon odamlarga yaqin turardi. Iyak suyagi 
bo‘lmagan. Shuni aytish lozimki, Afrika, Osiyo, Ovropa neandertallari 
orasida o‘ziga xos taraqqiyot xususiyatlari bo‘lib, bu jarayonning ketma-
ket rivoji stadial taraqqiyotga olib kelgan. Shuning uchun ham afrikalik 
va osiyolik neandertallar ovropaliklarga nisbatan qadimiyroq ko‘rinadi. 
Ammo bu topilmalarning geologik jihatdan yoshi Ovropa topilmalariga 
qaraganda ancha yosh. Shunday qilib, janubiy o‘lkalarda yashagan 
neandertallar, shimolliklarga qaraganda ayrim xususiyatlari bilan farq 
qilgan. 
Neandertallar davri tarixini o‘rganishda Falastinaning Mugaret es-
Sxul g‘oridan 1932 yilda qo‘lga kiritilgan topilma muhim ahamiyatga 
ega bo‘ldi. G‘ordan morfologik jihatdan o‘ziga xos bir necha jasadlar 
topilgan. Bu topilmalar o‘z inventarlari bilan boshqa topilgan 
neandertallarga xos edi. Geologik jihatdan ham Falastinadagi topilmalar 
Ovropa topilmalariga to‘g‘ri kelardi. Umuman, neandertallar o‘z 
taraqqiyot yo‘lida morfologik jihatdan hozirgi zamon odamlariga yaqin 
turardi. To‘g‘ri, neandertal odamlari doimiylik bo‘lmasdan o‘laroq bir 
qator o‘zgarishlar yuz berdi. Ko‘pgina olimlarning fikriga qaraganda, 
Ovropa topilmalari ikki guruhdan: ilk va so‘nggi taraqqiyot 
bosqichlaridan iborat. Ilk guruhlar miya hajmining birmuncha 
progressivligi bilan xarakterlanib, hozirgi zamon odamlariga yaqin 


110 
turgan bo‘lsa, so‘nggi guruhda ularning tuzilishi ilk va o‘rta paleolit 
davrlarida yashagan gominidlarga yaqinligi kuzatilgan. Ularning bir-
biridan o‘zaro farqlanishi evolyusion taraqqiyotda har xil yo‘ldan 
rivojlanishda bo‘lganligini ko‘rsatadi. To‘g‘ri, olimlar orasida neandertal 
odamlaridan hozirgi zamon odamlari yetishib chiqmaganligi, balki ular 
o‘z taraqqiyot yo‘lida boshi berk holatga kirib qolganligi haqida katta 
mulohazalari fanda mavjud. Ammo qator olimlar hozirgi zamon 
odamlarining o‘tmishdoshi neandertallar, degan fikrda. Xullas, 
olimlarning katta bir qismi arxeologik manbalarga tayanib, so‘nggi 
paleolit madaniyati neandertallar evolyusiyasining mahsuli demoqdalar. 
Bu masalaning qanday yechilishi kelajakdagi fanlarning rivojlanishiga 
bog‘liq. Hozirgi zamon avlodi bu masalaning yechimini ko‘rib 
yashashga haqli. 
Neandertal tiplari yashagan davr mustyer, ya‘ni o‘rta paleolit 
taraqqiyot bosqichiga to‘g‘ri keladi. Mustyer nomi Janubiy-G‘arbiy 
Fransiyaning Dordon departamenti hududida topib o‘rganilgan va Le 
Mustye nomi bilan atalgan g‘or makoni bilan bog‘liq. Mustyer davri 
avvalgi adabiyotlarda 100-40 ming yilliklar bilan sanalangan. Ammo 
hozirgi vaqtda to‘plangan yangi materiallarni o‘rgangan olimlar mustyer 
bosqichini birmuncha qadimiylashtirishga harakat qilib, 100-80 ming 
yillar bilan sanalamoqdalar. Mehnat qurollar haqida so‘z borganda 
mustyer makonlaridan ko‘pincha tosh qurolga ikki tomonlama ishlov 
berish an‘anasi asosiy tamoyillardan biri hisoblanadi. 
Neandertallar g‘orlarda ham, ochiq joylarda ham yashaganlar. 
Ularga taalluqli cun‘iy ravishda qurilgan chaylasifat kulbalardan iborat 
manzilgohlar ham topilgan. Masalan, Ukrainaning Moldova 1 makonida 
mamont suyaklaridan aylantirib qalangan kulba topilgan. Uning tomi 
hayvon terilari bilan yopilgan bo‘lishi mumkin. Fransiyaning Trekaseg 
nomli makonidan maydoni 50 ga teng qator kulbalar topilgan. Bu 
kulbalarda ovchilar bolalari bilan yashagan bo‘lishi mumkin. 
Makonning har qadamida qirg‘ich qurollarning ko‘p uchratilishiga 
qaraganda, makonda yashovchilar hayvon terilarini, suyakni, yog‘ochni 
qayta ishlash ustamonlari bo‘lishgan. Bundan kelib chiqadiki, 
neandertallar 
hayvon 
terilaridan 
tikilgan 
kiyim-kechakka 
ega 


111 
bo‘lishganlar. Bunday xo‘jalik taraqqiyoti sovuq, shimoliy o‘lkalarni 
ham ishg‘ol qilib, o‘zlashtirib yashashga olib kelgan.
Bunday makonlar butun Afrika bo‘ylab, Yaqin Sharq, O‘rta Osiyo, 
Hindiston hududlarida ham ko‘plab topib o‘rganilgan. Xususan, bu 
borada Ovropa o‘lkalari birmuncha yaxshi o‘rganilgan. Hozirgi vaqtda 
Afrika va Osiyo hududlarida o‘rganilgan bu davr arxeologik 
madaniyatini bir maromda rivojlangan deb bo‘lmaydi. Yuqorida 
eslatilganidek, tabiat, ekologiya kabi sharoitlarga nisbatan aytilgan 
hududlardagi arxeologik madaniyat ma‘lum darajada bir-birlaridan farq 
qilishi mumkin. Bu jarayon esa har bir mintaqa madaniy 
evolyusiyasining o‘ziga xos yo‘lini belgilaydi. 
Neandertal odamining lokal variantlari ham bo‗lib, Yevropa 
neandertallari bilan Afrika va Osiyo neandertallari o‗rtasida ancha katta 
farq bo‗lganligini ko‗rsatuvchi belgilar mavjud. Afrika tiplari o‗ziga xos 
morfologik belgilari bilan, ya‘ni miya hajmining kichikligi va bosh 
chanog‗ining juda oddiyligi bilan ajralib turadi. O‗ylash mumkinki, bu 
erda biz neandertallarning lokal varianti bilan emas, balki aynan stadial 
– juda katta evolyutsiya davridagi farq bilan to‗qnash kelganga 
o‗xshaymiz. Afrika neandertallari bosh chanog‗ining oddiyligi aslida 
ularning nisbatan qadimiyroq ekanligidan dalolat beruvchi belgidir. 
Afrika neandertallari topilgan qatlamlarning geologik yoshi Yevropa 
neandertallari topilgan qatlamlarga qaraganda qadimgi ekanligi fanda 
isbotlangan. Shunday qilib, har ikki shakl o‗rtasidagi farq janubiy 
yo‗nalishdagi rivojlanishning o‗ziga xos tomonlari bilan bog‗liqdir. 
Osiyo neandertallari morfologik jihatdan juda ham turli-tumandir. 
Ularning ichida juda ham oddiylari bilan birga morfologik jihatdan 
ancha cho‗zilgan shakllar ham borligi aniqlangan. Lekin oddiy shakllar 
butun boshli primitiv belgilar kompleksidan iborat bo‗lmay, balki 
progressiv belgilar bilan birlashgan holda namoyon bo‗lgan. Xuddi 
shunday belgili skeletlar Iroqdagi SHanidar g‗oridan va Falastindagi 
Amude g‗oridan topilgan. Bu skeletlarda saqlangan katta miya qafasi va 
yuz tuzilishining bir qancha belgilari uning Yevropa topilmalari bilan 
yaqinligini ko‗rsatsa, yana boshqa belgilar ularning lokal variantlar 
ekanligini ko‗rsatadi. 


112 
Ayniqsa, Falastindan topilgan topilmalar fanda alohida o‗rin 
egallaydi. 1931–1932-yillarda Mugaret as-Sxul (arabchadan ―echki 
g‗ori‖) dan bir nechta o‗ziga xos morfologiyaga ega bo‗lgan skeletlar 
topilgan. Bu erdan boshqa neandertal odamlariga xarakterli bo‗lgan 
arxeologik inventarlar ham topilgan. Bu joylarning geologik 
ma‘lumotlari Yevropa neandertallarining geologik qatlamlari va 
topilmalari bilan bir davrga to‗g‗ri kelishi aniqlangan. Ammo Yevropa 
neandertallaridan farqli o‗laroq, Falastin odamining bosh chanoqlari va 
miyaning peshona qismi ancha rivojlangan edi. Falastin topilmalarida 
miyaning peshona qismi, bosh chanog‗ining ancha balandligi, qosh usti 
valigining bilinmas darajada pastligi, maksimal darajada hozirgi zamon 
odamining peshonasiga o‗xshashligi kuzatilgan. Bir so‗z bilan aytganda, 
undagi belgilar hozirgi zamon odami belgilariga yaqin edi. Bunday 
kompleks belgilarning hozirgi zamon odami bilan yaqinligi tufayli ayrim 
olimlar bu tipni kromanon odamining neandertal odam bilan 
aralashganligi to‗g‗risida ham fikr bildirdilar. Lekin bunday odamlarni 
neandertal odam deyishimizga ham morfologik, ham arxeologik belgilar 
yo‗l qo‗ymaydi. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, bunday holatda ichki 
qayta qurishning boshlang‗ich jarayonini – neandertallarning morfologik 
tipini hozirgi zamon odami tipiga aylanish jarayonini ko‗rishimiz 
mumkin. Bu jarayon hali neandertal odamining qoshosti valigi saqlanib 
turgan paytiga to‗g‗ri keladi. 
Neandertal odami doim shundayligicha qolmadi, balki kattagina 
evolyutsion jarayonni boshidan kechirdi. Ko‗pchilik antropologlarning 
fikriga ko‗ra, Yevropa neandertallari orasida ikkita guruh farqlanadi. 
Bular progressiv tuzilishi va unga mos ravishda miya hajmi va holati 
bilan bog‗liq boshning ustki qismining (svodining) ancha balandligi, 
qoshosti do‗ngi, qabariq qismini ancha kichikligi, morfologik tipning 
progressivligi va qaysidir jihati bilan hozirgi zamon odamiga yaqinligi 
bilan 
ajralib 
turadi. 
Hozirgi 
zamon 
odami 
tipining 
konsentratsiyalashganligi jihatidan Falastin neandertallariga yaqin turar, 
lekin ulardan ancha orqada edi. So‗nggi guruh vakillari esa, aksincha, 
tuzilishining oddiyligi bilan ajralib, uning ko‗p belgilari ilk va o‗rta 
pleystotsen 
davriga 
oid 
gominidlarni 
eslatadi. 
Antropologik 


113 
adabiyotlarda bu guruhlar neandertallarning Eringsdorf va Shappel 
guruhlari deb ataladi. Har ikki guruh o‗rtasidagi farqlar insoniyat 
evolyutsiya jarayonida turli yo‗llardan rivojlanganligini ko‗rsatadi. 
Ayrim 
antropologlarning 
fikriga 
ko‗ra, 
Eringsdorf 
guruhi 
neandertallarning progressiv rivojlangan guruhlari hisoblanadi va bu tip 
hamda hozirgi zamon odamining rivojlanishiga asos bo‗lgan. Shappel 
guruhi o‗z taraqqiyotida G‗arbiy Yevropaning juda qattiq muzliklar 
sharoitida biroz ushlanib qolgan bo‗lishi kerak. Nima bo‗lganda ham, 
ular orasidagi farq har ikki guruhning o‗z evolyutsion taraqqiyot yo‗li 
bo‗lganligidan darak beradi. Ayrim antropologlarning fikriga ko‗ra 
neandertallarning Eringsdorf guruhi haqiqatdan ham oldinga qarab 
rivojlangan bir bo‗g‗in bo‗lishi, hozirgi zamon odamining paydo 
bo‗lishida faol ishtirok etgan yoki hozirgi zamon odami bo‗g‗inining 
boshlanishida turgan bo‗lishi mumkin.
Shappel guruhi rivojlanish yo‗lida biroz vaqt to‗xtab qolgan. Bunga 
G‗arbiy Yevropaning o‗rta va so‗nggi pleystotsen davridagi 
muzliklarning sovuqlari sabab bo‗lgan bo‗lishi mumkin. Shuning uchun 
ham bu guruh regressga ketgan va yangi sharoitga moslashishga harakat 
qilgan tipning paydo bo‗lishiga, ya‘ni xuddi shunday holat jismonan 
juda kuchli, har qanday sharoitga ham chidaydigan, lekin juda primitiv 
tipning hosil bo‗lishiga olib kelgan. Bu tip hozirgi zamon odamining 
hosil bo‗lishiga juda ham kam miqdorda ta‘sir etdi. Aynan shunday 
tabiiy-iqlimiy sharoit, izolyasiya bo‗lib qolganligi tufayli bu tip 
vakillarining rivojlanishdan qolib ketganliklari to‗g‗risidagi fikr juda 
ko‗p marta takrorlanmoqda. Ammo bunday nuqtai nazar ham 
morfologik jihatdan, ham arxeologik jihatdan jiddiy qarshilikka 
uchramoqda.
Arxeologik jihatdan Shappel guruhi yashagan joylardan muste 
davriga oid neandertallarning skeletlari topilgan. Aynan o‗sha joylardan 
yuksak rivojlangan tosh industriyasini topilganligi, hatto bu topilmalar 
ichidan yuqori paleolit davri tosh industriyasining ayrim prototiplari 
topilganligi ma‘lum. Bundan tashqari Shappel guruhi odamlari bilan 
Eringsdorf odamlari morfologik jihatdan bir-biridan keskin farq 


114 
qilmaydi va ular o‗zaro bog‗liq bo‗lganliklarini ko‗rsatadigan o‗tish 
davrining belgilari bor. 
Xo‗sh, gominidlar oilasining rivojlanishida neandertal odamining 
o‗rni qanday bo‗lgan? Shu narsa aniqki, gominidlar oilasi morfologik 
rivojlanishining ilk va o‗rta pleystotsen davrida shakllangan 
neandertallar o‗sha davrdagi boshqa gominidlardan bir qator progressiv 
belgilari bilan farq qiladi. Ammo adabiyotlarda bu tipning insoniyatning 
hozirgi zamon odamidagi antropologik o‗ziga xos tomonlarning vujudga 
kelishida roli katta ekanligiga qarshi g‗oyalar ham mavjud. Ularda 
asosan odamning neandertal tipi antropogenez jarayonidagi boshi berk 
ko‗cha ekanligi va u Homo sapiens – hozirgi zamon odamining 
rivojlanishida biron-bir iz qoldirmaganligi aytiladi. Bu nuqtai nazar 
tarafdorlari ko‗plab morfologik belgilar Homo primigenius dan Homo 
sapiens ga o‗tganligi to‗g‗risidagi ma‘lumotlarga tayanadilar. Shu bilan 
birga, arxeologik ma‘lumotlarning ko‗rsatishicha, yuqori paleolit davri 
madaniyatlari aynan neandertal odamining madaniyatlaridan kelib 
chiqqanligi aniqlangan. Xuddi shu ma‘lumotlardan kelib chiqib 
chexiyalik antropolog Alesh Xrdlichko birinchi bo‗lib hozirgi zamon 
odamining kelib chiqishida neandertal odami bosqichining o‗rni katta 
ekanligi to‗g‗risidagi nazariyani ilgari surgan. Bu nazariya bo‗yicha, 
neandertal odami hozirgi odamning avlodi bo‗ladi, hozirgi zamon 
odamining morfologik tipi ham neandertal tipining qayta qurilishi 
natijasida paydo bo‗lgan. Neandertal odami bosqichini tushunishda 
1938-yilda A.P.Okladnikov tomonidan Surxondaryodagi Teshiktosh 
g‗oridan 9 yoshli bolaning suyaklari topilgunga qadar olimlardagi 
tasavvur mutlaqo boshqacha edi. Ularda ―O‗rta va Markaziy Osiyo 
hududlarida hozirgi zamon odamining kelib chiqishini neandertal 
odamining kelib chiqishiga umuman aloqasi bo‗lmagan‖ degan nuqtai 
nazar hukmron edi. 
G‗arbiy Yevropa olimlari o‗rtasida hozirgi zamon odamining 
antropologik tipi juda qadimgi ekanligi va neandertal odamiga uning 
mutlaqo aloqasi yo‗q ekanligi to‗g‗risida, presapiensa
5
degan nazariyani 
ilgari surdilar. Bu nazariya bo‗yicha o‗rta yoki so‗nggi pleystotsenning 
5
Presapiensa – hozirgi zamon odami, yoki ―ongli odam‖dan ilgarigi odam. 


115 
ikkinchi 
yarmida 
neandertallar 
bilan 
birgalikda 
boshqacharoq 
morfologik tipga ega bo‗lgan odamlar yashashgan. Bu odamlarda 
neandertal odamlarining basharalari bo‗lmagan. Aynan shu odamlar 
hozirgi zamon odamining asosi bo‗lgan. Presapiens nazariyasiga 
Angliyadagi Svanskombadan va Fransiyadagi Fonteshevadan topilgan 
bosh suyaklarining qoldiqlari asos qilib olingan. Bu topilmalar ham o‗rta 
pleystotsen bilan davrlanadi, ammo ularda neandertal odamining 
morfologik belgilari sezilmagan. Lekin bu har ikki topilma juda mayda 
suyak parchalaridan iborat bo‗lib, ular asosida suyaklar juda oddiy tipga 
yoki progressiv tipga tegishli ekanligini aniqlash ancha qiyin. 
Masalaga nazariy tomondan yondashadigan bo‗lsak, neandertal 
odamining vaqt o‗tishi bilan hozirgi zamon odam tomon yaqinlashishi 
ko‗proq morfologik hamda umumbiologik qonuniyatlar asosida 
rivojlanganligidan dalolat beradi. Bu nazariya hozirgi zamon odamining 
kelib chiqishini juda qadimiy asosga ega ekanligini va Homo sapiens 
to‗rtlamchi davrning juda ko‗p davri mobaynida neandertal odamidan 
tashqarida paydo bo‗lgan, degan presapiens nazariyasining asosi bo‗lib 
xizmat qildi. Shuning uchun ham bu nazariya ijobiy qabul qilinishi 
mumkin emas. 
Paleolit davri odamlari jismoniy tipining paydo bo‗lishi va 
rivojlanishi tarixi bilan ular madaniyatining progressiv tomonga 
o‗zgarishi bir-biriga to‗liq mos kelmaydi. Odamning neandertal tipi 
ashel davrida shakllandi, ammo uning taraqqiyoti o‗z zamonidan kamida 
200–250 ming yilga orqada qolganligi kuzatiladi. Shuning uchun ilk 
neandertal odam qadimgi manzilgohlarga oid qabrlardan topilgan bo‗lsa 
ham, ular ashel davrining tosh industriyasi bilan tanish ekanligi 
kuzatiladi. Ammo neandertal tipining juda uzoq vaqt davomida 
shundayligicha, hozirgi zamon odamidan kamida 40 ming yil orqada 
qolganligi kuzatiladi. Hatto ilk hozirgi zamon odamlar yasagan tosh 
qurollarning shakllaridan tosh industriyasi o‗z taraqqiyotida ildam 
oldinga qarab ketganligini ko‗rish mumkin. Yevropada bu davr muste 
davri nomi bilan (Fransiyadagi Le Muste deb atalgan joyning nomi bilan 
bog‗liq) ataldi. Tadqiqotchilar bu bosqichni insoniyat taraqqiyotidagi 


116 
o‗rta paleolit davriga oid mustaqil bosqich ekanligini alohida 
ta‘kidlashadi. 
Muste davrida Yevropada tosh qurollar shaklining murakkablashib 
borishi, oldingi davrlarda bunday tosh qurollar mutlaqo uchramasligi, 
tosh qurollar maydalashib, ularga ishlov berilgan qismlari murakkab 
bo‗lib borganligini ko‗rish mumkin. Ayniqsa, ular ichida qirg‗ichlar 
bilan uchi uchli qurollarning ko‗payganligi alohida ahamiyatlidir. 
Qirg‗ichlarning ishchi yuzasi bir tomonlama bo‗lib, bu qurollar asosan 
teri shilishda ishlatilgan, bu qurol ilgarigi qo‗l boltasidan ko‗ra 
ishlatishga qulay bo‗lgan. Neandertal odamining qilgan yana bir 
kashfiyoti toshga sayqal berish (retush) ni o‗rganib olganligi bo‗ldi. Bu 
usulda o‗tkirlanishi kerak bo‗lgan tosh yuzasi ikkinchi bir oraliq tosh 
bilan urib uchirilgan. Bu texnika tosh qurolini ancha sifatli qilib 
tayyorlashga imkon bergan.
Shu davrning ixtirolaridan yana biri – bu plastinalarni suyakning 
yoriq qismiga terish usuli bilan yasaladigan qurol – pichoq yaratildi. Bu 
pichoqlar aynan neandertal odami tomonidan qilingan eng yirik ixtiro 
edi va u o‗z shaklini deyarli neolit davrigacha o‗zgartirmadi. 
Bu davrda turli qurollarning shakli va murakkablik darajasi 
o‗zgarishidan tashqari moddiy madaniyatning boshqa turlarida ham 
murakkablashish 
jarayonlarini 
ko‗ramiz. 
G‗orlar 
ilgarigiday 
neandertallar uchun qulay uy-joy bo‗lib xizmat qilgan. Bundan tashqari 
ko‗p hollarda unchalik chuqur bo‗lmagan g‗or yoki ayvonlarni makon 
sifatida ishlatishgan. Ochiq joylarda konstruksiyasi jihatidan ancha 
murakkab bo‗lgan uy-joylar qurishgan. Bunday uy-joylarning bir 
qanchasi Moldovaning Moldova I yodgorligidan topilgan bo‗lib, uning 
karkaslari mamont suyaklaridan yasalgan. Neandertallar Yevropaning 
quruq va issiq iqlimini qahraton sovuq iqlimi bilan almashinish 
jarayonlarini boshdan kechirganliklarini, ularning manzilgohlaridan 
topilgan sovuqsevar hayvonlar junli nosorog va mamontlarni 
suyaklaridan bilsa bo‗ladi. Shu narsa aniqki, neandertallarning juda 
oddiy qurollari bilan bu hayvonlarni ovlash uchun ovchidan juda 
epchillikni, ko‗pchilik bo‗lib ov qilishni talab qilgan. Ular yakka holda 
ov qilish umuman mumkin emasligini yaxshi bilishgan. Faqat epchillik 


117 
va baquvvatlikdan tashqari chidamlilik, sabr-toqat zarurligini bilishgan. 
Bundan tashqari hayvonlarning odatlarini bilmay turib ov qilishning iloji 
bo‗lmagan. Shuning uchun bunday hayvonlarni ovlash uchun faqat 
haydab biron-bir jarlikka qulatishdan tashqari maxsus yashirin ov 
chuqurlarini ham qaziganlar. Ovning boshqa turlari to‗g‗risida biz biron 
bir fikr ayta olmaymiz, chunki bu davrni chuqur o‗rganish uchun 
etnografik parallellar ham, aniq ma‘lumotlar ham yo‗q. Shuning uchun 
bu davr hayoti to‗g‗risida faqat taxmin qilish mumkin, xolos.
Neandertal odami uchun ovning jarga yoki qazilgan chuqurga 
yiqitish usulini bilishdan tashqari hayvonni juda uzoq masofalarga olib 
ketish uchun juda kuchli iroda, rivojlangan muskullar va jismoniy kuch 
kerak edi. Bu narsa ko‗p ming yilliklar davomida tabiiy tanlanish yo‗li 
bilan 
yashab, 
og‗ir 
yuklarni 
ko‗tarishga 
majbur 
bo‗lgan 
neandertallarning jismonan baquvvatligini ko‗rsatadigan belgilar 
hisoblanadi. Yuqoridagilarning hammasi muste davri neandertallarining 
tabiiy sharoitga moslashish – adaptatsiya jarayonlarini boshdan 
kechirganliklarini ko‗rsatadi. 
Shunday qilib, yuqorida keltirilgan dalillar muste davrining umumiy 
manzarasini namoyon etadi.
Eng avvalo Yevropada alohida yodgorliklarning lokal, o‗ziga 
xosligi ko‗zga tashlanmoqda, lekin ular aniq farqlanuvchi alohida 
guruhlarga, jamoalarga bo‗linmaydi. Boshqacha qilib aytganda, agar 
yodgorliklar yonma-yon bo‗lsa, ular orasidagi farq sezilarli bo‗ladi. 
Ammo aksincha, yodgorliklar orasidagi masofa yuzlab kilometrlarni 
tashkil qilsa, ularning o‗xshash tomonlari yaxshi seziladi. Shuning 
uchun qadimshunoslar arxeologik madaniyatlarni ajratishda tosh 
inventarlarning o‗xshash komplekslari o‗rtasidagi lokal munosabatlarni 
juda tor doirada ekanligini aniqladilar. Natijalar asosida olimlar bu 
davrda ma‘lum qoida-qonunlarga bo‗ysungan jamoalar yashamagan, 
degan xulosaga kelganlar. Olingan bu ma‘lumotlar bilan muste davri 
o‗rganilib, xulosa chiqarishga biroz erta bo‗lishi mumkin, chunki bu 
davrda har qaysi jamoa alohida komplekslarga ega bo‗lgan bo‗lishi 
ehtimoldan xoli emas. Har holda barcha arxeologlar Yevropa va Osiyo 


118 
yodgorliklarining moddiy madaniyati orasidagi farq juda kattaligini 
e‘tirof etishadi. 
Afrika yodgorliklari haqida fikr yuritadigan bo‗lsak, u erda 
Yevropadagi arxeologik yodgorliklarga mutlaqo o‗xshamaydigan 
topilmalar uchraydi. Shu bilan birga, Afrikada muste davriga oid 
Yevropa yodgorliklaridagi tosh qurollari yuqori paleolit davrida ham 
ishlab chiqarilgan.
O‗rta Osiyo va Old Osiyo hududlarining muste davri 
yodgorliklarida Yevropa hududlaridan farq qilmaydigan darajada tosh 
qurollari yasalgan, ammo bu tosh qurollarining shakli barqaror darajada 
emasligi, o‗zgarib turganligini ko‗rish mumkin. Sibirda yashagan muste 
davri qabilalari ham tosh qurollarini ishlab chiqarishgan, ammo ular 
orasida katta shakldagi qurollar ham uchraydi. Bu qadimgi tosh 
qurollarini ishlab chiqarishda an‘anaviy uslublar qo‗llanilganligini 
ko‗rsatadi.
Bunday fikrlarni Markaziy Osiyo hududlari haqida ham aytsa 
bo‗ladi. Bu erda ham quyi yoki o‗rta paleolit davriga xos an‘anaviy 
uslubda ishlangan tosh qurollarini keyingi davr qatlamlarida uchrashi 
kuzatiladi. Jumladan, Sharqiy Osiyo yodgorliklarining o‗rta paleolit 
davriga oid qatlamlarda yuqori paleolit davri industriyasi belgilarini 
ko‗rish mumkin. Yuqori paleolit davrining tosh industriyasi vujudga 
kelgan hududlarda atroflari o‗ralgan yirik inshootlar paydo bo‗lgani va 
keyinchalik ular o‗ziga xos usulda taraqqiy etganligini kuzatiladi. Bu 
narsa keyingi taraqqiyot davrida lokal variantlarning paydo bo‗lishiga 
olib keldi. 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling