Tarixiy antropologiya


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/56
Sana29.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1401098
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56
Bog'liq
antrapologiya

pekinensis turosti sifatida kiritilgan. Ayrim antropologlarning fikriga 
ko‘ra, ushbu qazilma ibtidoiy odamlarning ilk va ancha keyingi shakllari 
qoldiqlari deyarli Homo sapiens gacha qariyb yagona evolyutsion 
zanjirga tiziladi. 
Shunday qilib, Sharqiy va Janubiy Sharqiy Osiyoda 1 mln yildan 
ziyodroq vaqt mobaynida xomo yerektusni osiyocha shaklining mustaqil 
evolyutsion rivojlanishi sodir bo‘lganligini isbotlangan deb hisoblash 
mumkin. Bu holat, aytgancha, hududga qo‘shni mintaqalardan son 
jihatidan kichik populyasiyalarning migrasiya qilganligi va shundan 
kelib chiqib, genetik aralashganligi ehtimolini inkor qilmaydi. Bir 
vaqtning o‘zida, divergensiya jarayonlari tufayli ushbu ibtidoiy 
odamlarning o‘zida yorqin aks etgan morfologik tafovutlar paydo 
bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bunga misol tariqasida Yava orolidan topilgan 
topilmalarni keltirish mumkin. Ular Xitoydagi o‘xshash va sinxron 
topilmalardan farq qiladi: Homo erectus ning asosiy belgilarini saqlab 
qoladi va qator xususiyatlariga ko‘ra ular Homo sapiens larga yaqin. 
Natijada 
Sharqiy 
va 
Janubiy-Sharqiy 
Osiyoda 
yuqori 
pleystosenning boshlarida mahalliy yerektuslar shakllari asosida 
zamonaviy jismoniy tipdagi odamlarga yaqin gominidlar shakllanadi. 
Buning isboti sifatida ―sapiyens‖ belgilariga ega Xitoy paleontropologik 
topilmalarining yangi sanasini keltirish mumkin. Unga ko‘ra ushbu 
hududda bundan 100 ming yillar muqaddam zamonaviy ko‘rinishdagi 
odamlar yashagan bo‘lishlari mumkin. 
Fanga ma‘lum bo‘lgan arxaik odamlarning birinchi vakili — bu 
neandertal- 
Homo 
neanderthalensisdir. 
Neandertallar 
ko‘proq 
Yevropada yashagan, biroq ularning qoldiqlari Yaqin Sharqda, Old va 
O‘rta Osiyoda, Sibirning janubida ham topilgan. Ushbu kalta, suyagi 


127 
yirik odamlar katta jismoniy kuchga ega va shimoliy mintaqalarning 
og‘ir iqlim sharoitlariga yaxshi moslashgan bo‘lib, miyasining hamiga 
ko‘ra (1400 sm
3
) zamonaviy fizik tipdagi odamlardan qolishmagan. 
Dastlabki neandertal topilganidan keyingi o‘tgan yuz ellik yil 
mobaynida ularning yuzlab makonlari va qabrlari ochib o‘rganilgan. 
Ma‘lum bo‘lishicha, ushbu arxaik odamlar mukammal mehnat 
qurollarini yaratibgina qolmasdan, Homo sapiens uchun xarakterli 
bo‘lgan o‘zini tutish elementlarini namoyon qilgan. A.P. Okladnikov 
1938 yilda Teshik-Tosh (O‘zbekiston) g‘oridan ehtimoliy ko‘mish 
marosimlari bilan birga kechgan neandertal bola qabrini topdi. 
XXI asr boshlarida antropologlar neandertallarni zamonaviy 
odamning ajdod formasi qatoriga kiritganlar, ammo ularning 
qoldiqlaridan 
olingan 
mitoxondrial 
DNK 
tahlillaridan 
keyin 
neandertallar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan deb hisoblandi. 
Neandertallar asli Afrikadan chiqqan zamonaviy tipdagi odamlar 
tomonidan siqib chiqarilgan va ko‘chirib yuborilgan deb hisoblanardi. 
Ammo keyingi antropologik va genetik tadqiqotlar neandertallarning 
zamonaviy odamlar bilan bo‘lgan munosabatlari unchalik oddiy 
bo‘lmaganligini ko‘rsatdi. So‘nggi ma‘lumotlarga ko‘ra, zamonaviy 
odamlar genomining 4 % (afrikalik bo‘lmagan zamonaviy odamlarniki) 
Homo neanderthalensis lardan o‘tgan. Hozirda shubha yo‘qki, ushbu 
odam 
populyasiyalari 
yashagan 
chegara 
hududlarda 
nafaqat 
madaniyatlar diffuziyasi, balki ularning gibridizasiyasi hamda aralashuvi 
sodir bo‘lgan. Hozirda neandertallarni zamonaviy odamlarning opa-
singil guruhiga kiritishadi va neandertallarga ―odam ajdodi‖ statusi 
qaytarib berilgan. 
Obi-Raxmat topilmasi qiziqarli shov-shuvli bo‘lib chiqdi: Obi-
raxmat odamida neandertal bilan zamonaviy fizik tipdagi odamning 
aralash belgilari aniqlandi va uning ko‘pgina morfologik belgilari 
paleoantropologik analogiyalarga ega emas. 
Yerosiyoning boshqa qismlarida so‘nggi paleolitning shakllanishi 
boshqacha ko‘rinishda kechgan. Ushbu jarayonni Oltoy mintaqasi 
misolida kuzatamiz. Bu yerdagi Denisova va Okladnikov g‘orlaridan 


128 
topilgan paleoantropologik topilmalarni paleogenetik tahlillar yordamida 
tadqiq qilish natijasida qiziqarli natijalar olindi. 
Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, Oltoyning qadimgi odam tomonidan 
dastlabki o‘zlashtirilishi 800 ming yillar muqaddam, Afrikadan birinchi 
migrasion to‘lqin tufayli yuz bergan. Anuy daryosi bo‘yidagi 
Rossiyaning Osiyo qismidagi eng qadimgi paleolit davri makoni 
Karamaning yuqori madaniy gorizontlari taxminan 600 ming yillar avval 
shakllangan, so‘ngra ushbu hududda paleolit madaniyati taraqqiyotida 
uzoq tanaffus bo‘lib o‘tgan. Ammo bundan 280 ming yillar muqaddam 
Oltoyga ancha progressiv toshga ishlov berish texnologiyasiga ega 
jamoalar tashrif buyurishgan va dala tadqiqotlarining ko‘rsatishicha shu 
davrdan boshlab, bu yerda paleolit davri odami madaniyatining uzluksiz 
rivojlanishi yuz bergan. 
O‘tgan chorak asr mobaynida ushbu hududda ilk, o‘rta va so‘nggi 
paleolit davrlariga oid 20 ga yaqin g‘orli va tog‘ vodiylari etaklaridagi 
makonlar, 70 dan ortiq madaniy gorizontlar tadqiq qilingan. Denisova 
g‘orining o‘zida 13 ta paleolit davri qatlamlari aniqlangan. Bu yerdan 
o‘rta paleolitning ilk bosqichlariga oid (282–170 ming yillar), o‘rta 
paleolitga oid (155–50 ming yillar) va so‘nggi paleolitga oid (50–20 
ming yillar) qatlamlar ochib o‘rganilgan. Bunday uzun va «uzluksiz» 
solnoma o‘n ming yilliklar davomida tosh inventaridagi o‘zgarishlar 
dinamikasini kuzatish imkonini beradi. Ma‘lum bo‘lishicha, ushbu 
jarayon bir tekis va asta-sekin evolyutsiya qilish yo‘li bilan hamda tashqi 
―g‘alayonlarsiz‖ – innovasiyalarsiz yuz bergan.
Arxeologik ma‘lumotlarning guvohlik berishicha, 50–45 ming 
yillar muqaddam Oltoyda so‘nggi paleolit davri boshlangan, so‘nggi 
paleolit davri madaniy an‘analarining ildizlari esa o‘rta paleolit 
davrining oxiriga oid qatlamlarida yaxshi kuzatiladi. Bu haqda teshilgan 
mitti suyak ignalar, munchoqlar va boshqa xarakterdagi suyak, tosh 
hamda chig‘anoq buyumlar, tosh bilaguzuk, parmalangan, silliqlangan 
uzuklar guvohlik beradi. 
Baxtga 
qarshi, 
Oltoyning 
paleolit 
davri 
yodgorliklari 
paleoantropologik topilmalarga boy emas. Ulardan eng muhimlari— 
Okladnikov va Denisova g‘orlaridan topilgan tish va skelet bo‘laklari 


129 
Maks Plank nomidagi evolyutsion antropologiya institutida (Leypsig, 
Germaniya) S. Paabo rahbarligidagi xalqaro genetiklar jamoasi 
tomonidan o‘rganildi. 
Paleogenetik tadqiqotlarning aniqlashicha, Okladnikov g‘oridan 
neandertallarning qoldiqlari topilgan. Denisova g‘orining so‘nggi 
paleolitning boshlariga oid madaniy qatlamidan topilgan suyak 
qoldiqlaridan olingan mitoxondrial, so‘ngra yadroviy DNK natijalari 
tadqiqotchilar uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. Ma‘lum bo‘lishicha, 
yangi, fanda noma‘lum qazilma odam turi topildi va topilgan joyiga 
ko‘ra oltoy odami, ya‘ni Homo sapiens altaiensis, yoki denisovalik deb 
nomlandi. 
Denisovalikning 
genomi 
zamonaviy 
afrikalikning 
etalon 
genomidan 11,7% ga farq qiladi—Xorvatiyadagi Vindiya g‘oridan 
topilgan neandertalda bu ko‘rsatgich 12,2% ni tashkil qilgan. Bunday 
o‘xshashlik neandertallar va denisovaliklarning umumiy ajdodga ega va 
odamning evolyutsion magistralidan ajrab qolgan opa-singil guruhlari 
ekanligidan guvohlik beradi. Ushbu ikki guruh bundan taxminan 640 
ming yillar avval ajralib, mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tgan. Bu haqda 
neandertallarning Yevrosiyo zamonaviy odamlari bilan umumiy genetik 
variantlarga ega ekanligi, denisovaliklardagi genetik materialning bir 
qismini Melaneziya va Avstraliyaning tub aholisi o‘zlashtirganligi 
guvohlik beradi.
Arxeologik ma‘lumotlarga ko‘ra, Oltoyning shimoliy-g‘arbiy 
qismida bundan 50–40 ming yillar muqaddam ibtidoiy odamlarning 
ikkita turli guruhlari — denisovaliklar va neandertallarning eng sharqiy 
aholisi yonma-yon yashagan va ular shu davrdayoq, ehtimol, 
O‘zbekiston hududidan kelgan. Denisovaliklar sohiblik qilgan 
madaniyat ildizlari esa, yuqori da ta‘kidlanganidek, Denisova g‘orining 
eng qadimgi gorizontlarida kuzatiladi. Shuningdek so‘nggi paleolit davri 
madaniyatini aks ettiruvchi ko‘plab arxeologik topilmalarga ko‘ra, 
denisovaliklar shu davrda boshqa hududlarda yashagan zamonaviy 
ko‘rinishdagi odamlardan nafaqat ortda qolgan, balki ba‘zi bir 
jihatlardan o‘zib ham ketgan.


130 
Shunday qilib, so‘nggi pleystosen davrida Yevrosiyoda Homo 
sapiens dan tashqari, gominidlarning yana kamida ikkita shakli 
yashagan: bular materikning g‘arbiy qismida neandertallar, sharqda esa 
— denisovaliklar. Neandertallardan yevrosiyoliklarga, denisovaliklardan 
melaneziyaliklarga genlarning dreyfini hisobga olib, har ikkala 
guruhning ham zamonaviy anatomik tipdagi odamning shakllanishida 
ishtirok etganligini ta‘kidlash mumkin. 
Bugungi kunda Afrika va Yevrosiyoda mavjud eng qadimgi 
topilmajoylardan 
olingan 
arxeologik, 
antropologik 
va 
genetik 
materiallarning barchasini hisobga olib, yer sharida xomo yerektuslar 
populyasiyalarining mustaqil evolyutsiya jarayonlari va toshga ishlov 
berish texnologiyalari rivojlangan bir nechta hududlar mavjud bo‘lgan 
deyish mumkin. Mos ravishda ushbu hududlarda o‘zlarining madaniy 
an‘analari va o‘rta paleolitdan so‘nggi paleolitga o‘tishning o‘z 
modellari shakllangan.
Shunday qilib, gultoji zamonaviy anatomik tipdagi odam bo‘lgan 
barcha evolyutsion ketma-ketlik asosida ajdod shakl - Homo erectus 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling